T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
206
ISSN:3030-3613
OʻSMIRLAR PSIXOLOGIYASI VA ULARDA SALBIY ILLATLARNI
NAMOYON BOʻLISHI
Artikova Banu Nishanovna
Navoiy viloyati Konimex tumani
3-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan salbiy xulq-atvor
ko‘rinishlari, ularning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish shart-sharoitlari, namoyon
bo‘lishinig psixologik xususiyatlari keltirilgan. O‘smir, uning o‘ziga xos psixologik
xususiyatlari, o‘smirlardagi inqirozlar, ularning atrofga nisbatan munosabatlari,
pedagogik muloqot va undagi to‘siqlar, ichki nizolar va ichki nizoning sodir bo‘lishiga,
kechishiga, zo‘rayishida o‘smirning xarakter xususiyatlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar
yuzasidan tushunchalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘smirlik , ontogeniz , deviant , xulq-atvor , xarakter , bolalar va
o‘smirlar suitsidi , o‘z-o‘ziga baho berish , mardlik , jasurlik .
KIRISH:
O`smirlarning deviant axloqi mahalliy va tibbiy adabiyotlarda yetarlicha
yoritilgan. U, qoidagidek, delikvent xulq, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni
barvaqt iste’mol qilish, jinsiy axloq deviatsiyasi, suitsidal axloq, uydan qochib ketish
va daydilik kabi shakllarni o`z ichiga oladi. Ma’lumki, balog‘at yoshi hisoblangan (12-
14 yosh davrida) o‘smirlik davrida keskin psixofiziologik o‘zgarishlar sodir bo`ladi.
Ushbu o`zgarishlar ko`pincha o‘smir ruhiyatiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bu o‘smirda
tajanglik, serzardalik, injiqlik, ta’sirlanuvchanlik holatlarining kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. O‘smir ruhiy dunyosida paydo bo‘lgan bunday o‘zgarishlar balog‘at davri
o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi.
Shuning uchun balog`at yoshi davrida ota-onalar o`smirlar tarbiyasiga alohida
e’tibor berishlari, ularda kechayotgan psixofiziologik o`zgarishlarni hisobga olishlari
maqsadga muvofiqdir. Ko`pincha oilaviy tarbiyada bolalarning yosh va
individualpsixologik xususiyatlarining inobatga olinmasligi ularning noto‘g‘ri, yomon
yo‘llarga kirib ketishlariga sabab bo‘ladi. Shu boisdan ota-onalar oilaviy tarbiyada,
farzandlari bilan bo‘ladigan shaxslarlaro munosabatlarda, ular bilan muomala qilishda
shaxs va yosh davri xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar oilaviy tarbiyaning
samarasi yuqori bo`lishligini ta’minlagan bo`lar edi.
O‘smirlardagi salbiy xulq-atvorni korreksiya qilish maqsadida umumta’lim
maktablarida turli ijtimoiy, motivatsion psixologik trening mashg'ulotlar va olib
borilsa amaliy-psixologik maslaxatlar korreksion texnikalar va salbiy hulq-atvorni
bosqichma-bosqich o‘zgartirish mumkin ya’ni, shaxsning o‘zini-o‘zi va o‘z his-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
207
ISSN:3030-3613
tuyg‘ularini anglash, o‘z shaxsini qayta baholash, hissiyotlar ustida ishlash, salbiy
xulq-atvorni anglash, shaxslararo munosabatdagi qiyinchiliklar, kognitiv jarayonlarni
rivojlantirish, barkamollikka intilish, ota-ona va pedagoglar bilan ishlash kabi
mashg‘ulotlar majmui qo‘llanildi. Ijtimoiy, motivatsion psixologik treninglar
majmuini xalq ta’lim muassasalari amaliyotiga tatbiq etilishi orqali bola shaxsining
pedagogik va psixologik jihatdan mukammal rivojlanishiga yordam beradi. Jumladan,
maktab amaliyotchi psixologining ish rejasiga kiritilgan "Ijtimoiy psixologik
muammolari mavjud bo'lgan o'quvchilarning salbiy burilish va og'ishlarining oldini
olishga qaratilgan psixologik profilaktika, "Xulqida og‘uvchanligi mavjud va
moyilligi aniqlangan o‘quvchilari bilan korreksiyalash ishlarini tashkil qilish hamda
bolalar va o‘smirlarning salbiy burilishi va og‘ishlarining oldini olishda maktab
pedagogik jamoasi va otaonalarning hamkorligini takomillashtirish, kabi vazifalarini
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘smirning aqliy faoliyatiga tevarak
atrofga munosabatining shakllanishiga ta’sir qiladi.
O‘smirlarda salbiy xulq-atvorning paydo bo‘lishi murakkab jarayon bo‘lib, u
o‘smirlarning ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va shakllanayotgan ijtimoiy
muhitida shakllanib boradi. Yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan ota-onalar,
o‘qituvchi- tarbiyachilar va jamoatchilik oldida barkamol yoshlarni tarbiyalashdek
ustuvor vazifalar turgan bir paytda ba’zi yoshlar tarbiyasida yuzaga kelayotgan
muammolar, kamchiliklar, xususan xulq-atvorida namoyon bo‘layotgan jinoyat
motivlari va unga mos xatti-harakatlarning uchrab qolayotganligi tarbiya uchun
mas’ullarni tashvishga solmoqda. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar
tarkibida, xususan o'smirlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo
munosabatlarga kirishishda empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o'zini to‘g‘ri
baholash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko‘nikmalar
shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalar
hisoblanadi. O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘. G‘oziyev, N.G‘. Kamilova, G.Q.
To‘laganova, B.M. Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o‘smirlik
davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazilgan
bo‘lib,ularda asosiy e’tibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va
o‘smirlar suitsidi, o ‘z-o‘ziga baho berish va nazorat qilish muammolariga qaratiladi.
Insonlar ontogenizida o‘smirlik balog atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar,
sezgilar va jinsiy xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan ham
xarakterlanadi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi krizis
deb nomlagan. O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida
xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy
yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta'sir ko'rsatib, bu ta'sir
bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlik davriga ko'pincha so‘zga
kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik, yig‘loqilik,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
208
ISSN:3030-3613
kabi xususiyatlar xos. O‘smirlar va bolalar psixikasining yosh davrlarida o‘ziga xos
xususiyati mavjud bo‘lib adabiyotlarda emotsional yetuk emaslik, kattalar avtoritetiga
bo‘ysunish, ishonuvchanlik, jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi va hayotiy
tajribasining yetarli darajada emasligi, boshqa insonlarni mavjud harakatlarini
oldindan ayta olish va murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to‘liq baholay olmaslik
kabi sifatlar namoyon bom‘ladi.
Bolalar kattalar singari bir maromda rivojlanmaydi, shuningdek, ijobiy va
salbiy psixologik xususityalar, nisbatan barqaror va tinch osoyishta kechadigan davrlar
mavjud. Kattalarga nisbatan xulq-atvoridagi ijobiy va salbiy munosabatning paydo
bo‘lishi, negativizm singari nohush xulq-atvor alomatlari o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan
bevosita jinsiy yetilish tufayli poydo bo'ladigan belgilar bo'lmay, balki ular bilvosita
ta'sir ko'rsatadigan o'smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali, uning
tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va
oilasidagi o'rni munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana
shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ular tashqi ta’sirlarga va xissiyotlarga juda
beriluvchan bo'ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik kabi psixologik
sifatlar ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi.
Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning shuningdek,
ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat
qiladilar. Juda ko‘p o‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib
qoladilar. O‘smirlik yoshida ko‘zga tashlanadigan eng muhim xususiyatlardan biri, bu
ularning o‘zini-o‘zi anglashga bo‘lgan e’tiborlarining kuchayishidir. Bu o‘rinda o‘smir
o‘zida mavjud bo‘lgan, endi yuzaga kelayotgan va yuzaga kelishi kutilayotgan (orzu
qilgan) xususiyatlar, sifat va fazilatlarga o‘rganadi, aynanlashtiradi, nazorat qiladi,
baholaydi va ulardan amaliy turmushida va faoliyatida foydalanib ko‘radi. O‘zidagi
mavjud imkoniyat va imkoniyatsizliklarni yaqinlari, tengdoshlari va boshqa
yoshlarniki bilan taqqoslaydi farqlar va imkoniyatlarni baholaydi. O‘smirlardagi bu
xususiyat tengdoshlari va jamoa orasida o‘z mavqeyini saqlash va barqarorlashtirish
choralarini ko‘rishni taqozo etadi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, intelektual asr talabiga javob beradigan har
tomonlama taraqqiy qilgan dunyoqarashi keng o‘smir o‘quvchi shaxsini
shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR TO’PLAMI:
1.
Asilova,
S.
X.
(2023).
O
‘QUVCHILARNI
KASB-HUNARGA
YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZIMLARI.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
209
ISSN:3030-3613
2.
Xursanov, O. (2023). TALABALARNI HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI
ASOSIDA
O‘QUV
-
MA’NAVIY
MOSLASHUVCHANLIK
IMKONIYATLARINI
OSHIRISH
TEXNOLOGIYASI
(1
-
KURS
TALABALARI MISOLIDA). Educational Research in Universal Sciences,
2(12), 264–269. Retrieved from
3.
Maxmudova Zilola. (2023). TALIM MUASSASI RAHBARLARIDA YUKSAK
AXLOQIY SIFATLARI RIVOJLANTIRISH.
International Multidisciplinary
Journal of Universal Scientific Prospectives
,
1
(2), 78–83.
4.
Toxirjon, U. (2024). PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA O'RTASIDAGI
O'ZARO TA'SIRNI O'RGANISH. Integration of Economy and Education in the
21st century, 2(2), 22-27.
5.
Toxirjon, U. (2024). BOSHLANGICH SINFLARDA O ‘QISHNI YETKAZIB
OLISHGA QIYNALAYOTGAN O ‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA
INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH.
6.
Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2), 9-13.