T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
213
ISSN:3030-3613
O`SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR YUZAGA KELISHINI
BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Tohirova Dilafruz Baxtiyorovna
Xorazm viloyati Yangiariq tumani 31-son
ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari
mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi
Annotatsiya:
O‘smirlarda agressivlikning shakllanishiga qator shaxs
xususiyatlari ta’sir qiladi: tarbiyaning muvozanatlashmagan shakllari: o‘z-o‘ziga
haddan ziyod past baho berish, yuqori darajada impulsivlik, spirtli ichimlik va
giyohvand moddalar iste’mol qilish, kompyuter o‘yinlariga tobelik, tavakkalchilikka
tayyorlik holatlari,o‘z-o‘zini himoy qilish hislarining chegaralanganligi; xulqiy
omillar: o‘z vaqtini maqsadsiz o‘tkazish, maktabdagi darslarni sababsiz qoldirish,
o‘zlashtirish darajasining pastligi, erta jinsiy aloqalarga kirishish va hokazo; ijtimoiy
omillar (OAVning psixologik ta’siri, jamiyatdagi udum va marosimlar, ota-onaning
xulqiy buzilishlarga ega ekanligi, oila ijtimoiy mavqeining pastligi, tarbiyachilarning
o‘zgarishi (o‘gay ota, o‘gay ona va hokazo); o‘smirning xulqiy og‘ishlar shakllangan
do‘stlar bilan yaqin ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishi (taqlid fenomeni); ichki oilaviy
nizolar (ota-onaning ajrashishi, ikkinchi nikohdagi farzandlar, o‘smirning
o‘zlashtirishiga ota-ona tomonidan o‘smir qobiliyatlari, qiziqishlari inobatga
olinmagan holda haddan ziyod yuqori talablarning qo‘yilishi.
Kalit so‘zlar:
agressiya,frustratsiya,ijtimoiy vaziyat,destruktiv motivlashtirish,
oila, emotsional tanglik,ruhiy rivojlanish bosqichlari
KIRISH
Agressiya atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, «aggredi» –«tajovuz qilmoq»
ma’nosini anglatadi. Psixologiyada«agressiya» atamasiga nisbatan turli yondashuvlar
mavjud bo‘lib, X.Delgado, A.A.Bass, L.M.Semenyuk, G.Parens, A.Bandura,
R.Uolters, Yu.Mojginskiylar tomonidan agressiya salbiy baholanadi. Shu bilan bir
qatorda agressiyaga nisbatan ijobiy yondashuvlar ham mavjuddir. Jumladan, L.Bender
agressiyani insonning o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilishidir, deb ta’kidlaydi.
Motivlashtirish nuqtai nazaridan, L.Bender agressiyani ixtiyoriy va instrumental
turlarga ajratadi. Ixtiyoriy agressiya-insonning boshqa bir kishiga anglangan tarzda
zarar yetkazishi hisoblanadi.
Instrumental agressiyada-inson o‘z oldiga boshqaga zarar yetkazishni maqsad
qilib qo‘ymaydi. Bu agressiya yuzaga kelgan vaziyatni hal etishda boshqa usulni
qo‘llashga imkon bo‘lmagan holda yuzaga keladi. R.Beron va D.Richardsonlar
agressiyani qurbonga nisbatan maqsadli ravishda zarar yetkazishdir, deya ta’riflaganlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
214
ISSN:3030-3613
Reaktiv agressiya-o‘z hayoti,erkinligi, g‘ururi, o‘zining yoki boshqaning
moddiy boyligini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ehtiyojlar, istaklar
frustrasiyasi namoyon bo‘ladi: rashk va xudbinlik; qasos; Ishonchning yo‘qolishi
(hayotga, sevgiga, yaqin insonlariga).
Kompensatoragressiya–zo‘ravonlik, destruktivlik hayotda o‘zi uchun muhim
bo‘lgan dolzarb ehtiyojlar qondirilmasligi holatlarini kompensatsiya qilish:
Sadizm (boshqani o‘z hukmi, irodasiga bo‘ysundirish); nekrofiliya; surunkali
zerikish va depressiya.
Verbalagressiya–salbiy hislarni baqirish, janjalqilish, so‘kish, haqoratlash,
tahdid va boshqa usullar orqali bildirish. Arzimagan qo‘zg‘ovchi ta’sirga ham
qo‘pollik, terslik, emotsional qo‘zg‘alish bilan javob berish.
O‘smirlik agressiyasi muammosi uzoq vaqt mobaynida yopiq bo‘lgan mavzular
sirasiga kiritilganligi bois, yetarli darajada o‘rganilmagan
mavzulardan biri hisoblanadi. Agressiya o‘smirlarda yuzaga kelgan ijtimoiy
vaziyat, hodisalar ustidan o‘ziga xos nazorat qilishning maqbul usuli sifatida qabul
qilinadi. G‘.B.Shoumarov fikriga ko‘ra, o‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr
ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq.
Disfunksional oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlarda agressiv xulq
ko‘rinishlarining shakllanishi ehtimoli funksional oilalarda tarbiyalanayotgan
oilalardagi o‘smirlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan. Oilada o‘smir
erkinliklarini haddan ziyod cheklash, yoki aksincha, ota-ona tomonidan surunkali
befarqlik ham agressiv xulq ko‘rinishlarining shakllanishga olib keladi. Agressiv xulq
oilada o‘smirning erkinliklari haddan ziyod chegaralanganda yoki unga haddan ziyod
erkinliklar berilganda ham shakllanishi mumkin. Agar o‘smir oilada barcha
ehtiyojlarining tezlik bilan qondirilishiga o‘rganib qolgan bo‘lsa, tengdoshlari
jamoasida uning ehtiyojlariga to‘sqinlik qilganlarga nisbatan agressiv munosabat
bildiradi. Oilada emotsional inkor etilganlik holatlarida ham o‘smirlar agressiv
xulqko‘rinishlari bilan o‘zlariga e’tiborni qaratishga harakat qiladilar. Ota-onaning
o‘smir xulqidagi o‘zgarishlar sababini izlashi yuzaga kelgan muammolarni
konstruktivtarzda hal etishi asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Agar
o‘smirning oila a’zolari muntazam tarzda o‘zaro nizolar, baqiriqlar orqali ta’sir
o‘tkazish asosida muammolarini hal etishga o‘rgangan bo‘lsalar, boshqa ijtimoiy
vaziyatda o‘smir aynan o‘zini shunday tutishga intiladi; shaxsiy muammolar
(fiziologik va psixologik xarakterdagi muammolarning kelib chiqishiga sabab
bo‘luvchi o‘smirlarda jinsiy rivojlanish–pubertat davri xususiyatlarining namoyon
bo‘lishi); o‘zining tashqi ko‘rinishidan norozi bo‘lish
«Terzitkompleksi»(kattalar tomonidan noadekvat idrok qilinishi) O‘smir o‘zini
kattalardek his etishida unga bolalar kabi munosabatda bo‘lish yoqmaydi; o‘smirdagi
tafakkurning tanqidiyligi kattalar xatti-harakatiga nisbatan shubha bilan qarash, ularda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
215
ISSN:3030-3613
o‘rnatilgan axloqiy me’yorlarga nisbatan e’tiroz hislarining shakllanishga olib keladi;
ijtimoiy omillar (jamiyatda muammolarni kuch ishlatish orqali hal etilishi haqidagi
g‘oyasining o‘rnatilganligi, maktablardagi o‘quv sinflarning haddan ziyod to‘laligi,
maktabdan haddan ziyod charchash, asabiylashish). Agressiv xulqli o‘smirlar odatda
quyidagi hislarga ega bo‘ladilar: ular atrofdagilardan dushmanlik munosabatlarini
kutadilar; o‘zlarining dushmanlik holatlarini yetarli darajada baholayolmaydilar;
o‘zlarining muammolarida atrofdagilarni doimiy tarzda aybdor deb topadilar;
muammoli vaziyatlarni hal etish usullari ularda chegaralangan; agressiv xulq ularning
fikricha yaxshi natijalarga ega bo‘lishni ta’minlaydi, ya’ni ularga nisbatan agressiyani
chegaralaydi, degan fikrga egalar.O'smirlarda agressiv xulq-atvorning kelib chiqish
sabablari
1.
Nosog'lom oila muhiti. Ba'zi oilalarda ota-ona bilan farzand o'ziga
tegishli munosabatning davolash muhitda emasligi, farzandlar o'ziga tegishli
kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar.
2.
Tengdoshlar guruhi.Bolalar oiladan tashqarida o'z tengqurlari,
sinfdoshlari bilan bo'lgan munosabatda ham agressiv nazoratni o'zlariga singdiradilar.
Ko'pgina bolalar tengdosh do'stlarining kiyimlarini kuzatgan holda o'zlarini agressivga
urinadilar. Haddan tashqari aggressive bolalar esa o'ztengdoshlari orasidan siqib
chiqaradilar. Bunday bolalar o'zini xo'rlangandek his qilib, o'zi kabi agressiv bolalar
guruhidan joy topadi. Bu esa muammo muammo tug'diradi.
3.
Ommaviy axborot
Bugungi kunda bolalarning agressivligini paydo bo'lishiga ta'sir etayotgan eng
kuchli quroldir, degan fikr keyingi paytlarda ko'pchilik tomonidan e'tirof etilmoqda
Shu o'rinda jahon orqali namoyish etilayotgan turli jangari filmlar, ko`rsatuvlar ham
bolalarda agressiv xususiyatlarning tarkib topishiga ta`sir qilayotganligi mutaxasislar
tomonidan qayd etilmoqda.Bu borada internetning ta`siri ham o`ziga hosligini inkor
etib bo`lmaydigan haqiqatdir
Agressiv xulq-atvorli o'smirlar bilan olib boriladigan psixokorreksion ishlar.
a.
O'ziga ijobiy baho berishga o' tishtish, xavfsizlikni tekshirish
b.
o'zining va o'zgalarning emotsiya va tuyg'ularini anglashga
o'rgatish,diskruktiv emotsiyalarni nazorat qilishni yaxshilash;
d.
o`ziga va atrofdagilarga ziyon yetmaydigan gazabni tuzatish usullarga
o`rgatish, muammoli vaziyatda bola xulq-atvorida konstruktiv reaktsiyalarga o`rgatish
va disstruktiv vositalarni bartaraf etish;
e.
ota-onalar pedagoglar bilan konsultatsiyalar (bolalardagi agressiyani
bo'rttiruvchi jixozni belgilashga) o'rnatish.
O'smirlarda agressiv xulqa-tvorning kelib chiqishi juda tez-tez yuzaga keladi.
Inson agressiyasi ko'rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib chiqib, ushbu
xulq-atvorni o'rganishda D. Bass tomonidan taklif qilingan konseptual ramkalar bilan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
216
ISSN:3030-3613
chegaralanish juda foydali bo'lishi bilan ayon bo'ldi. Uning fikricha, agressiv vaziyatni
uchta shkalaga sifatli holda tasvirlash mumkin. jismoniy verbal bo'lishi. Ba'zi
oilalarda esa ota-ona va farzand o'ziga tegishli o'zaro munosabatlarning davolash
sharoitida kasallikka chalinarli holdir.
Aksariyat ota-onalar o'z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g'amxo'rlik,
mehribonlik, sabr-toqat, mehr kabi hislatlar bilan yondashish o'rniga, kuch bilan,
ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan tasir o'tkazadilar O'z nazorat bu kabi xavfsizlik
o'smirlarda agressiv xulq-atvorga zamin bo'ladi
.
Agressiyaning tomoshalarini oshirish.
nizo chiqarish, o'tkazish majbur qilish kabilarda namoyon bo'ladi. Agressiya boshqa
tirik jonzotga buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon u yetkazishni maqsad qilib
qo'ygan fe'l-atvorning har qanday shakli degan ta'rif qabul qilingan. U agressiyaga
emotsiya, motiv yoki ko'rsatma sifatida emas, balki fe'l-atvor modeli sifatida qarashni
taqozo etadi.
Bu muhim fikr ko'plab chalkashliklarni tug'diradi. "Agressiya" atamasi ko`p
holatlarda g'azab kabi hodisalar, his-tuyg'ular, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi
motivlar, hatto irqiy va etnik xurufot bilan assotsiatsiyalanadi. Agressiv xulqning
kuchayishi va namoyon bo'lishi ko'pincha ijtimoiy muhit bilan bog'liq holda yuz beradi.
Shaxsning o`ziga solish tajavuzkorlik, "autoagressiya" (bunday shaxsdagipatalogik
o'zgarishlarning ko'rsatgichi bo'lib xizmat qiladi) deb belgilanadi. O'z joniga qasd
qilish, o'ziga tan jarohati yetkazish
autoagressiya
ko'rinishidir. G'arbdagi ayrim
mafkuraviy markazlar jahondagi yosh ishlab chiqarish yo'liga kirgan mamlakatlarga
information ussullarda tazyiq o'tkazish orqali o'zining agressiv xulqini namoyon qiladi.
XULOSA
Nizoli vaziyat hal etilganda jazolanish ham tugaydi. Bundan keyin o‘smirga
qilgan xatolarini ta’kidlash aslo mumkin emas. O‘smir agressiyasini bartaraf etishning
eng maqbul usuli kattalarning o‘z-o‘zlarini boshqara olishlari, sabr-toqat bilan
o‘smirga maqbul yo‘llarni ko‘rsata bilishlariga bog‘liq. Bunday holatlarda birgalikda
biror-bir faoliyatni bajarish tavsiya etiladi. Agar o‘smir xatti-harakatlari atrofdagilar
hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirsa, u muayyan bir davr ichida
o‘zgarishlarga moyillik bildirmasa, psixiatrga murojaat etish zarur. Chunki bu
holatlarda bosh miyadagi o‘zgarishlar natijasida agressiya o‘zini-o‘zi nazorat
qilishning yo‘q olishi sindromining oqibati sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, jamiyat
uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
FOYDALANILGANADABIYOTLARRO`YXATI:
1.
Агрессия в подростковом возрасте. – Санкт-Петербург, «Питер», 2007.
2.
Бандура А., Уолтерс Р. Подростковая агрессия. Изучение влияния воспитания
и семейных отношений. / Перевод с англ. – М.: «Апрель Пресс», 2019
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
217
ISSN:3030-3613
3.
Bolalarga o`smirlarga maslaxat berishda yosh psixologik yondashuv/Ed.
G.V.Burmenskoy E. I.Zaxarova O.A.Karabova va boshqalar., ,Akademiya, 2012.-
112s
4.
Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping
their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal, 12(6), 308-311.