T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
280
ISSN:3030-3613
FONEMALARNING LISONIY VA NUTQIY XUSUSIYATLARI
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili)
yo`nalishi 2- bosqich talabasi
Abdullayeva Dildora Bahrom qizi
dildor.abdullayeva0812@gmail.com
+998930081208
Annotatsiya:
Ushbu maqolada fonemalarning lisoniy va nutqiy xususiyatlari
chuqur tahlil qilinadi. Fonema til tizimidagi abstrakt birlik sifatida qanday faoliyat
yuritishi, uning ma`no farqlashdagi roli va differensial belgilari yoritiladi. Shu bilan
birga, fonemaning nutqiy xususiyatlari, ya`ni uning real talaffuzdagi shakllari,
allofonlarning mavjudligi, fonetik o`zgarishlar, assimilyatsiya va dissimilyatsiya
jarayonlari ham batafsil ko`rib chiqiladi. Tadqiqot fonologiya va fonetika fanlari
nuqtayi nazaridan olib borilgan bo`lib, fonemaning til tizimida rivojlanish
tendensiyalari ham tahlil qilinadi.
Kalit so`zlar:
fonema, fonologiya, nutq, allofon, assimilyatsiya, dissimilyatsiya,
differensial belgi, fonetik o`zgarishlar.
Kirish
Til insoniyat taraqqiyotida eng muhim kommunikativ vosita hisoblanadi.
Tilshunoslik esa tilning tuzilishi, ishlatilishi va rivojlanishini o`rganuvchi fan sifatida
shakllangan. Til tizimining asosiy bo`g`ini fonemalar bo`lib, ular tilning fonologik
tizimini tashkil qiladi.
Fonema – bu so`zlarning ma`no farqlovchi eng kichik birliklari bo`lib, ular
abstrakt va umumlashgan birlik sifatida mavjud bo`ladi. Biroq real nutq jarayonida
fonemalar aniq tovush shaklida talaffuz qilinadi, ya`ni ular allofonlarga ega bo`ladi.
Shu sababli fonologiya fonemalarning lisoniy xususiyatlarini, fonetika esa nutqiy
realizatsiyasini o`rganadi.
Ushbu maqolada fonemaning til tizimidagi roli va uning nutq jarayonidagi
namoyon bo`lishi atroflicha tahlil qilinadi.
a)
Fonemaning lisoniy xususiyatlari. Lisoniy (til tizimidagi) jihatdan fonema
abstrakt birlik bo`lib, til tizimidagi boshqa fonemalar bilan tizimli bog`langan
holda mavjud bo`ladi.
b)
Fonemaning abstraktligi. Fonemaning real talaffuz qilinadigan tovushlardan
farqli ravishda, abstrakt va umumiy tushuncha hisoblanadi. Masalan, o`zbek
tilida “Katta” va “Qatta” so`zlari farqlanadi, bu esa /k/ va /q/ fonemalarining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
281
ISSN:3030-3613
mavjudligini ko`rsatadi. Bu fonemalar aniq tovush sifatida emas, balki ma`no
farqlovchi birlik sifatida qaraladi.
c)
Differensial belgilarga ega bo`lishi. Har bir fonema til tizimidagi boshqa
fonemalardan farqlanuvchi differensial (ajratib turuvchi) belgilariga ega.
Masalan, o`zbek tilidagi /b/ va /p/ fonemalari jaranglilik va jarangsizlik belgisi
bilan farqlanadi.
d)
Minimal juftliklar orqali aniqlanishi. Fonemalarning mavjudligi minimal
juftliklar orqali tasdiqlanadi. Masalan, “Tol” – “Pol” (/t/ va /p/ fonemalari
farqlanadi) “Gul” – “Kul” (/g/ va /k/ fonemalari farqlanadi).
e)
Fonologik tizimdagi roli. Har bir tilning fonologik tizimi o`ziga xos bo`lib,
fonemalar tizimli shaklda joylashgan. Masalan, o`zbek tilida /x/ fonemasi
mavjud bo`lsa, ingliz tilida u yo`q, shu sababli ingliz tilida bu tovush /h/ yoki /k/
tarzida talaffuz qilinadi.
f)
Fonemaning nutqiy xususiyatlari. Nutqiy jihatdan fonema real tovush sifatida
namoyon bo`ladi va talaffuz jarayonida allofonlarga ega bo`ladi.
g)
Allofonlarning mavjudligi. Fonemaning nutqdagi realizatsiyasi allofonlar orqali
amalga oshadi. Masalan, o`zbek tilidagi /k/ fonemasi: “Kitob” so`zida portlovchi
[k] sifatida, “Xalq” so`zida sirg`aluvchi [x] sifatida talaffuz qilinishi mumkin.
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya
1.
Assimilyatsiya – bir tovush qo`shni tovushga o`xshab qoladi. Masalan,
“Yashnab” so`zida /b/ tovushi /p/ tovushiga o`xshab talaffuz qilinadi.
2.
Dissimilyatsiya – yaqin tovushlarning o`zaro farqlanishi. Masalan, “Qiyin”
so`zida oldingi /i/ tovushi keyingi /i/ dan farqli talaffuz qilinadi.
3.
Pozitsion o`zgarishlar. Fonemaning talaffuzi urg`u va pozitsiyaga bog`liq
bo`lishi mumkin. Masalan, “Gul” so`zidagi /u/ tovushi “Gullar” so`zida
qisqarib, [gillar] shaklida talaffuz qilinadi.
4.
Kontekstga bog`liq o`zgarishlar. Fonemalar so`z tarkibida atrofidagi
tovushlarga bog`liq holda o`zgarishi mumkin. Masalan, “Bolam” va “Bola”
so`zlarida /a/ fonemasining talaffuzi farqlanadi.
Tilshunoslikda fonemalar tizimi yetarlicha o`rganilgan bo`lsa-da, hali ilmiy
jihatdan chuqur tahlil qilinmagan ayrim masalalar mavjud. Hozir shu masalalar haqida
qisqacha ma`lumot keltirib o`taman.
1.
Fonemalar va inson ongi o`rtasidagi bog`liqlik
Hozirgi lingvistik tadqiqotlar fonemalar faqat til tizimi mahsuli emas, balki inson
miyasi faoliyati bilan bevosita bog`liqligini ham ko`rsatmoqda. Masalan, miyadagi
Broka va Vernike markazlari fonetik signallarni qabul qilish va qayta ishlashga
javobgardir. Qizig`i shundaki, fonemalarni idrok qilish va ularni talaffuz qilish
jarayonida bizning ongsiz ravishda miyamiz ularni tahlil qiladi va optimal variantni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
282
ISSN:3030-3613
tanlaydi. Buning yaqqol isboti – biror so`z talaffuzi o`zgarib ketgan bo`lsa ham, biz
uni to`g`ri eshitamiz va tushunamiz. Bu hodisa fonemalarning
kognitiv
moslashuvchanligi
deb ataladi.
2.
“Ko`rinmas fonemalar” fenomeni
Lisoniy jihatdan ba`zi fonemalar mavjud bo`lsa ham, ularning nutqiy talaffuzi
o`zgaruvchan yoki mutlaqo “Ko`rinmas” bo`lishi mumkin. Masalan, ba`zi
dialektlarda fonemalar sezilarli darajada tushib qoladi, lekin inson miyasida ularni
avtomatik to`ldirish jarayoni sodir bo`ladi. Masalan, o`zbek tilida: “Kelasanmi?” –
“Kelasmi?”, “Boraylik” - “Borilik”.
Bu o`zgarishlar nafaqat fonetik jarayon, balki miya tomonidan avtomatik
to`ldiriluvchi fonemalar hodisasi bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
3.
Harflar va fonemalar o`rtasidagi yashirin tafovut
Ko`pchilik fonemalar va harflar o`rtasidagi farqni umumiy bilim sifatida tushunsa-
da, ba`zi tillarda ularning tafovuti sezilarli darajada murakkab bo`lishi mumkin.
Masalan, ingliz tilida 26 ta harf bor, lekin 44 ta fonema mavjud. Bunfay tafovutlar
ba`zi tillarda ham mavjud bo`lishi mumkin, lekin u hali yetarlicha o`rganilmagan.
O`zbek tilida ham ayrim fonemalar real nutqda o`zining standart shaklidan farqli
talaffuz qilinadi, ammo bu hali ham ilmiy jihatdan yetarli darajada tahlil
qilinmagan.
4.
Kelajakda fonemalar o`zgarishi mumkinmi?
Til har doim rivojlanib boradi. Bugungi kunda mavjud fonemalar kelajakda
yo`qolishi yoki yangi fonemalar paydo bo`lishi ehtimoli mavjud. Masalan, hozirgi
texnologiyalar fonetik tizimga ta`sir qilmoqda. Smartfon, internet va sun`iy intellekt
bilan bog`liq so`zlar kundalik nutqqa kirib kelgan sari ularning talaffuzi ham
oddiylashib bormoqda. Kelajakda “O`zbekcha inglizcha” talaffuz shakllari
shakllanishi mumkin. Masalan, hozirda o`zbek tilida ishlatilayotgan “Online” so`zi
kelajakda “Onlayn” tarzida mustahkamlanishi mumkin.
Takliflar:
Tilshunoslik sohasida fonemalar tizimini yanada rivojlantirish uchun quyidagi
yo`nalishlarda ish olib borish mumkin:
a)
Fonemalarni sun`iy intellekt yordamida o`rganish
Hozirgi kunda texnologik taraqqiyot fonologik tizimlarni avtomatik tahlil qilish
imkonini beradi. Sun`iy intellekt va mashinaviy o`rganish metodlari yordamida,
Turli tillardagi fonemalar tizimi avtomatik tahlil qilinishi, Tovush o`zgarishlari va
talaffuz o`zgarishlari modellashtirilishi, Fonetika va fonologiya bo`yicha ilmiy
tadqiqotlarni yanada mukammallashtirish mumkin.
b)
Dialektal va tarixiy fonologiyani chuqur o`rganish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
283
ISSN:3030-3613
Har bir tilning fonetik tizimi vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi. Shuning uchun,
O`zbek tilining qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo`lgan fonologik rivojlanish
jarayoni chuqur tahlil qilinishi, Dialektal fonetik farqlarni aniq o`rganish va
tasniflash, Mahalliy lahjalarning fonologik xususiyatlari tadqiq qilinishi kerak.
c)
Ko`p tilli fonologik tadqiqotlarni kengaytirish
Turli tillardagi fonemalar tizimini solishtirib o`rganish orqali yangi lingvistik
qonuniyatlarini aniqlash mumkin. Xususan, O`zbek tilining fonologik tizimini
bashqa turkey tillar bilan solishtirsh, O`zbek tilining fonologik tizimining arab, fors
va rus tillar bilan o`zaro ta`sirini o`rganish, Global fonetik tadqiqotlarda o`zbek
tilining o`rnini aniqlash.
d)
Nutq sintezatorlari va talaffuz modellarini rivojlantirish
Nutqni avtomatik ravishda sintez qilish va tanib olish tizimlari uchun fonemalar
haqida aniq ma`lumotlar zarur. Shu sababli, O`zbek tilining fonetik va fonologik
bazasini yaratish, Nutq texnologiyalari (Google Assistant, Siri kabi) uchun
o`zbekcha tallaffuz modelini ishlab chiqish, O`zbek tilidagi fonetik tizimni sun`iy
intellekt yordamida avtomatlashtirish.
e)
Fonologik ta`limni kuchaytirish
Talabalarga fonetika va fonologiya fanlarini yanada chuqurroq o`rgatish uchun,
Zamonaviy texnologiyalar asosida ovoz tahlili laboratoriyalarini yaratish, Interaktiv
o`quv dasturlarini ishlab chiqish, Fonetika va fonologiya bo`yicha o`quv
qo`llanmalarni boyitish kerak.
Ushbu takliflarni amalga oshirish orqali fonologiya fani rivojlanib,
fonemalarning tabiati, o`zgarish jarayonlari va talaffuz xususiyatlarini chuqurroq
o`rganish mumkin bo`ladi.
Xulosa
Fonemalar til tizimining eng muhim birliklari bo`lib, ular so`zlarning ma`no
farqlovchi komponenti hisoblanadi. Lisoniy jihatdan fonema abstrakt birlik bo`lsa,
nutqiy jihatdan u aniq talaffuz qilinadigan tovush sifatida namoyon bo`ladi.
Fonemalarning differensial belgilarga ega bo`lishi, minimal juftliklar orqali
aniqlanishi va fonologik tizimda muayyan o`rin tutishi til tizimining muhim
xususiyatlaridan biridir. Nutqiy jihatdan esa, fonemalar real talaffuz qilinadigan
allofonlar shaklida namoyon bo`lib, assimilyatsiya, dissimilyatsiya va pozitsion
o`zgarishlarga uchrashi mumkin.
Kelajakda fonemalarni sun`iy intellekt orqali tahlil qilish, neytropsixologik
tadqiqotlar asosida ularning talaffuz xususiyatlarini chuqur o`rganish va fonologik
tizimlarni avtomatik tarzda tahlil qilish kabi ilmiy yo`nalishlar rivojlanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.
Radford A. Linguistics: An Introduction. Cambridge University Press, 2009.
2.
Ken Lodge. A Critical Introduction to Phonetics. Continuum, 2009.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
284
ISSN:3030-3613
3.
Jo`rayev N. O`zbek tilining fonetikasi va fonologiyasi. Toshkent, 2015.
4.
Xo`jayev A. Nutq tovushlari va ularning xususiyatlari. Samarqand, 2018.