Mualliflar

  • Raxmonova Marg’ubaxon Olimjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103357

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: kasb jamoa kasb mehnat tasavvur tanlash muammo ruhiyat baxt maqsad.

Annotasiya

Annotatsiya: Hamma yoshlar ham oʻzi qiziqqan sohasini toʻliq bilmaydi, yaʼni, 
kasblar haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Buning uchun oʻqituvchilar koʻmagida, 
ishini  sevuvchi  va  oʻz  ishini  ustasi  boʻlgan  xodimlar  bilan  uchrashuvlar,  “ochiq 
eshiklar kuni” kabi ochiq muloqotlarda oʻquvchi yoshlarga kerakli bilimlarni berish 
lozim. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

228

ISSN:3030-3613

YOSHLAR ORASIDA KASB TANLASHDA YUZAGA KELADIGAN

MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Raxmonova Marg’ubaxon Olimjonovna

Qo'qon shahar 31-maktab psixologi

Annotatsiya:

Hamma yoshlar ham oʻzi qiziqqan sohasini toʻliq bilmaydi, yaʼni,

kasblar haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Buning uchun oʻqituvchilar koʻmagida,
ishini sevuvchi va oʻz ishini ustasi boʻlgan xodimlar bilan uchrashuvlar, “ochiq
eshiklar kuni” kabi ochiq muloqotlarda oʻquvchi yoshlarga kerakli bilimlarni berish
lozim.

Kalit so`zlar:

kasb,jamoa, kasb, mehnat, tasavvur, tanlash, muammo, ruhiyat,

baxt, maqsad.

KIRISH

Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli kasbni tanlashimiz– bu hayotga

qo’ygan ilk qadamimiz hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda oʻz
oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin?
Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi , buning natijasida baxtli yashashi mumkin.
Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga eʼtibor berishi lozim.
Odam jamoat oldida oʻzini tutishi ham muhim oʻrin egallaydi.

Odamlar bilan bevosita aloqada boʻladiganlar shirinso’z va gapga usta boʻlishi

kerak. Shunda ish vaqtida har bir gapga javob topib keta oladi. Masalan, shifokorlarni
oladigan boʻlsak, ular sovuqqon boʻlishi bilan xarakterlanadi. Chunki, shifokorda
achinish tuygʻusi boʻladigan boʻlsa, bemorga toʻgʻri yordam koʻrsata olmaydi.
Oʻqituvchilarni oladigan boʻlsak, ular oʻquvchilarni darsga, oʻziga va atrofdagi
narsalarga qiziqtirib qurishi kerak. Shunda shu oʻqituvchining darsi doimo qiziqarli,
mazmunli va har doim bolalarni oʻziga jalb qiladigan boʻladi. Yoshlarni oʻzi yoqtirgan
kasbga qanday jalb qilsa boʻladi?

Respublikamizda turli kasblarga qo’yilgan talablar O’zbekiston Respublikasi

“Mehnat kodeksi”da ham o’z aksini topgan .”Xavfsizlik va gigiena talablariga javob
beradigan sharoitlarda mehnat qilish;Kasbga tayyorlash,qayta tayyorlash va
malakasini oshirish».Avvalo hamma yoshlar ham oʻzi qiziqqan sohasini toʻliq
bilmaydi, yaʼni, kasblar haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Buning uchun
oʻqituvchilar koʻmagida, ishini sevuvchi va oʻz ishini ustasi boʻlgan xodimlar bilan
uchrashuvlar, “ochiq eshiklar kuni” kabi ochiq muloqotlarda oʻquvchi yoshlarga
kerakli bilimlarni berish lozim. Bunda o’qituvchilar qanday yordam berishadi ,– degan
savol tug’ilishi tabiiydir. Suhbat o’tqazgan ishchi xodim suhbatidan o’quvchi
ruhiyatiga bog’liq bo’lgan tomonlarini aytib o’tish, o’quvchi bilan individual ishlash


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

229

ISSN:3030-3613

va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda o’quvchi yoshlarga maslahat berish kerak
bo’ladi. Bu ishni ko’proq sinf rahbarlari va psixolog o’qituvchilarga topshirish tavsiya
etiladi. Negaki, o’quvchi ichidagi gaplarini hammaga ham aytavermaydi. Agar
o’quvchi bilan ko’proq suhbat o’tkazilsa, bunday hollarda o’quvchi o’qituvchiga
ishonishni boshlaydi. Buning orqasidan uning nimaga qobiliyati bor, nimaga ko’proq
qiziqadi degan savollarga javob olish mumkin, lekin shu narsani esdan chiqarmaslik
lozimki,bunday vaziyatda har bir aytilgan gap o’quvchini yo ishontiradi yo butunlay
o’z qobig’iga o’ralib olishiga sabab bo’ladi. Bu qobiqni hammaga ham ochavermaydi.
O’quvchi o’smirlik davrida hammaga narsaga tanqidiy ko’z bilan qaraydigan,
hammaga ham ishonavermaydigan bo’lib qoladi. Psixolog shunaqa o’quvchilar bilan
gaplashganda uning har bir so’ziga ishonishni boshlaydi. Shu tariqa o’quvchi o’z
qiziqishlarini bilib olishga intiladi. O’quvchi uchun hamma kasblar haqida to’liq
ma’lumot berilganda, uning fikri o’zgarib, o’zini boshqa kasblarda namoyon qilishi
aniq bo’ladi.

Endi kasb tanlashni huquqiy va qonuniy tomonlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak.”

Mehnat faoliyatida amaliy ko’nikmalar barqarorlashadi,nazariy fikr ,g’oya,mulohaza
vujudga keladi.Mehnat faoliyati individual xususiyat kasb etsada,lekin uning mohiyati
ijtimoiydir” .Mehnat qobiliyati– xodimning sog’ligidagi holatdan kelib chiqib, uning
qanday ish baja olish qobiliyatiga aytiladi. Ish ko’lamiga qarab to’liq mehnat va
cheklangan mehnat qobiliyati mavjud. 16 yoshga yetgan har bir fuqaro mehnat
qobiliyatiga ega deb qaraladi. Uni ishga qabul qilish mumkin. Ishga qabul qilishda
istisno tariqasida 15 yoshga to’lgan o’smirlar ham mehnat qobiliyatiga ega deb e’tirof
etiladi. Qonunga binoan 14 va 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onasining biri yoki
ularning o’rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqadida umumtalim maktablari va o’rta maxsus,
kasbhunar yurtlarining 14 yoshga to’lgan o’quvchilarini ota-onalaridan birining yoki
ularni o’rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan o’quvchi sog’ligiga, kamol
topishiga ziyon yetkazmaydigan va ta’lim jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni
o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.

Nega biz tanlaydigan kasbimizni sevishimiz kerak; ishlasak, pul topsak, oila

tebratsak bo’ldimasmi? degan savollar o’smirlarda ko’p paydo bo’ladi. Biz o’z
kasbimizni sevishimiz orqali kasbiy toliqishni orqaga surishimiz mumkin. O’zimizga
yoqadigan kasbni egallashimiz orqali hayotdan rozi bolib yashaymiz. Ammo
muammoning ikkinchi tomoni ham bor , moddiy tomondan qiynalsak, und anima
bo’ladi? Tasavvur qilaylik ,oldimizda ikkita tanlov turibdi. Birinchisi sevimli kasbimiz
va yana bitta kasb. Sevgan kasbimizdan qoniqamiz, lekin moddiy tomondan
qiynalishimizni bilamiz. Ikkinchi kasbda esa sevmaymiz, lekin ishlasak bo’ladi.
Moddiy tomondan ham qiynalmaymiz. Shu vaziyatda ikkinchisini tanlab qolganiga
e’tibor bermasak, tez orada, ya’ni 30-45 yoshlar oralig’ida kasbiy toliqish paydo


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

230

ISSN:3030-3613

bo’ladi. Odam o’zini kasbini sevmaganidan keyin o’zini ustida ishlaganini foydasi kam
bo’ladi. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak? To’g’ri hozirgi tez o’zgarib
ketayotgan zamonda moddiy tomondan yetishmovchilik bo’lishi ancha orqada
qolishga sababbo’lishi turgan gap. Ayniqsa hozir ko’pchilik yurishturishingga,
kiyinishingga va topayotgan daromadingga qarab muomala qilishadi.

Shuning uchun bu yerda berilgan ikkinchi kasbni tanlab, sevgan kasbimizni

tashlab qo’ymasligimiz kerak. Moddiy tomondan o’zimizni qoniqtiradiganini tanlab,
sevgan kasbimizni shunchaki qiziqish bo’lsa davom ettirish mumkin. Sevgan
kasbimizdagi yutuqlarimiz tufayli kasbiy toliqishni anchagini orqaga suramiz. Sevgan
kasbingiz hech qachon armon bo’lib qolmasin, chunki 45-50 yoshga kirib “Eh, shu
ishni qilganimda hozir baxtli yashardim. Moddiy tomondan ozgina qiynalsam ham
o’tib ketardi”,- deb qolishingiz turgan gap. Buni eslab har safar ezilish, qila olmagan
ishlaringizni keyinchalik farzandlaringiz, nabiralaringiz egallashini hohlashingiz orqali
ularni ham o’zingiz singari afsuslanadigan qilib qo’yishingiz mumkin. Ularga
faqatgina “Shu kasbni taklif qilaman”,– deb tavsiya berishingiz orqali juda katta
yordam bergan bo’lasiz.

XULOSA:

Hamma shunaqa maslahat berib, bu kasb orqali erishilishi mumkin

bo’lgan yutuqlarni sanab va oxirida “Bu senga oddiygina maslahat, bunaqa yutuqlarga
hamma sohada erishsang bo’ladi. Men faqat shu sohani bilganim uchun shu soha
haqida gapirdim. Tanlov o’zingni qo’lingda”,– deydigan bo’lsak o’smir kasb tanlashda
qiynalmay o’z yo’lini osongina topib ketadi. “O’z qobiliyatlarini oqilona baholay
olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez va aniq harakat qila
olishlarini,bu ishga moslasha olishlari mumkunligini bilmaydilar. Biroq mazkur
ko’ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud.”

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

E.G’oziev. Ontogenez psixologiyasi. ”Noshir”, -T.:-2010.

2.

E.G’oziev. Psixologiya. -T.: 2010. 76-bet.

3.

O‘zbеkistоn milliу еntsiklореdiуаsi. 4-tоm. – T.: “O‘zbеkistаn milliу еntsiklореdiуаsi”
Dаvlаt ilmiу nаshriуоti, 2002. – 169 b.

4.

Рафиқова.Д, Азимов.У. ТАЪЛИМНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ВА ТАЪЛИМ
СИФАТИНИ ОШИРИШ //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-2 (81). – С. 167169.

5.

Рафиқова.Д., Азимов.У. MODERNIZATION OF EDUCATION AND

6.

INCREASING THE QUALITY OF EDUCATION //Экономика и социум. – 2021. –
№. 2-2. – С. 167-169.

7.

Азимов.У.А, Тожибоева.Г.А. ТAЪЛИМ-ТAPБИЯ ЖAPAЁНИДA ЁШЛAPНИНГ
ДEМOКPAТИК ҚAДPИЯТЛAP ТИЗИМИГA AКCИOЛOГИК МУНOCAБAТИНИ
PИВOЖЛAНИТИPИШ ИCТИҚБOЛЛAPИ //Экономика и социум. – 2021. – №. 11-
1 (90). – С. 694-698.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

E.G’oziev. Ontogenez psixologiyasi. ”Noshir”, -T.:-2010.

E.G’oziev. Psixologiya. -T.: 2010. 76-bet.

O‘zbеkistоn milliу еntsiklореdiуаsi. 4-tоm. – T.: “O‘zbеkistаn milliу еntsiklореdiуаsi”

Dаvlаt ilmiу nаshriуоti, 2002. – 169 b.

Рафиқова.Д, Азимов.У. ТАЪЛИМНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ВА ТАЪЛИМ

СИФАТИНИ ОШИРИШ //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-2 (81). – С. 167169.

Рафиқова.Д., Азимов.У. MODERNIZATION OF EDUCATION AND

INCREASING THE QUALITY OF EDUCATION //Экономика и социум. – 2021. –

№. 2-2. – С. 167-169.

Азимов.У.А, Тожибоева.Г.А. ТAЪЛИМ-ТAPБИЯ ЖAPAЁНИДA ЁШЛAPНИНГ

ДEМOКPAТИК ҚAДPИЯТЛAP ТИЗИМИГA AКCИOЛOГИК МУНOCAБAТИНИ

PИВOЖЛAНИТИPИШ ИCТИҚБOЛЛAPИ //Экономика и социум. – 2021. – №. 11-

(90). – С. 694-698.