T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
76
ISSN:3030-3613
BOLALARDA YOSH DAVRLARIGA NISBATAN RUHIY RIVOJLANISH
BOSQICHLARINING NAMOYON BOʻLISHI
Abdullayeva Gulnozaxon Abdupattoyevna
Uchkoʻprik tumani 38 - umumiy oʻrta
ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga
bo`lgan munosabati turlicha. Uning faollik darajasi va odob-axloq borasidagi
yetukligi turlichadir. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo`yicha qator
mustaqil nazariyalar mavjud. Ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai
nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi.
Kalit so'zlar:
Xulq-atvor, xarakter, biogenik nazariya, ijtimoiy status,
ontogenetik qonuniyatlar,shaxs,individuallik, yetuklik, ruhiy rivojlanish,psixik
jarayonlar
KIRISH
Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy
mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning
ijtimoiy-iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil topadi va shakllanadi.
Bolaning psixik rivojlanishi masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy
muammosi hisoblanadi. Bu muammoni to`g`ri hal etish yosh va pedagogik
psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida ham, yosh avlodni zamon ruhida
tarbiyalashda ham ahamiyati kattadir.
Xulq-atvor shakllanishida tarbiyaning roli katta. Ya`ni bunda tarbiya orqali
bolada turli harakatlar, xarakter ko`rinishlari, o`ziga xos munosabatlar va shaxslararo
munosabatlarda o`ziga xos yondashishlar shakllanadi. Bu ularning oilada olgan
tarbiyasi bilan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar ta`sirida o`z aksini topadi. Bu bir
tomondan bolaning o`z ota-onalaridan meros sifatida o`zlashtirgan sifatlari, ikkinchi
tomondan, tashqi muhit ta`siri yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu muammolar ustida
izlanishlar olib borgan olimlar L.Vigotskiy, J.Piaje, S.Rubishteyn, A.Leontiv ikkala
omil rolini ham inkor qilmagan holda ijtimoiy muhitning yetakchi ta`siri haqidagi
fikrni baravar yoqlaganlar.
Chunki to`g`ri tashkil etilgan talim shaxsning rivojlanishi, uning o`z-o`zini
anglash va o`zgalarga munosabati, bilish jarayonlarini hamda intellektual
taraqqiyotida katta ahamiyatga ega. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon
boladi. U o`zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi,
ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o`ziga xos
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
77
ISSN:3030-3613
xususiyatlar rivojlanib malumot bir bosqichga yetsagina mukammal, kamol topgan
inson deyiladi.
Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo`lgan
munosabati turlicha. Uning faollik darajasi va odob-axloq borasidagi yetukligi
turlichadir. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo`yicha qator mustaqil
nazariyalar mavjud. Ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan
yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik,
sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni
kiritish mumkin. Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida
qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo`lib, ana shu omil bilan
o`zaro bog`liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi biologik
determinantlarga qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilganligi tarixdan ma`lum.
Biogenetik
organning
rivojlanishi
nazariyasini
tashviq
qilishda
hamda
antidarvinchilarga qarshi kurashdi muayyan darajada tarixiy rol o`ynagan biroq unda
organning individual va tarixiy rivojlanishi munosabati tushuntirishda qo`pol
xatolarga yo`l qo`yilgan. Jumladan, bioginetik qonunga ko`ra shaxs psixologiyasining
individual rivojlanishi butun insoniyatning tarixiy rivojining asosiy bosqichlarini
qisqacha takrorlaydi.
Nemis psixologi V.Shterinning fikricha chaqaloq hali odam hisoblanmaydi,
balki faqat sutemizuvchi hayvondir; 6 oylikdan oshgach u psixik rivoji jihatidan-faqat
maymunlar darajasiga tenglashadi. 2 yoshida oddiy odam holiga keladi. 5 yoshlarida
ibtidoiy gala holidagi odamlar darajasiga yetadi, maktabga kirgandan boshlab, ibtidoiy
davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi o`rta asr kishilari
darajasiga, nihoyat, yetuklik davridagina hozirgi zamon kishilarining madaniy
darajasiga erishadi. S.Xoll rekapitulyatsiya qonunini psixologik o`sishning bosh
qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogeniz filogenizning muhim bosqichlarini
takrorlaydi. Olimning talqinicha, go`daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan
boshqa narsa emas. Bolalik esa asosiy mashg`uloti ovchilik va baliqchilik bo`lgan
qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 yoshlardagi o`sish davri
yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishdagi kamolotga tengdir.
O`spirinlik va jinsiy yetuklikdan boshlanib, yetuklik davrigacha davom etib
romantizmga barobardir. S. Xollning talqinicha, bu davrlar bo`ron va tazyiqlar, ichki
va tashqi nizolardan iborat bo`lib, odamda individuallik tuyg`usi vujudga keladi. Yosh
davrlarini tabaqalashning bu turi o`z navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini
o`taydi. Chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezda aynan
takrorlanmaydi va takrorlanishi mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turini nemis konstitutsion psixologiyasi
namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
78
ISSN:3030-3613
negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni)
kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o`sishining xususiyati o`rtasida uzviy bog`liqlik
mavjud deb taxmin qiladi. E. Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: sikloid (tez
qo`zg`aluvchi, his tuyg`usi o`ta beqaror) va shizoid (odamovi, munosabatga qiyin
kirishuvchi, his tuyg`usi cheklangan)larga ajratdi. Bu taxminini yosh davrlari
xususiyatlariga ham tatbiq etib, o`smirlar sikloid xususiyatli, o`spirinlar esa shizoid
xususiyatligini ta`kidlaydi. Lekin insoniyatning kamol topishida biologik shartlangan
sifatlar hamisha yetakchi hal qiluvchi rol o`ynay olmaydi, chunki shaxsning individual
– tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi. Bioginetik nazariyaning
namoyondalari – amerikalik psixologlar A. Gezell va S.Xoll rivojlanishning biologik
modeliga tayanib ish ko`radilar. Bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish
sikllari o`zaro almashinib turadi degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida
biologizmning eng yaqqol ko`rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o`z ifodasini
topgan. Uning ta`limotiga binoan, shaxsning barcha xatti- harakatlari ongsiz biologik
mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi. Birinchi navbatda, jinsiy maylga bog`liqdir.
Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan bir mezon yoki
betakror turtki rolini bajara olmaydi. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko`rinishi
sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro`y beradigan o`zgarishlarni
jamiyatning strukturali ijtimoiylashish usullari, atrofdagi odamlar o`zaro munosabat
vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko`ra inson biologik tur
sifatida tug`ulib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`sir ostida shaxsga
aylanadi.
G`arbning eng muhim nazariyalaridan biri - rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga
ko`ra jamiyat o`zining har bir a`zosiga status deb nomlangan xatti-harakatning
barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo`lgan
maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
Hozirda individual tajriba va bilimlarni o`zlashtirish nazariyasi keng tarqalgan.
Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqelikka munosabati, ko`nikmalarni
egallashi va bilimlarni o`zlashtirishi qo`zg`atuvchining barqarorligiga bog`liq.
K.Levin tavsiya qilgan fazoviy zarurat maydoni nazariyasi o`z davrida muhim
ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko`ra, shaxsning xulqi psixologik kuch
vazifasini o`tovchi ishtiyoq, maqsad boshqarilib turadi. Bu kuchlar fazoviy zarurat
maydonining ko`lami va tayanch nuqtasiga yo`nalgan bo`ladi. Yuqorida ifodalangan
har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o`zgalar uchun yopiq yoki maxfiy
muhitning xususiyatlardan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bunda u odam xohlashi
yoki xohlamasligidan qat`iy nazar mazkur sharoitga moslashmog`i zarur degan
qoidaga amal qiladi. Menimcha. barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-
tarixiy, obyektiv shartsharoitlari mutlaqo e`tiborga olinmagan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
79
ISSN:3030-3613
Hozirgi psixologiyaning yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga,
shaxsning tarkib topishiga sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, yosh
davrlarining o`ziga xos tasnifini yaratdi. A.V.Petrovskiygacha psixologlar shaxsning
bir tekis kamol topishini o`rgangan bo`lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial
(ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksi ijtimoiy) bosqichlari ham bo`lishi
mumkinligini isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxsning kamol topishi uchta
makrofazadan iboratligini qayd etib: birinchisi – bolalik davriga to`g`ri kelishini, unda
ijtimoiy muhitga moslashish ko`nikish (adaptatsiya) ro`y berishini; ikkinchisi –
o`smirlarga xos individuallashish; uchinchisi – o`spirinlikda ya`ni yetuklikka intilish
davrida o`ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlaarini paydo
bo`lishini namoyon qiladi. D.I.Feldshtsin bolaning ijtimoiy o`sishdagi jamiyatga
munosabatini asosiy va oraliq munosabatlarga ajratadi. Bolada jamiyatga
munosabatning shakllanishi, ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini
egallash va bir davrdan ikkinchi davrga o`tish orqali amalga oshadi. Asosiy munosabat
– insonning kamol topishida keskin siljish nuqtalari paydo bo`lishi, ichki sifat
o`zgarishlari vujudga kelishi va yangi xislatlar tarkib topishining mahsulidir. Shuni
alohida ta`kidlash kerakki, D.I.Feldshtsinning yosh davrlariga ajratish nazariyasi
ontogenezdagi barcha psixologik holat va fazilatlarni ifodalash imkoniyatiga ega
emas, ammo u ta`lim- tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta`sir ko`rsatishi bilan
amaliy ahamiyat kasb etadi. Umuman psixologlar tomonidan yosh davrlarini
tabaqalashtirishning puxta metologik negizga ega bo`lgan qator nazariyalari ishlab
chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa bo`lib qo`shildi,
amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda qo`llanilmoqda. Shaxs xulq – atvoridagi
o`zgarishlar va ularning o`ziga xos jihatlarini shakllantirishda bolaning qiziqishlariga
e`tibor berish, mutaxassis va maslahatchi psixologlar hamkorligi, hamda ota-ona oila
a`zolarining o`zaro munosabatlarini ta`siri bilan belgilanadi.
Ayrim ota-onalar turli sabablarga ko`ra boladagi xulqni o`zgarishini va buzilishi
darajasini oshirib yuboradilar, muammolarni juda og`ir va qiyin qabul qiladilar. Ba`zi
bir ota-onalar psixologotibbiy – pedagogik maslahatga shifokor, pedagog yoki
qarindoshlari ta`siri natijasida kelgan bo`lsalarda, o`z farzandining muammosini tan
olishni istamaydilar. Bu esa bolaning shaxs sifatida namoyon bo`lishida, xulqini
boshqarishida ayrim muammolarni yuzaga keltiradi. Shunda ulardagi qaysarlik,
o`jarlik yoki bo`lmasa passiv xulq ko`rinishlari shakllanib qoladi. Shuning uchun
boladagi ijobiy xulq-atvorni shakllantirishda, odatlarning bola faolligini taminlovchi
vosita sifatida tarkib topishi uchun tarbiyani to`g`ri tashkil etish muhimdir. Pedagogik
innovatsiyalar asosida faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu
bilan birga ta`lim va tarbiya jarayonini yo`lga qo`yishda yangi pedagogik
texnologiyadan foydalanish xulq- atvor xususiyatlardagi ijobiy sifatlarni
shakllanishiga, umumiy va emotsional namoyon bo`luvchi odatlarni rivojlanishiga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
80
ISSN:3030-3613
ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi omil bola oladi. Demak, talim-tarbiya jarayonida xulq-atvor
shakllanishining dinamikasini taminlovchi omillar intellektual faoliyat usullarini yangi
sharoitga ko`chirish, ular o`z-o`zini boshqarish, shaxsiy o`quv motivlarini idora qilish,
ichki imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish singari holatlarga refleksiv yondashish
zamiridagina namoyon bo`ladi.
XULOSA
:
Bolalarda yosh davrlari mobaynida shaxs sifatidagi rivojlanishida uning
psixologik xususiyatlariga va rivojlanayotgan sharoitiga alohida e`tibor qaratish kerak.
Ma`lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib,
ularga maqsadga muvofiq ravishda ta`lim va tarbiya berib bo`lmaydi. Bolaning har bir
yoshi o`z qiyinchiliklariga ega bo`ladi va o`ziga nisbatan maxsus munosabatda
bo`lishni talab qiladi. Ta`lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo`lishning
sharti o`quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan
iborat. Bunda esa yosh davrlariga xos bo`lgan psixik dunyosidan yaxshi xabardor
bo`lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to`g`ri tashkil qila olishni va tabiiy
eksprement uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
M.G.Davletshin, S.M.To`ychiyeva. Umumiy psixologiya, -T.:2002.
2.
N.V.Bordovskaya, S.I.Rozum. Psixologiya va pedagogika, 2016.
3.
R.Verderber, K.Verderber. Umumiy psixologiya, 2003.
4.
Internet materiallari