T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
167
ISSN:3030-3613
OʻSMIR YOSHDAGI BOLALARDA SHAXSIY FAZILATLARNI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Nazarova Munisxon Sidiqovna
Farg‘ona viloyati Qo‘qon
shahar 21-maktab psixologi
Annotatsiya:
Yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining
muvaffaqiyati ularning yoshi va psixologik xususiyatlarini bilish hamda hisobga
olishga bog‘liqdir. Bu holat burilish hisoblangan o‘smirlik davrining alohida xususiyati
bo‘lib, u ko‘prok shu davrga taaluqlidir.
Kalit so‘zlar:
psixik taraqqiyot, pedagogik ta’lim, psixik rivojlanish, aqliy
faoliyat usullari, maktab faoliyati, o‘smirlarning tipologik xususiyati, o‘smirlik davri,
psixologik sifat,ijobiylik
KIRISH
O‘smirlik davrini – o‘tish davri deb yuritadilar, chunki ana shu davrda
bolalikdan kattalik holatiga o‘ziga xos o‘tish davri yuzaga keladi. U psixik
jarayonlarning, o‘quvchi faoliyatlarining jiddiy ravishda qayta qurilishi bilan
bog‘liqdir. Shuning uchun o‘smirlik yoshi o‘zaro munosabat shakllarida, faoliyatni
tashkil qilishda qat’iy o‘zgarishlarni talab qiladi. O‘smirlarni ta’lim-tarbiya berish
ishlarida goho uchraydigan qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi
qonuniyatlarini va xususiyatlarini ba’zan yetarli darajada bilmaslik yoki inkor etish
natijasida paydo bo‘ladi. Bu davr tarbiya uchun ancha qiyin davr hisoblanadi. Chunki
bolaning ulg‘ayib, katta odamga aylanish jarayonining o‘zi qiyin, bu jarayon
psixikaning, odamlar bilan bo‘lgan munosabat shakllarining jiddiy ravishda qayta
o‘zgarishi hamda hayot sharoiti va faoliyatining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.
O‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishdagi qiyinchiliklar shundan iboratki, bunda
o‘smir bilan bo‘ladigan munosabatlarda uning hayoti va faoliyatini nazorat qilish
shakllarini o‘zgartirish muhimdir. Ularga ta’sir qilishning qandaydir yangi usullari va
vositalarini topish lozim bo‘ladi. Bunda albatta, har bir yosh bilan alohida munosabatda
bo‘lish maqsadga muvofiqdir.O‘smirlarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi
kuchlar ularning faoliyatlari tug‘dirgan yangi ehtiyojlar bilan bu ehtiyojlarni qondirish
imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va bartaraf
qilinishidan iboratdir; bu qarama-qarshiliklar o‘smirlarning ortib borayotgan jismoniy,
intellektual va axloqiy imkoniyatlari bilan ularning eski, ilgari tarkib topgan olam bilan
o‘zaro munosabat shakllari, ular faoliyatining eski qarama-qarshiliklar, jamiyat,
kattalar va jamoa tomonidan o‘smirga nisbatan ortib borayotgan talablar bilan
o‘smirlar real xatti-harakatlarning shakllari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir. Bu
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
168
ISSN:3030-3613
qaramaqarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotni, ancha murakkkab
shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik sifatlarini tarkib
toptirish orqali bartaraf qilinadi. Buning natijasida o‘smirning psixik taraqqiyotining
yanada yuksakroq bosqichga o‘tishi amalga oshiriladi.
Tarbiyasi qiyin, injiq, xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishi ijtimoiy
sabablaridan tashqari pedagogik va psixologik sabablari ham mavjud. Yoshlarda
nojo‘ya xattiharakatlar paydo bo‘lishining sabablari va turtkilari har xildir. Qonunni
buzishni yoki qoidaga xilof ish qilishi darajasiga qarab tarbiyasi qiyin o‘smirlar
jinoiy qonunbuzar va oddiy qoida buzar guruhlarga ajratiladi.
Shaxsning
fazilatlari
tarkib
topishidagi
nuqsonlar: a) axloqiy hislarning yetishmasligi;
b) o‘qituvchi, sinf jamoasi, oila a’zolari bilan noto‘g‘ri muloqot;
v) ishyoqmaslik;
g) bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlay bilmaslik va boshqalar salbiy holatlarni
vujudga
keltiradi.
Shuningdek, shaxsning o‘quv faoliyatidagi kamchiliklari:
1)
aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana bilmaslik;
2)
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi uzilishlar;
3)
maktab faoliyatidagi tarbiyaviy yo‘nalishdagi kamchiliklar;
4)
o‘qitishdagi nuqsonlar ham shular jumlamasiga kiradi. [2]
O‘smirlarning tipologik xususiyatlariga qarab ularni bir necha shartli
guruhlarga ajratish mumkin.
Tarbiyasi qiyin o‘smirlarning birinchi guruhi orsizlar yoki subutsizlar
deyiladi. Bular o‘z xatolarini bilib turib qonun va qoidalarni buzadilar, noma’qul
ishlarni qiladilar. O‘zlarining gunohkor ekanliklarini tan olmaydilar. Lekin
yutuqlarini e’tirof qilishini xohlaydilar. Shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga
ma’qullashini va o‘z talablarini o‘zgalar so‘zsiz bajarishini juda yoqtiradilar.
Ular betga chopar, o‘jar, rahm-shafqatsiz, «zo‘ravon» bo‘ladilar.
Mustaqil fikrga ega bo‘lmagan tengdoshlarini o‘z atroflariga to‘playdilar va
birgalikda tartib buzishga undaydilar.
Ikkinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‘smirlar yaxshi va yomonni
tushunadiganlar, biroq mustaqil e’tiqodga, barqaror yuksak his-tuyg‘uga ega
emasliklari sababli «orqa qanot»da turib qoidani buzadilar. Ularning xatti-harakatlari
tasodifiy voqelikka, ta’sir kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog‘likdir. Ular tashviqotga
tez beriladiganlar, barcha narsalarga ishonadilar, qaysi yo‘lga kirib qolganliklarini
anglab yetadilar, biroq «kompaniya» fikriga qarshi borishga botina olmay ko‘ngilsiz
ishlarga qo‘l uradilar. Ko‘pincha tartibbuzarlar qilmishlariga tavba qilib, sinf jamoasi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
169
ISSN:3030-3613
a’zolarini ishontiradilar, lekin ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng bergan va’dalarini
butunlay unutadilar.
Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‘smirlar shaxsiyatparastlik tufayli
qonunbuzarlik, tartibbuzarlik yo‘liga kirib qoladilar. Ular shaxsiy talablari va
ehtiyojlarini qondirish uchun har qanday nojo‘ya xatti-harakatlardan qaytmaydilar,
odamlarga yaxshilik qilishni orzulaydilar. Biroq o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini
ijtimoiy manfaatdan yuqori qo‘yadilar. O‘zlarining xoxishlarini taqiqlangan usullar
bilan amalga oshiradilar, so‘ng qilmishlariga afsus-nadomad chekadilar, ruhan
eziladilar. Lekin mazkur kechinmalarni tez unutadilar.[3]
Ularning shaxsiy ehtiyojlari har qanday yuksak hislardan, xoxishlardan ustun
turadi. Axloqqa xilof xatti-harakatlar achinish hissi tarzida namoyon bo‘ladi.
Injiq tabiatli qiyin tarbiyalanuvchilar jamoa va guruhlarda o‘z o‘rinlarini topa
olmaydilar, ular arazchan, ginaxon bo‘lib o‘z guruh va jamoalariga qo‘shilib
ketavermaydilar, tortinib o‘zlarini kamsitilgandek his qiladilar. Ular ham qiyin
tarbiyalanuvchi yoshlarning bir turidir. Jamoa o‘rtasida obro‘ qozonishni, hurmatga
sazovor bo‘lishni juda xohlaydilar. Lekin ulardagi tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, o‘z
imkoniyati, aqliy quvvatga ishonchsizlik bunga imkon bermaydi. Ular maktab, sinf
jamoasining qoida va qonunlarini buzishga harakat qilmasalar ham, lekin bu jamoaning
ish faoliyati va muvaffaqiyatida, ta’lim-tarbiya jarayonida yetarlicha qiyinchiliklarning
paydo bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadilar, jamoa ishini orqaga suradilar va jamoa
ko‘zlagan maqsadni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘diradilar.
Tarbiyasi qiyin o‘smirlarni keltirib chiqaruvchi sabablar majmuasiga
quyidagilar kiradi.
1. Bola rivojlanishidagi biologik nuqsonlar:
a)
sezgi organlaridagi kamchiliklar;
b)
o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperament
xususiyatlarining
mavjudligi;
2. Shaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar:
a)
aqlning bo‘sh rivojganligi;
b)
irodaning zaifligi;
v) hissiyotning kam rivojlanganligi;
g) zarur ehtiyoj va bilishga qiziqishlar mavjud emasligi;
d) o‘smirdagi intilish bilan imkoniyatlarning nomutanosibligi.
3. Maktabdan tashqari muhitdagi nuqsonlar:
a)
oilada pedagogik va psixologik bilimlarning yetishmasligi;
b)
oilaning buzilishi va oilaviy nizolar;
v) ota-ona yoki oila a’zolarining shahvoniy hayotga va ichkilikka berilishi;
g) oila a’zolari o‘rtasida sudlangan kishining uchrashi;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
170
ISSN:3030-3613
d) tengqurlarning salbiy ishlariga (haqorat qilishiga, ichishga, chekishga, qo‘li
egrilikka) o‘rgatish va h.z.; ye) madaniy-ma’rifiy, ishlab chiqarish va
jamoatchilikning kamchiliklari (e’tiborsizlik va loqaydliklari).
XULOSA
Bu o‘rinda yoshlarning g‘oyaviy maslagini hisobga olish ham nihoyatda
muhimdir. O‘quvchi individualligini shaxs mazmuniga, avvalo uning g‘oyaviy
maslagi, ya’ni uning qizikishlari, ideallarini bilish kerak. Yoshlarga individual
munosabatda bo‘lishda ijtimoiy maslak sifatida ularning ijtimoiy qiziqishlarini bilish
ayniqsa muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘tmish mutafakkirlari ta’lim-tarbiya haqida. 2-kitob, 1993.
2.
To‘raeva O. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. –T. 1994.
3.
Musurmonov R., Musurmonova M. “O‘quvchilarning darsga bo‘lgan
munosabatlarini klaster usulida o‘rganish” O‘quv-metodik qo‘llanma, T.: “MALIK
PRINT CO” 2022 y. 145 bet.
4.
Internet materiallari