Mualliflar

  • Zuhra Yorova Baxtiyorovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103351

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ilmiy-metodologik ehtiyoj grammatik tarjima audio-lingual komunikativ yondashuvlar fonetik yaqinlik va singarmonizm til ta’limida tafakkur va ong tushunchasi.

Annotasiya

Annotatsiya: Til – barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda 
bo‘lgan murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, 
uning  barcha  jihatlari  bir-biriga  o‘zaro  ta’sir  etadi,  shunday  sharoitdagina  til 
o‘zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

251

ISSN:3030-3613

QARDOSH TILLI MAKTABLARDA OʻQUVCHILARGA OʻZBEK TILI

FANINI OʻZLASHTIRISH BOʻYICHA YANGI METOD VA

QOʻLLANMALAR

Zuhra Yorova Baxtiyorovna

Toshkent viloyati Parkent tumani 42-umumta'lim

Maktabining oʻzbek tili o'qituvchisi


Annotatsiya:

Til – barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda

bo‘lgan murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari,
uning barcha jihatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til
o‘zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi

Kalit so‘zlar:

Ilmiy-metodologik ehtiyoj, grammatik tarjima, audio-lingual,

komunikativ yondashuvlar, fonetik yaqinlik va singarmonizm, til ta’limida tafakkur
va ong tushunchasi.

KIRISH

O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma – yon yashab, bir –

birlari bilan iqtisodiy – ijtimoiy va madaniy munosabatda bo‘lib kelmoqda. Ular
o‘tmishda birgalikda yirik qurilish inshootlarini yaratganlar,dushmanlarga qarshi jang
qilganlar, oilaviy hayot kechirganlar va madaniy yodgorliklardan hamkorlikda
foydalanganlar. B. G‘.G‘ofurovning yozishicha, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi
yaqinlik milodiy XI asrdan boshlangan.

Ikki xalq o‘rtasidagi bu ijtimoiy aloqalar bizning davrimizda yanada

mustahkamlandi. O‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va yaqinlik
ularning tillariga ta‘sir etmay qolmadi. Natijada tojik tilidan o‘zbek tiliga ko‘pgina
so‘z, so‘z shakllari va turli iboralar o‘tib o‘zlashdi.Shu bilan birga o‘zbek tilidan tojik
tili va uning shevalariga ham ancha so‘z va iboralar, affikslar kirib kelgan.

Ma‘lumki, IX asr oxiriga kelib, O‘rta Osiyoda arablar hukmronligi susaya

boshlaydi. Ana shu davrda poytaxti Buxoro bo‘lgan samonilar davlati barpo bo‘ladi.
Samoniylar davlatining podshohi Ismoil Ahmad Samoniy ( 874-907) va uning
avlodlari 999yilgacha hukmronlik qiladilar. Bu davrda tojik – fors adabiyoti
rivojlanadi. Tojik – forselat adabiy tili ham shaklanib, mamlakatning rasmiy tiliga,
she‘tiyat tiliga aylanib, shuhrat topgan edi. Tojik – fors adabiy tili bilan bir qatorda ilm
– fan tili bo‘lmish arab tili keng tarqalgan edi. Shunday qilib tojik – fors tili X – XV
asrlarda juda ko‘p elatlarning adabiy tili bo‘lib xizmat qilib kelgan. Hatto ulug‘ Navoiy
yashagan davrda – Xurosonda ham tojik – fors an‘anasi kuchli edi. O‘zbek adabiy tiliga
tojik – fors tilidankirgan so‘zlar miqdori mumtoz adabiyotimiz nomoyondalari
asarlarida o‘ziga xosdir.Masalan, Navoiy asarlarida ko‘proq, Bobur,Muxammad


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

252

ISSN:3030-3613

Solih,Hoja,Majlisiy,Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarida nisbatan oz.Lutfiy,Sakkokiy,
Atoyi kabi Navoiy zamondoshlarining asarlarida ham o‘zlashgan so‘zlar o‘z qatlamga
nisbatan ozdir. Tojikcha so‘z va shakllarning ishlatilishida ma‘lum uslubiy maqsad va
o‘zicha ijtimoiy sabablar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.Masalan, Navoiy turkiy nom bilan
atalgan eski o‘zbek tilini tojik tili darajasidagi adabiy tilga tenglashtirishni maqsad qilib
ko‘ygan edi. U o‘zining “ Xamsa”,” Chor devon”, “Majolisun nafois”, “ Mezonul
avzon”, “ Mahbubul qulub”,” Muhokamatul lug‘atayn” va sh.k. o‘ttizdanortiq asarlari
bilan o‘zbek adabiyoti va o‘zbek adabiy tilining shuhratini jahonga yoydi.Xo‘sh,
Navoiy bu asarlarini yozishda adabiy tilni qaysi manbalar hisobiga boyitdi? Taniqli
navoiyshunos Alibek Rustamovning fikricha, Navoiy eng ko‘p foydalangan va eng boy
manba turkey lahjalar bo‘ldi.Navoiy asarlarida uchraydigan tojikcha va arabcha so‘zlar
Navoiy davridagi ziyolilar tilida mavjud bo‘lgan deb tahmin qilsa bo‘ladi.Chunki,
og‘zaki tilda ishlatilmasligi aniq bo‘lgan o‘zga til elementlari Navoiy tilida kam
uchramaydi.

Ushbu maqolamizda qardosh tilli maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish

muammlariga bag’ishlangan bo‘lib, uning integrativ yondashuv tamoillari va unga
qo‘yilgan didaktik talablar masalalariga qaratilgan.Umuman olganda ta’lim
ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilayotgan darsliklarda inobatga olinishi o‘ta muhim
bo‘lgan mulohazalar o‘rin olgan.

Bugungi kunda o‘zbek tilini ta’lim boshqa bo‘lgan sinflarda xorijiy til sifatida

o‘qitish va ilmiy-metodologik ehtiyotlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.
Bu kabi yondashuvlar xorijiy tillarni o‘qitishda grammatik tarjima, audio-lingual,
komunikativ va boshqa yondashuvlardan foydalanib kelinadi. Endi o‘zbek tili qardosh
tillar kesimida o‘qitilsa bir qator qulaylik va murakkabliklarni keltirib chiqaradi:

Birinchidan, ular o‘rtasidagi fonetik yaqinlik va singarmonizmga asoslangan va

asoslanmaganligi;

Ikkinchidan, leksik-grammatik yaqinlik va yaqin o‘tmishda bu tillarning o‘ziga

xosligini saqlash maqsadida sun’iy uzoqlashtirilganligi;

Uchinchidan, yaqin vaqtlar ichida alifbolarini tez-tez o‘zgartilib turishi:

Ayniqsa, turkman tiliga ixtisoslashgan maktablarda buni ko‘rishimiz

mumkin:H. Boboqulovning “Turkman tilining o‘qitish usullar” o‘quv qo‘llanmasida
“Turkman tilining o‘qitish til xusiyatlari singarmonizm talablari qattiq amal qilishi
bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turadi”.

Shuni hisobga olganda turkman maktablarida boshlang’ich sinflarda asosiy

e’tibor to‘g‘ri yozish va o‘qishga qaratilsa, o‘zbek tiliga ixtisoslashtirilgan
maktablarda grammatika va mantiqiy fikrlash ham o‘rin oladi va boshqa fanlar bilan
intigratsiya ham so‘ngi nashr qilingan darsliklarda salmoqli o‘rin egallamoqda.

Shuning uchun ham yuqoridagi muammolardan kelib chiqib ta’lim sifati, uning

samaradorligini oshirish kichik yoshdagi o‘smirlarni ilmiy dunyoqarash elementlarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

253

ISSN:3030-3613

shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi
sharti - o‘quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Ta’lim qaysi tilida
olib borilmasin quyida ko‘rsatilgan omillar tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:

1.

Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ)

vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang‘ich sinflarda
tilni o‘rgatishning yetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan tilning aloqa
vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.

2.

Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga

chiqadi.

Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi.

3.

Til va tafakkur atrofimizni o‘rab olgan moddiy borliqqa nisbatan

ikkilamchidir.

Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. Shuning uchun

ham til o‘qitish mexanizmlarida “so‘z” tushunchaning shartli nomini o‘zida aks
ettiradi. Dunyoda yo‘q narsa ongda ham, tilda ham bo‘lmaydi. Bu holat o‘quvchilarda
dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini,
ya’ni til atrofni o‘rab olgan muhitni, voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati
vaziyatida o‘rganilishini belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy
masalalaridan biriga, ya’ni nima birlamchi ekanligini aniqlash: Bilim (ma’lumot)mi
yoki tafakkurmi degan savolga javob tayyorlash hisoblanadi; tafakkur – birlamchi,
ma’lumot-ikkilamchi degan tushunchadan o‘quvchilarning xabardor qilish bugungi
ta’lim didaktikasi oldidagi eng asosiy metodik vazifadir.

Til – barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo‘lgan

murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning
barcha jihatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o‘zining aloqa
quroli vazifasini bajara oladi. Agar biz qardosh tilli maktablarda bu narsani hisobga
olmasak, ko‘zlangan natijaga erish olmaymiz. Chunki o‘quvchilarnini didaktik
tafakkurini rivojlantirmasdan tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi,
grammatikasi, so‘z yasalishi) ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish o‘zbek tilini
o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quvchilarning tilni
murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa
sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok
etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan qismlardan tuzilishini
tushunishga zamin hozirlaydi. Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni
ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o‘quv jarayonida amalga
oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to‘g‘ri tanlash,
asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o‘qituvchining tutgan metodologik
yo‘lining aniqligi, o‘quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o‘rgatishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

254

ISSN:3030-3613

asos bo‘ladigan til materialining yuqori sifatli bo‘lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir
etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo‘lmaydi.
Aksincha, ularning bir-biriga to‘g‘ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
Tilni ijtimoiy hodisa sifatida tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Tilning ijtimoiy
mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishida ko‘rinadi. Uning jamiyat hayotidagi
ahamiyatini aniq tushunishga yordam berish uchun quyidagi jihatlarga ahamiyat
berish kerak:

a)

o‘quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi o‘rnini o‘quvchilar

o‘zlashtirishini ta’minlash zarur. O‘quvchilar tilning aloqa vazifasini tilning asosiy
birliklari (fonema, morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap)ning vazifasini tushunish
jarayonida o‘rganadilar.

b)

o‘quvchilarning tilning o‘zaro aloqa vositasi ekanligini tushunishlari “Til

har bir kishi, umuman, jamiyat hayotida qanday o‘rinni egallaydi?” savoliga javob
topishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar sinfdan sinfga o‘tishi bilan bu savolga
javob chuqurlashib va kengayib boradi. Til kishilarning birgalikdagi mehnat
faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro qilishda
zarurligi haqida misollar topib, o‘z fikrlarini tasdiqlaydilar. Yoshlari ulg‘aygan sari
o‘quvchilar odamning odam bo‘lishida tilning ahamiyatini tushuna boradilar. Odam
o‘zining fikrlash faoliyatini rivojlantirish va nutqini o‘stirish bilan o‘zini doimo
takomillashtirib boradi. Olamni, koinotni o‘zgartira borib, kishi yanada kamol topa
boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan, jamiyat a’zolari bilan aloqa, munosabat
har bir kishining o‘sishi, rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi.

d) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini

shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida
ularning saviyasiga mos bo‘lgan “sir” ni yechish (tushuntirish) ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o‘ylab chiqarilmaganini,
u ibtidoiy odamlarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yaratilganini va asta-sekin
rivojlanib borganini tushuntiradi: “Bizdan juda uzoq vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha
o‘ngina so‘z mavjud edi, kishilar atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari
yaratib, nimadir ishlab chiqarganlari sari tilda yangi so‘zlar paydo bo‘la boshladi.
Atrofimizda mavjud bo‘lgan shaxs va narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, juda
ko‘p boshqa narsalarga kishilar nom qo‘yganlar. Shunday qilib, til yangi so‘zlar bilan
boyidi va boyib bormoqda”.

Boshlang‘ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus

o‘rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan
hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik
tomoni boshqalariga nisbatan harakatchan, tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun, til
leksikasi misolida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning
rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

255

ISSN:3030-3613

tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarning
kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos
material beradi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, til ta’limida ayniqsa qardosh tilli

maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish faqat metodologik yondashuvlarni rivojlantirish
bilan emas, darsliklar yaratishda uning integrativ tamoillari va didaktik talablarga ham
javob berishini hisobga olishimiz va zaruriy tavsiyalar ishlab chiqarish lozimligini
tadqiqotimiz va olib borgan sinov tajribalarimizda bo‘y ko‘rsatmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi,
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 7– maxsus
son. – Т.: “Sharq”, 1999.

2.

Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti,
“Boshlangich. ta’lim”. jurnali. – Toshkent, 2017. – № 5. 5, 6, 8–9–betlar.

3.

Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi o‘quv dasturi, “Boshlangich
ta’lim”. jurnali. – Toshkent, 2005. – № 5. 21 –33–betlar.

4.

Babakulov H. “Türmen dilini okatmak metodikasy”, Türkmenabat-2010.

5.

Internet maʼlumotlari


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi,

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 7– maxsus

son. – Т.: “Sharq”, 1999.

Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti,

“Boshlangich. ta’lim”. jurnali. – Toshkent, 2017. – № 5. 5, 6, 8–9–betlar.

Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi o‘quv dasturi, “Boshlangich

ta’lim”. jurnali. – Toshkent, 2005. – № 5. 21 –33–betlar.

Babakulov H. “Türmen dilini okatmak metodikasy”, Türkmenabat-2010.

Internet maʼlumotlari