Авторы

  • Sayliyeva Maxfuza Ne‘matovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103349

Ключевые слова:

Kalit so’zlаr: Suitsidal xulq-atvorning psixodiagnostikasi. suiqasdning turlari haqiqiy suiqasdlik xulqi va suiqasdlik holatining dinamik rivojlanishi. Bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari

Аннотация

Annotatsiya:  Suitsidni  psixologik  jihatdan  tadqiq  qilish  yuzasidan  qator 
tadqiqotchilar samarali ilmiy izlanishlar olib borishdi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarda 
suitsidal  xulqning  kelib  chiqishiga  shaxsning  individual  psixologik  va  mijoz 
turlarining  ta’siri  hamda  suitsidning  psixologik  ma’nosi  kabilar  o‘rganildi.  Biroq, 
suitsidni  o‘rganishning  boshqa  nazariyalari  singari  psixologik  nazariya  tarafdorlari 
ham suitsidni tushuntirishda bir yoqlamalikka berilganliklari kuzatiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

260

ISSN:3030-3613

O’QUVCHILARDA OʻZIGA ZIYON YETKAZISHGA QARSHI

IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Sayliyeva Maxfuza Ne‘matovna

Peshku tuman 43-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Suitsidni psixologik jihatdan tadqiq qilish yuzasidan qator

tadqiqotchilar samarali ilmiy izlanishlar olib borishdi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarda
suitsidal xulqning kelib chiqishiga shaxsning individual psixologik va mijoz
turlarining ta’siri hamda suitsidning psixologik ma’nosi kabilar o‘rganildi. Biroq,
suitsidni o‘rganishning boshqa nazariyalari singari psixologik nazariya tarafdorlari
ham suitsidni tushuntirishda bir yoqlamalikka berilganliklari kuzatiladi.

Kalit so’zlаr:

Suitsidal xulq-atvorning psixodiagnostikasi. suiqasdning turlari,

haqiqiy suiqasdlik xulqi va suiqasdlik holatining dinamik rivojlanishi. Bolalar va
o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari

KIRISH

Suitsidni psixologik jihatdan tadqiq qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlarni tahlil

qilib ko‘radigan bo‘lsak, ulardan affektiv holatlarning suitsidga ta’siri, shaxs xulq
atvoridagi o‘zgarishlar, ruhiy tushkunlik va ruhiy kechinmalarining suitsidal xulqning
kelib chiqishi o‘rni kabilar tahlil qilinganligining guvohi bo‘lamiz. Suitsidni
psixologik jihatdan tadqiq qilish yuzasidan qator tadqiqotchilar samarali ilmiy
izlanishlar olib borishdi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarda suitsidal xulqning kelib
chiqishiga shaxsning individual psixologik va mijoz turlarining ta’siri hamda
suitsidning psixologik ma’nosi kabilar o‘rganildi.

Biroq, suitsidni o‘rganishning boshqa nazariyalari singari psixologik nazariya

tarafdorlari ham suitsidni tushuntirishda bir yoqlamalikka berilganliklari kuzatiladi.
Natijada suitsidning psixologik ma’nosini aniqlash va psixologik asoslashda qator
noaniqliklarga yo‘l qo‘yadilar. Xususan, ular suitsidal xulqning psixologik
mexanizmlarni izohlashga harakat qilsalarda, biroq suitsidal xulqning ruhiyat
sog‘lomlik va nosog‘lomlik holatlariga bog‘liqligi masalasini tahlil qilishda
chalkashliklarga yo‘l qo‘yadilar.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida kattalar suitsidi bilan bir qatorda

bolalar va o‘smirlar suitsidi muammosi yuzasidan ham qator ilmiy tadqiqotlar olib
borildi. Biroq, ilmiy adabiyotlar tahlili bu davrda bolalar va o‘smirlar suitsidini tadqiq
qilish yuzasidan olib borilgan ishlarning yetarli emasligini ko‘rsatdi. Shunga
karamasdan bu sohada ma’lum ilmiy tadqiqotlar olib borildiki, bu bolalar va o‘smirlar
suitsidini tadqiq qilishning keyingi yillardagi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu o‘rinda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

261

ISSN:3030-3613

F.K.Terexovkaning ilmiy izlanishlarini alohida ta’kidlash mumkin. Uning

ta’kidlashicha bolalar va o‘smirlar suitsidining motivlari rolini “jazolanishdan
qo‘rqish”, “g‘am-g‘ussa”, “sevgi va rashk” kabilar o‘ynashi mumkin. Muallifning
fikriga qaraganda bolalar va o‘smirlar suitsidining oldini olish uchun ularni
mustahkam irodali, sog‘lom fikrli va keng fe’l atvorli qilib tarbiyalash lozimdir.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha suitsidi o‘zini hayotdan mahrum etishiga emas balki
nomaqbul vaziyatlarga nisbatan “norozilik” sifatida yo‘naltirilgan xatti-harakatdir.

F.K.Terexovkaning bolalar va o‘smirlar suitsidiga bag‘ishlangan qator ijobiy

fikr va mulohazalari mavjudligiga qaramasdan uning ayrim noaniq fikrlari ham uchrab
turadi. Jumladan, uning bolalar va o‘smirlar suitsidi kattalar suitsidi singari ruhiy
nosog‘lomlik mahsulidir degan fikri qator tanqidiy mulohazalarga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, uning bolalar va o‘smirlar suitsidining oldini olishda ijtimoiy psixologik
va psixiatrik tadbirlardan foydalanish befoyda va behudadir degan fikri ham qattiq
qarshilikka uchraydi. 1900-1912 yillarga kelib, Rossiyada ayrim vrachlarning suitsidni
o‘rganishga bag‘ishlangan shaxsiy statistik tadqiqotlari paydo bo‘la boshlaydi.
Shunday shaxsiy statistik tadqiqot mualliflaridan biri M.N.Gernet (1922) bo‘lib, u o‘z
tadqiqotlarida bolalar va o‘smirlar suitsidining statistik tahlili bilan shug‘ullanib,
Rossiyada va butun dunyoda bolalar va o‘smirlar suitsidi yildan-yilga ortib
borayotganligi haqidagi xulosaga keladi.

Xalq

ta’limi statistik hisoblari asosida G.Xlopin, N.Ushinskiy,

Ye.Neznamovlar tahriri ostida chop etilgan “Samoubiystvo, pokusheniya na
samoubiystvo i neschastnie sluchai sredi uchashixsya uchebnix zavedeniy M.N.P.”
(Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yurtlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish, o‘z
joniga qasd qilishga urinish va baxtsiz hodisalar), nomli to‘plam bolalar va o‘smirlar
suitsidining statistik tahlili asosida yaratilgan “Samoubiystvo detey” (Bolalarning o‘z
joniga qasd qilishlari) nomli asari ham bu sohada olib borilgan muvaffaqiyatli ilmiy
tadqiqotlardan biri sifatida qabul qilinadi. Muallif o‘z xulosalarida bolalar va o‘smirlar
suitsidi faqatgina ruhiy nosog‘lomlik natijasida sodir etiladigan hodisa bo‘lmasdan
balkim, ruhiy sog‘lom bolalar va o‘smirlarda ham sodir etilishi mumkin bo‘lgan
hodisadir deb ta’kidlaydi. U bolalar va o‘smirlar suitsidining 12 xil ko‘rinishini
ta’kidlab, uning kelib chiqishidagi asosiy sabab va motivlari haqidagi e’tiborli fikrlarni
ilgari suradi. Xususan, suitsidial xulqni keltirib chiqaruvchi sabablarni “endogen” va
“ekzogen” sabablarga bo‘ladi. Endogen sabablarga bola psixikasining yosh psixologik
xususiyatlari natijasida vujudga keladigan suitsidal xulq, uy va niyatlarni kiritsa,
“ekzogen” sabablarga esa ijtimoiy muhit ta’siri va shaxslararo nizolar tufayli vujudga
keladigan suitsidal xulqni kiritadi.

Vrach I.A.Sikorskiy ilmiy tadqiqotlari ham o‘z davrida bolalar va o‘smirlar

suitsidini tadqiq qilish va uning oldini olishga muhim hissa qo‘shadi. U asosan bolalar
va o‘smirlar suitsidini psixiatrik nuqtai nazaridan tahlil qilib, bolalar suitsidi ham


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

262

ISSN:3030-3613

kattalar suitsidi singari ruhiy nosog‘lomlik mahsulidir degan tushunchaga qat’iy qarshi
chiqadi. I.A.Sikorskiy bolalar va o‘smirlar suitsidini oldini olishda vrachlik psixiatrik
yordami berishni kuchaytirish zarurligini uqtiradi. U bolalar va o‘smirlarda suitsidal
xulqning kelib chiqishi ulardagi xulq o‘zgarishi va irodaviy sifatlarning mustahkam
emasligiga bog‘liqdir deydi. Muallif bolalar va o‘smirlar suitsidini psixologik jihatdan
tadqiq qilish borasida ham qator ijobiy fikr va mulohazalarni ilgari suradi. Xususan,
bolalar va o‘smirlar suitsidi faqatgina ruhiy nosog‘lomlik mahsuli bo‘lmasdan balki,
o‘zini yo‘qotib quyish, individual-psixologik xususiyatlar va yosh davri inqirozlari
ham suitsidga sabab bo‘ladi deb hisoblaydi. Bu o‘z davrida I.A.Sikorskiyning muhim
kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. So‘ngra B.A.Bernaskiy, I.A.Sikorskiyning nazariyasini
davom ettirib, uni rivojlantiradi va bolalar o‘smirlar suitsidi sabablari sifatida
shaxslararo nizolar, kattalarning bolalar ko‘nglini tushunmasliklari, jismoniy va
ma’naviy tahqirlashlari hamda yosh davri inqirozlari kabilarni keltiradi. U bolalar va
o‘smirlar suitsidining oldini olish haqida gapirib, bolalarda mustahkam irodaviy
sifatlarni shakllantirish, harakat qat’iyligi va iymon-e’tiqodlilik hissini tarbiyalash
lozimdir deb ta’kidlaydi. Shuningdek, u suitsidining oldini olishda keng aholi o‘rtasida
suitsidni “reklama” qilishdan voz kechish kerakdir degan xulosaga keladi.
A.E.Shir o‘z tadqiqotlarida bolalar va o‘smirlarda suitsidal xulqning quyidagi turlarini
keltirib o‘tadi:

1.

Oldindan o‘ylangan, ya’ni autoagressiv (o‘ziga qaratilgan tajovuzkorlik)

xarakteriga ega bo‘lgan va oldindan o‘ylangan suitsidal uy va niyatlar asosida sodir
etilgan haqiqiy suitsidal urinishlar. Bunday suitsidal urinishlar surunkali nizoli
vaziyatlarda vujudga kelib, unga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rilib, qulay
imkoniyatlarga qarab, amalga oshiriladi.

2.

Barham berib bo‘lmaydigan suitsidal xulq. Bunday suitsidal urinishlar

ruhiy nosog‘lomlik va kuchli suitsidal tendensiyalar asosida sodir etilgan suitsidlardir.
Bu ko‘rinishdagi suitsidal urinishlarda ham autoagressivlik mavjud bo‘lib, faqatgina
bu xususiyat ruhiy nosog‘lom va ruhiy nosog‘lomlik chegarasida turgan bolalar va
o‘smirlarga xosdir.

3.

Ambivalent suitsidal xulq. Bunda autoagressiya xulq atrofga

yo‘naltirilgan bo‘lsada, biroq o‘zini hayotdan mahrum yetishga qaratilgan haqiqiy
suitsidal xulq ham ma’lum darajada mavjud bo‘ladi.

4.

Impulsiv (affektic) suitsidal xulq. Bunday suitsidal urinishlar kuchli

ta’sirlanish tufayli to‘satdan amalga oshiriladigan suitsidlardir.

5.

Namoyishkorona suitsidal xulq. Bu ko‘rinishdagi suitsidal urinishlar

kuchli ruhiy jarohatlanish holatlarida amalga oshirilib, ko‘pincha u “suitsidogen kishi”
ko‘z o‘ngida sodir etiladi.

Bolalar va o‘smirlar suitsidini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar bilan tanishar
ekanmiz, ularda bolalar va o‘smirlar suitsidal xulqning shakllanishi, rivojlanib borishi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

263

ISSN:3030-3613

va amalga oshirilishi bilan bir qatorda suitsident bolalarning suitsidoldi holati va
suitsidal xulqni ifodalovchi ayrim belgilar, ya’ni somatik o‘zgarishlar va bolalar va
o‘smirlar suitsidining psixologik ma’nosining ham tahlil qilinganligini ko‘ramiz.
Jumladan, V.L.Xaykin tadqiqotlarida bolalar va o‘smirlar suitsidal xulqini ifodalovchi
quyidagi xususiyatlar keltirib o‘tiladi:

1.

Xulq o‘zgarishining turli xil ko‘rinishlari va suitsidal xulqning

boshlanishi haqidagi belgilarning namoyon bo‘lishi (o‘z-o‘zinipast baholash,
emotsional beqarorlik, impulsivlik).

2.

Nomaqbul vaziyatlar va kechinmalarga nisbatan bo‘lgan shikoyatlar,

suitsidal uy va niyatlar hamda fikrlarning mavjudligi.

3.

O‘z joniga qasd qilishning amalga oshirilishi.

XULOSA

Shunday qilib, yuqorida bolalar va o‘smirlar suitsidal xulqini o‘rganishga
qaratilgan ilmiy manbalar tahlili, bolalar va o‘smirlar suitsidining qator xususiyatlari
yoritib berilganligini ko‘rsatadi, biroq etnopsixologik, hududiy, individual-psixologik
tomonlarining yetarlicha o‘rganilmaganligining guvohi bo‘lamiz.

FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Elov Z.S. Berdiyeva D.Sh. Psychological reasons for suicide motivation in
adolescents with deviant behavior. Oriental renaissance: innovative, educational,
natural and social sciences scientific journal. volume 2, issue 2 February 2022
10031009

2.

Elov Z.S. O‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn rеаksiyalаrning
psiхоlоgik tа’siri. science and education scientific journal volume 3, issue 3 march
2022 442-447

3.

Elov Z.S. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O‘quv-metodik
qo‘llanma. 2021. Buxoro 1-164.

4.

Elov, Z. S. (2016). Researches of the Reasons Conditions. Fastors of Suicide Rick
Intellectual Archive, 5(1), 49-53.

5.

Elоv, Z. S. (2022). O ‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn
rеаksiyalаrning psiхоlоgik tа’siri. Science and Education, 3(3), 442-447.

6.

EZ Sattarovich. CONDITIONS AND THE REASONS OF CASES OF THE

7.

SUICIDE AMONG THE STAFF OF LAW-ENFORCEMENT BODIES.
European

8.

Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 (3) 2017

Библиографические ссылки

FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR

Elov Z.S. Berdiyeva D.Sh. Psychological reasons for suicide motivation in

adolescents with deviant behavior. Oriental renaissance: innovative, educational,

natural and social sciences scientific journal. volume 2, issue 2 February 2022

Elov Z.S. O‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn rеаksiyalаrning

psiхоlоgik tа’siri. science and education scientific journal volume 3, issue 3 march

442-447

Elov Z.S. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O‘quv-metodik

qo‘llanma. 2021. Buxoro 1-164.

Elov, Z. S. (2016). Researches of the Reasons Conditions. Fastors of Suicide Rick

Intellectual Archive, 5(1), 49-53.

Elоv, Z. S. (2022). O ‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn

rеаksiyalаrning psiхоlоgik tа’siri. Science and Education, 3(3), 442-447.

EZ Sattarovich. CONDITIONS AND THE REASONS OF CASES OF THE

SUICIDE AMONG THE STAFF OF LAW-ENFORCEMENT BODIES.

European

Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 (3) 2017