T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
93
ISSN:3030-3613
YOSHLAR OʻRTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF
ETISHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Usmanova Shoira Baxramovna.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani
5-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
Huquqbuzarlik sodir etgan yoki xulqiy og‘ishlari ijtimoiy havf
ehtimolini yuzaga keltiradigan voyaga yetmaganlar umumta‘lim maktablarining
ichki nazoratiga olinishi belgilangan. Bunday o‘quvchilar qatoriga ta‘lim
muassasalaridagi mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan va muntazam
ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilar, ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etganlar,
notinch oila farzandlari, tarbiyasi og‘ir bolalar, ta‘lim muassasalariga o‘tkir tig‘li
ta‘qiqlangan buyumlarni olib kelgan yoki olib kirishga uringan o‘quvchilar va
ijtimoiy havfli hattiharakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar kiradi. Umumta‘lim
maktablarida yakka tartibda ishlashda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan
yoki qayta sodir etish ehtimoli bo‘lgan bola barcha profilaktik tadbirlarning
markazida bo‘ladi.
Kalit so’zlar
: huquqbuzarlik, deviant xulqatvor, yakka tartibdagi profilaktika,
maxsus profilaktika, nazoratsiz bola, bola reabilitatsiyasi, ijtimoiy pedagog,ruhiy
holat,psixika
KIRISH
Ijtimoiylashuv va shaxsni shakllantirishda ta'lim tizimidagi ijtimoiy ish tobora
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatning barcha bolalarga to'laqonli ta'lim bera
olish qobiliyati - bu jamiyatning ijtimoiy sog'lomligining ko'rsatkichi va uning
barqaror rivojlanishining zaruriy shartidir. Zamonaviy jamiyatining o'zgaruvchan
sharoitida faqat mustahkam ta'lim insonga o'z mavjudligini ta'minlashga va ijtimoiy,
kundalik, kasbiy, mehnat va ijtimoiy funktsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bugun
to'laqonli (boshlang'ich, o'rta, kasb-hunar) ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan
kishi ertaga o'zini o'zi ta'minlay olmaydiganlar qatoriga qo'shilib, jamiyatning
boqimandasiga aylanishi mumkin.
Pedagogika, shu jumladan ijtimoiy pedagogika, umumta‘lim maktablarida
voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik sabablari va manbalarini o'rganish hamda
jinoyatchilikning kamayishini ta'minlaydigan bunday profilaktika dasturini yaratish
uchun zarurdir. Deviant xatti-harakatlarning oldini olishni tashkil qilish jarayonida
ijtimoiy pedagogning vazifasi voyaga yetmaganlar bilan munosabatlarda haqiqiy
hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishdir. Ularning ixtiyoriy ravishda yordam
so'rash prinsipi va yordam taklif qilish prinsipi bir xil darajada amal qiladi. Bolada
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
94
ISSN:3030-3613
deviant xatti-harakatlarning oldini olish jarayonida ijtimoiy pedagog quyidagi
vazifalarni amalga oshiradi: diagnostika; ma‘lumot to‘plash va tahlil qilish; o‘qitish;
ma‘lumot berish; ijtimoiy va psixologik muammolarni hal qilishda yordam berish;
boshqarish. Ijtimoiy pedagoglar o‘quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonlaridagi o‘ziga
xoslikni, individual xususiyatlarni o‘rganib, xulqiy og‘ishni boshidan o‘tkazayotgan
bolalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi bo‘yicha umumta‘lim
maktablarida quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lardi:
•
Umumta‘lim maktablarida psixologlarning malakasini muntazam oshirib
borish va ular uchun ta‘lim muassasasi hududida alohida xona ajratish.
•
Maktab yoshlar yetakchilari shtatiga qo‘shimcha ish o‘rnini ajratish.
•
Maktablardagi profilaktik ishlarga ijtimoiy ishchilarni jalb qilish. Bunda
huquqbuzarlik sodir etish havfi ostidagi o‘quvchi bilan birgalikda ularning oilasi bilan
ishlash imkoniyati kengayadi.
•
Umumta‘lim maktablarida o‘tiladigan huquq darslarida muammoli
vaziyatlar-kazuslar ishlash amaliyotini kengaytirish. Bunda o‘quvchilar nazariy
bilimlar bilan birga amaliy tajribani uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘lishadi.
•
MMIBDOʻ bilan birgalikda maktab ichki nazoratiga olingan
o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash hamda ularni to‘garaklarga,
seminarlarga jalb qilish amaliyotini takomillashtirish.O‘quvchilarning genogramma
va ekoxaritasini tuzishni yo‘lga qo‘yish. Bunda o‘quvchilarning oila a‘zolari va oila
bilan aloqada bo‘lgan tashkilotlar haqida yetarlicha ma‘lumot olish imkoni yaratiladi.
Davlatimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bugungi
kunda aholining yoshlar qatlamiga oid islohotlarni to‘la-to‘kis amalga oshirib
kelmoqda. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va
erkinliklarini ta‘minlash, yoshlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish kabi
vazifalar bilan bir qatorda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish
masalasi ham dolzarb vazifalar qatoridan joy oldi. Huquqbuzarliklarning oqibati bilan
emas, balki uning kelib chiqishi sabablarini aniqlash profilaktika ishlarini olib
borishning samaradorligini oshirishga asos bo‘ladi.
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi masalasi faqatgina bir
tashkilot zimmasidagi vazifa bo‘lib qolmasdan, bu yo‘nalishda tizimli faoliyatni olib
borish maqsadga muvofiq bo‘lishi haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ―Davlat
idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga
lozim darajada e‘tibor qaratmayapti‖, deb ta‘kidlagan.
Umumta‘lim maktablarida huquqbuzarlik profilaktikasi tadbirlari ikki shaklda
amalga oshiriladi: umumiy (jamoaviy) profilaktika, yakka tartibdagi profilaktika.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
95
ISSN:3030-3613
Umumiy (jamoaviy) profilaktika – bu o‘quvchilarning umumiy jamoasiga
qaratilgan, huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, o‘quvchilarning
huquqiy ongini o‘stirib, qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora
tadbirlar majmuidir.
Umumiy profilaktika tadbirlari doirasida har payshanba umumta‘lim
maktablarida profilaktika kuni o‘tkazilishi va bu kunda maktab miqiyosida ommaviy
tarbiyaviy profilaktik ishlarga o‘quvchilarning katta qismi jalb qilinishi belgilangan.
Jumladan, O‘quvchilar davomati va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
davra suhbati, Internetning salbiy ko‘rinishlari-yoshlar tarbiyasiga ta‘siri tadbirlari,
kelajakka sog‘lom fikr bilan so‘rovnomasi,jinoyatchilikning ildizlari‖ suhbati, Yoshlar
va qonun‖ mavzusida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi tadbirlar,
Jaholatga qarshi kurash mavzusida debat,bola tarbiyasiz tug‘iladimi? mavzusida
suhbat,”Ta‘tilni jinoyatlarsiz o‘tkazamiz” shiori ostida tadbirlar majmui va boshqa
ko‘plab tadbirlar shular qatoridandir. Ushbu tadbirlar mahalla faollari, profilaktika
inspektorlari, diniy tashkilot vakillari, yoshlar yetakchisi va boshqalar ishtirokida
tashkil etiladi.
Huquqbuzarlik sodir etgan yoki xulqiy og‘ishlari ijtimoiy havf ehtimolini
yuzaga keltiradigan voyaga yetmaganlar umumta‘lim maktablarining ichki nazoratiga
olinishi belgilangan. Bunday o‘quvchilar qatoriga ta‘lim muassasalaridagi
mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan va muntazam ravishda
qatnashmayotgan o‘quvchilar, ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etganlar, notinch oila
farzandlari, tarbiyasi og‘ir bolalar, ta‘lim muassasalariga o‘tkir tig‘li ta‘qiqlangan
buyumlarni olib kelgan yoki olib kirishga uringan o‘quvchilar va ijtimoiy havfli
hattiharakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar kiradi. Umumta‘lim maktablarida
yakka tartibda ishlashda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan yoki qayta sodir
etish ehtimoli bo‘lgan bola barcha profilaktik tadbirlarning markazida bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi mas‘ul xodim
sifatida sinf rahbari, yoshlar yetakchisi, maktab psixologi, tajribali o‘qituvchilardan
bir nafari (zarur hollarda bir necha nafar) bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar maktab ichki
nazoratiga uch, olti, to‘qqiz oy va bir yil muddatga olinadi, ushbu muddat
o‘quvchining xulqida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgunga qadar uzaytirilishi mumkin.
Mas‘ul xodimlar bolaning davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, u
bilan suhbatlar o‘tkazish, bolaga turli sohada maslaxat va yordam berish, bolaning
oilasi bilan muntazam aloqa qilish, bolani o‘zi qiziqqan to‘garakka biriktirish va
boshqalarni amalga oshiradilar.
XULOSA
Huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida shaxslarning huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga roiya qiladigan fuqarolarni
tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
96
ISSN:3030-3613
umumta‘lim maktablarida fan sifatida o‘tiladigan huquqshunoslik darslari o‘z o‘rniga
ega. O‘quvchilarga huquqbuzarlik, huquqiy javobgarlik, jazo, jinoyat,
huquqbuzarlikning oldini olish, huquq va axloq normalari kabi tushunchalar aynan
ushbu darslarda yoritilib, mavzuga oid muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bilan
mustahkamlanadi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Sh.M. Mirziyoyev. 2017-yil 4-mart kuni qabul qilingan ―Huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖gi
2833-
sonli
Prezident
qarori.
https://lex.uz/docs/3141186
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi ―Voyaga yetmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida‖gi
qonunning 8-moddasi.
3.
«
Роль социального педагога в профилактике правонарушений в подростковой
с
реде».
https://infourok.ru/rol-socialnogo-pedagoga-v-profilaktike-
pravonarusheniy-vpodrostkovoy-srede-3776595.html
4.
Internet materiallari