Mualliflar

  • Ismoilova Dilorom Muxtorjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106170

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zi: psixodiagnostika eksperimental psixologiya eksperiment (tajriba) simptomatik diagnoz ruhiy rivojlanish bosqichlari ong tafakkur

Annotasiya

Annotatsiya:  Shaxsning  fazilatlari,  faoliyati,  xulq-atvori,  muomalasi,  uning 
faollashuvi, ruhiy tushkunligi-yu shijoati, intiluvchanligi, mardligi, mehnatsevarligi, 
fidoyiligi, vatanparvarligi, e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqishining namoyon bo‘lishi va 
kechishi,  rivojlanishi  bularning  hammasi  psixologik  qonuniyatlar  asosida  amalga 
oshadi. Insonning hodisalar, holatlar, vazifalar va shart-sharoitlarga munosabati o 
‘zini o ‘zi anglashda, o ‘zini o ‘zi baholashda, o'zini o ‘zi nazorat qilishda, o‘ziga o‘zi 
taskin  hamda  buyaiq  berishda,  o‘z  ichki  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarishda 
mujassamlashadi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

85

ISSN:3030-3613

SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK

XIZMATNING AHAMIYATI

Ismoilova Dilorom Muxtorjonovna

Toshkent viloyati Olmaliq shahar

17-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya:

Shaxsning fazilatlari, faoliyati, xulq-atvori, muomalasi, uning

faollashuvi, ruhiy tushkunligi-yu shijoati, intiluvchanligi, mardligi, mehnatsevarligi,
fidoyiligi, vatanparvarligi, e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqishining namoyon bo‘lishi va
kechishi, rivojlanishi bularning hammasi psixologik qonuniyatlar asosida amalga
oshadi. Insonning hodisalar, holatlar, vazifalar va shart-sharoitlarga munosabati o
‘zini o ‘zi anglashda, o ‘zini o ‘zi baholashda, o'zini o ‘zi nazorat qilishda, o‘ziga o‘zi
taskin hamda buyaiq berishda, o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda
mujassamlashadi.

Kalit so’zi:

psixodiagnostika; eksperimental psixologiya; eksperiment

(tajriba); simptomatik diagnoz; ruhiy rivojlanish bosqichlari,ong, tafakkur

KIRISH.

Borliqdagi narsa va hodisalardan zavqlanish, nafis his-tuyg‘ularga g‘arq

bo'lish, atrof-muhit jozibasini chuqur his etish, insoniyat yaratgan mo‘jizalardan
hayajonlanish, shaxslararo munosabatga kirishish me’yorini bilish psixologiya fani
tufayligina o ‘z yechimini topadi. O‘tmish zahmatlari-yu hozirgi davrning iliq nafasi,
kelajak ezgu niyatlari-yu olam xayolati, ijodiy o‘y-fikrlar, mantiqiy mulohazalar,
mustahkam iroda, kuchli xarakter, yuksak aql-zakovat xususiyatlari va ularning
o‘ziga xosligi bularning barchasi psixologik tahlilning mahsulidir. Tevarak-atrofni
sezish, moddiy dunyoni idrok qilish, zaruriy ma’lu-motlarni eslab qolish, mustaqil
fikrlash, voqelik mohiyatini tushunish tegishli tarzda psixologiya fani
mazmunidagina aks etadi va u asta-sekin inson miyasida, ongida mujassamlasha
boradi.

XXI asrda inson omilining o‘rganilishi va tadqiq qilinishi bilan bog‘liq

psixologik talablar birmuncha takomillashib bormoqda. Chunki inson tom ma’noda
ijtimoiy mavjudot bo‘lganligi bois, uning shakllanishi va shaxs sifatida taraqqiyoti
eng avvalo unga ta’sir etuvchi obyektiv va sub- yektiv olamning o‘ziga xos
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu imkoniyatlar tizimini o‘rganish va tadqiq
qilish bugungi psixologlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bolib
qolmoqda.

Shaxsning fazilatlari, faoliyati, xulq-atvori, muomalasi, uning faollashuvi,

ruhiy tushkunligi-yu shijoati, intiluvchanligi, mardligi, mehnatsevarligi, fidoyiligi,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

86

ISSN:3030-3613

vatanparvarligi, e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqishining namoyon bo‘lishi va kechishi,
rivojlanishi bularning hammasi psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Insonning hodisalar, holatlar, vazifalar va shart-sharoitlarga munosabati o ‘zini o ‘zi
anglashda, o ‘zini o ‘zi baholashda, o'zini o ‘zi nazorat qilishda, o‘ziga o‘zi taskin
hamda buyaiq berishda, o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda
mujassamlashadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan o ‘zini o ‘zi anglashi, milliy
o ‘ziga xoslik alomatlari, betakror nafosat egasi ekanligi, milliy didi (ta’bi) — bular
milliy qiyofa yordami hamda milliy o ‘zini o ‘zi (o'zligini) anglashda pishib yetiladi.
Milliy qiyofa, milliy xarakter, milliy ong, milliy xulq-atvor, milliy an ’analar,
marosimlar, rasm -rusum lar tavsifi, milliy yoki etnos (elat) psixologiyasi tuzilmasida
aks etadi. Oila a ’zolari orasidagi o ‘zaro munosabatlar, ayol yoki erkaklar o ‘rta-
sidagi muloqot, voyaga yetganlarning voyaga yetmagan yoshlar bilan o‘zaro fikr
almashuvi, bir-birlariga ta’sir o‘tkazishi, hamkorligi, hamdardligi, o‘zaro yordam va
oʼzaro hurmati, omilkorligi, odilligi mohiyatan psixologiyada o‘z ifodasini topadi

Psixologiya fani inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga

ko'chirish, kamol toptirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat
bosqichiga o'tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan oʻta amaliy, tatbiqiy fanga
aylangandir. Psixologiya fani sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb
etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat
psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya,
maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy
jihatdan o ‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy sotsial psixolog, muhandis psixolog,
oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni oʻz ichiga
qamrab olgandir.Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo
bo'lgan bo‘lib, hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi
aniqlangani yo'q, biroq shuinga qaramay, uni har ikkala yo'nalishdagi sohalar
bo‘yicha to'plangan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash
mumkin.

Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar

mavjud bo'lishidan qat’i nazar, u alohida xususiyatga ega bo‘lgan mustaqil fandir.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan yana birfarqli tomoni
shundan iboratki, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta,
oqilona xususiyatga ega bo‘ladi. Ilmiy psixologik bilimlar esa faraz va g‘oyalarni
ilgari surish daqiqasidan boshlab shakllana boradi va ulardan kelib chiqadigan
natijalarni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Shunda ham olg‘a surilgan g‘oyalar
tekshirish jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor m a’nosiga erishsagina ilmiy
psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi.Inson o ‘zining kimligini anglashga intilishdan,
o‘z ruhiy dunyosini va o ‘zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo‘lishdan, tabiat va
jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan,o‘tmish, hozirgi zamon, kelajak


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

87

ISSN:3030-3613

haqida mulohaza yurita boshlagandan buyon psixologiya fan sifatida rivojlana
boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq oʻtmish tarixga ega bo‘lsada, u fan sifatida
falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyaning alohida fan sifatida ajralib
chiqishiga oʻsha davr kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
o ‘zgarishlar sabab bo‘ldi, chunki bular ijtimoiy zarurat taqozosi edi. Psixologik
holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixikaning mohiyatini tushunish maqsadida oʻsha
davrlari eksperimental ilmiy psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.

Bugungi kunga psixologiya fani va ona psixologik xizmatlar ko'pgina rivoj

topti. Shaxsdagi ruhiy va intrapsixologik muammolar, oilaviy munosabatlardagi
kichik-katta muammolarning oldini olish va hal qilish lozimligi ortib bormoqda.
Psixologik masalalarni hal etish uchun psixolog-konsultantlar soni va ularning
kompetentsiyasi ham sonli ravishda ortib bormoqda. Shu bilan birga psixologik bilim
doni ham kengayib bormoqda.

XULOSA:

Psixologik xizmatlar asoslari fanining dolzarbligi shundan iboratki, u

psixologiya fani va ustozlarga tayyorlangan talabalarga psixolog kim sifatida ishlash
va yordam berishda qo'llaniladigan asosiy kompetentsiyalarni beradi. Fan talabalarga
psixik

muammolar

bilan

ishlash

usullari,

terrorapiya

texnologiyalari,

psixodiagnostika, konsultatsiya va ma'lumotlar bilan ishlash tizimini o'rgatadi.
Bundan tashqari talabalarga psixologik klinikani tashkil qilish va unda yoki
muassasalarda ishlash ko'nikmalarini beradi.Psixologiyaning dolzarbligi shundan
iboratki, u bugungi psixologik xizmatlar emas, balki kelajakdagi psixologlar
mutahassisligini rivojlantiradi. U talabalarga psixolog tasavvurida eng sodda
bilimdoni bilan birgalikda psixolog kim sifatida ishlash uchun zarur o'zlashtirish va
amaliy kompetentsiyalarni beradi. Shu bilan psixologiya fani asosida yuksak malakali
mutaxassislar rivoji yo'lida muhim qadam qo'yiladi. Psixologiyaning oʻquvchilarga
beradigan mazmun, usul va yondashuvlari kelajakda psixologik xizmatlar sohasidagi
rivojning nufuzli talablarini hisobga olgan holda shakllanadi. U psixologiyani,
psixologik xizmatni va psixolog mutahassisligini rivojlantirishga yo'naltirib, aholi
salomatligiga va farovonligiga yaqin davrda e'lon etiladigan yangi talablarga javob
berishi mumkin. Shunga ko'ra psixologik xizmatlar asoslari fanining dolzarbligi
baholanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

psixologlar / N.A. Aminov, M.V. Molokanov // Psixologik jurnal. – № 5. –

2.

1992. – 104–110-betlar.

3.

Antonova N.V. Shaxsiy o'ziga xoslik muammosi // O'z-o'zini anglash
psixologiyasi

4.

nia: o'quvchi / Ed. D.Ya. Raigorodskiy. – Samara: BAXRAH-M, 2000. – B. 471–
487.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

88

ISSN:3030-3613

5.

Verbitskiy A.A. Kognitiv va kasbiy motivatsiyani shakllantirish

6.

talabalar / A.A. Verbitskiy, T.A. Platonov. – M.: Oliy maktab ilmiy-tadqiqot
instituti, 1986. – 154 b.

7.

Elizarov A.N. Ishonch telefoni: ota-ona bilan psixolog-maslahatchi sifatida ishlash

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

psixologlar / N.A. Aminov, M.V. Molokanov // Psixologik jurnal. – № 5. –

1992. – 104–110-betlar.

Antonova N.V. Shaxsiy o'ziga xoslik muammosi // O'z-o'zini anglash

psixologiyasi

nia: o'quvchi / Ed. D.Ya. Raigorodskiy. – Samara: BAXRAH-M, 2000. – B. 471–

Verbitskiy A.A. Kognitiv va kasbiy motivatsiyani shakllantirish

talabalar / A.A. Verbitskiy, T.A. Platonov. – M.: Oliy maktab ilmiy-tadqiqot

instituti, 1986. – 154 b.

Elizarov A.N. Ishonch telefoni: ota-ona bilan psixolog-maslahatchi sifatida ishlash