T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
196
ISSN:3030-3613
YOSHLAR ORASIDA MOBIL TELEFON HAMDA GADJETLARGA
QARAMLIKNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Absaitov Arslon Sobirovich
Jizzax viloyati Baxmal tumani
9-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Bolalar va o’smirlarda telefon tobe’ligi ogohlikni talab etmoqda, chunki darsda
o’qish bilan band bo’lmasdan, ular telefonda o’yin o’ynaydilar, gaplashadilar, musiqa
tinglaydilar, shu bilan birga tanqid ostida bo’lgan rasm va videolavxalar tomosha
qiladilar.
Kalit so‘zlar:
mobil telefon, gadjed, internet, tobe’lik,ruhiy holat, tushkunlik
KIRISH
Olimlar uyali telefonning inson fiziologik sog’lig’iga ta’siri borasida izlanishlar
olib birishmoqda, lekin unga tobe’lik aniqdir.
Adabiyotlar taxlili. Tobe’lik ( addiksiya ) – ob’yektlar orasidagi munosabat,
bunda bir ob’yekt ikkinchisiga bo’ysunadi, tobe’ bo’ladi.
Addiksiyaning 3 turi mavjud bo’lib bular:
•
Kimyoviy addiksiyalar ( giyohvandlik, toksikomanlik, alkogolizm )
•
Biokimyoviy (anoreksiya, bulemiya )
•
Nokimyoviy (ong osti ) – mobil tobe’lik shunga taalluqlidir.
Nokimyoviy addiksiyalarga to’xtalib o’tamiz, chunki mobil tobe’lik ayni shu
guruhdadir, mobil tobe’lik boshqa nokinyoviy addiksiyalar turlariga juda o’xshaydi,
chunki u o’sha prinsip asosida “ishlaydi”. Addiktiv harakatning nokimyoviy shakli
insonning psixologik himoyalovchi mexanizmlari bilan bog’liqdir. Inson qo’llayotgan
himoya har doim qandaydir kelishmovchiliklar, muammolar, noqulay vaziyatlarga
“javob” bo’ladi, himoya tartibli xarakterga ega bo’ladi, shuningdek insonni harakati
modellari aniq ishlanadi. Masalan, mobil tobe’likda inson barcha noqulay vaziyatlarga
bir xildek qaraydi (masalan, telefonni olib tugmalarni maqsadsiz bosa boshlaydi ).
Umuman nokimyoviy addiksiyalar barcha turlari bir- biri bilan bog’liqligi shundaki,
agarda “o’yinchog’idan” ayirishsa (komp’yuter, telefon, ish, magazin xaridi ) unda
emotsional, so’ng fizik noqulaylik tez rivojlana boshlaydi va odam o’ziga joy topa
olmaydi.
Odat – avval paydo bo’lgan malakani ( mahoratni ) saqlash va osonlik bilan
tiklash qobiliyatidir. Ongli mavjudotlarda odat faol xarakterga ega: qandaydir
o’zgarishni to’xtovsizligi yoki qaytarilishi ushbu o’zgarishni mustaqil ravishda tiklash
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
197
ISSN:3030-3613
ishtiyoqini yaratadi; jismoniy odat bo’lishi tez-tez mushaklar qisqarishi bilan bog’liq;
aqliy odat-qaytariladigan assotsiatsialar bilan; axloqiy odat-qaytariladigan ishlar bilan
bog’liqdir. Odatiy ishlar ongsiz bo’lib qoladi va ular haqida qancha kam o’ylasak,
shuncha tez amalga oshiriladi.
Mobil tobe’lik – ushbu muammo ilk bor bir necha yil oldin ko’tarilgan edi,
ammo hozirda rivojlangan mamlakatlarda 10 ta odamdan 7 tasida mobil telefon
mavjudligi ushbu muammoni haqiqiy epidemiyaga aylantirdi. Mobil aloqada odat va
tobe’likni ajratish qiyin, ammo ajratish mumkin, balki kerakdir, zarurdir.
Mobil tobe’lik – bu inson xolati, ushbu xolatda telefon ibodat predmetiga
aylanadi, inson o’ylamasdan qo’ng’iroq qiladi, o’zining harakatini anglamaydi, yoki
sababini tushuntira olmaydi. Mobil tobe’lik, internetga tobe’lik kabidir. Bu jonli
muloqotdan qo’rqish va real dunyoda insonda ijobiy emotsiyalar qo’zg’atadigan biror
bir narsa yo’qligi va inson ijobiy emotsiyalarni Internet orqali yoki telefon orqali
olishga harakat qiladi.
Alkogol, tamaki, shirinlik yoki telefonga bo’lgan tobe’lik sabablari bir hildir.
Inson o’z lazzatlarini tashqi dunyodagi biror-bir narsa bilan “bog’lamoqchi” bo’ladi.
Virtual muloqotga kirib ketgan odamlar bolalikdan jonli his-tuyg’ular va muloqotni
qadrlashga o’rgatilmaganlar.Buyuk Britaniya olimlari mobil telefon egalarini 3 tipga
ajrtishadi:
“Kiborglar” – telefonni o’zlarini davomlari, tanalarining bir qismi
deb bilishadi va usiz yashay olmaydilar.
“Protezlanganlar” – bu umuman olganda “telefon”siz yashay oladigan, lekin
bunday holatda o’zlarini noqulay his etadiganlar.
“Bog’lanmaganlar ” – bular uchun telefon qong’iroqlarga ishlatiladigan aloqa
vositasi xolos.
-
Doim telefonga intilish. Noqulay vaziyat vujudga kelganda ( kutilmagan
suhbatdosh paydo bo’lishi, yoqtirmagan shaxs, suhbatda nozik mavzuda to’xtalib
o’tish ) inson telefon bilan atrofdagi dunyodan berkinadi. U telefonni shunchaki
hisobni tekshirish, SMSni o’qish yoki yuborish, tugmalarni bosish, vaqtni ko’rish
uchun oladi. Ushbu barcha harakatlar insonning noqulay vaziyatga javobidir. Inson
muammoning yechimini topish o’rniga undan qochadi .
-
Tez- tez telefonni o’zgartirish. Bugungi kunda telefonni qo’lqop
o’zgartirgandan ko’ra tezroq almashtiradigan insonlarni kuzatishimiz mumkin.
Insonga ma’qul bo’lgan telefonni o’rnini xuddi shunday, faqat bir-ikki yangi
funksiyali telefon egallashi mumkin, buning uchun odam hamma narsaga tayyor
bo’ladi va shu telefonni sotib oladi. Aloqa uchun telefondan foydalanadigan inson
uning yangi rusumlarini izlamaydi, agar unga mavjud bo’lgan funksiyalar yetarli
bo’lsa, aksincha telefonga tobe’ bo’lgan odam yangisini izlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
198
ISSN:3030-3613
-
Qo’ng’iroq uchun qo’ngiroq. Agar “shunchaki” keraksiz qo’ngi’roqlar
soni muhim va kerakli bo’lgan qo’ng’iroqlar sonidan ko’proq bo’lsa bu yaxshi emas.
-
SMS uchun SMS. Amalda “qo’ng’iroq uchun qo’ng’iroq” ga o’xshaydi,
inson o’n metr narida turgan do’stiga qo’ng’iroq qilishi mumkin (yoniga borish
osonroq bo’lsa ham). Ayrim odamlar og’zaki suhbatdan ko’ra SMS orqali muloqot
qilishni afzal ko’rishadi.
-
“Telefonlar” va aloqa haqida suhbatlar. Tobe’ odam mavzuni o’zi
“sevgan” mavzuga aylantiradi, telefon rusumlari, ta’rif rejalari mobil madaniyatning
boshqa belgilari haqida baxslashishdan zavq oladi.
Psixologlarda “Mobil tobe’lik”, “SMS – kasallik” degan atamalar paydo bo’ldi.
Chet elda bunga jiddiy e’tibor berilmoqda va tashxislar qo’yib shifoxonalarda
davolashmoqda.
Mobil tobe’lik – inson telefonni har joyda o’zi bilan olib yuradi, telefon quvvati
tugab qolsa yoki sinsa asabiylashadi. U yangi telefonni sotib ololmaslikni tasavvur ham
qila olmaydi, u o’z telefoniga yangi chaqiruv qo’ng’iroqlari va o’yinlarni o’tkazib
oladi. Telefonni o`z jismining bir bo’lagi deb hisoblaydi va usiz o’zini to’la to’kis deb
o’ylamaydi.
SMS – tobe’lik - “tobe’ inson” qo’ng’roq qilish, gaplashish oson va arzon bo’lsa
ham, bir kunda yuztacha ma’lumotni sms qilib yozib yuboradi.
Yangi axborotga o’chlik – inson yangi axborotni qabul qilishga doim tayyor
turadi. Har daqiqa elektron pochta yoki telefonni tekshiradi. Miya bunday ko’p
ma’lumotni qabul qilib, undan eng muhimini ajratib va kerak bo’lmaganini unuta
olmaydi. Natijada u bunday “narkotik”ka tushib qoladi va yangisini talab qiladi.
Statistikaga ko’ra AQShda har ikkinchi o’quvchida mobil telefon bor va
kuniga bir soatdan kam bo’lmagan vaqtini sarflashadi.
XULOSA
Shunday bo’lsa ham ko’pgina Amerika olimlarini mobil telefon orqali suhbatlar
shaxsiy muloqotni o’rnini egallashi bezovta qilmoqda. Ko’pchiligi shuni ta’kidlaydiki,
bu o’smirlarning ijtimoiy yakkalanishini kuchaytiradi, ushbu yoshda bu noma’qul
bo’ladi.
Shunday qilib, mobil tobelik zamonaviy psixologiya fani oldida turgan dolzarb
muammolardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Бурдыга В.А. Мобильная зависимость – что это такое и с чем еѐ
«едят»//Журнал Самиздат 24.05.07
2.
Инджиев А. Мобильник. Любовь или опасная связь?/ А. Инджиев. – М.:
Вектор, 2007.
3.
Корягина О.П. Проблемы мобильной зависимости и причины их
возникновения // Вопросы психологии. – 2006. - №1. – с.14-19 7.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
199
ISSN:3030-3613
4.
Нишанова, З. Т., & Худоёрова, М. (2017). ПРЕДОСТАВЛЕНИЕ
НАДЛЕЖАЩЕЙ ИНДИВИДУАЛИЗИРОВАННОЙ ПОДДЕРЖКИ ДЕТЯМ
С
5.
ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ. In
Сборники конференций НИЦ
Социосфера
(No. 26, pp. 60-62). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ
sro.