Mualliflar

  • Abduraxmonova Shirinjon Baxtiyorovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106252

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Stress stress bosqichlari shaxs pedagog individuallik stressga barqarorlik nizo optimizm psixik jarayonlar korreksiya.

Annotasiya

Annotatsiya:  Shaxs  boshqalar  ta’sirida  aslida  o‘zining  ichki  imkoniyatlariga 
mos  kelmagan  faoliyatni  tanlaydi  va  layoqatsizligi  natijasida  unda  stress  holatiga 
moyillik  seziladi.  Bunda  bolaning  o‘z  individualligini  ro‘yobga  chiqarish  uchun 
imkoniyat berish lozim.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

318

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI MUHITIDA STRESSLI

VAZIYATLARNI BARTARAF ETISHNING

PSIXOLOGIK USULLARI

Abduraxmonova Shirinjon Baxtiyorovna

Xorazm viloyati Tuproqqal'a

tumani 4-son DMTT psixologi

Annotatsiya:

Shaxs boshqalar ta’sirida aslida o‘zining ichki imkoniyatlariga

mos kelmagan faoliyatni tanlaydi va layoqatsizligi natijasida unda stress holatiga
moyillik seziladi. Bunda bolaning o‘z individualligini ro‘yobga chiqarish uchun
imkoniyat berish lozim.

Kalit so’zlar:

Stress, stress bosqichlari, shaxs, pedagog, individuallik, stressga

barqarorlik, nizo, optimizm,psixik jarayonlar, korreksiya.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilmfan

sohasi rivojini jadallashtirish masalalari yuzasidan tubdan islohatlar olib borilyapti.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-son
Farmoniga, “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil
etish to'g’risida”gi 2017 yil 30 sentyabragi PQ-3305-son qaroriga va O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13-iyuldagi 391-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari to'g’risidagi nizomga hamda
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 13 avgustdagi 183-sonli
buyrug’i shuningdek “O'zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari” ga o'zgartirishlar kiritildi va «Ilk qadam»
davlat o'quv dasturi asosida ta'lim-tarbiya ishlari amalga oshirila boshlandi. Shu bilan
birga psixoprofilaktik, psixokorreksion ta'sir usullarining samaradorligini oshirish,
pedagog shaxsida stress vujudga kelishini psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishga
qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda.

Barcha o’zgarishlar, yangilanishlar bevosita ta’lim rivoji bilan bog’liq bo’lib,

bunda maktabgacha ta’lim tashkiloti zamin yaratadi, ya’ni yosh avlodning intelektual
salohiyati va ijtimoiy faolligini oshirishda ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan
pedagog-tarbiyachilarning pedagogik-psixologik holati ushbu maqolamizning
dolzarbligini kasb etadi. Insoniyat hamisha yorug‘ kelajakka intilib yashagan. U ilmiy-
texnika inqilobi natijasida tabiatning ko‘plab sir-asrorlarini bilib oldi.

Biroq, inson uning salbiy oqibatlari namoyon bo‘lishiga ham guvohdir.

Masalan, transport shovqinlari, jismoniy toliqish, kam harakatchanlik, turli ziddiyatli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

319

ISSN:3030-3613

vaziyatlar, ruhiy-ma’naviy nomukammallik, surunkali asabiylik, ruhiy zo‘riqishlarga
sabab bo‘lmoqda.Xastaliklarning kelib chiqish sabablari xilma-xil. Ulardan eng
asosiysi insonning ruhiy muammolaridan biri – stressdir.

Stress inglizcha “stress” -so‘zidan olingan bo‘lib, taranglik, zo‘riqish, degan

ma’noni anglatadi. Ushbu ibora ilk bor 1936-yili Kanada olimi Gans Sele tomonidan
kiritilgan psixologik ta’rifiga ko‘ra affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan
kechirishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan histuyg‘ular boshdan
kechirilishning alohida shakli kuchli hayajonlanish holati.

Stress bosqichlari o‘z harakteri va yuzaga kelishiga ko‘ra quyidagi jarayonlar

bilan kechadi:

1.Taranglikning kuchayishi (xavotirlik); Bu bosqichda inson organizmi

mobilizatsiyasi boshlanadi. Nafas olish tezlashuvi, qon bosimi oshishi, psixik holatning
qo‘zg‘alishi namoyon bo‘ladi. Inson e’tibori to‘liq qo‘zg‘atuvchiga yo‘naltiriladi. Shu
paytning o‘zida inson o‘zo‘zini, xatti-harakatlarini, xulqini, so‘zlarini boshqara olmay
qolishi, kuzatiladi.

Organizm stressdan himoyalash mexanizmlarini ishga tushurishni boshlaydi. Bu

bosqichda inson uzoq tura olmaydi, agar organizm bu bosqichni yengib o‘tsa,
xavotirlik bosqichi asta sekin so‘na boshlaydi. Agar, aksincha bo‘lsa, stressning
keyingi bosqichi ishga tushadi.

2. Stress holati (qarshilik ko‘rsatish);

Organizmda buyrak usti bezlari adrenalin va noadrenalin ishlab chiqara

boshlaydi.Aynan mana shu instinkt natijasida barcha sistema va organlarida ma’lum
bir fiziologik va psixologik o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Stress holatiga tushgan shaxs xuddi shu stressga qarshi quyidagi usul va

vositalarni qo‘llash yaxshi natija beradi:

1.

Stress holatiga nisbatan antistress kayfiyatini shakllantirish (ro‘y bergan

vaziyat, holat, emotsiyalarga nisbatan o‘z ruhiyatidagi munosabatni o‘zgartirish);

2.

Ko‘proq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish (badantarbiya, sport turi,

jismoniy mehnat);

3.

O‘z-o‘zini bo‘shashtirish (rasslabneniya) tananing oyoq uchi qismidan to

qo‘l barmoqlarigacha bo‘shashishga erishish;

4.

Autotrening (o‘z-o‘zini ishontirish);

5.

Relaksatsiya (o‘z-o‘zini yengillashtirish) orqali stress holatiga barham

berish mumkin.

Shuni ta’kidlash lozimki jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanadigan

inson har qanday holatda ham stress holatini yenga oladi. Aksincha tushkun kayfiyatga
moyil, o‘z kuchiga ishonmaydigan odam osongina stress holatiga tushib qoladi.
Yuqorida stress holati va uni bartaraf etish yo‘llariga to‘xtalib o‘tdik, shu o‘rinda savol
tug‘iladi. Stress holatiga moyillik psixologik jixatdan shaxsda qanday sabablar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

320

ISSN:3030-3613

asnosida kelib chiqadi?. Quyida stressga moyillikning kelib chiqishida o‘smir
psixologik holatlaridagi namoyon bo‘lish shakllari haqida fikr yuritamiz. Gina – qudrat
– agar qo‘rquv holati bir vaqtning o‘zida insonlar va hayvonlarda xam uchrasa gina-
kudrat faqat insonlargagina xos.

Gina-kudratning kelib chiqishi shundan iboratki, inson doimo atrofidagi odamlar

xamma vaqt men uchun qayg‘urishi kerak, ular mening extiyojlarim, dunyoqarashim
va harakter xususiyatlarim bilan xisoblashishi kerak degan fikrda bo‘ladi. Odamlarda
o‘ziga nisbatan e’tibor, mehr, ular tomonida o‘zining tan olinishini kutadi va oqibatda
shaxsda o‘z-o‘zini va boshqalarni tanqid qilish, jahldorlik va sog‘liq uchun eng zararli
emotsiyalar paydo bo‘ladi. Taqqoslash- bolaga ota-onasi, yaqinlari tomonidan tarbiya
berish jarayonida yo‘l qo‘ygan katta xatolardan biri. Shaxsga tarbiya berish jarayonida
bevosita boshqa tengdoshlarida uchrovchi xususiyatlar bilan uning xususiyatlarini
taqqoslash. Natijada bolada o‘z ichki saloxiyatlarini, qobiliyatini rivojlantirish,
induvidualligini ro‘yobga chiqarishga intilish susayadi.

Shaxs boshqalar ta’sirida aslida o‘zining ichki imkoniyatlariga mos kelmagan

faoliyatni tanlaydi va layoqatsizligi natijasida unda stress holatiga moyillik seziladi.
Bunda bolaning o‘z individualligini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat berish lozim.
O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi- ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan
qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning
doimiy tarzda bildirilishi, oilada, ishda, o‘qishda va muomala jarayonida
muvaffaqqiyatsizliklar natijasida bo‘lishi mumkin. Bunda shaxs doimo stress holatiga
tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga intilishi, o‘zining kuchi va
qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va oqibatda
o‘zining real borligidan qochishga intiladi. Men obrazining hamma vaqt boshqalardan
ustun qo‘yilishi, doimo o‘z meni nuqtai nazridan kelib chiqib ish tutish, boshqalar bilan
hisoblashmaslik. Shuning natijasida shaxs mag‘lubiyatga uchraganda, o‘zida
nochorlik, uquvsizliklarni sezganda buning sababi o‘zgalarda deb biladi va shunga
o‘zini ishontiradi.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, inson o`zini o`rab turgan tabiat

bilan, atrofdagi odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishar ekan, unga ta’sir etib turgan
holda idrok qilinayotgan predmet va hodisalarga nisbattan muayyan kechinmalarni his
qiladi, u yoki bu psixik holatni ichdan kechiradi. Bu hissiy holatlar inson faolligini
oshirishi yoki susaytirishi ham mumkin. Hissiy zo‘riqishlar o`z navbatida ruhiy
holatimizdan tashqari jismoniy holatimizga o`z salbiy ta’sirini ko`rsatib organizmdagi
barcha fiziologik jarayonlarga – hazm qilish, qon aylanishi, nafas olish tizimi
faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Hissiy zo‘riqishlarni boshqarishning eng samarali
usuli – psixologik usul yordamidan foydalanishdir. Bunda o‘z-o‘ziga yordam
vositalari: autotrening, nafas olish texnikasi, meditatsiya, yoga, jismoniy mashqlar,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

321

ISSN:3030-3613

sauna, shuningdek psixoterapiya, do‘stona suhbat, guruhiy o‘yinlar, sport va boshqalar
kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Современный словарь иностранных слов / Ред. М. Н. Черкасова, Л. Н.
Черкасова - М.: Феникс, 2009. - с. 582-583.

2.

Абабков, В.А. Адаптация к стрессу. Основы теории, диагностики, терапии
[Текст] / В.А. Абабков, М. Перре. – СПб. : Речь, 2004. – 166с.

3.

Абабков, В.А. Защитные психологические механизмы и копинги: анализ
взаимоотношений [Текст] / В. А. Абабков. – СПб. : Речь, 2004. – 158 с.

4.

Богданова, М.В. Саморегуляция личности: от защит к созиданию [Текст] /
М.В. Богданова, Е.Л. Доценко. Тюмень : Мандр и Ка, 2010. – 204 с.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Современный словарь иностранных слов / Ред. М. Н. Черкасова, Л. Н.

Черкасова - М.: Феникс, 2009. - с. 582-583.

Абабков, В.А. Адаптация к стрессу. Основы теории, диагностики, терапии

[Текст] / В.А. Абабков, М. Перре. – СПб. : Речь, 2004. – 166с.

Абабков, В.А. Защитные психологические механизмы и копинги: анализ

взаимоотношений [Текст] / В. А. Абабков. – СПб. : Речь, 2004. – 158 с.

Богданова, М.В. Саморегуляция личности: от защит к созиданию [Текст] /

М.В. Богданова, Е.Л. Доценко. Тюмень : Мандр и Ка, 2010. – 204 с.