T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
269
ISSN:3030-3613
XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR:
NAZARIYANING AMALIYOTGA TATBIQI
Mutalibjonova Ruxshona Ozodbek qizi
Andijon davlat chet tillari instituti talabasi
E- mail:mutalibjonovaruxshona@.com
Ilmiy maslahatchisi
ADCHTI Ingliz tili nazariyasi va
amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi
No'monova Zebiniso Usmonjon qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion
yondashuvlarning nazariyasi va ularning amaliyotga tatbiqi tahlil qilinadi. Zamonaviy
texnologiyalar, masalan, raqamli vositalar va o‘yin asosidagi o‘qitish usullari, til
o‘rganish jarayonini qanday samarali qilishiga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, mazkur
yondashuvlarning o‘quvchilarning motivatsiyasi va til kompetensiyasiga ta'siri ko‘rib
chiqiladi.
Kalit so‘zlar
: xorijiy tillarni o‘qitish, innovatsion yondashuvlar, raqamli
vositalar, o‘yin asosidagi o‘qitish, til kompetensiyasi, motivatsiya.
Аннотация
: В данной статье анализируются теоретические аспекты
инновационных подходов в преподавании иностранных языков и их
практическое применение. Особое внимание уделяется современным
технологиям, таким как цифровые инструменты и игровые методы обучения, и
их влиянию на эффективность процесса изучения языка. Также рассматривается
воздействие этих подходов на мотивацию учащихся и их языковую
компетенцию.
Ключевые слова
: преподавание иностранных языков, инновационные
подходы, цифровые инструменты, игровое обучение, языковая компетенция,
мотивация
Annotation
: This article analyzes the theoretical aspects of innovative
approaches in foreign language teaching and their practical application. It focuses on
modern technologies, such as digital tools and game-based learning methods, and their
impact on the effectiveness of language learning processes. Additionally, the influence
of these approaches on students' motivation and language competence is examined.
Keywords
: foreign language teaching, innovative approaches, digital tools,
game-based learning, language competence, motivation.
XXI asrda xorijiy tillarni o‘qitish sohasi innovatsion texnologiyalar bilan boyib
bormoqda. Zamonaviy pedagogik usullar, raqamli vositalar va o‘yin asosidagi o‘qitish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
270
ISSN:3030-3613
texnikalari til o‘rganish jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol
o‘ynamoqda.Hozirgi kunda an’anaviy grammatika-qoidabozlik asosidagi usullar bilan
bir qatorda, interfaol va texnologiyaga asoslangan metodlar ham keng qo‘llanilmoqda.
Globallashuv jarayonida xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish dolzarb masalaga aylandi.
An’anaviy ta’lim usullari o‘rnini innovatsion yondashuvlar egallab, o‘quv jarayonini
samarali va qiziqarli qilishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada xorijiy tillarni
o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, texnologiyalar va ularning
amaliyotga tatbiqi haqida so‘z yuritiladi. Innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayoniga
yangi texnologiyalar, metodlar va strategiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. Bu
yondashuvlar o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olib, ularning mustaqil
fikrlashini, ijodkorligini va motivatsiyasini oshirishga qaratilgan. Masalan, interfaol
metodlar, loyiha asosida o‘qitish va masofaviy ta’lim platformalari orqali
o‘quvchilarning faolligi va qiziqishi ortadi. Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion
yondashuvlar ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajasini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish orqali
samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Ushbu yondashuvlarning nazariy asoslari
quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi.Konstruktivistik(amal qilsa bo’ladigan)
yondashuv o‘quvchilarning bilimni passiv ravishda qabul qilishidan ko‘ra, uni o‘z
tajribasi asosida faol ravishda shakllantirishini ta’kidlaydi. Bu nazariya xorijiy tillarni
o‘qitishda quyidagicha qo‘llaniladi: O‘quvchilar real hayotga oid vaziyatlar asosida
mustaqil fikrlash va til ko‘nikmalarini shakllantirishga undalanadi. Mashg‘ulotlarda
rostdan ham hayotda duch keladigan topshiriqlardan foydalaniladi (masalan, savdo
do‘konida muloqot, mehmonxonada joy bron qilish va h.k.). O‘qituvchi yo‘naltiruvchi
sifatida ishtirok etadi, lekin o‘quvchi o‘zi bilim hosil qiladi. Rivojlangan davlatlarda
o‘quvchilarga chet tilida interfaol muammolarni hal qilish uchun loyihalar beriladi.
Masalan, ingliz tilini o‘rganayotgan talabalarga "Toshkentga sayohat rejalashtirish"
loyihasi topshirilishi mumkin. Ular viza olish, mehmonxona bron qilish, mashhur
joylar haqida ma’lumot to‘plash orqali tilni amaliy o‘rganadilar.
Vygotskiyning "Yaqin rivojlanish zonasi" nazariyasi ham ko’p yillardan buyon
innovatsion yondashuvlarni yaratishga asos bo’lib kelmoqda. Lev Vygotskiy ta’limda
shaxsning o‘z bilim darajasi va qo‘llab-quvvatlovchi resurslar (o‘qituvchi, ilg‘or
o‘quvchilar, texnologiyalar) orqali yetishi mumkin bo‘lgan daraja o‘rtasidagi farqni
tushuntiradi.Bunda o‘quvchilar murakkab vazifalarni bajarishda yordamga ehtiyoj
sezadi, lekin ularning mustaqil o‘rganish qobiliyati ham rivojlanishi kerak. Dars
jarayonida dastlabki bosqichda murabbiy yoki ilg‘or o‘quvchilar tomonidan qo‘llab-
quvvatlash mavjud bo‘ladi, keyinchalik o‘quvchilar mustaqil ravishda topshiriqlarni
bajara olishi lozim. Chet tillarini o’qitishda ham bu kabi usullardan foydalanish
mumkin. Masalan Xorijiy tillarni o‘qitishda dastlab o‘qituvchi dialoglarni
boshqaradi, so‘ngra o‘quvchilar juftlikda yoki kichik guruhlarda mustaqil suhbat
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
271
ISSN:3030-3613
qurishga o‘tadilar. Kognitiv yondashuv uslubi ham hozirgi zamonda eng keng
tarqalgan innovatsion metod sifatida ko’rilmoqda. Kognitiv psixologiya asosida
innovatsion yondashuvlar o‘quvchilar bilimni qanday qabul qilishi, qayta ishlashi va
eslab qolishiga asoslanadi.Ya’ni o‘quvchilar yangi so‘zlarni kontekstda tushunish
orqali yaxshiroq eslab qoladilar.Takrorlash, assotsiativ metodlar va vizual tasvirlar
(rasmlar, videolar) yordamida ma’lumotni tezroq o‘zlashtirish mumkin.Bu uslub
ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun juda foydalidir. Til
o‘rgatishda mind-map (aqliy xaritalar) va flashcards (kartochkalar) ishlatish orqali
o‘quvchilar so‘z boyligini rivojlantirishadi.
Rivojlanayotgan dunyoda ko’plab mamlakatlarda asosiy e’tibor ta’limga
qaratilgan bo’lib hozirgi kunda bilim orqali bellashilmoqda.Shu sababli yangi
yondashuvlar va uslublar ishlab chiqilib yoshlarni bilim olishga bo’lgan qiziqishini
orttirish asosiy vazifa sfatida qaralmoqda. Interfaol (informatsiyani, ahborotlarni
komputer tarmog’i orqali qabul qilish va uzatishga asoslangan) yondashuv
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, xorijiy til
o‘rganishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Bu uslubda o‘quvchilar o‘zaro
muloqot qilib, tildan faol foydalanadilar. Ya’ni guruh bo’lib yoki juft bo’lib ishlashadi.
Rol o‘ynash (role-play) orqali talabalar muayyan vaziyatda o‘zlarini turli rollarda sinab
ko‘radilar. Bu uslub juda keng tarqalgan bo’lib til ko’nikmalarini shakllantirishda va
rivojlantirishda samarali natijalarni keltirib chiqarmoqda. Yana bu uslub orqali
o’quvchilar va talabalar speaking mahoratini oshirib, o’zaro muloqot qilish
ko’nikmalarini rivojlantiradilar. Debatlar va muhokamalar orqali dunyoqarashni
oshirishlari mumkin. O‘quvchilar til ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga mantiqiy
fikrlashni ham shakllantiradilar. Mashg‘ulotda talabalar "Yangi restoran ochish"
loyihasini ishlab chiqib, turli rollarni (menejer, oshpaz, mijoz) bajarishadi va ingliz
tilida muhokama qilishadi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylandi. Sun’iy intellekt yordamida til o‘rganish
– Chatbotlar, AI dasturlari orqali interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish ham
ommalashmoqda.
Gamifikatsiya (o‘yin elementlarini qo‘shish) til mashg’ulotlarini qiziqarli va
samarali o’tkazishda muhim manbaalar sifatida maktab darsliklariga kiritildi.
Duolingo, Kahoot kabi platformalar orqali til o‘rganishni qiziqarli qilish va dars
mashg’ulotlarini zavqli tashkil etishda juda foydali xizmat qilmoqda. Innovatsion
yondashuvlar xorijiy tilni o‘qitishda an’anaviy usullarga qaraganda ko‘proq
samaradorlikni ta’minlaydi. Zamonaviy ta’lim metodlari o‘quvchilarning til
o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirib, ularning mustaqil ta’lim olish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Xususan, texnologiyalarning integratsiyasi va interfaol
yondashuvlar o‘quvchilarning bilimni tezroq va samaraliroq o‘zlashtirishiga yordam
beradi. Kognitiv yondashuv xorijiy tillarni o‘rganishda miyaning axborotni qanday
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
272
ISSN:3030-3613
qayta ishlashini hisobga olgan holda qo‘llaniladi. Axborotni qayta ishlash va eslab
qolish texnikalaridan foydalanish ham keng tarqalmoqda. Xorijiy til o‘rganishda yangi
so‘zlar va grammatikani eslab qolish muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Quyidagi
texnikalar kognitiv yondashuv asosida qo‘llaniladi.Assotsiativ metod – So‘zlar va
iboralarni vizual yoki hissiy tasavvurlar bilan bog‘lash. Masalan, "apple" so‘zini olma
rasmi bilan bog‘lash kerak. Mnemonika uslubi keng tarqalmoqda va uning ham juda
ko’p turlari rivojlanib bormoqda. Kontekstual o‘rganish so‘zlarni ajratib o‘rganish
emas, balki jumlalar va matnlar ichida tushunishdir. Bunda kitob matnini turli rangli
plamasterlar va rangli ruchkalar yordamida belgilab, chizib chiqiladi.Takrorlash
intervali Feynman metodi yoki Spaced Repetition System (SRS) yordamida bilimni
uzoq muddat eslab qolish mumkin. Mustaqil fikrlash va bilish jarayonlarini
rivojlantirish uchun kognitiv xaritalar, metakognitiv strategiyalar samarali ekanligi
kuzatilmoqda. Kognitiv(aqliy) xaritalar (Mind Maps) – O‘quvchilar yangi
tushunchalarni vizual ravishda bog‘lash orqali yaxshiroq tushunadilar. Bunda turli
xildagi kartochkalar, rasmlar va boshqa manbaalar qo’l keladi. Metakognitiv
strategiyalar – O‘quvchilarga o‘z bilim olish jarayonlarini tahlil qilish va yaxshilashga
imkon beradi. Masalan, til o‘rganishda qanday strategiyalar samarali ekanligini
kuzatish orqali har kim o’ziga mos bo’lgan bilim olish strategiyasini tanlab olishi va
samarali natijalarga erishishi mumkin. O’quv mashg’ulotlari davomida juda ko‘p
ma’lumot berish o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatini pasaytiradi. Chunki uzoq
vaqt davomida o’quvchilarning e’tiborini jalb qilish mushkul vazifadir. Axborot kichik
bo‘laklarga ajratilib berilishi kerak. Masalan, grammatikani bosqichma-bosqich
o‘rgatish, bir mavzu doirasida darsni tashkillashtirish, qisqa tanaffuslar olib borish
kabi. Dars davomida o‘quvchilarga faqat muhim ma’lumotlarni berish orqali ularning
e’tiborini kerakli joyga qaratish mumkin. Oldingi yillarga qaraganda hozirgi kunda til
o’rgatishning bir necha dars andozalari ishlab chiqilmoqda. Bunda kognitiv dars
mashg’ulotlarini olib boorish keng tarqalmoqda. Bu uslubda dars quyidagicha
yondashuvda olib boriladi.
1. Yangi mavzu taqdimoti – O‘quvchilar mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar
bilan tanishadi.
2. Faol qo‘llash – Mashqlar, suhbatlar va interaktiv metodlar yordamida bilim
mustahkamlanadi.
3. Tahlil va refleksiya – O‘quvchilar o‘z o‘rganish jarayonlarini baholaydilar va
qiyinchiliklarni aniqlaydilar.
Kognitiv
yondashuvning
afzalliklari
va
kamchiliklari
Afzalliklari:
✔
Bilimning uzoq muddatli eslab qolinishi – O‘quvchilar ma’lumotni shunchaki
yodlab emas, balki tushunib o‘rganadilar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
273
ISSN:3030-3613
✔
Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish – Mustaqil fikrlashni
rag‘batlantiradi.
✔
O‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi – Tilni o‘rganish qiziqarli va
samarali bo‘ladi.
✔
Turli yoshdagi o‘quvchilarga moslashuvchan – Har xil bilim darajasidagi
talabalar uchun mos.
Kamchiliklari:
✖
Ko‘proq vaqt talab qiladi – O‘quvchilarga yangi bilimlarni chuqur tushunish
uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
✖
Murakkab mavzularni o‘rganishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin – Qiyin
grammatik qoidalarni tushuntirish qiyin bo‘lishi mumkin.
✖
Ko‘p resurs talab qiladi – Vizual materiallar, texnologik vositalar va interaktiv
darsliklar zarur.
Kognitiv yondashuv xorijiy tillarni samarali o‘rganish va o‘qitishda eng muhim
nazariyalardan biri hisoblanadi. U o‘quvchilarning ongi qanday ishlashini tushunishga
asoslangan bo‘lib, axborotni qayta ishlash, eslab qolish va mustaqil o‘rganishni
rivojlantirishga qaratilgan. Bu yondashuvdan foydalangan holda, o‘qituvchilar dars
jarayonini qiziqarli, samarali va interaktiv tashkil etishlari mumkin.
Rivojlangan davlatlar hozirgi kunda ta’lim sohasiga ancha ko’p o’zgartirishlar
va yangi uslublar bilan yondashishmoqda. Masalan, STEM o’quv dasturi yoki FC ya’ni
(Filliped classroom) kabi dasturlar asosida o’qitish tizimini joriy qilishmoqda. Xorijiy
tillarni intensiv tarzda samarali o’rganish va o’rgatish uchun FC yondashuvi asosidagi
dastur judayam foydali ekanligi isbotlanmoqda. Flipped Classroom – bu an’anaviy
ta’lim tizimiga teskari yondashuv bo‘lib, unda o‘quvchilar nazariy materiallarni
mustaqil o‘rganadi, dars vaqtida esa amaliy mashqlar, muhokamalar va muammolarni
hal qilishga e’tibor qaratiladi. Zero, amaliy mashqlar va muhokamalar o’quvchini
bilimini qiziqarli tarzda mustahkamlashga, xatolarini amaliy mashqlar yordamida
to’g’irlashga va yana tengdoshlari orasida o’zini tutishga, fikrlarini erkin ifoda eta
olish qobiliyatini rivojlantirish uchun foydali hisoblanadi. Ushbu modelda o‘qituvchi
asosiy
bilimlarni
yetkazuvchi
emas,
balki
o‘quvchilarning
bilimlarini
mustahkamlovchi murabbiy sifatida harakat qiladi. Filliped Classroom dasturi
quyidagicha bosqichlarda amalga oshiriladi.
1.Oldindan tayyorgarlik: O‘qituvchi mavzu bo‘yicha o‘quv materiallarini (video
darslar, maqolalar, slaydlar) tayyorlaydi yoki mavjud resurslardan foydalanadi.
2.O‘quvchilar mustaqil o‘rganishi: O‘quvchilar uyda video darslarni ko‘radi,
maqolalarni o‘qiydi yoki prezentatsiyalar bilan tanishadi.
3. Dars jarayoni: Dars vaqtida nazariyani qayta tushuntirish emas, balki amaliy
mashqlar, savol-javob, muhokama va guruhli ishlarga e’tibor qaratiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
274
ISSN:3030-3613
4. Nazorat va baholash: O‘qituvchi o‘quvchilarning tushunishini tekshirib, ularning
muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Lekin bir qatorda tanganing ikkinchi tarafi bo’lganidek, bu dasturlarning ham
kamchiliklari va afzalliklari bor.
Flipped Classroomning afzalliklari
✅
Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim: O‘quvchilar o‘zlari uchun qulay tezlikda yangi
mavzuni o‘rganishlari mumkin.
✅
Dars vaqtining samarali ishlatilishi: Nazariyani tushuntirishga vaqt sarflanmaydi,
balki amaliy mashqlar orqali bilim mustahkamlanadi.
✅
Individual yondashuv: Har bir o‘quvchi o‘zining ehtiyojiga qarab o‘rganish
jarayonini boshqarishi mumkin.
✅
Faol ishtirok: O‘quvchilar dars davomida muhokama, loyiha ishlari va jamoaviy
mashqlar orqali bilimlarini mustahkamlashadi.
✅
Zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlik: Video darslar, onlayn platformalar va
interaktiv materiallardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Flipped Classroomning qiyinchiliklari
⚠️
Texnologik infratuzilma muammosi: Hamisha ham barcha o‘quvchilarda internet va
texnik vositalar bo‘lavermaydi.
⚠️
O‘quvchilarning mustaqil ishlash mas’uliyati: Ayrim o‘quvchilar uyga berilgan
materiallarni o‘z vaqtida o‘rganmasligi mumkin.
⚠️
O‘qituvchining ortiqcha yuklamasi: Darslarni oldindan rejalashtirish, video
darslarni yaratish va monitoring qilish ko‘proq vaqt talab qiladi.
Flipped Classroomdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
✅
Kichik qadamlar bilan boshlash: Butun dars tizimini o‘zgartirish o‘rniga, dastlab
ba’zi darslarda sinov tariqasida qo‘llab ko‘rish.
✅
Sifatli material tayyorlash: Video darslar qisqa va tushunarli bo‘lishi kerak.
✅
O‘quvchilarni motivatsiya qilish: Mustaqil o‘rganishning afzalliklarini tushuntirish
va rag‘batlantirish.
✅
Interaktiv mashg‘ulotlardan foydalanish: Dars jarayonida rolli o‘yinlar,
muammolarni hal qilish va jamoaviy ishlarga urg‘u berish.
Flipped Classroom usuli zamonaviy ta’lim jarayonida samarador yondashuvlardan biri
hisoblanadi. U o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish imkoniyatini berib, dars vaqtida
amaliy mashg‘ulotlar orqali bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. To‘g‘ri
tashkil etilgan teskari sinf modeli o‘quvchilar faolligini oshirib, ta’lim sifatini sezilarli
darajada yaxshilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
275
ISSN:3030-3613
1.
Tursunbekova, N. I. (2024). Xorijiy til ta'limida innovatsiyalar. Journal of New
Century
Innovations,
53(1),
133–135.
https://newjournal.org/new/article/view/13940
2.
Madaminova, N. (2022). Xorijiy tillarni o‘qitishda interaktiv metod usullari (Ingliz
tili
misolida).
Ilmiy
Tadqiqot
va
Innovatsiya,
1(2),
175–179.
https://ilmiytadqiqot.uz/index.php/iti/article/view/64
3.
Toshpulatova, F. (2024). Xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion yondashuvlar.
Евразийский журнал академических исследований, 4(7), 235–236.
academy.uz/index.php/ejar/article/view/35578
4.
Ismatullayeva, I. I. (2022). Xorijiy tillarni o‘qitish sohasida zamonaviy yondashuv:
tuzilishi, maqsadi va vazifalari. Oriental Renaissance: Innovative, Educational,
Natural
and
Social
Sciences,
2(5),
307–310.
5.
Saidjanova, S. (2024). Xorijiy tillarni o'qitishning samarali usullari. Involta
Scientific Journal, 3(1).
https://www.involta.uz/index.php/iv/article/view/659
6.
Mexmonaliyeva, G. J. (2024). Kasbiy ta'limda xorijiy tillarni innovatsion
yondashuv asosida o'qitish metodikasini takomillashtirish. Yangi O'zbekistonda
Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2(10),
81–83.
https://zenodo.org/record/13945327
7.
Davronova, F. P., Nasirova, D. B., & Babahanova, K. P. (2022). Xorijiy tillarni
tezkor o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion ta’lim metodlarning ahamiyati. Fan,
Ta'lim va Amaliyot Integratsiyasi.
https://journal.bilig.uz/isepsmj/article/view/444
8. Abduraxmonova, M. X. Q., & Umurzakova, A. U. (2022). Chet tilini o‘qitishda
innovatsion yondashuvlar va jahon tajribasi. O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti konferensiyalari. https://conference.uzswlu.uz/conf/article/view/