T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
322
ISSN:3030-3613
BOLALARDA ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
MASALALARI
Shukurova Shahnoza Xushbaqovna
Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani
MMTBga qarashashli 68-sonli umumtalim
maktabi amaliyotchi psixoligi
Annotatsiya:
Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga
nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko'rsa, bola
uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan
keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir
harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz. Bolalar psixologiyasi 19-asr oʻrtalarida
mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi.
Kalit so’zlar:
bola psixologiyasi, tarbiya, metodika, longityud, xissiy jarayon,
ma’rifiy jarayonlar, pedagogika,ruhiyat, agressiya
KIRISH
Oila muhitini barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash muommosi turkiy
xalqlarning mushtarak yodgorligi, Avesto, shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, tortib hozirgi zamon
pedagoglarining
oʻziga
xos
fikr
mulohazalar
bildirilgani
diqqatga
sazovordir.Kaykovus, S.Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, A.Fitrat, A.Avloniy kabi,
mutafakkirlarimizning ilmiy nazariy asarlarida oila munosabatlaridagi tarbiya
tarixiylik nuqtai nazaridan bayon etilganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Avvalo bola
psixologiyasi haqida so’z yurutamiz. Bola psixologiyasi onaning qornidayoq
boshlanadi. Asosan bizning millatimizda bola tarbiyasiga juda katta ahamiyat
beradilar.
Psixologiya tarbiyada yaqqol namoyon etuvchi ruhiy hodisa hisoblanadi. Mana
shuning uchun bizning elat va millat shaxslari bolalar va yoshlarning psixologiyasiga
yomon ta’sir etuvchi omillardan uzoqroq yurishga harakat qiladilar. Bolalar
psixologiyasi psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va
aloxida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni
harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli bolalar
psixologiyasini koʻpincha yosh psixologiyasi deb ataydilar. Bolalar psixologiyasi
bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo boʻlishi
va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilmaxil faoliyatning (oʻyinlar,
oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini oʻrganadi. Bolalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
323
ISSN:3030-3613
psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi,
biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor.
Bola shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb
nomlangan tadqiqotlar oʻtkaziladi. Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir
vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat
(longityud) da esa maʼlum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik
xususiyatlari koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa oʻz navbatida ular psixikasi
rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar
psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga bo'lgan ishonch, hurmat,
qo'llabquvvatlash, unga bo'lgan e'tiborlarini his qildirish, Mumkin bo'lgan va mumkin
bo'lmagan holatlar o'rgatiladi. Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi.
Ota-onaga nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush
ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom
etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan,
bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz. Bolalar psixologiyasi 19-asr
oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. U pedagogika psixologiyasi,
ped., oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bogʻlangandir. Uning
maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti
uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Bolalar
psixologiyasi masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Farzand-inson
hayotining mazmuni , nasl nasabinining davomchisi, oilaning mustahkam zanjiri
hamdir. Aqlli , bilimdon , mehnatsevar iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning
balki butun jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi . Odatda, farzand oilada ham
jismonan , ham ma'nan ulg'ayib shakllanadi .
Ularning voyaga yetishi davomida oiladagi ahillik muhim ro'l o'ynaydi.
Ayniqsa,ularning ma'naviy tarbiyasi bilan jamiyatga xizmatini ifodalaydi.
Farzandlarimiz sog'lom , e'tiqodli jismonan baquvvat qilib tarbiyalash ham ota-ona
zimmasizga yuklangan. Rasululloh Sallallohu alayhi vasallam "Farzandlaringizga
suvda suzishni, kamondan otishni, nayza uloqtirishni ,otda choptirishni o'rgatinglar!”-
deb, Farzandlaringizni chaqqon,sog'lom, baquvvat, ziyrak qilib tarbiyalashga
ummatlarini targ'ib qildilar(Termiziy va Abu Dovid rivoyatlari).Zeroki, sog'lom
psixologik tarafdan ham yetuk farzand hamma joyda ham o'z yurtiga naf keltiradi.
Yuqoridagi
fikrlarimizdan
kelib
chiqqan
holda,barcha
narsa
bola
psixologiyasiga
bog'liq
ekanligini
anglab
yetsak
bo'ladi.
Bola
psixologiyasi,ayniqsa,maktabgacha
yoshdagi
bola
psixologiyasi
juda
murakkabdir.Shuning uchun,men o’z bilim va ko'nikmalarimdan kelib chiqqan
holda,ko'proq maktabgacha yoshdagi bolalarga etibor qaratish maqsadga muvofiq ish
deb o'ylayman.Chunki, bu yoshda ya’ni, maktabgacha yosh 3-4, 5-6-7 shu yoshlarda
bola juda tez fikrlaydi va psixologiyasi judda murakkab va qiziqishlari turli xil bo'ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
324
ISSN:3030-3613
Shu bilan bir qatorda, rivojlanayotgan bola psixologiyasi yana oilaga borib
taqaladi,chunki bola asosan 2 xil muhitni farqlaydi ya’ni, oila va o’zi borayotgan
maskan ya’ni, bog'cha albatta bog'chada boshqa muhit oilada esa o'zgacha muhit
shuning uchun ham bolaga oiladagi muhit bog'chaga ya'ni,ta'lim tarbiya olayotgan
maskaniga, u yerdagi bolalarni psixologiyasiga ham katta ta’sir qilishi mumkin. Shu
ta'lim maskani ya’ni, bog'cha ham oilaga ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun,
maktabgacha
tarbiya
yoshida
e’tiborimizni
farzandimizga
qaratishimiz
kerak.Bildirilgan barcha ma’lumot va fikrlarimizdan xulosa qilib aytganda, bolada 2
xil fikr va qarashlar hosil qilib qoyishimiz kerak emas ya’ni, oila ijobiy bog'cha salbiy
degan yoki shuning aksi bo’lishi ham mumkin.Shuning uchun ota-onalarimiz va biz
malakali pedagoglar bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlashimiz zarur va shartdir.
Shundagina, biz o'zimiz o'ylagan ulkan natijalarga erishamiz. Va yurtimiz uchun
ravnaqi uchun yetuk va barkamol farzand bo'lib yetishib chiqamiz.
Oila va uni xarakterlovchi turli mezonlarga koʻra quyidagilarga
farqlanadi:
1)
Toʻliqligiga koʻra: toʻliq, notoʻliq, qayta tuzilgan( 2 nikoh) oilalar.
2)
Boʻgʻinlar soniga koʻra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat) va koʻp
nomli(ikki va undan ortiq avloddan iborat oila aʼzolari birga yashovchi ) oila.
3)
Bolalar soniga koʻra: farzandiz, bir bolali, ikki bolali, uch- toʻrt bolali,
besh va undan ortiq bolali oila. Masalan: AQSH, Fransiya,Germaniya, Gretsiya,
Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda toʻrt bolali oilalar koʻp bolali oilalar
hisoblanadi. Oʻzbekistonda bunday oilalar, farzandlar soni oʻrtacha boʻlgan oilalar
sirasiga kiradi.
4)
Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga koʻra: ishchilar, dehqonlar,
xizmatchilar, ziyolilar, aralash tipdagi oilalar kiradi.
5)
Oilaning yoshiga koʻra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik
turmush tajribasiga ega boʻlgan oilalar), oʻrta yishdagi oila, yetuk yoshdagi oila (
qariyalar oilasi) kabi oilalar.
6)
Er-xotinning maʼlumot saviyasiga koʻra: oliy maʼlumotli, oʻrta maxsus,
oʻrta, tugatilmagan oʻrta, maxsus yordamchi maktab malumotiga va turli saviyadagi
maʼlumotlarga ega boʻlgan er-xotinlardan tashkil topgan oila.
7)
Er-xotinning ota onasi, oilasining moddiy taʼminlanganlik darajasiga
koʻra:
qudalarning bir-biriga mos yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi boʻyicha
birbiriga mos boʻlmagan oilalar.
8)
Regional jihatlarga koʻra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oilalar.
9)
Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga koʻra: ajralish saviyasida, nikohdan
qoniqqanlik darajasi, quyi darajali, oʻrta darajali oilalar.
10)
Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga koʻra: avtoritar, demokratik,
liberal aralash tipdagi oilalar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
325
ISSN:3030-3613
11)
Er-xotinning millatiga koʻra: bir millatli, baynalmilal oilalar. Baynalmilal
oilalarni oʻz navbatida 2 boʻlish mumkin;
*
dini, urf odatlari,tili, bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikohlar
masalan; oʻzbek-tojik, oʻzbek-qozoq, oʻzbek-turkman, rus-ukrain va h.k.
*
dini, urf odatlari, tili bir guruhga mansub boʻlmagan millat vakillarining
oʻrtasidagi nikohlar, masalan; oʻzbek-rus, oʻzbek-ukrain, oʻzbek-estoniya,
oʻzbeknemis va h.k.
12)
Yuridik rasmiylashtirilganligiga koʻra: sinovdagi oila (birga yashashadi
ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir birlarini norasmiy nikohda deb
bilishyapti), rasmiylashtirish arsfasidagi oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi
anniq, ammo ayrim obyektiv sabablarga koʻra rasmiylashtirish kuchaytirilyapti),
nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi
yuridik jihatdan norasmiy oilasi) kabidir.
Oila energetikasi. Bu tushuncha oʻz ichiga koʻplab jabhalarni xususan, oilaning
tibbiy biologik xususiyatlardan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi
omillar, shart sharoitlardan boshlab tiriklik mezonlari boʻlmish ovqatlanish, hamda bir
oila aʼzosining xatti harakatlarining namoyon boʻlishigacha qamrab oladi. V.Satir
oilaning oila energetikasini tavsiflaydi. Yaʼni, “oilaning emotsional qozoni”
tushunchasini ishlatadi. Oila aʼzolari kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u
goʻyoki bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashda namoyon boʻladigan
hissiyotlar koʻzgusida" tasavvur etadi.
Oilaviy munosabatlar. Oila aʼzolari oʻrtasida sodir boʻlayotgan murakkab
munosabatlar koʻplab olimlar, shu jumladan, Oʻzbekistonlik olimlar M.Davletshin,
B.Qodirov, X.Karimov, N.Sogʻinovlar tomonidan oʻrganilgan. Ularda koʻproq oʻzbek
oilasiga xos urf-odatlar, anʼanalar udumlar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning
etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning
qonunyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu oʻrinda biz oilaviy, oʻzaro munosabatlarga xos
boʻlgan munosabatining psixologik tabiatdan kelib chiqishi, va dinamikasiga eʼtiborni
qaratgan koʻplab tadqiqotlada ilgari surilgan maʼlumotlarni keltirishni joiz deb bildik.
XULOSA.
Bizning islomiy 441 kitoblarimizda aytilishicha, bola o’ng qo’li bilan chap
qo’lini ajratadigan bo’lganda, uni jiddiy tarbiyalash boshlanadi. Uning ko’nglini
qoldirmasdan, qo’pollik qilmasdan, bolaligini e’tiborga olib, ruhlantirib
tarbiyalanaveradi. Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo’lib
bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o’rgata borish , kattalar mehnatini
e’zozlaydigan qilib tarbiyalash , bolani ilm va kasbga o’rgatish oilaning diqqat
markazida bo‘lishi kerakligihaqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat
tarbiyasini maktabda ta’lim bilan birga hunar o’rgatishga bog’lab davom ettirish
lozimligi haqida alohida ta’kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb -hunar vorislik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
326
ISSN:3030-3613
asosida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchkovlik bilan o’rgangan va
insonlarning hunarmandchilik faoliyatini yuqori baholagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf Shoyadki taqvodor bo‘lsak‖
ma‘ruzalar, maqolalar va suhbatlar to‘plami, TOSHKENT, Cho‘lpon.
2.
https://play.google.com/store/apps/details?id=com. iqtiboslar _olami.aforizmlar.
3.
Z.T.Nishonova
―Rivojlanish
psixologiyasi.
Pedogogik
psixologiya‖
TOSHKENT2018.
4.
Abdulla Avloniy ―Turkiy guliston yoxud axloq.
5.
Internet manbalari