Mualliflar

  • Komilov Sanjar Qoʻldoshovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106258

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: uchdan keyin kech qobiliyati shakllangan bolalar qobiliyati yetarlicha shakllanmagan bolalar qobiliyat irsiy omillar natijasimi yoxud tashqi muhit sharoit natijasimi bolaning eng birinchi muallimi – ona.

Annotasiya

Annotatsiya: Men ushbu maqolamda kichik yoshdagi bolalarning, aniqroq qilib 
aytadigan  bo`lsam  3  yoshgacha  bo`lgan  bolalarning  ta’limi  haqida  so`z 
yuritmoqchiman.  Aynan  shu  mavzuga  diqqat  qaratishimga  ko`p  yillar  davomida 
pedagogik faoliyatim natijasida hosil qilgan xulosalarim sabab bo`ldi. Nima uchun 
30-35  nafar  o`quvchilar  ichidan  aqlli  va  sog`lom,  o`tkir  zehnli  va  gapga  quloq 
soladigan o`quvchilar kamchilikni tashkil etadi. O`qituvchi sinfga bir xil dars beradi, 
lekin sinf o`quvchilari ichidan darsni namunali o`zlashtirgan, mustaqil xulosa chiqara 
olganlari  sanoqli.  Qolgan  o`quvchilarga  nima  halaqit  bermoqda?  Maqolamning 
mazmuni asosini tashkil etuvchi erta ta’lim berish haqidagi fikrlar anashu savollarga 
javob beradi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

289

ISSN:3030-3613

PSIXOLOGIYADA GO`DAKLIK DAVRIDAGI RIVOJLANISH

TO`G`RISIDAGI QARASHLARNING VUJUDGA KELISHI

Komilov Sanjar Qoʻldoshovich

Samarqand viloyat Narpay tumani 44-umumiy

oʻrta taʼlim maktabning psixologi


Annotatsiya:

Men ushbu maqolamda kichik yoshdagi bolalarning, aniqroq qilib

aytadigan bo`lsam 3 yoshgacha bo`lgan bolalarning ta’limi haqida so`z
yuritmoqchiman. Aynan shu mavzuga diqqat qaratishimga ko`p yillar davomida
pedagogik faoliyatim natijasida hosil qilgan xulosalarim sabab bo`ldi. Nima uchun
30-35 nafar o`quvchilar ichidan aqlli va sog`lom, o`tkir zehnli va gapga quloq
soladigan o`quvchilar kamchilikni tashkil etadi. O`qituvchi sinfga bir xil dars beradi,
lekin sinf o`quvchilari ichidan darsni namunali o`zlashtirgan, mustaqil xulosa chiqara
olganlari sanoqli. Qolgan o`quvchilarga nima halaqit bermoqda? Maqolamning
mazmuni asosini tashkil etuvchi erta ta’lim berish haqidagi fikrlar anashu savollarga
javob beradi.

Kalit so`zlar:

uchdan keyin kech, qobiliyati shakllangan bolalar, qobiliyati

yetarlicha shakllanmagan bolalar, qobiliyat irsiy omillar natijasimi, yoxud tashqi
muhit, sharoit natijasimi, bolaning eng birinchi muallimi – ona.

KIRISH

Bola tug`ilgandan boshlab bir oygacha muddatni chaqaloqlik, bir oylikdan

boshlanib, bir yoshgacha muddatni go`daklik, 1 yoshdan 6-7 yoshgacha muddatni
maktabgacha tarbiya davrilariga bo`linadi. Men e’tibor bermoqchi bo`lgan masala
bolaning anashu maktabgacha tarbiya davri, ayniqsa 3 yoshgacha bo`lgan davrlarni
nazarda tutadi. 2-3 yoshli bola juda serharakat va tinchimas bo`ladi. Bolaning nutqi,
tafakkuri va harakat faolligi 2-4 yoshlar ichida jadal rivojlana boshlaydi. Bu davrda
biron sababga ko`ra bola e’tibordan chetda qolib, tik yurishni va gapirishni
o`rganolmasdan qolsa, u jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi. Bola
organizmining rivojlanishi biologik va ijtimoiy (lotincha sotsials – ijtimoiy)
programma nazorati ostida boradi. Biologik progarmma uzoq davom etgan tarixiy
rivojlanish natijasida shakllangan bo`lib, odam organizmining tuzilishi va fiziologik
xususiyatlarini belgilab beradi. Bu progarmmaning moddiy asosini irsiy belgilarni
nasldan naslga o`tkazadigan xromosomalar DNK si tashkil etadi. Bola rivojlanishining
ijtimoiy programmasi hayot ta`sirida odam uchun xos bo`lgan xususiyatlarni
shakllanishi bilan bog`liq.

Aytilayotgan ilmiy fikrlar barcha bolalar uchun bir xilmi? Yo`q albatta, ana shu

maktabgacha tarbiya davrida bolaga berilgane’tibor, yoki e’tiborsizlik juda katta


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

290

ISSN:3030-3613

farqlarni keltirib chiqaradi. Men pedagogik faoliyat olib borish asosida haqiqatdan ham
bolalarning erta rivojlanishi ayniqsa, go`daklik davridagi rivojlanishijuda muhim
ekanligini teran his qildim. Bu borada ko`pdan ko`p yozilgan buyuk allomalar, olimlar,
ilg`or fikrlovchi shaxslarning fikrlari, mulohazalari bilan qiziqdim.

Bola rivojlanishida erta ta’limning ahamiyati. U qaysi davrni nazarda tutadi?

Men, eng zarur masala bola tarbiyasining natijasi ijobiy bo`lishi uchun nimalarga
e’tibor berish haqida so`z yuritmoqchiman. Kop yillik pedagogik tajribamdan kelib
chiqib angladimki bolalarning ta’lim tarbiyasida hozirgi davrda ota onalarning o`rni
juda katta. Albatta bu qarash azaldan mavjud. Lekin aynan hozirgi vaqt sharoitini
nazarda tutgan holda qobiliyatli bolani shakllantirish uchun nimalar qilish kerakligini
zamonaviy tajribalar asosida har bir ota ona bilishi va bunga astoydil e’tibor berishi
juda ham zarur. Bunday fikrlarni butun dunyo ota onalariga tavsiya tarzida Yaponiya
tadqiqotchisi Ibuka Masaru ham o`zining “Uchdan keyin kech” asarida keng yoritib
bergan. Asarni kuzatar ekanmiz muallifning ko`p fikrlari diqqatga sazovordir. Ularni
ayrimlarini keltirib o`taman:

“…Qadim zamonlardan buyon noyob qobiliyatni irsiy, tabiat in`omi deb

hisoblashadi. Bizga: “Motsart uch yoshda pianino chalgan” deyishadi. Lekin
Motsartning go`daklik chog`idagi hayoti borasida olib borilgan chuqur tahlillardan
ma`lum bo`ladiki, uning otasi o`z farzandining buyuk shaxs bo`lib voyaga yetishu
uchun natijali tarbiya usullaridan foydalanganlar. Mening fikrimcha Motsart daho
bo`lib dunyoga kelmagan, uning qobiliyati go`dakligidanoq yaratilgan qulay shart
sharoit va berilgan samarali ta’limdan to`liq rivojlandi.

Aksincha bo`lganda edi, kelajakda uning to`liq rivojlanishi hamda tabiat in`om

etgan iste`dodning shakllanish imkoniyati yo`qolgan bo`lur edi.

Agar har bir bolaga kerakli narsa zarur vaqtda berilsa, u o`tkir zehnli va kuchli

irodaga ega bo`lib ulg`ayadi. Bizlar uch yoshdan katta bolalarga nimani o`rgatish
masalasiga ko`p e’tibor beramiz. Ammo zamonaviy tadqiqotlarga ko`ra, bu yoshgacha
bosh miyadagi hujayralarning 70-80 foizi rivojlanib bo`ladi. Bu hol bizlarning o`z hatti
harakatimizni uch yoshgacha bo`lgan bolalar miyasini erta rivojlantirishga
yo`naltirishimiz zarurligini anglatmaydimi? Erta ta’lim berish degani chaqaloqlarni
raqamlar va har hil ma`lumotlar bilan majburan aqliy rivojlantirishga erishish degani
emas, albatta. Asosiysi, hamma tajriba vata’lim usullarini “o`z vaqtida” joriy etishdir.
Buni esa chaqaloqlarga tunu kun g`amxo`rlik qiladigan onalardan boshqa hech kim
uddalay olamaydi, aynan ona bola tarbiyasidagi “kerakli vaqt”ni aniq his qiladi.
Ehtimol, har biringiz maktab davringizni yaxshi eslarsiz? Sinfdagi o`tkir zehnli
o`quvchi hech qanday mashaqqatsiz sinf yetakchisi bo`lar, ayni paytda, boshqa bir
o`quvchi qancha harakat qilmasin, bilim olishda orqada qolardi. Nega
shunday?Qobiliyat tug`ma deyilishi rostmi? Xulosa shundan iboratki, insonning
qobiliyati va fe`l atvori tug`ilganida belgilanmay, uning aksariyat qismi hayotining


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

291

ISSN:3030-3613

ma`lum davrida shakllanadi. Qadimiy bahslardan biri: insonni uning nasli
shakllantiradimi yoki u oladigan ta’lim tarbiyami? Zamonaviy fiziologik tadqiqotlar
hamda bolalar psixologiyasini o`rganish natijalariga ko`ra, bola aqliy qobiliyatining
rivojlanish kaliti – bu uning birinchi uch yilida, ya`ni miya hujayralarining rivojlanish
davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Barcha insonlar dunyoga bir xil holatda keladi, ya`ni
hech bir bola qobiliyatli yoki qobiliyatsiz bo`lib tug`ilmaydi.

Tug`ilgandan boshlab oladigan ta’lim tarbiyasi sabab uch yoshgacha bo`lgan

oraliqda bolaning qobiliyati va fe`l atvori deyarli shakllanib bo`ladi. Shuning uchun
maktabga borganida qobiliyatli bola bilimni hech qanday qiyinchiliksiz, qobiliyati
yetarlicha shakllantirilmagani esa doim uzoq vaqt sarflab, mashaqqat bilan
o`zlashtirishga to`g`ri kelishi adolatsizlikdek ko`rinsada, lekin bu hech qachon
yo`qotib bo`lmaydigan holat sanaladi…”

Qarang aziz tinglovchim, Yaponiya tadqiqotchisi tajribasi asosida hosil bo`lgan

fikrlar qanchalar qimmatli va dolzarb. Siz aziz kasbdoshim o`quvchilaringiz ichida
shunday holatlarni shohidi bo`lganligingiz ayni haqiqat. Demak javob shunday:
qobiliyati yetarlicha shakllanmagan o`quvchilarning onalari ular bilan 3 yoshgacha
bo`lgan davrda yetarlicha ta’lim tarbiya olib bormagan. Bu davrdagi ta’lim tarbiya
nimalardan iborat deb o`ylaysiz. Ana shu savollarga javob tariqasida quyidagi fikr
mulohazalarni keltirib o`taman.

Bolaning yoshligidan ta’lim tarbiyasiga kuchli e’tibor berish borasida buyuk

allomalarimiz ham, Ona Vatanimizning ilg`or fikrli olimlari ham teran fikrlaganlar.
Jumladan:

Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasini uni yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib

borish lozimligini uqtiradi.

U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to`xtalib

“Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy
orom bag`ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo`sh
uradi, bolasiga bo`lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to`ridan siqilib
chiqaradi. Bu o`ziga qo`shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg`ak
qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o`zi ham anglamagan holat
paydo bo`ladi. U asta-sekin bu yorug` olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan
o`rganish boshlanadi. Xuddi shu o`rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o`rganish sezishdan
boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik
quvvati katta odamga teng keladi” - degan fikrni bildirgan. (Demak bu yerda ham 3
yoshgacha bo`lgan go`dak nazarda tutilmoqda)

Oila va oilaviy tarbiya borasida XI asrda yashab, ijod etgan mashhur ulug` shoir,

mutafakkir va donishmand Yusuf Xos Xojib o`zining “Qutadg`u bilig` nomli asarida
keng to`xtalib o`tadi. U o`z davrida va o`zidan oldingi mutafakkirlar o`rtaga surgan
barkamol insonni tarbiyalash g`oyasini asosiy maqsad qilib qo`yadi. Insondagi
mukammallik esa uning husni xulqi bilan bog`liq deydi. Husni-xulqining zamirida esa


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

292

ISSN:3030-3613

ezgulik yotadi. Mutafakkir “Qutadg`u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to`xtalib
shunday deb yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo`lsa, otaonaning yuzi
shunchalik yorug` bo`ladi”. U bola tarbiyasida otaning mas`uliyatiga alohida e’tibor
beradi. Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U
beldan madorni, tandan quvvatni, ko`zdan nurni, dildan oromni talab qiladi. Bu
olijanob vazifani bajarish esa ota-oaning zimmasidadir.

Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri

Kaykovusning “Qobusnoma” sidir. Uning “Farzand parvarish qilish zikrida” degan
bobi bevosita oilada bola tarbiyasiga bag`ishlanadi. Asarda o`z davri uchun qimmatli
bo`lgan va bugungi kun uchun ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan g`oyalar o`rtaga
tashlanadi. Uning fikricha, bola tug`ilgandan so`ng jonli mavjudot sifatida fiziologik
o`sa boshlaydi. Uning o`sishi jarayonida unda yaxshi va yomon xislatlari zohir bo`ladi.
Shunga ko`ra, uning o`sishi parvarishga muhtojdir. Ana shu vazifani ota-ona o`z
bo`yniga oladi.

Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida

ham munosib o`rinni egallaydi. U o`zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari
umuminsoniy g`oya ekanligini o`rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi,
uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog`liqdir, shunga ko`ra bola tarbiyasi
ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.

XX asr o`zbek milliy tafakkuri taraqqiyotida alohida mavqyeiga ega bo`lgan

mutafakkir, ma`rifatchi olim va jurnalist Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila
boshqarish tartiblari” asari pedagogika sohasida katta nufuzga ega bo`lgan asarlardan
biri hisoblanadi. U mazkur asarida oila qurish zaruratidan tortib, oila a`zolarining
o`zaro munosabatlari, ota-ona,

farzandlarning huquq va burchlari

, hatto go`daklarni

tarbiyalash va unda yosh onalarning o`zini qanday tutish kerakligi haqidagi
masalalargacha chuqur yoritib bergan. Ijtimoiy omil sifatida oilaning jamiyatdagi o`rni
bolalarning ijtimoiy, axloqiy va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan
birga sog`lom ma`rifatli oila va u voyaga etkazadigan har tomonlama yetuk avlodning
shu millat va mamlakat iqtisodiy-siyosiy rivojining, shu yurt shonushuhrati,
qudratining poydevori, abadul-abad mavjudligining muhim shartlaridan ekanligini
ta`kidlagan.

Demak bola tarbiyasi shu qadar zarur jarayonnki, uning ilmini o`rganish, shu

asosda bolani tarbiyalash pirovard ota onaning dunyodagi bajarishi kerak bo`lgan
yagona haqiqiy vazifasidir [3].

Lekin shu faoliyatni, bola tarbiyasini ilmiy asosda yondashib bajaryapsizmi?

Bizning maslahatlarimizni kuzating va o`zingizga, bola tarbiyalash borasidagi
harakatingizga baho bering. Erta ta’lim berish qanday amalga oshirilishi haqidagi
maslahatlarimizga e’tiborbering va uni amalda qo`llang. Albatta qobiliyatli farzand
shkllanishiga erishasiz.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

293

ISSN:3030-3613

Yosh bolalarning aqliy rivojlanishi.
Kichkintoyning aqliy qobiliyatini qaysi yoshdan boshlab shakklantirishni

boshlash kerak? Har bir ota-ona shubhasiz bu haqda o`ylagan, chunki har bir kishi
bolasini kelajagini rejalashtirish va hayotini osonlashtirishga harakat qilmoqda. Bu
savol kuchli tanqidga uchraydi. Ko`pgina mutaxassislarning ta`kidlashicha, uch
yoshgacha bo`lgan bolalarga erkinlik berilishi, yetarlicha o`ynashi va atrofdagi
dunyoni o`rganishi uchun ruxsat berilishi kerak va shundan keyingina ularga yangi
ko`nikmalarni o`rgatish kerak. Lekin ana shu yetarlicha o`ynashi va atrofdagi dunyoni
o`rganishi ota ona tomonidan berilgan e’tibor, ilmiy yondshuv, qobiliyatni
shakllantirishga qaratilgan ko`nikmalardan iborat bo`lishi zarur.

Har safar yosh bolalar o`yinlar va mashg`ulotlar paytida, atrofdagi odamlar bilan

muloqot qilish paytida yangi ma`lumotlarni olishadi. Bu yoshda, bola tobora ko`proq
yangi bilimlarni o`zlashtiradigan "gubka" ga o`xshaydi. Shuning uchun, maydalangan
donalarning ijobiy aqliy rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish kerak. Bolaning
qobiliyatlarini, uning qiziqishlarini inobatga olish, keraksiz ma`lumotlarni
yuklamaslikka harakat qilish, bilim olishga intilish va rag`batlantirishni yaratish kerak.

Hayotning har bir bosqichidagi aqliy rivojlanish xususiyatlari. Nutq, xotira,

fikrlash, idrok vae’tibor kabi bilim jarayonlarining jadal rivojlanishi erta yoshda ro`y
beradi. Ushbu davrda bolaning o`qishi ob`ektlar, ranglar va shakllar haqida umumiy
bilimlarni shakllantirishga yo`naltirilishi kerak. Bolalar narsalarning ranglarini
aniqlashni, turli xil narsalarning maqsadini, xususiyatlarini aniqlashni o`rganadilar.
Dominant funktsiyasi - bu boshqa kognitiv jarayonlarning keyingi rivojlanishiga ta`sir
qiluvchi idrok.

3 yoshgacha bo`lgan bolalar, atrofdagi dunyo haqida, yangi buyumlar haqida

juda qiziqishadi. Ammo ayni paytda ularning miyasi tezda charchaydi. Bola tanasining
bu xususiyatini bilib, siz bolalar uchun tadbirlarni to`g`ri rejalashtirishingiz zarur. Turli
xil faoliyat turlarini (dam olish va o`yinlar, aqliy mashqlar va gimnastika va boshqalar)
almashtirish mumkin. Vaqtning ko`p qismi o`yinlarga yaxshi sarflanadi. Ularning
yordami bilan chaqaloq dam olish, bir vaqtning o`zida rivojlanishi va yangi bilim va
ko`nikmalarga ega bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, bolaning o`zi yoqtirgan o`yinni
tanlashi va o`z xohish-irodasi bilan shug`ullanishi kerak. Shu bilan birga, uning
"yangi" ni o`rganishga chanqoqligi kuchayadi.

Agar bolangiz shug`ullanishni xohlamasa, unda biroz kutib turish va uni kuch

bilan majburlamaslik yaxshiroqdir. Bola qo`rqib ketishi yoki ishlashni to`xtatishi
mumkin. 7-8 yoshga kelib, o`quv jarayoni o`yin va o`yin-kulgidan ajratiladi. Bola
uning barcha ahamiyati va zarurligini tushunishi kerak. Bolaning bardoshliligini
jismoniy mashqlar yordamida rivojlantiring, uni uy yumushlariga bog`lang, tozalik va
tartibga rioya qilishni o`rgating. Bu xislatlarni o`rgatish uchun uy hayvonini
parvarishlashni olishingiz mumkin. Shunda bola mas`uliyat va g`amxo`rlikni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

294

ISSN:3030-3613

ko`rsatishni o`rganadi. To`g`ri odatlarni shakllantirish va eng zarur narsalarni o`rgatish
juda muhimdir. Kichkintoyingiz nimani tomosha qilsa u bilan birga tomosha qiling.
Faqat yaxshi multfilmlar va bolalar uchun o`quv dasturlarini tomosha qiling.

Har qanday yoshda bola qo`llab-quvvatlashga muhtoj. Har bir yangi yutuq

uchun siz uni maqtang, yoqimli so`zlarni ayting. Shunday qilib, bola yanada ishonchli
bo`ladi va har safar sizni mamnun qilish uchun yangi qadamlarni qo`yadi. Gohida
faoliyati muvaffaqiyatsiz bo`lsa, bolalarni qattiq koyimang. Insoniylikni namoyish
eting va kichkinagina xatolarini tushunishga yordam bering.

Imkon qadar bolalar bilan muloqot qiling. Siz ularga ertaklar, kulgili hikoyalar,

she`rlar aytib berishingiz yoki qiziqtirgan mavzularda suhbatlashishingiz mumkin.
Ko`chada yurib, turli xil narsalarga e’tibor bering va ular haqida nimani bilishini
so`rang. Bola o`z fikrlarini shakllantirishni, xotira va nutqini rivojlantirishni o`rganishi
kerak.

Bolaning yetarlicha aqliy rivojlanishining belgilari – bu boladagi bilimlarning

hajmi, tabiati va mazmuni, uning bilim jarayonlarining shakllanish darajasi (masalan,
bolani idrok etish, uning xotirasi, fikrlashi, tasavvurlari, e’tiborini jalb qilish), mustaqil
ijodiy bilimga moyilligi hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishi bir qator ijtimoiyvabiologik

omillarga bog`liq.

Aqliytarbiya. Bolaning aqliy tarbiyasi - bu kattalar tomonidan chaqaloqqa,

bolaning aqliy rivojlanishiga qaratilgan, unga har tomonlama rivojlanish vaatrofdagi
voqelikka moslashish uchun zarur bo`lgan ko`nikma va bilimlarni berish maqsadidagi
harakatlar majmui.

Aqliy tarbiya:
1.

kundalik hayotda;

2.

kattalar bilan og`zaki va samarali amaliy muloqot paytida;

3.

o`yin faoliyatida;

4.

tizimli mashg`ulotlar jarayonida.

Yosh bolaning aqliy rivojlanish xususiyatlari3 yoshgacha bo`lgan davrda

bolalarning intellektual rivojlanishining yuqori ko`rsatkichlari kuzatiladi va ushbu
maxsus davrda bolaning aqliy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish
juda muhimdir. Yosh bolalarning intellektual rivojlanishiga alohida e’tibor berilishi
kerak. Ko`p sonli tadqiqotlar davomida ushbu masala bo`yicha mutaxassislar
aniqladilar: hayotning dastlabki ikki yilida chaqaloqlar to`yingan hayot kechiradigan
bo`lsa, ularda faol bilim faoliyati kuzatilsa, bunday bolalarning miyasi juda tez
rivojlanadi: uch yildan etti yilgacha u miya massasining 80%i rivojlanib bo`ladi.
Ajablanarlisi shundaki, fiziologiya ma`lumotlariga ko`ra, ikki yoshgacha bo`lgan
zamonaviy chaqaloqlarning aksariyati ma`lumotning oshkoraligidan emas, balki uning
yetishmasligi sabab aqliy rivojlanishdan susayadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

295

ISSN:3030-3613

Erta bolalik davrida paydo bo`lgan boladagi intellektual rivojlanishidagi

kamchiliklarni tuzatish juda qiyin. Masalan, agar siz qurilish materiallari, dizaynerlar
va boshqalar bilan bog`liq o`yinlarga e’tibor bermasangiz, kelajakda siz bolaning
fazoviy tasavvurining rivojlanmaganligini kuzatishingiz mumkin, natijada bunday
bolalar geometriyada, rasmda va hokazolarda o`quv materiallarini tushunishi ancha
qiyinlashadi.

XULOSA

Bolada rivojlanadigan kognitiv jarayonlar bolalar faoliyatining har xil turlarida

namoyon bo`ladi. Shunday qilib, rivojlangan xayolga ega bo`lgan bola keyingi
faoliyatning imidjini rivojlantiradi, uni rejalashtiradi, undan nima talab qilinishini
tushunadi. 3 yoshgacha bo`lgan bola o`rganadigan ko`nikmalar nafaqat uning
dunyoqarashini kengaytiradi, balki uning odamlarga, tabiatga va san`atga bo`lgan
munosabatiga asos yaratadi.

Aziz tinglovchim, qadrli pedagoglar, o`z farzandining kelajagi uchun har bir

yumushga tayyor jonkuyar, mehribon ota onalar. Yuqoridagi fikrlar bilan, sizni,
munosib kelajak avlod, qobiliyatli farzand tarbiyalashdek, ularni barkamol qilib
voyaga yetkazishdek muqaddas faoliyatingiz rivojiga o`z hissamni qo`sha olgan
bo`lsam men bundan behad mamnunman.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Biologiya, 8-sinf darslik (odam va uning salomtaligi), 170-181 bet;

2.

Masaru Ibuka, “Uchdan keyin kech”;

3.

Google. com, “bola tarbiyasi haqida buyuk allomalar fikri”;

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Biologiya, 8-sinf darslik (odam va uning salomtaligi), 170-181 bet;

Masaru Ibuka, “Uchdan keyin kech”;

Google. com, “bola tarbiyasi haqida buyuk allomalar fikri”;