Mualliflar

  • Raxmonova Mavjuda Umaraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106266

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: o’quvchi ta’lim-tarbiya pedagog amaliyotchi psixolog.

Annotasiya

 
Annotatsiya. Kasbga yo’naltirish- shaxsning bo’lg’usi kasbiy faoliyat sub’еkti 
sifatida  o’ziga  nisbatan  shakllanish  jarayonini  o’taydi,  ya’ni  kеlajakda  bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib boradi. O’quvchilarning kelajakda to’g’ri yo’l 
tanlashlari uchun to’g’ri yondashish muhim ahamiyatga egadir  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

252

ISSN:3030-3613

YOSHLARNING KASB TANLASHI- HAYOT SIFATINI OSHIRISHNING

MUHIM OMILI

Raxmonova Mavjuda Umaraliyevna

Qashqadaryo viloyati Koson tumani 93-umumiy

o‘rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi


Annotatsiya.

Kasbga yo’naltirish- shaxsning bo’lg’usi kasbiy faoliyat sub’еkti

sifatida o’ziga nisbatan shakllanish jarayonini o’taydi, ya’ni kеlajakda bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib boradi. O’quvchilarning kelajakda to’g’ri yo’l
tanlashlari uchun to’g’ri yondashish muhim ahamiyatga egadir

Kalit so’zlar:

o’quvchi, ta’lim-tarbiya, pedagog, amaliyotchi psixolog.

KIRISH

Aksariyat umumta’lim maktablarida kasb-hunar ta’limi dasturlarini tashkil etish

va 11-16 yoshdagi bolalarni kasbga yo'naltirish kombinatsiyasi orqali amalga
oshiriladi. O‘n olti yoshdan oshgan o‘quvchilar, ya’ni majburiy ta’lim vasiyligidan
chiqqanlar uchun kasbhunarga o‘rgatish qo‘shimcha ta’lim resurslarini jalb qilgan
holda kengaytirilgan dasturlarga kiritilgan.Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktabida
o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi bilan bir qatorda o‘qitishning faol shakllari va
usullarini qo‘llash orqali muayyan kasb-hunar bo‘yicha amaliy tajriba o‘zlashtirishga
ham katta e’tibor beriladi. Buning uchun o'quv jarayoniga turli xil simulyatsiya
dasturlari va ish amaliyoti kiritilgan. Shunday qilib, 1986 yildan boshlab Buyuk
Britaniyada umumta'lim maktablari negizida mini-korxonalar tashkil etila boshlandi,
ular ishida o’quvchilar o'zlari taqdim etilayotgan mahsulot yoki xizmat turini
belgilaydilar, ya’ni marketing tadqiqotlarini o'tkazish, savdo qilish.

Bunday faoliyat o’quvchilar o'rtasida kasbiy qiziqish va moyillikni

rivojlantirishga

yordam

beradi,

o'qituvchilarga

o'zlashtirilgan

tadbirkorlik

ko'nikmalarni amaliy faoliyat jarayonida samarali oshirishga imkon beradi.

O`quv jarayonida o`quvchilar professional maslahatchilar tomonidan kasbiy

yo’nalishi bo’yicha 11 yoshdan boshlab tanlashiga imkon beriladi.

Kasb-hunarga yo'naltirish maktab ta'limining dastlabki bosqichlarida

boshlanadi va davom etadi. Shuni ta'kidlash kerakki, professional maslahatchilar har
bir yosh bosqichida ishlaydi va o’quvchiga yordam beradi. Britaniyalik mutaxassislar
buni zarur deb hisoblaydilar:

1) ta'lim jarayoniga o'z hissasini qo'shadigan kasbga yo'naltirish dasturlarini

joriy etish;

2) rolli va ishbilarmonlik o'yinlari va treninglarda uslubiy materiallardan faol

foydalanish; ishning guruh usullaridan foydalanish foizining sezilarli darajada oshishi;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

253

ISSN:3030-3613

3)

kasbga yo'naltirishda norasmiy tashkilotlarga yordam ko'rsatish

(ommaviy axborot vositalari);

4)

vositachilik vazifalarini bajaradigan va mijozlarga o'zlarining kasbiy

kar’eralarini mustaqil ravishda qurish uchun zarur bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lishlariga

yordam

beradigan

professional

maslahatchilarni

tayyorlashni

takomillashtirish;

Britaniyada o’quvchilarni kasbga yo’naltirishda Djim Barretning «Ishonchli

layoqat testi» mashhurdir. Uning maqsadi, asosan, shaxs intellektining umumiy
quvvati va yo‘nalishlarini o‘rganishga qaratilgandir. Bundan tashqari, tadbirkorlikka
oid layoqatlarni o‘rganishga qaratilgan turli usullar ham qo‘llaniladi.

Daniyada Evropadagi eng demokratik ta'lim va kasbga yo'naltirish tizimi

shakllangan. U yoshlarning ochiq ta'lim kontseptsiyasiga asoslanadi, qadriyatlarni
e'tirof etadi va hurmat qiladi. Bu davlatda ko'p yillar davomida mavjud bo'lgan
norasmiy ta'lim an'anasi mavjud bo’lib, amaliyotga katta ge'tibor beriladi. O'rta maktab
o'quvchilari ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etadilar, majburiy maktab kursini
tinglagandan so'ng, o’quvchilar sertifikatga ega bo’ladilar. Ushbu hujjat muhim,
chunki oliy ta'lim muassasasiga murojaat qilish uchun yetarli hisoblanadi.

Kasbga yo’naltirishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashning ilmiy-

amaliy tizimi sifatida qarash lozim. U har bir shaxsning ham shaxsiy xususiyatlarini,
ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mеhnat rеsurslarini to’laqonli
taiminlash, bozor iqtisodiyoti munosabatlari zaruriyatini hisobga olish kеrak.

Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan kasbga

yo’naltirish ishlari o’quvchilarning jamiyatimizda o’z o’rnini topishlariga katta
yordam bеradi. Bu jarayonda mintaqaviy kasblarni targ’ib qilish bilan birgalikda,
o’quvchilarga kasblar to’g’risida ma’lumot bеrish, konsultatsiyalar o’tkazishga
yordam bеradi. Shu bilan birgalikda kasbga yo’naltirish bo’yicha ta’lim
muassasalarida psixologlarning, maktab pеdagogik jamoasining vazifalarini, kasbga
yo’naltirish tadbirlarini amalga oshirishda ham katta ahamiyat o’ynaydi.

Yoshlarga ta’lim –tarbiya beruvchi o’qituvchi, ustoz, murabbiy, ta’lim xodim,

mutaxassis, rahbar nafaqat bilimdon, balki eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar sohibi
bo’lishi lozim. Darhaqiqat o’quvchi yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar
tanlashni, uni o’rnganish, malakali mutaxasis bo’lib yetishishiga talim- tarbiya
beruvchilarning ma’lakali mutaxasis bo’lib yetishida ta’lim-tarbiya beruvchilarning
ma’naviyasi axloqiy fazilati bilimda maxorati mehnat sevarligi fidoiyligi bir so’z bilan
aytganda, ijtimoiy- madaniy kamoloti muhim ahamatga ega. Shuningdek ularning kasb
madaniyati ham alohida o’rin tutadi. Zero mutaxassis xodimning maxorati yoki kasb
madanyati qanchalik yuksak bo’lsa, uning faoliyati shunchalik samarali bo’ladi.

Pedagog kadrlarni kasb mahoratini oshirishni, kasb madaniyatini yuksaltirishni

hayotning o’zi taqozo etmoqda. Buning uchun esa o’quv tarbiya muassasalarda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

254

ISSN:3030-3613

o’qituvchining kasb mahorati va kasb madaniyati haqida tez-tez kengash va suhbatlar
o’tkazib turish ma’ruzalar o’qish foydadan holi bo’lmaydi. O’qituvchilar zamon
talablaridan kelib chiqqan holda o’z faoliyati va bilimlarini nazorat qilish va baholash,
xatolarini tahlil qilish, o’ziga o’qituvchilik sifatlarini rivojlantirish, o’z-o’zini qayta
tayyorlash va tarbiyalash imkoniyatlariga duch keladi. Hozirgi vaqtda ta’lim- tarbiya
ishi nafaqat vatanimiz kelajagi bo’lishi yoshlar hayotida, balki har bir kishi faoliyatida,
umuman jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tizimda o’ta ahamiyatlidir. Ta’lim- tarbiyasiz
kelajakda o’z samaralarini beruvchi islohot yo’q. Axloq va madaniyatni yuksaltiruvchi
vosita ta’lim- tarbiyadir madaniyatsizlik esa illat. Ijtimoiy hayotni takomillashtirish
uchun insonning o’zi axloqiy jihatdan kamol topishi lozim inson butun hayoti orqali
butun umri mobaynida tarbiyalanadi.Maktab o’quvchilarida kasb-hunar tanlashga
ko’malashishning asosiy maqsadi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga
yo’naltirish ishlarini tashkil etish, o’quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani,
ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko’nikmalarni
shakllantirish.

Bugungi kunda har bir insonning kasblar olamida o’z-o’zini topishi,kasbiy

o’zligini anglashi, jamiyatda o’z o’rnini topishga intilishi va unga qiziqishlari kun sayin
ortib bormoqda. Minglab kasblar ichida qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi,
layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o’quvchi- yoshlarni kasbga yo’naltirish
umumta’lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlangan
bo’lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson
uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. Shu o’rinda psixologlarimiz
ta’kidlaganidek, insonning o’zi hohlagan kasbni erkin tanlashi nihoyatda katta
ahamiyatga ega. Inson sevgan ishi bilan shug’ullansa, u bu ishdan xursand bo’lishi,
qanoat hosil qilishi, ko’p tashabbus ko’rsatishi, charg’imay g’ayrat bilan ishlashi
mumkin.Maktabda olib boriladigan faol o’quv faoliyati har bir o’quvchi o’z aqliy
qobiliyati va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to’g’ri fikrlashni, tafakkurning
mustaqil va original bo’lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni, aqliy teranlik va
o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishni rivojlantirish imkonini beradi.

Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o’ziga va o’z kuchiga

ishonish, o’zini idora qila bilish, og’irvazmin bo’lish singari fazilatlarni
rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga
qo’shilib mehnatga bo’lgan qobiliyatni ta’minlaydi.

XULOSA

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, kasb tanlash katta hayot yo’lidagi eng muhim

qadamdir. Inson hayotda o’zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon,
sevimli insonlar bo’lishidan tashqari, o’z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-
hunarga ham ega bo’lishi zarur. Ba’zi yoshlar ko’p yillar orzu qilib yurgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

255

ISSN:3030-3613

mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish damlari
yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo’la olamanmi, bunga
mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o’ylanib qoladilar. Ayrimlar
o’zlarining ko’p yillik orzularidan ham voz kechib, hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli
o’rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda o’z fikrlarini o’zgartiradilar. Asosiysi,
yoshlar to’g’ri yo’lni tanlash o’z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa
ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo’lgan kasb sirlarini
egallashga intilishlari zarur. Kasbning faqat tashqi yoki xususiy bir jihatiga qiziqishi
o’quvchini ko’p muammolarga olib kеladi. Jumladan, kasb tanlash formulasiga ko’ra
o’quvchida mavjud bo’lgan qobiliyat va salomatligi o’zaro mos kеlmasligi mumkin.
Kasb tanlashda hal qilinishi lozim bo’lgan har qanday masalaga komplеks yondashish,
muammoning barcha qirralarini o’zaro mujassam holda tasavvur qilish hamda uning
talablarini har tomonlama qondiradigan yеchimni topish muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Boltaboyev S.A va boshqalar. “Kasb tanlashga yo’llash” ma’ruzalar matni.
Toshkent. Nizomiy nomli TDPU 2003

2.

Musilmanov N.A, Mullaxmedov R.G “Kasb tanlashga yo’llash” Toshkent 2007

3.

O’zbekiston Respublikasida o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish
tizimini rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent. O’quvchilarni kasb-hunarga
yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi. 2010

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Boltaboyev S.A va boshqalar. “Kasb tanlashga yo’llash” ma’ruzalar matni.

Toshkent. Nizomiy nomli TDPU 2003

Musilmanov N.A, Mullaxmedov R.G “Kasb tanlashga yo’llash” Toshkent 2007

O’zbekiston Respublikasida o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish

tizimini rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent. O’quvchilarni kasb-hunarga

yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi. 2010