T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
256
ISSN:3030-3613
SHAXSLARDA SEZGILAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Bozorova Robiya Raxmonovna
Buxoro viloyati Romitan tuman 36-umumiy
o'rta ta'lim maktab psixologi
Annotatsiya:
Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko’plab nazariyalar mavjud.
Avvalo shuni ta’kidlab o’tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya
ta’sirining natijasi deb qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot
hisoblanadi.
Kalit so'zlar:
Sezgi, izolyatsiya, sub’ektiv idealist, maxsus signal, pozitiv
adaptatsiya, ruhiy muhit
KIRISH.
Tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilish va qayta
ishlash sezgi jarayonidan boshlanadi. Sezgi – ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta’sir
qilib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik
jarayondir. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi
a’zolari axborotni qabul qilib oladi va saralaydi. Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi
ongiga kirib keladigan yagona yo’lidir. Kishi tevarak atrofdagi olam haqida doimo
axborot olib turishi kerak. Axborotlarning ko’pligi (ortiqchaligi) yoki tanqisligi
(sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funksional buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Buni tekshirib ko’rish uchun maxsus surdokameralarda ko’plab tajribalar o’tkazilgan.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, sinaluvchi to’la izolyatsiya holatida bir necha soatdan
keyin vahimaga tushadilar, tajribaning to’xtalishini talab qila boshlaydilar. Ularda
og’riq, haroratni sezish kabi sezgilar ham buzilishi kuzatiladi. Agar odam ko’proq vaqt
izolyatsiyada saqlansa, unda uning ongi buzilishi, turli galyuyutsinatsiyalar kuzatiladi.
Real paytda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko’plab nazariyalar mavjud. Avvalo shuni
ta’kidlab o’tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya ta’sirining
natijasi deb qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi.
Sub’ektiv idealistlar (Berkli, Yum, Max) olamni sezgilarning yig’indisi sifatida talqin
qiladilar. Boshqa bir nazariya tarafdorlari (I. Myuller, Gelmgolts) sezgi organlarining
o’ziga xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar faqat tashqi
ta’sirlarning timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular qaysi sezgilar organiga ta’sir
qilsa, shu analizatorga xos sezgi hosil bo’ladi. Bu nazariyaning to’g’riligini isbot
qiluvchi ko’plab misollar bor – elektr toki, bosimning ta’sirida turli analizatorlarda
turli sezgilar hosil bo’ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
257
ISSN:3030-3613
Ammo hid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta’sir qilib, ularga xos sezgilar
hosil qilmaydilar. Sezgi organlari maxsus signallarni qabul qilishga ixtisoslashgan.
Sezgi a’zolarining ixtisoslashishi – uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot
mahsulidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a’zolarining o’ziga
xosligi sezgilarning o’ziga xosligini keltirib chiqarmaydi. Sezgi organlarining o’ziga
xos tashqi olamning o’ziga xos xususiyatlari natijasida shakllangan.
Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni
tashkil qiladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sir kuchini ichki
nerv quvvatiga (jarayoniga o’tkazadigan maxsus transformator-analizatorning
pereferik qism; 2) analizatorning pereferik qismini markaziy qism bilan bog’laydigan
o’tkazish yo’llari. Ular afferent (markazga intiluvchi, efferent (markazdan qochuvchi)
va 3) markaziy, pereferiyadan keluvchi signallarni qabul qilib, qayta ishlovchi qism
(miya qismi).
Analizatorlarning
pereferek
bo’limida
motor
va
hissiy
qismlar
uyg’unlashganligi sababli ular ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchilarning ob’ektiv
xususiyatlarni aynan aks ettiradi. Sezgilar ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining
xarakteriga, qo’zg’alishni qabul qilish masofasi, retseptorlarinig joylashgan o’rinlariga
ko’ra klassifikatsiya qilinadi. Retseptorlarning joylashgan o’rniga ko’ra sezgilarning
quyidagi turlari mavjud: tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks
ettirishga moslashgan va tananing tashqi yuzasida retseptorlari bo’lgan sezgilar-
ekstrotseptiv sezgilar; tananing ichki a’zolari va to’qimalarida joylashgan va tananing
ichki holatini aks ettiruvchi sezgilar- interotseptiv sezgilar; retseptorlari paylarda va
mushaklarda joylashgan propriotseptiv sezgilar. Ular gavdamizning holati va
harakatlari haqida ma’lumotlar berib turadilar. Ekstrotseptiv sezgilarning o’zlari ikki
guruhga – kontakt (bevosita aloqa bog’lovchi) va distant sezgilarga ajratiladilar.
Kontrakt sezgilarga (kontakt retseptorlar orqali sezgi hosil bo’ladi) quyidagilar kiradi:
ko’rish, eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta’m bilish sezgilari. Sezgilarning bu
klassifikatsiyasi modallik bo’yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning klassik
klassifikatsyasi deb ham yuritiladi. Chunki ular Aristotel tomonidan ko’rsatib o’tilgan
sezgilar. Ular orasidan teri sezgisining o’zi bir qancha turlarga bo’linadi (to’qish,
harorat, og’riq kabi).
Boshqa tabiat va psixik hodisalar kabi sezgilar ham ma’lum umumiy
xususiyatlar va qonuniyatlarga ega. Shu jumladan ularning sifati, intensivligi (kuchi),
davomiyligi sezgilarning umumiy xususiyatlariga kiradi.Sifat–mazkur sezgining
asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgilardan farqlaydi va shu sezgi doirasida
o’zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisida tovushning balandligi, mayinligi, zo’rligi;
ko’rish sezgisining boyligi, ranglari va h.k. Sezgilarning sifatlarining boyligi va rang-
barangligi materiyaning rang-barangligini aks ettiradi. Sezgilarning intensivligi-ta’sir
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
258
ISSN:3030-3613
qilayotgan qo’zg’atuvchilarning kuchi va analizatorlarning funksional holati bilan
belgilanadi.
Davomiyligi- sezgining vaqt bilan bog’liq xususiyati. U ham qo’zg’atuvchining
xususiyati va analizatorning funksional holati bilan bog’liq. Qo’zg’atuvchi sezgi
organiga ta’sir qilgandayoq sezgi hosil bo’lmaydi, balki biroz vaqt o’tadi. Bu vaqt
sezgining latent (yashirish) davri deyiladi. Turli sezgi organlarining javob berish
tezligi, ya’ni latent vaqti turlicha: taktik sezgilar uchun u 130 millisekund, og’riq
uchun 370 millisekund, ta’m bilish uchun 50 millisekundni tashkil qiladi.
Shuningdek, sezgi qo’zg’atuvchi o’z ta’sir kuchini to’xtatgan zahoti
yo’qolmaydi. Qo’zg’atishning asorati, ta’siri yana bir qancha vaqt davom etadi va ular
keyin keluvchi obrazlarni hosil qiladilar. Keyin keluvchi obrazlar ijobiy yoki aksi
(negativ) bo’lishi mumkin. Analizatorlarning sezgirligi bir qator fiziologik, psixologik
va muhitning ta’siri ostida o’zgaradi. Bu o’zgarishlar orasida adaptatsiya hodisasi
alohida o’ringa ega. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda kuzatuvchining ta’siri ostida
sezgi organlari sezgirligining o’zgarishi tushuniladi. Adaptatsiyaning uch turi
farqlanadi:
Kuzatuvchining davomli ta’siri natijasida sezgilarning to’la yo’qolishi. Agar
sezgi organiga biror qo’zg’atuvchi doimo ta’sir qilib tursa sezgi batamom yo’qolib
ketish tendensiyasiga ega. Masalan, teriga tegib turgan yengil yuk tez orada sezilmay
qoladi (qo’l soati borligini biz sezmaymiz). Bir hid bor joyda uzoq vaqt bo’lsak bu hid
sezilmay qoladi. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining zaiflashishi,
kamayishi (negativ adaptatsiya). Agar qo’limizni muzday suvda tutib tursak teridagi
sovuqni sezish retseptorlarining sezgirligi kamayadi. Ko’zga kuchli yorug’lik ta’sir
qilib tursa ko’zning sezgirligi kamayib, ko’z shu yorug’likka moslashadi. Bu hodisa
yorug’lik adaptatsiyasi deyiladi.
Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining sezgirligi oshishi. Bu
pozitiv adaptatsiya deb ataladi. Masalan, kinozalga kechikib kirgach bir qancha vaqt
hech narsani ko’ra olmaymiz. Birozdan keyin biz atrofni ko’ra boshlaymiz. Ko’zning
sezgirligi oshdi. Buni qorong’ulik adaptatsiyasi deyiladi. Odatda negativ va pozitiv
adaptatsiya bir sezgi organida bir vaqtda ro’y beradi. Undagi bir guruh retseptorlarning
sezgirligi oshadi, ikkinchi (qarama-qarshi) guruh retseptorlarining sezgirligi
kamayadi. Kinozalga kirganda qorong’ulikni ko’rishga moslashgan hujayralarning
(retseptor) sezgirligi kamayadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan negativ va pozitiv
adaptatsiya mavjudgi sababli uy haroratida bo’lgan suv qishda «issiq», yozda
«sovuqdek» tuyuladi. Ba’zi retseptorlaring bor yoki yo’qligi to’liq o’rganilmagan. Har
holda sezgi organlari butunlay yo’qolmaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,adaptatsiyaning biologik ahamiyati shundaki, u kuchsiz
qo’zg’atuvchilar salbiy ta’siridan sezgi organlarini himoya qiladi. Sezgi organlarining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
259
ISSN:3030-3613
sezgirligi faqat qo’zg’atuvchilarning ta’siri ostida o’zgarmaydi. Sezgi organlarining
o’zaro ta’siri natijasida ham ularning sezgirligi oshadi. Masalan, kuchsiz tovush ta’siri
ostida turish analizatorning sezgirligi oshadi, kuchli tovush ta’siri ostida esa uning
sezgirligi zaiflashadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Гройсман А.Л. Медицинская психология. M. 2001.
2.
Кабанов М.М., Личко А.Е., Смирнов В.М. Методы психологической
диагностики и коррекции в клинической практике. Л. 1983.
3.
Карвасарский Б.Д. Медицинская психология. М. 1982.
4.
Internet materiallari