Mualliflar

  • Tajiboyeva Kumushoy Ro'zimboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106253

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: xulq – atvor maktab o’quvchisi O’smirlar qadr – qimmat boshlang’ich sinflar ruhiy holat tushkunlik

Annotasiya

Annotatsiya: Ma`lumki, maktab hayotida o`quvchilar har tomonlama rivojlanib 
voyaga yetishadi: Ham jisman, ham ruhan, ham manan. Ularni bilim va tarbiyasi uchun 
javobgar  bo`lgan  shxslar  hissoblangan  o`qituvchilar  esa  ularga  o`z  farzandlarini 
tarbiyalagandek, bor bilim va g`ayratlarini namoyon etishadi. Lekin shunday vaziyatlar 
bo`ladiki o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi konflikt vaziyatlar sodir bo`ladi. Bu esa 
o`qituvchidan  vaziyatga  to`g`ri  baho  berishni,  bu  ziddiyatlarni  bartaraf  etish 
shakllari,metodikasini  puxta  egallashni  talab  etadi.  Quyida  bu  konfliktlarni  bir 
qanchasi bilan tanishamiz:  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

314

ISSN:3030-3613

PEDAGOGLAR HAMDA OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA

HAMJIHATLIKNI MUSTAHKAMLASHNING

PDIXOLOGIK USULLARI

Tajiboyeva Kumushoy Ro'zimboyevna

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Beruniy tumani 11-maktab psixologi

Annotatsiya

:

Ma`lumki, maktab hayotida o`quvchilar har tomonlama rivojlanib

voyaga yetishadi: Ham jisman, ham ruhan, ham manan. Ularni bilim va tarbiyasi uchun
javobgar bo`lgan shxslar hissoblangan o`qituvchilar esa ularga o`z farzandlarini
tarbiyalagandek, bor bilim va g`ayratlarini namoyon etishadi. Lekin shunday vaziyatlar
bo`ladiki o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi konflikt vaziyatlar sodir bo`ladi. Bu esa
o`qituvchidan vaziyatga to`g`ri baho berishni, bu ziddiyatlarni bartaraf etish
shakllari,metodikasini puxta egallashni talab etadi. Quyida bu konfliktlarni bir
qanchasi bilan tanishamiz:

Kalit soʻzlar:

xulq – atvor, maktab o’quvchisi, O’smirlar, qadr – qimmat,

boshlang’ich sinflar,ruhiy holat, tushkunlik

KIRISH

Psixologlar o’z navbatida, kim boshlang’ich sinfda yaxshi o’qigan, tartibli

bo’lsa, o’smir yoshiga kelib qo’pol, tez intizomsiz bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydilar.
Boshlang’ich sinfda o’qituvchi o’rnatgan tartib – intizomga so’zsiz bo’ysunish o’rnini
o’z insoniy qadr – qimmatiga ortiqcha baho berish tuyg’usi egallaydi. Ilgari
boshlang’ich sinflarda o’qituvchining so’zidan xafa bo’lmagan o’smir yuqori sinf
o’qituvchisining aynan shu so’zidan norozi bo’ladi.

O’smirlarda o’zligini anglash kattalar bilan bo’lib o’tadigan munosabatlarning

yomonlashuvi bilan o’zaro almashinib turishi kuzatiladi. Bo’lajak o’qituvchilar uchun
mo’ljallab chop etilgan qo’llanmalarda qayd etilgan o’smirlar xarakter xususiyatlariga
doir umumiy tasavvurlar ana shulardan iborat. Ko’p sonli tadqiqotlarda o’smirlarning
ijtimoiylashuvi masalasida qimmatli ma’lumotlar uchraydiki, ularga asoslangan holda
o’qituvchi va o’quvchilar munosabatlarida yuz beruvchi konfliktlarni pedagogik nuqtai
nazardan to’g’ri hal etish mumkin bo’ladi.
Bu sohada o’smirlarning muomalaga kirisha olish tiplariga doir tadqiqot natijalari
qiziqishga loyiqdir. Bularning uch turi farqlanadi.

1.

Odamovi maktab o’quvchisi. Yolg’izlikka moyil. U tengdoshlari bilan

muloqotga kirishganda toliqadi. Noqulaylik his etadi. Yolg’iz qolganida, it, mushuk va
boshqa predmetlar bilan qolganda o’zini yaxshi his etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

315

ISSN:3030-3613

2.

Juft – juft muloqotga moyil o’quvchi tipi. Uning o’zi ishonadigan do’sti

bo’lishi lozim. Ularsiz yashay olmaydi, zerikadi. Ko’p hollrada do’stlashuv ijobiy
munosabatning yuzaga kelishi bilan tugashi, yoki buning aksi ro’y berishi mumkin.

3.

Jamoaviy muloqotga moyil o’quvchilar. Ulardan stixiyali ravishda

sog’lom yoki nosog’lom dasturga ega bo’lgan o’smirlar jamoasi tashkil topishi
mumkin.

Agar birinchi tip konfliktli sharoitda ruhiy zo’riqishni bir o’zi boshdan

kechiradigan bo’lsa, ikkinchi tip, ayniqsa uchinchi tipga mansub o’quvchilarda tabiiy
ravishda tashqi himoya to’sig’iga ega bo’ladilar. O’smirlar o’qiydigan sinflarda
konfliktga kirishuvchilar soni keskin kengayadi, chunki endi ular boshlang’ich
sinfdagidek bir o’qituvchi bilan emas balki, o’nlab – yigirmatalab o’qituvchilar bilan

muloqotda bo’ladilar, demak, konfliktga kirishuvlari ham mumkin.

Intizomga oid konfliktlar Intizomga oid bo’lgan, o’quvchilar va ayrim hollarda

o’qituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zo’riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim
jarayonida maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning
statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq – atvorga doir
faktlar orasida o’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan holatlar farqlanadi.

“Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli

Xalqaro munosabatlardagi konflikt faqat taraflarning qarama- qarshi kurashi sifatida
birgina harbiy harakatlardan iborat bo’lib qolmaydi. Zo’rlik vositalarisiz hal
qilinadigan diplomatik konflikt, savdo, chegara, siyosiy konfliktlar bo’lishi mumkin
“Chegaradan chiquvchi etik” konfliktlar termini boshlang’ich sinf o’qituvchilari xulq
– odobida namoyon bo’luvchi qo’pol g’ayripedagogik munosabatshakllarini
aniqlashda qo’llaniladi.

O’quvchilar orasidagi konfliktlar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

316

ISSN:3030-3613

O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan
e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.

O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha: tushuntira olmaslik,

sistemasiz, palapartish bayon, tilning o’rinsiz murakkabligi, takrorlashning yo’qligi,
materialni quruq bayon qilish, mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik, xo’ja ko’rsinga
“mavzuni” bajarish, predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik, xolis baholash olmaslik,
arzimagan javobga yuqori baho qo’yish, barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish
va hokazo.

O’smirlar o’qituvchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari jarayonida

maktabning birinchi pog’onasida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga
nisbatan anchagina farq qiladi. Bunday ziddiyatlarning o’smir yoshi bilan bog’liq
jihatlari nimalardan iborat? O’smir yoshining oliy o’quv yurti pedagogika va
psixologiyasida o’qitiladigan tavsifnomasiga murojaat qilamiz.

Pedagogika nazariyasining tegishli bo’limida o’smirlik yoshi bolalik va katta

yosh holatining oralig’ida ekanligi qayd etiladi. Pedagogika qo’llanmasi mualliflari
“o’prilishli” (krizisli), “qiyin”, “o’tish”, “konfliktli”, “og’riqli” kabi terminlarni ko’p
qo’llaydilar. O’quvga bo’lgan qiziqishning sustligi o’smir uchun xos. U romantik
tuyg’ularga berilgan bo’ladi. O’smirda jinsiy bilimlarga bo’lgan qiziqish uyg’ongan
bo’ladi. U o’z kuch va qobiliyatlariga yuqori baho beradi. Kattalarga taqlid qilish,
ularga o’xshashga harakat qilishga intiladi. A.S.Makarenko fikricha, o’smirlar – bu
haqiqiy risarlar. Ular qo’rqmasdan pedagog orqasidan o’zini o’tga ham suvga ham
uradi, agar u haqiqiy ustoz bo’lsa.

XULOSA

Shuni alohida qayd etish kerakki, o’smir – o’quvchilar bilan predmet

o’qituuvchilari orasida konfliktsiz hamkorlik umuman uchramaydi. Bu o’smirlar
yaxshi o’qituvchilar masalasida omadsizlar degan gap emas. Gap shundaki, ta’lim-
tarbiya jarayonida o’qituvchilarda ham o’quvchilardagi kabi ruhiy zo’riqish uchrab
turadi. Konfliktologiya fani bo’yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha
pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi
tomonlar safida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi
mumkin. Shu jumladan, o’quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari,
boshqaruv apparati xodimlari ham. Yuzaga kelishi jihatidan boshlang’ich sinflarda
konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir bo’ladi. Bu
konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli
o’qituvchi xato harakatlarga yo’l qo’yishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda
taqlidiylik o’qituvchini yo’ldan urishi, kutilmagan to’qnashuv nihoyatda og’riqli,
jarohatli bo’lishi mumkin. To’satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va
kechishi j
ihatidan tipik bo’lgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda o’qituvchi o’z


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

317

ISSN:3030-3613

tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan ssenariy asosida ish
ko’radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to’g’ri keladi, xolos.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Петровская Л.А. О понятийной схеме социально-психологического анализа
конфликта. М., 1977г.

2.

Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон,
Конфликтологический центр, 2001. С.23.

3.

Berdiyev G. o’quvchilarda shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos
xususiyatlari.// Xalq ta’limi, №6,1998, B. 61-65.

4.

Jo’rayev R. Q., Safarova R. G’., Ibragimov X. I., Musayev U. q. Pedagogika fani
Konsepsiyasi. // Xalq ta’limi, 2004, № 5, B. 8-31.

5.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Петровская Л.А. О понятийной схеме социально-психологического анализа

конфликта. М., 1977г.

Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон,

Конфликтологический центр, 2001. С.23.

Berdiyev G. o’quvchilarda shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos

xususiyatlari.// Xalq ta’limi, №6,1998, B. 61-65.

Jo’rayev R. Q., Safarova R. G’., Ibragimov X. I., Musayev U. q. Pedagogika fani

Konsepsiyasi. // Xalq ta’limi, 2004, № 5, B. 8-31.

Internet materiallari