T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
281
ISSN:3030-3613
ISPAN TILINI O‘QITISHDA ISPAN XALQ MAQOLLARIDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Tashniyazova Shoira Xolmuradovna
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Annotatsiya.
Bu maqolada ispan va o‘zbek maqollari va tez aytishlari haqida
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.Bunda biz o‘zbek xalq maqollari qanchalik ispan xalq
maqollariga o‘xshash hamda farq qilishini ko‘rishimiz mumkin. Chunki maqol bu xalq
og‘zaki ijodi hisoblanib, u tilning qanchalik boy ekanligini ko‘rsatib beruvchi omil
hisoblanadi, shuningdek tez aytish ham shuning jumlasidandir.
Kalit so‘zlar:
maqol, tez aytish,ma’no farqlash, komponetlar.
Аннотация.
В этой статье представлена информация об испанских и
узбекских пословицах и поговорках. В этой статье мы можем увидеть, как
узбекские народные пословицы похожи и отличаются от испанских народных
пословиц. Поскольку пословицы считаются формой народного искусства, они
являются показателем богатства языка, и быстрое их произнесение также
является одним из таких факторов.
Ключевые слова:
пословица, скороговорка, смысловая дифференциация,
компоненты.
Abstract:
This article provides information about Spanish and Uzbek proverbs
and sayings. In this article, we can see how Uzbek folk proverbs are similar and
different from Spanish folk proverbs. Since proverbs are considered a form of folk art,
they are an indicator of the richness of the language, and their rapid pronunciation is
also one of such factors.
Keywords:
proverb, tongue twister, semantic differentiation, components.
Bugungi globallashuv davrida chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj kun
sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, ispan tili dunyoda eng ko‘p so‘zlashiladigan tillardan
biri sifatida o‘z o‘rniga ega. Ispan tilini samarali o‘rganish uchun nafaqat grammatik
qoidalarni, balki bu tilni so‘zlashuvchi xalqlarning madaniyati, urf-odatlari va xalq
og‘zaki ijodini ham o‘rganish muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada ispan xalq
maqollaridan o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati va uslublari yoritiladi.
O‘zbek xalqi qadimdan boy ma’naviy xazinaga ega ekanligi hech kimga sir
emas. Ispan xalqi ham buyuk epik va lirik og‘izaki ijodiyot sohibidir. Bu ijodiyot
tarkibiga kirgan o‘zida kuchli mohiyat va milliy tiynatni mujassam etgan maqol va
matallarni, topishmoqlarni, eposlarni, ezgu va yovuz g‘oyalar bilan hamohang boy
syujetli ertak va afsonalarni, qo‘shiqlarni asrlar osha ispan xalqi og‘zaki ijro etib
kelgan. Xalq va millatning bu buyuk yaratuvchanligi mahsuli ichida maqol, matal,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
282
ISSN:3030-3613
topishmoqlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular shaklan ixcham, mazmunan
yuksak, badiiy pishiq janrlardan hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, maqollar til
madaniyati sifatida bir xalqning butun madaniyatini o‘z ichiga mujassam qilgan holda
meros bo‘lib qoladi. Shu millat, xalq, elning hayoti, turmush tarzini qanday bo‘lsa
shundayligicha o‘ziga qamrab, singdirib olibdi. Shu bois ham unda o‘sha xalqning
butun borlig‘ini, qiyofasini ko‘rish imkoni mavjud. Bunday sifatlar ispan tilida ham,
uning milliyligi ufurib turgan folklorida ham keng ko‘lamlidir. Shu va yana boshqa
sababla tufayli ham ispan tilini o‘rganadigan chet elliklar kundan kunga ko‘paymoqda.
Ispan tilida “maqol” tushunchasi
proverbio
- so‘zi bilan beriladi. O‘zbek tiliga
bu so‘z arab tilidan kirib kelgan. Bu so‘z arabcha “qavvola” so‘zidan olingan va
“aytmoq, so‘zlamoq” ma’nolarini anglatadi. Binobarin, “maqol” so‘zi o‘zbek tilida
ikki ma’noda qo‘llaniladi. Birinchidan o‘z lug‘aviy ma’nosiga muvofiq - “so‘z, nutq”ni
ma’nosida, ikkinchidan, termin sifatida xalq og‘zaki ijodidagi keng qo‘llanadigan
janrlardan birini anglatadi.
Maqol xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biridir. Unda fikr qisqa, lo‘nda, obrazli,
grammatik va mantiqiy tugallikka asoslangan, chuqur mazmun jamlanadi. Mavzusi
tomonidan rang-barang va xilma xildir. Maqollarda vatan, mehnat, ilm, hunar, do‘stlik,
ahillik, donolik, xushyorlik, til va nutq madaniyati kabi mavzularga oid, shu bilan birga
salbiy xislatlar bilan bog‘liq masalalar yechimi o‘rin olgan bo‘ladi.
Turkiy xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab, Mahmud Qoshg‘ariyning
“Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham
o‘zbek xalq orasida turli variantlarda ishlatiladi. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariyning
“Devonu lug‘otit turk” asarida “Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin”; “Odam olasi
ichida, mol olasi tashqarisida” kabilar.
Bunday purhikmat maqollar ispan xalqining durdonalari sifatida ispan
maqollarida ham aks etgan. Masalan,
1. Si no quieres que se sepa no lo hogas.
Bu maqolda berilayotgan fikr o‘zbek tiliga tarjima qilinganida “Siringni oshkor
bo‘lishini istamasang, o‘zgaga aytma” degan ma’noni beradi.
2. No tengas miedo de los combios lentos.
Bu maqolda berilayotgan fikr o‘zbek tiliga tarjima qilinganida “Sekin
o‘rganishdan qo‘rqma” degan ma’noni beradi.
Bu maqollarda berilgan fikrlarni ifoda qiluvchi ekvivalent sifatida o‘zbek xalq
maqollarini ham keltirish mumkin. Masalan, birinchi maqol uchun quyidagilar:
1. Avval o‘yla, keyin so‘yla. (O‘zbek xalq maqoli)
2.Tiling bekta tutgin, tishing sinmasin,
O‘tirgan odamlar sendan kulmasin. (“Devonu lug‘otit turk” asaridan)
Ispan tilida berilgan ikkinchi maqol uchun quyidagilar:
1.Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
283
ISSN:3030-3613
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. (O‘zbek xalq maqoli)
2.Toma-toma ko‘l bo‘lur,
Tommay qolsa, cho‘l bo‘lur. (O‘zbek xalq maqoli)
3.Ilm misqollab yig‘iladi. (O‘zbek xalq maqoli)
Maqol biror maqsadni izohlashga qaratilgan majoziy hikoya singari ikki
ma’noda qo‘llanadi. Biroq XX asrga kelib, uni maqol ma’nosida istifoda etish bilan
cheklanildi.
“Naql” so‘zi ham maqol ma’nosida qo‘llansada, arabcha so‘z bo‘lib,
“ko‘chirmoq” m’nosini anglatadi. O‘zbek tilida esa “bayon qilmoq, hikoya qilmoq,
rivoyat qilmoq” singari ikkinchi bir ma’noga ega va xalq og‘zaki nasrining mustaqil
aforistik janrini ifodalovchi ilmiy istiloh sifatida qo‘llanadi. “Yaxshi naql-tomiri aql”
maqolida “naql” maqol ma’nosidadir.
Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi tufayli
sinalgan hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm
bo‘lib yuzaga keladi. Aytaylik, jahondagi barcha xalqlarda ham yashamoqning asosiy
sharti-yemoq va kiymoq bo‘lib, buning moddiy negizi ekin ekish va undan mo‘l-ko‘l
hosil olgan holda ham moddiy, ham ma’naviy imkoniyatlarini ta’minlashdir. Ekin
ekish uchun yerni qay vaqtda shudgor qilish uning unumdorligini oshiradi? Bu savol
javobi necha asrlik dehqonchilik tajribasining axloqiy xulosasi sifatida “Yer haydasang
kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda” maqolining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Maqolning dastlab qaysi tilda yaratilganligini aniqlash oson emas. Shu sababli
turli tillarda mavjud bir xil mazmundagi maqollarni o‘sha xalqlar turmush tarzidagi
o‘xshash jihatlarga oid hayotiy tajribalarning mantiqiy-axloqiy yakunlari sifatida
qarash asosliroqdir. Lekin masalaning bu qirrasi paremiologiya-maqolshunoslikda
deyarli o‘rganilayotgani yo‘q. Har bir xalq maqollarida o‘sha xalqning qalbi. milliy
tabiatiga xos qarashlari ifodalansada, ulardagi g‘oya umumxalqqa tegishlidir. Shu
xususiyatiga ko‘ra, maqollar ham milliy, ham umuminsoniy mohiyat kasb etgan. Xalq
maqollari ko‘p asrlik tadrijiy yo‘lni bosib, avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tish
jarayonida yanada silliqlanib, zamon ruhiga yo‘g‘rilib, teranlashib borgan. ljtimoiy
hayotdagi o‘zgarish ularda ham aks topa borgan.
Maqollar og‘zaki badiiy ijod va falsafa oralig‘ida turgan hodisa bo‘lib, ularda
aytilgan hukmni hech kim inkor etolmaydi. Chunki bunday hukm, avvalo, asrlar
davomida turmush tajribasida qayta-qayta sinalib tasdiqlangan, so‘ngra esa, xuddi shu
xususiyati tufayli tarix hikmatiga aylanib tashviqiy mohiyat kasb etgan. Shuning uchun
maqollardagi fikrlar tinglovchilar tomonidan e’tirozsiz, hech bir qarshiliksiz va izohsiz
qabul qilinishi odatiy holdir. Maqollar ma’no-mazmunini to‘la anglash va idrok etish
uchun tinglovchi, avvalo, o‘sha maqolni yaratgan xalqning tarixini, dunyoqarashini,
urf-odatlarini, diniy aqidalarini, o‘sha xalq yashayotgan yurtning jug‘rofiy muhitini,
hayvonlar va o‘simliklar dunyosini, iqlim sharoitlarini puxta bilmog‘i lozim.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
284
ISSN:3030-3613
Maqollar shaklan ixcham bo‘lsalar-da, badiiyatiga ko‘ra yuksak obrazlilikka
egadirlar. Ularda fikr sodda, tabiiy, ravon, silliq va tushunarli bo‘lib, tasirchan
ifodalanishi ehtiyoji turli narsalar, hayvonlar, o‘simliklar va hodisalar obrazlaridan
g‘oyaviy-badiiy niyatni ifodalashda foydalanishni taqozo etgan. Natijada timsoliy
obrazlar vositasida hayotdagi ijobiy yo salbiy voqealarga, insoniy munosabatlarga
axloqiy baho berilib, hukmlar chiqarilgan. Maqollarda badiiy til vositalari fikrni
ixcham va obrazli ifodalashga, tinglovchi qalbida kechinmani tez uyg'otishga xizmat
qiladi. Bu jihatdan maqollarda uchrovchi sinonimiya va antonimiya hodisalari e’tiborni
tortadi. Maqollar orasida shakli boshqa bo‘lsa-da, mazmuni bir xil bo‘lib, sinonimik
qatorlar hosil qiluvchi namunalar anchaginadir.
Tilning boyligi bo‘yoqdor leksikaning boyligi bilan o‘lchanadi. Xalqlar asrlar
davomida yaratgan minglab ajoyib maqol va tez aytishlar og‘izdan-og‘izga, avloddan-
avlodga o‘tib, zamonlar osha tobora sayqallanadi, mazmuni yanada ravshanlashadi.
Masalan,
G‘ani g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi.
Oq choynakka oq qopqoq,
Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
Til jamiyatning yuzini aks ettiradi. Chet tilini o‘rganish eng mashaqqatli ta’lim
tizimidir. Til insonning fikri, qayg‘usi,xavotirini ifodalash bilan birga o‘sha tilga
tegishli bo‘lgan jamiyatning madaniyatini ko‘rsatib beradi. Shunga qarab chet tili
ta’limi deganda shu tilning o‘zigina emas o‘sha tili o‘rganilayotgan davlatning
madaniyatini ham o‘rganishdir. Tilga bog‘liq bo‘lgan ta’limlar orasida eng muhimi
maqollar bilan bir qatorda tez aytish deb aytishimiz mumkin.
Ispan izohli lug‘atga e’tibor beradigan bo‘lsak, tez aytish ispan tilida
“Traba
lengua
” deyiladi.
Un raton reptó risueño hasta la roma de Reto lo Rano
El hipopotamo hipo este conhipo
Quien el quita el hipo al hipo patomo Hipo
Tez aytish barcha tillarda ham bir xil mohiyatni kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor
so‘zlovchi nutqining ravon bo‘lish uchun xizmat qiladi. Tez aytish o‘zbek tilida ham
shu maqsadda ko‘p qo‘llaniladi. Bir-biriga o‘xshash va yaqin talaffuzzli so‘zlardan
tuzilgan jumlalar takrori nutq ko‘nikmasini mukammal qilib shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nurmuhamedov M., Qo‘shjonov M. O‘zbek xalq maqollari. -T.: Fan,1981. 400 b.
2.
Гируцкий А.А. Введение в языкознание. М.: HayKa, 2003. - 335 c.
3.
Концевич P. Корееведение Избранное. - М.: HayKa, 2001. - 256 c.
4.
Вопросы лексикологии и слово образования. М.: HayKa, 1960. - 240c.
5.
Анорбоева С. А. Формирование переводческой компетентности (на примере:
бакалавриат и магистратура) //Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 337-348.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
285
ISSN:3030-3613
6.
АНОРБОЕВА С. Формирование профессиональной компетентности
переводчика //Journal of Research and Innovation. – 2023. – Т. 1. – №. 6. – С.
35-39.
7.
ANORBOYEVA, S. (2023). “SHADOWING” METODI ORQALI ISPAN TILI
MASHG‘ULOTLARIDA
TALABALARDA
TARJIMONLIK
KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH . Journal of Research and
Innovation,
1(11),
3–6.
Retrieved
from
https://imfaktor.com/index.php/jorai/article/view/807
8.
Анорбоева С. А. СИСТEМА ПOДГОТOВКИ ПEРЕВOДЧИКOВ B BУЗАX
УЗБЕКИСТАНА И COBРЕМЕННАЯ МOДEЛЬ ПРOФЕССИOНАЛЬНOЙ
КOМПЕТЕНЦИИ ПЕРЕВOДЧИКА //Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 4. – С. 11-22.
9.
АНОРБОЕВА, С., & ШОДИКУЛОВА, Ш. (2023). К ПРОБЛЕМЕ
РЕАЛИЗАЦИИ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА В ВЫСШЕМ
ОБРАЗОВАНИИ. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(3), 22–26.
Retrieved from
https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/111
10.
АНОРБОЕВА, С. (2023). ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ
ПЕРЕВОДЧИКА (НА ПРИМЕРЕ: БАКАЛАВРИАТ И МАГИСТРАТУРА).
Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(1), 120–127. Retrieved from
https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/524
11.
Aborboyeva S. ON THE CONCEPT OF TRANSLATION COMPETENCE AS A
MULTISPECTIVE THEORETICAL CONCEPT //European Journal of Research
and Reflection in Educational Sciences Vol. – 2020. – Т. 8. – №. 8.
12.
Solikha, A. (2024). DEVELOPMENT OF TRANSLATION COMPETENCE OF
STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES. ПЕДАГОГИК ВА
ПСИХОЛОГИК
ТАДҚИҚОТЛАР,
2(3),
9–12.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11178339
13.
ANORBOYEVA,
S.
(2024).
DEVELOPMENT
OF
TRANSLATION
COMPETENCE OF STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES.
Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 2(3), 9–12. Retrieved from
https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/1263