T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
301
ISSN:3030-3613
BOLALARDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA
MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGIGA QOʻYILADIGAN ASOSIY
TALABLAR
Tursinova Sabohat Soxibboy qizi
Namangan viloyati Chust tumani Maktabgacha
va maktab ta'limi bo'limiga qarashli
39-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Motivlarning o’zgaruvchanligi, harakatchanligi, xilma-xilligi tufayli ularni
muayyan tarkibiy tuzilmasini belgilash, boshqarishning aniq usul va vositalarini
belgilash qiyin bo’lib hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, motiv, o‘quv motivlari, tafakkur,
xotira, intellekt, iqtidor,ruhiy rivojlanish, intellekt.
KIRISH
Boshlang’ich sinflarda yuqori bilim, ko’nikma va malakalarni shaklllantirish
uchun o’quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga
o’quvchilarning motivlari sohasini o’rganish masalalari ham muhim ahamiyat kasb
etadi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish va
takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish
va demokratlashtirish, uni shaxsga - ta’lim jarayonining asosiy subyektlaridan biriga
qaratish alohida ta’kidlab o’tiladi. Shu munosabat bilan ta’lim tizimini isloh qilishning
hozirgi bosqichida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarning adekvat
modelini qurish uchun o’quvchi individual xususiyatlarini tahlil etishga yanada
sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi. Qayd etilgan muammolarni tadqiq etish
qator shart-sharoitlarga bog’liq. Olimlarning fikricha, o’quvchilarda o’qish motivlarini
shakllanishiga qadriyatlar, oilaviy an’analar, maktab talimidagi ijobiy pedagogik
munosabatlar va o’quvchilarni o’z-o’zini anglash kabi omillar o’quv motivatsiyasining
shakllanishiga olib keladi.O'quvchilarni muvofiq yondashuvlar va o'quv rejalari bilan
ta'minlash,o'quvchilarni boshqarish, ularga muvofiq yondashuvlar va o'quv rejalari
taqdim
etish
ham
mativatsiyani
oshirishga
yordam
beradi.
Ularga
yondashuvchilarining yordami va o'quv rejalari bilan maqsadlari va vazifalari ustida
ishlashlari eng foydali bo'ladi.
Yangi va qiziqtiradigan o'qish materiallarini taqdim etish,o'quv materiallarini
o'quvchilarning qiziqtirishi uchun yangi va qiziqtiradigan darsliklar, o'quv
qo'llanmalari va ilovalar qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu materiallar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
302
ISSN:3030-3613
o'quvchilarga o'rganishni qulay va qiziqtira oladigon mazmun va mohiyat tarafdan ham
tushunishi,o’zlashtirishi onson bo’lgan boshlang’ich sinflarda ko’proq rasimli
darsliklar bolani qiziqishini yanada shakillanishiga ko’proq yordam beradi. Po'zitiv
o'quv muhit yaratish, o'quvchilarni o'qishga qiziqtirish uchun qiziqishlari va pozitiv
o'quv muhiti yaratish juda muhimdir. O'quvchilarni ularga qarshi murojat qilish va
o'zlarini o'rganishlari bilan ta'kidlash o'zaro foydali bo'ladi,yani bunda ularga qarshi
muhit yaratib qanday yo’llar bilan vaziyatdan chiqishi o’zini qutqarishda o’ziga
bo’lgan ishonchni oshirish bilan mativatsiyasini oshirib ularda qatiylikni oshirish
mumkin oldiga qo’ygan maqsadlarga erishishda. O'quvchilarni muvofiq baholash va
ma'lumot bermish: O'quvchilarni o'qishlarida yaxshi natijalarga erishishlari uchun
ularga pozitiv ma'lumotlar bermoq va ularni muvofiq baholash juda muhimdir. Ularga
muvofiq ta'riflar yani natijalariga qarab rag’bat berish,bazi hollarda o’rtaja natija
ko’rsatgan o’quvchining ham natijasini yuksak baholash o'qituvchilar tamonidan
o'quvchilarni o'qishga qo'shib qo'yishlari uchun ma'lum bir yordam beradi.O'quv
motivatsiyalarini o'quvchilarda shakllantirish va rivojlantirish uchun eng muhim narsa,
har bir o'quvchining individual xususiyatlarini va talablarini hisobga oluvchi shakilda
yondashish va o'rganishdir.
O’smirlar xatti-harakatining yetakchi motivi ularni o’z tengdoshlari jamoasida
muhim joy egallash ehtiyoji hisoblanib, ular bilan muomala qilish ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Agarda kichik maktab o’quvchisi sinfda o’zini qisilganday noxush
his qilsa ham bunday holatga ko’nikib ketadi, ammo o’smir goh xulq-atvor qoidalariga
rioya qilib, goho unga zid bo’lgan vositalar yordamida o’z ehtiyojini qondirishga qaror
qiladi. Ijtimoiy turmush va faoliyatning ko’rsatishiga qaraganda, har qaysi shaxsda o’z
qadr-qiymatini his etish tuyg’usini shakllantirish maqsadga muvofiq. Ta’lim-tarbiya
jarayonida ota-ona va o’qituvchining o’quvchilarga nisbatan pedagogik odobi muhim
ahamiyat kasb etadi, shuning bilan birga o’z xattiharakati natijasini oldindan ko’ra
bilish ko’nikmasi bu borada muhim turtki vazifasini bajaradi. Pedagogik odob qoidalari
va muomala qilish, ta’sir o’tkazish mexanizmlariga rioya qilish shaxslararo
munosabatni barqarorlashtiradi. Zamonaviy o’smir o'zining shaxsiy xususiyatlarini
boyitishda uning boshqalar uchun foydali bo'lish istiqbolini ko’radi. Ammo o'smirning
intilishlari, o’z qobiliyatlarini anglashi, o'zini shaxs sifatida ko'rsatishi va kattalarning
xohish-irodasiga bog’liq bo’lgan maktab pozitsiyasi o’rtasidagi tafovut, o’z-o’zini
hurmat qilish inqirozining chuqurlashishiga olib keladi. Kattalarning bahosini rad etish,
ularning to’g’riligidan qat’i nazar, aniq namoyon bo’ladi sababi birinchi navbatda,
o’smirning jamoatchilik e'tirofiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun tegishli shart-
sharoitlar yo’qligida,bu o’z-o’zini aniqlashning sun’iy kechikishiga aylanadi, ayniqsa,
o'smirlarning tengdoshlari bilan samimiy-shaxsiy va o’z-o’zidan guruhli muloqotga
intilishi, har xil turdagi o'smirlar kompaniyalari, norasmiy guruhlar paydo bo'lishida
namoyon bo'ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
303
ISSN:3030-3613
O’z-o’zidan guruhli muloqot jarayonida tajovuzkorlik, shafqatsizlik,
bezovtalanish, izolyatsiya va boshqalar barqaror xarakterga ega bo’ladi.O’qituvchi
nafaqat o’qitish motivlarini bilishi, balki o’quvchilarni tushunish va ularning
motivatsion sohasiga ta’sir qilish uchun bu bilimlarni qo’llay olishi kerak. Tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, o’smirlarning o’qishga bo'lgan munosabati birinchi navbatda
o’qituvchining ish sifati va uning o’quvchilarga bo’lgan munosabati bilan bog’liq.
Aytish joyizki, har bir yoshda o’quvchilrning yosh xususiyati ularning dominant
motivlarini belgilab beradi. Jumladan o’smirlar o’quv faoliyatining ijtimoiy motivlari
ularning boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji bilan uzviy bog’liq
bo’lib, ularni baholash, quvvatlash, tengdoshlari jamoasida muayyan joy egallash
singari talablarda o’z aksini topadi. Mazkur motivlar o’quv faoliyatining mohiyati
bilan bog’liq bo’lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni anglatadi. Ammo
ushbu motivlar o’smir o’qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi.Ta’limning maqsadi
mustaqil fikrlaydigan, ijodiy faoliyat yuritadigan yoshlarni tarbiyalashdir.
G.Najmiddinova tadqiqotlarida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini
shakllantirish masalalariga alohida yondashilib, o’quv materiali va uning ustida
ishlash orqali o’quvchilarda o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish mumkinligi
asoslab beriladi. O’quv-biluv faoliyatiga oid psixologik tadqiqotlar ilmiy
izlanishlarning katta qismini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy inson faoliyati va psixikasi –
ruhiyatining uzviy bog’liqligi tamoyilini asoslagan edi: psixika faoliyatsiz, faoliyat
psixikasiz amal qilmaydi. L.S.Vigotskiyning qarashlarini S.L.Rubinshteyn o’z
tadqiqotlarida yanada rivojlantirdi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, hissiyotlar
faoliyat dinamikasi, sur’ati va tonusini belgilaydi. Shuning uchun ham har bir yosh
davri uchun xos bo’lgan motivlar sohasining belgilangan rivojlanish qonuniyatlari
ta’limning yangi dasturlarini ishlab chiqish hamda unda maxsus vazifalarni belgilash
orqali o’quvbiluv motivlarini faollashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
A.N.Leontyev esa motivlar insonga faoliyati uchun, shuningdek, o’quv faoliyati uchun
ham turtki bo’ladi va uni yo’naltiradi deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, faoliyat –
bu subyektning borliqqa faol munosabatidir. Motiv va maqsadning bir-biriga mos
kelishi faoliyatning eng muhim xususiyatidir.
XULOSA
Shuningdek, motiv deganda o’quvchining o’z faoliyati perdmetiga
munosabatini ham tushunish mumkin. Motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, intilish va
hissiyotlar, tayanch tushuncha va ideallar shaklida amal qilishi mumkin. Shuning
uchun ham motivlar juda murakkab tuzilma bo’lib, alternativlar, tanlov va qarorlar
tahlil qilinadigan, baholanadigan dinamik tizimdir. Motivlashtirishni o’rganish
didaktika va pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Bu borada muayyan yutuqlar qo’lga kiritilgan, ammo muammoning to’la
yechimiga hali erishilgani yo’q. Motivlarning o’zgaruvchanligi, harakatchanligi,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
304
ISSN:3030-3613
xilma-xilligi tufayli ularni muayyan tarkibiy tuzilmasini belgilash, boshqarishning
aniq usul va vositalarini belgilash qiyin bo’lib hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
G‘oziyev, E. (2010).
Umumiy psixologiya
. Yangi asr avlodi.
2.
Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
3.
Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of
research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41–
46.
4.
Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas Qahramanovna,
Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir
Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and
the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi:
10.31838/jcr.07.17.69