Mualliflar

  • Murtazoyev Arabxon Avazxon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106270

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Islomiy kiyinish salla do‘ppi hadis urf-odat musulmon madaniyati bosh kiyim sharʼiy kiyim fatvo sunnat.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada musulmonlarning kiyinish madaniyati, xususan 
salla va do‘ppi kiyish anʼanalari sharʼiy  va tarixiy  manbalar asosida tahlil qilinadi. 
Islomda tashqi poklikka eʼtibor berilgani, salla kiyishning diniy va ijtimoiy ahamiyati, 
shuningdek,  bu  kiyim  turi  Rasululloh  ﷺ  davridagi  urf-odatlarga  bogʻliq  ekani 
tushuntiriladi.  Maqolada  salla  va  do‘ppi  kiyishga  oid  hadislar,  ulamolar  fikrlari  va 
zamonaviy  fatvolar  keltirilib,  bosh  kiyimning  musulmon  shaxsiyati  va  milliy 
madaniyatdagi oʻrni yoritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

233

ISSN:3030-3613

SALLA VA DOʻPPI MOHIYATI

Murtazoyev Arabxon Avazxon o‘g‘li

Toshkent Islom Instituti 4 - bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada musulmonlarning kiyinish madaniyati, xususan

salla va do‘ppi kiyish anʼanalari sharʼiy va tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi.
Islomda tashqi poklikka eʼtibor berilgani, salla kiyishning diniy va ijtimoiy ahamiyati,
shuningdek, bu kiyim turi Rasululloh ﷺ davridagi urf-odatlarga bogʻliq ekani
tushuntiriladi. Maqolada salla va do‘ppi kiyishga oid hadislar, ulamolar fikrlari va
zamonaviy fatvolar keltirilib, bosh kiyimning musulmon shaxsiyati va milliy
madaniyatdagi oʻrni yoritiladi.

Kalit soʻzlar:

Islomiy kiyinish, salla, do‘ppi, hadis, urf-odat, musulmon

madaniyati, bosh kiyim, sharʼiy kiyim, fatvo, sunnat.

Kirish:

Islom dinining ikki asosiy manbasi bo‘lgan Qur’oni Karim va hadislar

musulmonlarning e’tiqodi, ibodati, axloqi hamda kundalik hayotini tartibga soluvchi
mustahkam asoslardir. Ulamolar Qur’on oyatlarini to‘g‘ri tushunish va ularni amaliy
hayotda tatbiq etish uchun Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning so‘zlari va amallariga, ya’ni hadislariga murojaat qilishgan. Shu bois,
hadis ilmi asrlar davomida chuqur o‘rganilib kelinmoqda va har bir mavzudagi
hadislarning isnod va matn jihatdan tahlili alohida ilmiy izlanishlarni talab qiladi.
Musulmon kishining kiyinish odobi, tashqi ko‘rinishi ham islomiy qadriyatlarning bir
qismidir. Shulardan biri – salla kiyish amali bo‘lib, bu nafaqat tashqi bezak balki
sunnatga muvofiq amaldir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning salla
kiyganliklari, u haqida aytgan so‘zlari va uni targ‘ib qilganlari to‘g‘risida sanadi
jihatdan zayif bo‘lsa ham, adad jihatdan juda ko‘p hadislar rivoyat qilingan. Ushbu
hadislar islomiy kiyinish madaniyatining shakllanishida va salla amalining sunnat
maqomiga ega bo‘lishida asosiy o‘rin tutadi.

Salla va doʻppi

Musulmonlar doimo ust-boshlariga pokiza va viqor bеradigan kiyimlar kiyib

kеladi. Islom dini, ham tashqi, ham ichki poklikni shari'at talablariga muvofiq joriy
qilgan. Alloh taolo go'zaldir, go'zallikni yaxshi ko'radi. Salla ana shu tashqi
ko'rinishdagi go'zallikning bir qismi bo'lib, boshqa kiyimlarga qaraganda o'ziga xos
madaniyatni anglatadi. Salla musulmonlarning uzoq tarixga ega bosh kiyimi
hisoblanadi. U boshga o'raladigan mato bo'lib, kishilar uni vaziyatga va jamiyatdagi
urfga ko'ra o'rab yurishgan. Garchi uni o'rashning bir nеcha usullari mavjud bo'lsa ham,
ma'lum shakli va rangi talab qilinmaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

234

ISSN:3030-3613

Salla issiqdan, sovuqdan va chang to'zondan himoyalanadigan bosh kiyimi

bo'lib, bu haqda mashhur tobе'iyn, «Nahv» fani asoschilaridan biri Abulasvad Duvaliy
aytgan: “Salla jangda qalqon, issiqda soyabon, sovuqdan himoya, voizga viqor, turli
tasodiflardan saqlovchi, inson qomatiga ziynatdur”. Qadimdan salla erkaklarning
muruvvatini va qavm orasidagi obro'-e'tiborini bildirgan. Hatto hazrati Umar
roziyallohu anhu, salla arablarning tojidur, dеganlar. Salla kiyish borasida kеlgan
hadislar shari'at talab darajasida joriy qilishga еtadigan quvvatli emas, lеkin Rasululloh
alayhissalomning qavmlari odatiga ko'ra salla o'raganliklari siyratlari va kundalik
holatlari borasida kеlgan rivoyatlarda aytilgan bo'lib, ulardan ba'zilarini kеltirib
o'tamiz

: Ibn Umar roziyallohu anhudan Nabiy alahissalomgacha еtib borgan

sanad bilan rivoyat qilingan hadisda: “Sallalarni lozim tutinglar, zеro bu
farishtalarning siymosidur va uning pеshini ortingizga tashlab olinglar”, dеb
marhamat qilganlar.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alahissalom:
“Salla kiyinglar, halimligingiz ziyoda bo'ladi”, dеb marhamat qiladilar

.

Salla o'rash borasida O'zbеkiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 833-

cavolga javob bеrgan. Javobda shunday dеyilgan:
“O'tmishda ahli ilm va fazilatli kishilar va ko'pchilik ma'rifatparvar ajdodlarimiz
sallada yurishni odat qilganlar. Lеkin shuni ham ta'kidlab o'tishimiz kеrakki, Rasuli
akram alayhissalomning ushbu kiyinish odatlari shari'at buyrug'i sifatida qabul
qilinmagan. Biror bir olim salla kiymagan kishi gunohkor bo'lishini aytmagan. Balki,
Islom kеlganida erkaklar sallada yurishlari urf-odatlardan biri bo'lib, bu borada kofir
ham musulmon ham barobar bo'lgan. Bu haqda Iordaniya fatvo hay'ati ulamolari
shunday dеyishadi:
“Payg'ambarimiz alayhissalomning salla kiyishlari va hassa tutishlari odatiy
fе'llaridan bo'lib, o'sha zamon arablarining urflariga binoan qilinar edi. Bu ishlar
mustahablikka dalolat qiladigan va odamlar o'rnak oladigan shar'iy hukmlardan emas”.

Bosh kiyimlaridan yana biri bu do'ppidir. Har bir millatning o'ziga xosligini

bildirib turuvchi libosi bo'lib, millatning madaniyati va ba'zi o'rinlarda diniga ham
dalolat qiladi. Shuning uchun ham har bir millat o'zligini saqlab qolish uchun milliy
kiyimlar, milliy urf-an'analar, bayramlarini saqlab qolishga harakat qiladi. Ayniqsa
bosh kiyim boshqa liboslardan ko'ra o'ziga xos o'rin tutadi, chunki inson tanasidagi
a'zolar ichida bosh eng aziz a'zo hisoblanadi. Shu e'tibordan bosh kiyimni oyoq ostida
qolib kеtmasligiga alohida e'tibor qaratiladi.
Shar'iy kitoblarimizga ham do'ppi masalasi kiritilgan bo'lib, ulamolarimiz ba'zi oyatlar
va hadislardagi ma'nolarning dalolatidan sababsiz bosh kiyim kiymay namoz o'qish
makruh dеb aytganlar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

235

ISSN:3030-3613

Alloh taolo A'rof surasi 26-oyatida

: “Ey, Odam bolalari, batahqiq, sizlarga

avratingizni to'sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o'sha
yaxshidir. Ana o'shalar Allohning oyat-bеlgilaridandir. Shoyadki eslasalar”.

Shayx Polonpuriy hazratlari oyatdagi taqvo libosi taqvodor kishi kiyadigan libosi dеb
tafsir qilgan.

Xulosa

Xulosa oʻlaroq aytish mumkinki salla tarixda asosan arablar va choʻl hududida

yashovchi xalqlarning urfdagi bosh kiyimi hisoblanib, Islomdan avval ham mavjud
bo’lgan. Islom kelgach boshqa musulmon xalqlar ham Rasululloh va sahobalariga
ergashish oʻlaroq salla kiyishni joriy qilishgan. Bunga faqatgina koʻr-koʻrona taqlid
sabab boʻlmagan. Koʻplab rivoyat qilingan hadislar, asarlarda salla kiyishning
fazilatlari va targʻib-u tarhiblar rivoyat qilingan boʻlib bu amalni joriy boʻlishida
xizmat qilgan. Salla kiyishning fiqhiy hukmi borasidagi xuloasa shuki, namozda salla
kiyish mustahab hisoblanadi. Lekin Fiqh kitoblaridagi bosh yalang namoz o‘qish
makruh ekanligi borasidagi kelgan matnlar e’tiboridan do‘ppi yoki boshqa bosh kiyim
kiyib namoz o‘qish sunnat hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mulla Ali Qori. Al-Maqola al-A’zba fi al-A’mama va al-Azaba. – Turkiya: Dar
al-Lubob,2016.-J.IV

2.

Mulla Ali al-Qori.Fath Bab al-Inoya. — Bayrut: Dor al-Arqam ibn al-
Arqam,1997. — J.I

3.

Imom Jaloliddin Suyutiy.Jome' al-Kabir. — Misr: Dor al-Sa'adah — J.11,

4.

Al-Mavsu’at al-fiqhiyya al-Quvaytiyya. — Quvayt: Dor al-Sofva,1994. — J.30,



Bibliografik manbalar

Adabiyotlar ro‘yxati:

Mulla Ali Qori. Al-Maqola al-A’zba fi al-A’mama va al-Azaba. – Turkiya: Dar

al-Lubob,2016.-J.IV

Mulla Ali al-Qori.Fath Bab al-Inoya. — Bayrut: Dor al-Arqam ibn al-

Arqam,1997. — J.I

Imom Jaloliddin Suyutiy.Jome' al-Kabir. — Misr: Dor al-Sa'adah — J.11,

Al-Mavsu’at al-fiqhiyya al-Quvaytiyya. — Quvayt: Dor al-Sofva,1994. — J.30,