Mualliflar

  • Qahhorova Gulnoz Adhamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106213

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlari: Ishontirish yo‘nalganlik dialog kinoya taqlid qiyofa ta’sirlanuvchanlik individuallik psixologik yordam ruhiy jarayonlar

Annotasiya

Annotatsiya:  Psixologik  muhit  deganda  jamoaning  emotsional  psixologik 
bazasini  va  asosini  tashkil  etadigan  jamoa  a’zolari  o‘rtasidagi  o‘zaro  ishchan  va 
shaxsiy munosabatlarning emotsional darajasini tushunamiz, qaysiki bu munosabat 
ularni  ahloq  normalari  va  qiziqishlarining  yo‘nalishini  belgilab  beradi.  Ilmiy 
adabiyotlarda bu hodisaning bir qancha tushunchalari ishlatiladi. “Ijtimoiy psixologik 
muhit”,  “axloqiy-psixologik  muhit”,  “Shaxs  ijtimoiy-psixologik  yo‘nalganligi”, 
“psixologik nastroyi”, “psixologik iqlim”, “ijtimoiy-psixologik sharoit” va hok. Lekin 
ko‘pchilik  psixologlar  “psixologik  muhit”  va  “psixologik  yo‘nalganlik” 
tushunchalarini  ishlatishni  tavsiya  qiladilar.  Jamoaning  psixologik  muhiti 
guruhlarning yo‘nalganligini qondirish, shaxslararo munosabatlar va guruhlardagi 
kelishmovchiliklarni hal etish uchun zarur bo‘lgan muomala jarayonida hosil bo‘lib 
namoyon bo‘ladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

174

ISSN:3030-3613

JAMIYATDA OILADA VA JAMOALARDA SOG‘LOM

PSIXOLOGIK MUHITNI YARATISH

Qahhorova Gulnoz Adhamovna

Farg‘ona viloyati Qo‘qon

shahar 2-maktab psixologi


Annotatsiya:

Psixologik muhit deganda jamoaning emotsional psixologik

bazasini va asosini tashkil etadigan jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro ishchan va
shaxsiy munosabatlarning emotsional darajasini tushunamiz, qaysiki bu munosabat
ularni ahloq normalari va qiziqishlarining yo‘nalishini belgilab beradi. Ilmiy
adabiyotlarda bu hodisaning bir qancha tushunchalari ishlatiladi. “Ijtimoiy psixologik
muhit”, “axloqiy-psixologik muhit”, “Shaxs ijtimoiy-psixologik yo‘nalganligi”,
“psixologik nastroyi”, “psixologik iqlim”, “ijtimoiy-psixologik sharoit” va hok. Lekin
ko‘pchilik psixologlar “psixologik muhit” va “psixologik yo‘nalganlik”
tushunchalarini ishlatishni tavsiya qiladilar. Jamoaning psixologik muhiti
guruhlarning yo‘nalganligini qondirish, shaxslararo munosabatlar va guruhlardagi
kelishmovchiliklarni hal etish uchun zarur bo‘lgan muomala jarayonida hosil bo‘lib
namoyon bo‘ladi.

Kalit so‘zlari:

Ishontirish, yo‘nalganlik, dialog, kinoya, taqlid, qiyofa,

ta’sirlanuvchanlik, individuallik, psixologik yordam,ruhiy jarayonlar

KIRISH

Hozirgi davrda psixologik muhim haqidagi ilmiy izlanishlarning ko‘pchiligi

korxona va ilmiy muassasa jamoalari haqida bo‘lib, harbiylar jamoasidagi psixologik
muhit muammosi juda oz tadqiq qilingan va ishlanmagan sohadir. Harbiy pedagog
kursantlar jamoasi va undagi psixologik muhitni vujudga keltiruvchi sabablarni yaxshi
bilmog‘i lozim. Psixologik muhit-obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan hodisadir.
Shaxsning yo‘nalganligi birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik muhit bilan
hosil bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik muhit ayrim jamoalarning psixologik
muhitiga tasir qilmasdan qolmaydi.Ikkinchi faktor-mikro ijtimoiy sharoit: bu mazkur
jamoaning hayot kechirishining o‘ziga xos funksiyasi, ya’ni jamiyatda mehnat
taqsimotining geografik va muhit ta’siri, jamoaning keng ijtimoiy muhitdan
ajralganligi (M: kosmos, muzliklar va hok.) jamoaning yosh va jismoniy tarkibi va hok.
Bu ikkala ma’lumot jamoaning psixologik muhitini aniqlab beradi.

Bu jarayonda shaxslar o‘rtasida yashirinib yotgan turli mazmundagi vaziyatlar

yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu muzokaralar yoki yashirincha qarshiliklar, o‘rtoqlarcha
birdamlik yoki qo‘pol ravishda yo‘nalganlik harakatda ko‘rinadi. Shaxslarning o‘zaro


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

175

ISSN:3030-3613

bir-biriga ta’sir etuvchi holatlarining o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda ishontirish usuli orqali
amalga oshirilishi mumkin.

Birinchidan, ishontirish – bu malum bir hukm yoki xulosaning mantiqiy

asoslanishidir. Ishontirish orqali suhbatdosh yoki butun auditoriyada aytilgan fikrni
himoya qilish va shu asosda harakat qilish darajasi ongni o‘zgartirishga olib kelishi
mumkin.

Ikkinchidan, ishontirish bu – shaxs ratsional doirasiga ta’sir qilish orqali shaxs

yoki guruhning yo‘nalganligi tasir qilish mumkindir.

Uchinchidan, ishontirish jarayoni ikki kishi yoki bir qancha kishi o‘rtasidagi

ochiq yoki yopiq xolatdagi munozara bo‘lib, uning maqsadi hissiyot va tushunchalarni
birligiga jamoaviy muhitni normal bo‘lishiga erishishdan iborat. Ishontirish albatta
dialog tarzida bo‘lib, monolog formasida bo‘lishi mumkin emas. Faqat dialogdagina
kishilar psixologiyasining haqiqiy o‘zgartirish imkoniyatlari yashiringan bo‘ladi.

To‘rtinchidan, so‘z orqali ishontirish-tarbiyaning eng og‘ir usuli hisoblanadi.

Bunda auditoriyaning ongini o‘zgartirishga ta’sir qiladigan o‘ziga xos mantiq,
gaplashish toni muhim ahamiyatga ega.

Rus psixologi A.G.Kovalyov ishontirishni oddiy axloqqa chaqiruvchi gaplardan

farq qilishi zarur deb ko‘rsatadi. Ishontirishda vaziyat, faktlar bilan isbotlanadi,
axloqqa chaqirishda “Uyat emasmi?”, “Shu ishing vijdondanmi?”, “Har kimga shu
kerakmi?” va x.k. so‘zlardan foydalaniladi. Ko‘pincha bo‘nday so‘zlarga suxbatdosh
goxida ahamiyat bermaydi, yoki kinoyali ravishda qabul qiladi, chunki gap kimga
qaratilgani malum bo‘ladi. Psixologik jihatdan tushunarliki, o‘zida hech qanday
yangilik axborotini olmagan xabar boshqalar tomonidan qabul qilinmaydi.
Suhbatdoshlar kinoyali munosabatda bo‘ladi yoki mutlaqo ishonmasdan, ko‘rolmaslik
asosida munosabatda bo‘ladi, salbiy reaksiya hosil qiladi.Shu boisdan, tarbiyaning
vazifasi jonga tegadigan maslahat go‘ylikka barham berishdir.

Ishontirish ishontirmoqchi bo‘lgan odam uchun mazmunli axborotdan iborat

bo‘lib, kishida unga nisbatan ongli munosabatni vujudga keltirishni maqsad qilmog‘i
lozim. Shuningdek, taqlid, psixik ta’sirni bir ko‘rinishi bo‘lib, individ tomonidan tashqi
axloqiy hislatlar, hatti-harakat, qiliqlar, turli yo‘nalganlikni va yurish-turishlarni
namoyon qilishdir. Bu taqlidning bir ko‘rinishi xolos. Mashxur psixoterapevt V.L.Levi
taqlidni ichki va tashqi turlarga ajratadi. Ichki taqlidda boshqa kishini hissiyot va xulq
atvori intuitiv tarzda aylanadi. Boshqa kishining tashqi namoyon bo‘lishi taqlid
qilishga albatta xisobga olinadi va tabiiydek ko‘rinadi. Taklid murakkab psixik
xususiyatlar sifatida butunligicha qabul qilinadi. Istalgan odam bilan muomalada
bo‘lar ekanmiz biz uning ovozi, qiliqlari, xarakatlarinigina qabul qilmasdan juda ko‘p
boshqa xususiyatlarini ham tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. (kechinmalar, xulq-
atvor, orzular, va x.k) Misol sifatida V.L.Levi bir xatni keltirgan. “Ko‘chada ketaturib
ikkita yigitning mening qiyofam haqidagi fikrlarini eshitib qoldim, keyin butunlay


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

176

ISSN:3030-3613

ko‘chaga chiqmasdan uyda bekinib oldim, men uchun xayotning umuman qizig‘i yo‘q
edi. Lekin xayotimda muhim bir voqea sodir bo‘ldi. Men juda tashqi tomondan xunuk,
lekin ichki go‘zalligi bilan insonni maftunqiluvchi bir ayol bilan tanishib qoldim. U
menga: “Menga nisbatan sen nihoyatda go‘zalsan” dedi. Shundan so‘ng, men bir
narsaga tushundim: “Sen o‘zingga qanday qarasang, boshqalar ham shunday
hisoblaydilar. Bu so‘zlar menga dalda berdi va men bu ayol kabi harakat qildim,
natijada atrofdagilar menga boshqacha munosabatda bo‘lganligini sezdim.Aynan har-
bir inson o‘z-o‘zini tarbiyalashda boshqa kishilar bilan munosabatda bo‘lganda
ongsizlikka nisbatan ongga tayanib munosabatda bo‘lishi kerak.Shuningdek, ichki
taqlid qilishda juda katta taktikaga ega bo‘lgan Irakliy

Andronnikovni misol qilib keltirish mumkin. U o‘zi xaqida juda uyatchanlik,

tortinchoqlik, natijasida ba’zi so‘zlarni tutilib-tutilib aytganini yozadi va keyin ichki
taqlid qilish yo‘li bilan bu kamchiliklar yo‘qolganini aytgan. “Men katta yig‘ilishlarda
raislik qilishda Marshakka ichdan taqlid qilardim va hech qanday kamchilikka yo‘l
qo‘ymasdim”. Ayniqsa, psixologlar ichki taqlidning mohiyatiga tushunsa bu ularning
ishida va o‘z ustida ishlashga yordam beradi.Shu boisdan, ta’sir qilish bir kishining
ikkkinchi kishiga yoki guruxga psixologik ta’siri bo‘lib ularning fikr va irodalariga
tanqidsiz so‘zga asoslanadi va jamoaviy muhitga ta’sir etib shaxslarning
yo‘nalganliklarini

o‘zgartiradi.Yana

bir

rus

psixologi

B.F.Porshnevning

ta’kidlashicha, ta’sir qilishni mohiyati, tinglovchining so‘zlovchiga nisbatan to‘la
ishonch hosil qilishidadir. Agar kishiga ishonch bo‘lsa, so‘zlovchi o‘z fikrini to‘la
o‘tkazadi, so‘zlovchidagi obrazlar tasavvurlar tinglovchiga ko‘chadi. Demak ta’sir
qilish axborot o‘zatuvchi manbani obro‘siga bir tomondan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi
tomondan o‘zaro ishonch bo‘lishiga anig‘i ular o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik
bo‘lmasligiga bog‘liq. Ta’sir qiluvchi kishining bergan ko‘rsatmasiga qanchalik
ahamiyatga egaligini quyidagi eksprement orqali aniqlangan. A.A.Bodolyov
pedagogika instituta talablariga

XVIII asrda chizilgan “Qariya” potreti ko‘rsatilib bir guruhda uni yirik

lashkarboshi, ikkinchisida “mafioz” deb ko‘rsatma beriladi va uni tasvirlash uchun 5-
7 minut vaqt berilgan. Natijada 86 kishidan 54% ta’sirlanish asosida tasvirlangan,
qolganlari esa uncha ta’sirlanmagan. Bu ta’sir o‘qituvchi tomonidan bo‘lganligi uchun
ko‘pchilik uncha ishonmagan.

Ta’sirlanuvchanlik - inson psixikasiga xos xususiyatdir. Ayniqsa bu holat

bolalarda kuchli xisoblanadi. Ta’sir ko‘rsatish muomalada ko‘proq bo‘lib, ixtiyoriy
yoki ixtiyorsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita bo‘ladi. Agar pedagogik faoliyatda bu
psixolgik usuldan foydalanilsa katta tarbiyaviy vosita bo‘lishi mumkin Umuman
insoniy munosabatlarda o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning, ishontirish, ta’sir qilish, taqlid
o‘zaro bog‘lanib ketgan, lekin ishontirish alohida yetakchi usul xisoblanadi.O‘zaro
munosabat holatida jamoadagi odamlar ayniqsa raxbarning kayfiyati katta ta’sir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

177

ISSN:3030-3613

ko‘rsatadi. Misol tariqasida jamoadagi kelishmovchillikka sabab bo‘lgan holatni
olaylik: O‘qituvchi darsdagi shovqin, intizomsizlikni oldini olish uchun “qora daftar”
tutgan ozgina noto‘g‘ri xarakat bo‘lsa yozgan va ikki qo‘yilgan. Bu sinf jamoasida
norozilik tug‘dirgan. Bu kelishmovchilikka olib keluvchi ataylab qilingan harakat
bo‘lib, uning kayfiyati o‘z navbatida o‘quvchilarga ta’sir qilib, jamoada portlash
vaziyatini vujudga keltirgan.Tadqiqotchi psixolog o‘qituvchining tashqi xolatini
tasvirlab, so‘z, iboralar, xaqida hech narsa demagan. Bu voqeada o‘zaro
munosabatlarning

nosog‘lom

iqlimi

o‘qituvchining

o‘rtasidagi

doimiy

kelishmovchilikni keltirib chiqarganligini aytib o‘tadi.Darxaqiqat, inson tomonidan
boshqa insonga ta’sir ko‘rsatish asosida o‘zaro bog‘liqlik yotadi. Oldindan ma’lumki
inson boshqalar bilan munosabatga kirishar ekan yolg‘izlik natijadagidan boshqacha
holatni kechiradi, hatto barcha psixik jarayonlari ham o‘ziga xos holda kechadi.

Shunday qilib, jamoaning psixologik muhitiga rahbarning shaxsiga, uning shu

ishga mos kelishiga, jamoa a’zolarining o‘zaro kelisha olishiga jamoa faoliyatini
amalga oshirishda o‘zaro moskelishiga bog‘liqdir.Bu xususiyatlar istalgan jamoaga
xos bo‘lib albatta bolalar jamoasining o‘ziga xostomonlari mavjud. Bolalar
jamoasining nazariy asoslari A.S.Makarenko tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u
“psixologik muhit” terminini ishlatmasa ham, lekin jamoa toni, stil’ terminlarini
ishlatgan.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, har bir jamoada qo‘yidagi belgilarni mavjud

bo‘lishi zarurligini ko‘rsatishimiz mumkin.

Birinchidan, Jamoaviy ichki tinchlik doimiy bardamlik, ishga tayyor turish,

jamoa a’zolarining jamoa a’zolari bilan faxrlanishi.

Ikkinchidan, Jamoa a’zolarining birdamligi, do‘stona munosabatlar, ichki

munosabatlarda tarbiyalanuvchilarni boshqa kishilar oldida himoyalash, uni
kamsitmaslik, unga hech qanday jabr qelmaslik.

Uchinchidan,

Barcha

jamoa

a’zolarini

himoyalanganligi.

Birorta

tarbiyalanuvchi u qancha kichik bo‘lmasin, o‘zining boshqalardan ajratib
quyilganligini sezmasligi.

To‘rtinchidan, Jamoaning barcha a’zolarining foydali va oqilona faolligi.
Beshinchidan, Har bir kishining xatti-harakatlarida va so‘zlarida o‘zini tuta

bilish ko‘nikmasining bo‘lishi.

Darhaqiqat, jamoa tayanchiga aylangan kishining ichki holatini yoki o‘zaro

munosabatining, jamoa a’zolarining tashqi qiyofasiga ham katta tasir etishi, bu ham
jamoa muhitining qandayligini belgisi deb hisoblanishining psixologik mezoni
xisoblanadi. Demak, shaxsni yo‘llanganligi uning xulqining maqsad va motivlarida
namoyon bo‘ladigan psixologik xususiyatlardan hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

178

ISSN:3030-3613

1.

“Psixologiya” Uch. T-2. “Prospekt” – Moskva-2004.

2.

Psixologiya i pedagogika. Pod reaksiyey A.A.Radugina. Izd. “Sentr” 2003.

3.

Gamilton Ya.S. “Chto takoye psixologiya”. – “Piter”, 2002.

4.

Burlachuk F. Psixodiagnostika. – “Piter”, 2002.

5.

Ayzenk M. Psixologiya dlya nachinayushix. – “Piter”, 2000.

6.

Bolotova A.K., Makarova I.V. Prikladnaya Psixologiya: Uchebnik dlya vuzov, –
M.:IKTS “Mart”, 2004.


Bibliografik manbalar

“Psixologiya” Uch. T-2. “Prospekt” – Moskva-2004.

Psixologiya i pedagogika. Pod reaksiyey A.A.Radugina. Izd. “Sentr” 2003.

Gamilton Ya.S. “Chto takoye psixologiya”. – “Piter”, 2002.

Burlachuk F. Psixodiagnostika. – “Piter”, 2002.

Ayzenk M. Psixologiya dlya nachinayushix. – “Piter”, 2000.

Bolotova A.K., Makarova I.V. Prikladnaya Psixologiya: Uchebnik dlya vuzov, –

M.:IKTS “Mart”, 2004.