T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
332
ISSN:3030-3613
KECHIRIMLILIK PSIXOLOGIYASI VA UNING RUHIY SALOMATLIGI
VA MUNOSABATLAR UCHUN FOYDALARI
Azimova Mavluda Xamidulla qizi
Oqqorgon tumani 46-umumiy orta talim
maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTASIYA
Yaxshi yashalgan hayot, bu siz olgan eng zo’r intiqom ekanligini unutmang.
Jarohatlangan hissiyotlaringizga bor diqqatingizni qaratish va bu bilan sizga og’riq
bergan insonga kuchingizni sarflash o’rniga, atrofingizdagi sevgi, go’zallik va mehr-
muhabbatni izlashga o’rganing. Kechirish, bu shaxsiy kuch-quvvatga to’lib borishdir.
Kalit so’zlar
: ruhiy holat, tushkunlik,avf,kechirimlilik,qiyosiy tahlil, ruhiyat
KIRISH
Kechirimli va sabr - toqatli bo‘lish islom dinining asosiy tamoyillaridan biri
hisoblanadi. Alloh taolo A’rof surasining 199 - oyatida shunday marhamat qiladi:
“Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring!”. Shu
oyat nozil bo‘lgach, Muhammad sollallohu alayhi vassalam Jabroil alayhissalomdan
uni sharhlab berishni so‘ragan ekanlar. Ul zot jumladan: “Alloh taolo Sizga buyurib
aytmoqdaki, Sizga zulm qilgan kishini Siz afv eting, Sizga bermagan kishiga Siz
bering, Sizdan uzilib ketgan kishiga Siz yaqinlashing!” – degan ekanlar. uchun qadam
tashlagan har bir insondan minnatdor bo‘ling. Chunki bu yo‘l natija bermasdan
qolmaydi.
Kechirish, bu siz malham topadigan va osoyishtalik hukm suradigan makonga
yetaklovchi muhim harakatdir. Kechirish, g’azab va xafagarchilikni unutish hatto
jismoniy sog’liq uchun ham foydali ekanligi aniqlangan. Izlanishlar shuni
ko’rsatmoqdaki, kechirish stress garmonlarini kamaytiradi, immun tizimini
mustahkamlaydi, qon bosimi darajasini pasaytiradi va gastrointestinal va boshqa tana
og’riqlarini susaytiradi. Biroq kechirimli bo’lish oson ish emasligi hammamizga
kundek ravshan. Stenford universitetining Kechirish loyihasi rahbari, fan doktori
Frederik Laskin kechirish tanlovini qabul qilish yo’lida qo’yiladigan qadamlarni
to’qqizga ajratdi. Qanchalik mushkul bo’lmasin, ushbu qadamlarni bosib o’tish
yaxshiroq anglash, tushunishga imkon beradi va kechirish, kishini o’z yo’lida
bardavom bo’lishga ko’maklashuvchi zarur vositalar bilan ta’minlashni va’da
qiladi
Uzrni qabul qilingSiz munosabatlar haqida gaplashib olganingizdan so‘ng, uzr
so‘rashsa, uni so‘zsiz qabul qiling. Oddiy va samimiy uzr so‘rash munosabatlarni
yanada mustahkamlaydi va kelajakdagi kelishmoqchiliklarning oldini oladi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
333
ISSN:3030-3613
Mehr va hamdardlikni amalda qo‘llangHatto mana shunday og‘ir hissiyot bilan
ham ko‘p narsalarni o‘rgansa bo‘ladi. Odamlarga hamdard bo‘ling va ularga baho
berishga shoshilmang. Bu amaliyot sizni xafagarchilik va qarama-qarshiliklarning
oldini olishda yordamchi bo‘ladi.O‘zingizdagi tushkunlikni yo‘qotingQo‘rquv, o‘ziga
ishonmaslik va munosabat o‘rnatishga yaroqsizlik ko‘plab yaramas illatlarning asosi
hisoblanadi. Ko‘plar nega boshqacha emas aynan shunday qilayotganliklarini
tushunishmaydi. Barchasiga tushkunlik sababchidirki, u bora-bora xafagarchilik va
kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi.
Dunyoqarashingizni o‘zgartiringSizga xafagarchilik yetdimi, unda siz rostan
ham mazkur vaziyatga juda katta ahamiyat qaratayapsiz. Odamlarning fikrlarni
to‘zg‘itadigan g‘oyalariga ko‘p ham ahamiyat berish shart emas. Ammo o‘zingizni
boshqalar o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Ana shunda masala bir yoqlama emasligiga tushunib
yetasiz.
Dоnо xаlqimiz hаmishа kechirimli bо’lishni eng yаxshi fаzilаt deb bilаdi.
Yоvuzlikni yо’qоtishning eng buyuk tаdbiri yаxshilik ekаnligi mаqоllаrdа ifоdаlаnаdi.
Yоmоnlik ustidаn fаqаt yаxshilik bilаn g’аlаbа qоzоnish mumkinligi xаlq mаqоllаridа
о’z ifоdаsini tоpgаn. Shuninigdek bаdiiy mаtndаgi hаr bir sо‘z leksik yоki frаzeоlоgik
birikmаlаr hаr bir kitоbxоn tоmоnidаn turlichа qаbul qilinishi mumkin. Bu hаr jihаtdаn
reseptоrning dunyоqаrаshi, etnik kelib chiqishi, psixоlоgiyаsi, mentаliteti, yаshаsh
shаrоiti kаbi kо‘plаb оmillаrgа bоg‘liq.
Agar birov bizga nohaq munosabatda bo‘lib, qattiq xafa qilsa, xo‘rlasa, dilimiz
og‘riydi. Bunday paytda insonni g‘azab, nafrat kabi har xil tuyg‘ular, ba’zida esa qasos
olish istagi qamrab oladi. Bu kabi his-tuyg‘ular sizning qasoskor ekanligingizni emas,
balki insonga adolatlilik tuyg‘ulari begona emasligining dalolati.
Xafagarchilik bizga faqat ichki azobni keltirib, bundan ham ko‘p zarar
yetkazadi. Buni to‘xtatishning yagona yo‘li yovuzlik keltirib chiqargan kishiga yaxshi
munosabatda bo‘lishni ongli ravishda his qilib, uni kechirishdir. Bu nihoyatda qiyin
qaror va bir kunda sodir bo‘lmaydigan jarayon. Bundan tashqari, siz nafaqat dilozorni
kechirishingiz, balki unga sizni ranjitishga yo‘l berganingiz va uni to‘xtatmaganingiz
uchun o‘zingizni ham kechirishingiz shart.
Boshqalarni va o‘zingizni kechira olish ongingizning kuchli va moslashuvchan
ekanligidan dalolat beradi. Bu kimdir orzularingizning barbod bo‘lishiga va ruhingizni
parchalab tashlasa ham siz sinmaysiz, aksincha, shifo topib, o‘z yo‘lingizda
harakatlanishda davom etasiz degani.
O‘zingiz bilan uyg‘unlikda yashashingiz uchun siz go‘yoki oyoqlaringizga urib,
sizni qulatadigan dengiz to‘lqinlarini quvonch bilan qabul qilganingizdek, qo‘rquv va
og‘riqning ko‘ziga tetik qarashingiz lozim. Biz xiyonatdan, xiyonatkordan qo‘rqamiz.
Modomiki shu holat ro‘y bersa, boshingizni baland ko‘tarib, yelkangizni to‘g‘rilash
uchun o‘zingizda kuch toping. Sizning vazifangiz – faqat oldinga intilib yashash.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
334
ISSN:3030-3613
Gap shundaki, xiyonat yaralari o‘zidan o‘zi bitmaydi. Og‘riq chidab
bo‘lmaydigan darajada bo‘lib, tom ma’noda qalbingizni tirnasa ham kechirishni
o‘rganishingiz kerak.
Shubhasiz, bu ish oson emas. Xudbinligingiz qarshilik ko‘rsatadi. Ammo bu
og‘riqdan xalos bo‘lish va baxtga erishishning yagona yo‘li. Kechirimli bo‘lish birinchi
navbatda, shaxsiy o‘sishingiz, hissiy aqlni rivojlantirish, ongni yanada moslashuvchan
qilish uchun zarur. Bu fazilat sizni faqat oqillikka chorlaydi, sizning aqliy
farovonligingiz chiniqishi uchun xizmat qiladi.
XULOSA
Kechirish kuchi hayotingizdagi barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam
beradi. U sizni davolaydi, kuchaytiradi va dunyoga boshqa ko‘z bilan qarashga
undaydi. Bundan tashqari, kechirish sizni haqiqiy sevgi va ishonchni yanada ko‘proq
qadrlashga o‘rgatadi.Boshqalarni kechiring, asosiysi, ularga zaif tomonlaringizdan
foydalanib, sizga ziyon yetkazishga yo‘l qo‘yganingiz uchun o‘zingizni ham kechiring.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1
Madayev O., Sobitova T. Xalq og’zaki poetik ijodi. – T.: Sharq, 2010. –207
2
Razzaqov H. O’zbek xalq og’zaki ijodida satira va yumor. – Toshkent, 1965.–236
b.
3
Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O`zbek xalq maqollari .
– T.:Sharq, 2005. –508 b.
4
Sattorov U. U. Madaniyatlararo muloqotda emotsional ekspressivlikning
ifodalanishi// Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari. S., 2012: 178-179 b.