Mualliflar

  • Turabekova Dilfuza Asatillaeyvna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106277

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Mativatsiya inson axloq axloqiy sifatlar irodaviy sifatlar dunyoqarash ehtiyojlar qo’rquv ruhiy holat motivatsiya

Annotasiya

 
Annotatsiya: Hayotimizda biz kutmagan holda ixtiyorsiz ravishda diqqatimizni 
tortuvchi  jarayonlar  ko’p  sodir  bo’ladi.  Misol  uchun  :  Yo’lda  ketayotganingizda 
mashinaning to’satdan signal chalishi, ma’ruza paytida kimningdir telefoni jiringlashi, 
baland  ovozda  gapirayotgan  sotuvchi  yoki  noodatiy  kiyingan  kishi.  Bularning  bari 
sizda ixtiyorsiz diqqatingizni tortadi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

203

ISSN:3030-3613

IRODA VA UNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI HAMDA MAVQEI

Turabekova Dilfuza Asatillaeyvna

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani

8-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Hayotimizda biz kutmagan holda ixtiyorsiz ravishda diqqatimizni

tortuvchi jarayonlar ko’p sodir bo’ladi. Misol uchun : Yo’lda ketayotganingizda
mashinaning to’satdan signal chalishi, ma’ruza paytida kimningdir telefoni jiringlashi,
baland ovozda gapirayotgan sotuvchi yoki noodatiy kiyingan kishi. Bularning bari
sizda ixtiyorsiz diqqatingizni tortadi.

Kalit so’zlar:

Mativatsiya, inson, axloq, axloqiy sifatlar, irodaviy sifatlar,

dunyoqarash, ehtiyojlar, qo’rquv, ruhiy holat,motivatsiya

KIRISH

Har bir maqsadga yetishish yo’lida inson o’zidagi ichki va tashqi to’siqlarni

yengishi zarur. Bularni iroda sarf etmasdan yengib bo’lmaydi. Ichki kurashlarga
bizdagi yalqovlik, havvoyi nafmiz yo’lidagi behuda harakatlar, qo’rquv hisi, maqsad
yo’lidagi to’siqlarga sabr etish bularning bari ichki to’siqlardir. Bularni yengib o’tishda
bizdan katta kuch talab etiladi. Tashqi to’siqlar (suv, olov yomon ob-havo va
hokazolar) insonlar har doim o’zlari uchun moslashtirib sharoit yaratishgan. Har
qanday yangi kashfiyot yaratgan inson shu kashfiyotni yaratish davomida turli xil
qiyinchiliklarga duch keladi. Bularni yengishda iroda kuchini sarf etmoq zarur bo’ladi.
Demak, har bir buyuk kashfiyot ortida irodasi kuchli inson turgan bo’ladi. Ahir
aytishadiku; biror nimaga erishish uchun nimanidir tark etishga to’g’ri keladi deb,
mana shut ark etish jarayonida bizga iroda kuchi kerak bo’ladi. Irodamizning
mustahkam bo’lishi maqsadlarimizni to’g’ri tanlashga, uni amalga oshirish yo’lidagi
to’siqlarni yengishga yordam beradi.

Keling endi biz siz bilan maqsad tanlashning oxiri ya’ni bir qarorga kelish haqida

biroz so’z yuritamiz. Bir qarorga kelish har bir insonda har xil holatda amalga oshadi.

Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki irodasi kuchli insonlar o’z maqsa va motivlarini

anglagan holda juda tez bir qarorga kelishadi. Buni biz qat’iyat deb ataymiz. Boshqa
hollarda esa, motivlar kurashi uzoq, vaqtga cho’zilib ketadi va qaror bajarilishiga
ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qat’iyatsizlikdir.
Qat’iyatsizlik oqibatida bizda juda ham yomon odat ya’ni subutsizlik vujudga kelishi
mumkin. Shuning uchun biz qarorga kelishimizda har tamonlama mustahkam fikr
yuritib o’z motivlarimizni to’g’ri anglagan holda, irodaviy zo’r berib kelishimiz darkor.

Iroda har bir insonda turli darajadagi kuchga egadir. Biz insonlarhissiyotlarini

ta’riflaganimizda.Beqaror, subutsiz, qo’rqoq yoki dadil jasoratli sabr toqatli kabi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

204

ISSN:3030-3613

sifatlarni ishlatamiz. Beqarorlik, subutsizlik, qo’rqoqlik kabi sifatlar irodasi sust
insonlarga nisbatan ishlatiladi. Irodamizning qay darajada ekanligini axloqiy
sifatlarimiz ham xattoki namouon qiladi. Irodasi sust insonlarning axloqiy jihatida
(o’zini boshqara olmasdan ko’rko’rona harakat qilish kabi holatlar kuzatiladi.
O’g’rilik, narkamanlik, firibgarlik bularning bari inson o’zini iroda qilaolmasligidan
kelib chiqadi desaak xató bo’lmaydi. Sigaret yoki ichkiliklarni tashlay olmaslik ham
irodasi sust ekanidan dalolat beradi.Irodasi kuchli inson deyarli bunday holatlarga duch
kelmaydi, yoki bularni vaqtida to’xtata oladi.Irodasiga zo’r berib o’zini o’nglay
oladi.Irodasi kuchli inson mardlik jasurlik qorquvni yengib oldinga harakat qilish
hislatlari boladi.

“Inson dunyoga kelibdiki, kurashib yashaydi. Hayotimiz davomida turli xil

sinovlarga duch kelamiz.” Bularni yengish uchun bizda sabr toqat matonat bo’lishi
zarur. Men o’z maqolamni mavzusini tanlashda Hayotimizda eng zarur bo’lgan iroda
kuchi mavzusini tanladim.Iroda haqida so’z ketar ekan Elchin safarlining quyidagi
jumlasi yodga tushdi. “Hayotimizda turli sinovlardan iborat. Ba’zan yiqilsak tubsiz
jarga tushadigandek. Qo’rqmang!!! Oldinga yuravering, sinovlar bizni barbod qilish
uchun emas saboq olib yuksalishimiz uchun beriladi.

Hayotimizda biz kutmagan holda ixtiyorsiz ravishda diqqatimizni tortuvchi

jarayonlar ko’p sodir bo’ladi. Misol uchun : Yo’lda ketayotganingizda mashinaning
to’satdan signal chalishi, ma’ruza paytida kimningdir telefoni jiringlashi, baland
ovozda gapirayotgan sotuvchi yoki noodatiy kiyingan kishi. Bularning bari sizda
ixtiyorsiz diqqatingizni tortadi. Endi biz o’zimiz zo’r berib ixtiyoriy ravishda
diqqatimizni qaratadigan holatlar ham bo’ladi. Ma’ruzani tinglab o’tirish,
topshiriqlarni bajarishingiz, biror bir mashg’ulot yoki aqliy faoliyat bilan
shug’ullanishingiz sizda irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Fikrimiz avvalida Iroda
haqida tushunchaga ega bo’lib olsak. Iroda bu oldindan qo’yilgan maqsadga erishish
vositalarini aniqlab, ularni bajarishda ongli ravishda zo’r berishga aytiladi.

Har bir irodaviy jarayon ma’lum bir maqsad asosida amalga oshiriladi. Shuning

uchun biz irodaviy jarayonlarning boshlanishi sifatida maqsad qo’yishni olamiz.
Maqsad deganda biz odam nima qilish kerakligini, nimaga erishish kerakligini va
qanday qiyinchiliklarni yengishi lozimligini anglashini tushunamiz. Bu maqsadlarni
biz aniqlashda biologik va ruhiy ehtiyojlar asosida amalga oshiramiz. Har bir ehtiyojni
qondirish uchun intilish paydo bo’ladi.

Ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda sodir bo’ladigan holatlarda turli farqlar bo’ladi.

Ixtiyoriy harakatlarimizning harakterli tomoni ularda motivlar asosida amalga
oshiriladi. Motiv bu insonlarni maqsadi tomon harakatga keltiruvchi kuchdir. Bu
motivlar nimaga shu maqsadni qo’ygani, nega aynan shu maqsadni va shu yo’lni
tanlaganiga javob bo’ladi. Motivlar hissiyotlarimiz va aqlimiz orasida doima kurashda
bo’ladi. Bulardan ko’proq hissiyotlarimiz shaxs faolligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

205

ISSN:3030-3613

ko’rsatishi mumkin. Bu vaziyatda biz irodaviy zo’r berishga majbur bo’lamiz
shundagina ko’zlangan maqsadga yetish mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,biz Irodaga ta’rif berar ekanmiz bir so’z bilan aytsak,

Iroda bu shunchaki istaklarni amalga oshirish uchun kerakli xususiyat emas, balki ham
uni bajarib, vaqti kelgansa uni to’xtatib, kerakli vaqtdan undan voz kechish hamdir.
So’zimizni yakunlar ekanmiz biz yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa
qilamiz. Har bir shaxs o’zi xohlagan narsalarga, o’zi xohlagan hayotga yetishi uchun
harakat qilmog’i iroda kuchini sarf etmog’i lozim. Iroda sifatlarini shakllantirishi
darkor. Irodangizni mustahkam qilshga harakat qiling, o’zingizni qiziqqan xatto
qiziqmagan mashg’ulotlar bilan ham shug’ullanib o’z ustingizda ishlashga harakat
qiling shundagina o’zingiz xohlagan marraga yetishingiz mumkin.

Irodangizni mustahkam qiling, sizning muvaffaqiyatlarga erishishingiz yoki

imkoniyatlaringizni yoq qilishingiz o’zingizga bog’liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Zarifboy Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi 2019

2.

A.Yuldashev. Tabiatning o’zi tabib 2015-yil

3.

Valeriy Sinelnikov. “Dardingni sev” (ong osti sirlari): Navro’z nashriyoti 2019

4.

Azimaxon Kamolova “Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini
manbalarining o’rganishning o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari”. "Science and
Education" Scientific Journal / December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar

5.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Zarifboy Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi 2019

A.Yuldashev. Tabiatning o’zi tabib 2015-yil

Valeriy Sinelnikov. “Dardingni sev” (ong osti sirlari): Navro’z nashriyoti 2019

Azimaxon Kamolova “Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini

manbalarining o’rganishning o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari”. "Science and

Education" Scientific Journal / December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar

Internet materiallari