T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
305
ISSN:3030-3613
BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA ULARNING
AQLIY VA JISMONIY QOBILIYATLARINI
INOBATGA OLISH MASALALARI
Abdugʻaniyeva Shahnoza Abduhakim qizi
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani
44-maktab amaliyotchi psixologi
Аnnotatsiya:
Bolaning ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda quyidagi
yo‘llarni amalga oshirish mumkin:Kitob o‘qish. Bola bilan birga kitob rasmlarini
tahlil qilib o‘qish, undagi ertakning mazmunini bolaga o‘yin tarzida qayta so‘zlatish,
o‘yinchoqlariga kitob mazmunini ayttirish juda foydali va qiziqarli mashg‘ulot
sanaladi. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o‘xshatishga
harakat qiladi, u o‘zi ertak yoki hikoyalarni mustaqil to‘qiy olishi ham mumkin.Chizish
(bo‘yoq, un, qum bilan). Bolalar odatda chizishni juda yaxshi ko‘rishadi.
Kalit so’zlar
: ertak, didaktik o’yinlar, rasm chizish, bo’yash,pazl yasash,
psixologik yordam
KIRISH
Komil insonning ma’naviyati yuksak bo‘ladi Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan
kishi esa o‘z xalqining tarixi, urf-odati, qadriyati hamda an’analari, madaniyatini chuqur
biladi va unga rioya qiladi.
Maktabgacha davr bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish,
o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning insoniy
sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Tasavvur etish,
tafakkurning rivojlanishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotlaridagi asosiy
vazifalardan biri – bola miyasida buyum va hodisalar haqidagi axborotni tasavvur
ettirish. Masalan, rasm chizish, turli o‘yinlar, kubiklardan biron-bir narsa yasash orqali
bola ana shu axborotni tafakkurida rivojlantiradi.
Ushbu tafakkur turi boshqa tafakkur turlariga asos bo‘lib, so‘z boyligi, mantiqiy
tafakkurning shakllanishi, kelajakdagi maktab darslarini a’lo darajada o‘zlashtirishda
ko‘maklashadi.Bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladi. Ular
hamma narsani bilishi juda zarur: ta’mini tatib ko‘rishi, ushlab ko‘rishi, tushunarsiz va
yangi bo‘lgan narsalarga o‘z tushuntirishlarini o‘ylab topishi, tajriba o‘tkazib ko‘rishi
va o‘z farazlarini tekshirishi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga uni o‘rab turgan olamni
tanishiga yordam berishi zarur.Bola 3 yoshigacha asosan predmet va harakatlarning
nomlarini o‘zlashtiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatib, bu predmet yoki
harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun
ham bola predmetlarning nomlari ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
306
ISSN:3030-3613
o‘zlashtiradi.Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning analizatorli idrok etish jarayoni
ham yanada takomillasha boradi. Bola hayotining 3-yoshida beixtiyor idrok
maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolada ma’lum bir maqsadga qaratilgan, tanlangan
idrokka aylanadi, kuzatuvchanlik tarkib topadi. Idrok etishda so‘zning roli osha boradi,
endi bola narsalarning belgilab qo‘ygan sifatlari va xususiyatlarini aytib ko‘rsatadi.
Idrok jarayoni bolaning tafakkurini o‘stiradi hamda o‘z faoliyati davomida va tafakkur
jarayonida tobora takomillashadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola tasavvurlari
doirasi kengayishi va bilimning oshishi uning aqliy faoliyatining xarakterini
o‘zgartiradi. Nutqning o‘sish faoliyatining kengayishi yangi tafakkur shakllari uchun
sharoit yaratadi.
5–6 yashar bola tasvirlaydi, keyin esa muhokama qiladi, umumlashtiradi. Shu
yoshdagi bolaning tafakkuri aniq obrazli emotsional va yaqqol tafakkur hisoblanadi.
Muhokama bevosita narsa, buyum bilan bog‘langan. Bola umumlashtirilgan
tushunchalarni o‘zlashtiradi, fikr yuritish operatsiyalari faqat idrok etishgagina emas,
balki xayolga ham asoslanadi.Dastlabki (garchi mukammal bo‘lmasa ham) hukmlardan
xulosa chiqarish va yakun yasash paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi
faoliyatlar va uning oldiga qo‘yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega
bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor
esida saqlab qoladi. Ushbu yoshdagi bolalar tafakkuri va uning o‘sishi o‘ziga xos
xususiyatga ega. Maktabgacha yoshda bolaning tafakkuri juda tez rivojlana boshlaydi.
Buning sababi, birinchidan, ularda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi,
ikkinchidan, nutqining yaxshi o‘sgan bo‘lishi, uchinchidan esa bog‘cha yoshidagi
bolalarning juda ko‘p erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi ular
tafakkurining faollashayotganidan darak beradi.Bola o‘z savoliga javob topa olmasa
yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasa, undagi qiziquvchanlik susaya
boshlaydi.Bolaga ta’limni erta, kech ham emas, balki o‘z vaqtida berish lozim.
Bilim olish bolaga yaxshi kayfiyat baxsh etishi kerak.Bolani qiynab, o‘qish yoki
yozishga barvaqt o‘rgatib, o‘yindan xoli qilish uning stress olishiga olib keladi.Natijada
bolada har xil kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.Bola bilimni o‘z xohishi bilan
o‘zlashtirishi kerak.
Agar istamayotgan bo‘lsa, demak, ota-ona uni qiziqtirish yo‘llarini topa
olmayapti. Shuning uchun ota-onalar bolaning rivojlanishi uchun aynan uning
kichikligidan sharoit yaratib, atrof-muhitni yanada qiziqarli qilib ko‘rsatishlari kerak.
Bola chizish, o‘qish, yasash, o‘ynash, qurish, yozish va boshqa faoliyatlarning barchasi
farzand uchun qiziqarli bo‘lishi ota-onaga bog‘liq. Bola kichikligidan qanchalik
qiziquvchan, savollari ko‘p bo‘lsa, shunchalik rivojlanib o‘sadi.Bolaning rivojlanishida
maktabgacha bo‘lgan davri juda muhim o‘rin tutadi. Bu davrda bolaning jismoniy,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
307
ISSN:3030-3613
axloqiy, psixologik salomatligi shakllanadi va aqliy rivojlanish qobiliyatlari
takomillashadi. Bolani kelajakda omadli, aqlli hamda iste’dodli bo‘lishini istagan ota-
ona uning rivojlanishiga aynan shu davrdan boshlab ahamiyat bermog‘i lozim.
Bolaning ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda quyidagi yo‘llarni amalga
oshirish mumkin:Kitob o‘qish. Bola bilan birga kitob rasmlarini tahlil qilib o‘qish,
undagi ertakning mazmunini bolaga o‘yin tarzida qayta so‘zlatish, o‘yinchoqlariga kitob
mazmunini ayttirish juda foydali va qiziqarli mashg‘ulot sanaladi. Ertak eshitish
jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o‘xshatishga harakat qiladi, u o‘zi ertak
yoki hikoyalarni mustaqil to‘qiy olishi ham mumkin.Chizish (bo‘yoq, un, qum bilan).
Bolalar odatda chizishni juda yaxshi ko‘rishadi. Lekin uddalay olishmasa, xafa bo‘lib
chizmay qo‘yishi ham mumkin. Bolaga qalamning o‘rniga qo‘llarida chizishni (faqat
maxsus bo‘yoqlar bilan) taklif qilib ko‘ring. Bo‘yoqqa qo‘llarini botirib, istagan narsani
chizayotgan bola juda zavqlanadi (hamma yoq bo‘yoq bo‘lib ketishini inobatga oling).
Yoki chala chizish mashg‘ulotini qo‘llang.Bunda siz bolaga biron-bir narsani oxiriga
yetkazmasdan chizib berasiz.Bola esa o‘zi uni tugatib qo‘yishi kerak. Masalan, siz
aylana chizib, boladan uni tugatib qo‘yishini so‘rang. Shunda bola aylanadan nima
chizish mumkinligi haqida fikr yuritadi.Bola rasm solar ekan, rasmni so‘zlar bilan
to‘ldirib, faollik bilan harakat qiladi, u o‘z tasavvurlari asosida keyinchalik katta
yoshdagi odamlarning so‘ziga binoan rasmlar yaratishi mumkin, unda ayrim
narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va plastilinlardan shakllar
yasaydi.
Natijada,
bola
analizatorlarini
rivojlantirishda
moslashgan
va
differensiyallashgan harakatning tarkib topishidan tashqari, boradi. Chizishni un va
qumda ham amalga oshirish mumkin.
Grafik diktant.Bunda tarbiyachi bolalarga geometrik shakllar, narsa-buyumlarni
aytib turadi.Bolalar chizadi. Masalan, uchburchak, qush va boshqalar.3–4 yashar bola
narsalar o‘rtasidagi bog‘lanishni farqlab oladi va o‘z faoliyatini rejalashtiradi. Bu
faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi.
Bo‘yash.Ayrim bolalar yaxshi chiza olmaydi, ammo chizishni xohlaydi. Bunday
bolalarga tayyor rasmlarni bo‘yash vazifasini topshirish mumkin. Ular rasmlarni bo‘yar
ekan, ertak qahramonlari bilan tanishadi. Ularning kiyimlari, qiyofalari, atrof-muhiti
haqidagi tasavvurlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, qo‘l harakati motorikasi, ijodiy
tafakkuri ham rivojlanadi.
Pazl.Pazl yasash bola xotirasini rivojlantiruvchi juda foydali mashg‘ulot. Bola
yaxshi ko‘rgan rasmlardan unga pazl olib bering yoki o‘zingiz yasab bering.Bolalar
dominosi. Ertaklar qahramoni aks ettirilgan dominolarni bolangiz bilan birga o‘ynab,
ba’zida unga yutqazib tursangiz, bola juda zavq bilan o‘ynaydi. O‘yin davomida esa u
aqlan rivojlanadi. Bolalar dominosini o‘zingiz ham yasasangiz bo‘ladi.
Origami (yaponcha, “qog‘ozni yig‘ish”).Yaponlarning qalbini aks ettiruvchi,
to‘rtburchak qog‘ozdan shakllar yasash san’atidir.Origami nafaqat Yaponiyada, balki
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
308
ISSN:3030-3613
butun dunyoda odamlarning sevimli hordiq chiqarish mashg‘ulotlariga aylangan.
Origami san’atini o‘rgatish bolalarda tasavvur qilish, fikrlash qobiliyati va barmoqlar
motorikasini rivojlantirishga yordam beradi.
Kusudami (yaponcha, “dori”, “shar”).Yaponlarning qog‘ozdan yumaloq shakllar
yasashsan’ati.O‘yin. Bola o‘yin jarayonida amaliy ehtiyojlarga qaram bo‘lmaydi. Bunda
u o‘zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi hamda jarayonda o‘z
taassurotlari, borliq haqidagi tushunchalari va unga bo‘lgan o‘z munosabatlarini aks
ettiradi. O‘yinlarni turli predmetlar orqali amalga oshirish mumkin. Masalan, qisqich va
sanoq cho‘plari bilan mashqlar; dastro‘mol, ip kalavasi, qog‘oz bilan mashq; “Sehrli
xaltacha”; oyoq kiyimlarning ipini o‘tkazish; mozaika, konstruktorlar; skrepkalar; tish
kavlagichlar, gugurt donalari bilan o‘ynash.
XULOSA
Bolaning yoshiga muvofiq ravishda shunday ta’lim berish kerakki, bunda uning
barcha hissiyot a’zolari jalb etilgan bo‘lsin. Ya’ni bola rivojlanish jarayonida mustaqil
ravishda o‘zi teginish, ko‘rish, eshitish, hidlash va mazasini bilish imkoniyatiga ega
bo‘lishini ta’minlash zarur.Bolaga kichikligidan axloqni o‘rgatish miya rivojlanishida
katta ahamiyatga ega. Kattalarni hurmat qilish, salom berish, yo‘l harakati qoidalariga
amal qilish va boshqa shu kabilarni o‘rganib borgan bola hayoti davomida qiynalmaydi
va kam xato qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2.
A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.
3.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4.
Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –
М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
5.
F.I.Xaydarov ,N.I.Xalilova Umumiy psixologiya .Toshkent – 2010
6.
Internet materiallari