Mualliflar

  • Mardiyev Nodirbek Orifjonivich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106279

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlari: biotsenoz deflyasiya eroziya agromeliorativ

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Tuproqning  sho’rlanishiga olib keluvchi omillar, 
unumdorligi va samaradorligini oshirish ishlari va biotsenozi batafsil yoritilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

83

ISSN:3030-3613

KIMYOVIY MODDALARNING TUPROQ BIOTSENOZIGA TA’SIRINI

O’RGANISH VA OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARINI YARATISH

Mardiyev Nodirbek Orifjonivich

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya va qo’shimcha tabiiy fanlar kafedrasi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Tuproqning sho’rlanishiga olib keluvchi omillar,

unumdorligi va samaradorligini oshirish ishlari va biotsenozi batafsil yoritilgan.

Kalit so’zlari:

biotsenoz, deflyasiya, eroziya, agromeliorativ


Tuproq — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida

oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil
topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan
tog’ jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir. Tuproqni
oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish
usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi.
Tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot
olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik
faoliyati.Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida mineral tog‘ jinslarining
yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar
katta rol o‘ynaydi. Evolutsiya jarayonida tirik organizmlar paydo bo‘lgach, ularning
faoliyati natijasida tuproq hosil bo‘lgan. Tuproqning hosil bo‘lish jarayoni o‘simliklar,
hayvonlar, mikroorganizmlarning o‘zaro uzviy va murakkab munosabatlari natijasi
sanaladi. Yashil o‘simliklar tuproqni yangi organik birikmalar bilan boyitib boradi.
Natijada tog‘ jinslari o‘zgaradi. Yer yuziga yetib kelayotgan quyosh nurlari tuproq
hosil bo‘lish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi omildir.

Tuproqqa ekologik omillarning ta’siri natijasida tuproqning sho’rlanishi,

yemirilishi, botqoqlashish yoki cho’llanishi mumkin. Tuproq degradatsiyasi natijasida
dunyo bo,yicha 7mln.ga dan ortiq haydaladigan yerlar foydalanishdan chiqmoqda.
Tuproq sho’rlanishining asosiy sabablar quyidagilardan iborat:

1.Sug’oriladigan maydonlarning ikkilamchi sho’rlanishi;
2.O’simliklarning unumdorligi ta’minlash maqsadida ularga ortiqcha miqdorda

mineral o’g’itlarning solishidir. Xususan, O’zbekistonda g’o’zachilikni rivojlantirish
maqsadida 2 million gektar yer o’zlashtirildi. Natijada gidromeliorativ tizimning
noto’g’ri tashkil etilishi va g’o’za monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga
olib keldi.

3.Sun’iy yaratilgan ekosistemada asosan bir xil tuzga chidamli o’simliklarni

ekish, ularning vegetatsiya davri tugagach, uning qoldiqlari chirishi natijasida ularning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

84

ISSN:3030-3613

tarkibidagi tuz yana tuproqning unumdor yuza qatlamiga yig’iladi. Tuproqlaming
sho‘rlanishi sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.
O’zbekistonda sug‘oriladigan dehqonchilik o‘tgan asrning 1955-1990-yillarda jadal
rivojlandi. Shu davr mobaynida 2 million gektardan ortiq yangi yerlar o‘zlashtirildi.
Bunda unumdor yerlar bilan bir qatorda sho‘rlangan va qiyin o‘zlashtiriladigan yerlar
ham o‘zlashtirildi. Bu davrda gidromeliorativ tizimlarda noto‘g‘ri foydalanilganligi,
meliorativ tadbirlaming sifatsiz o‘tkazilishi hisobiga sug‘oriladigan yerlaming deyarli
yarmining meliorativ holati yomonlashgan. Bugungi kunga kelib Qashqadaryo,
Sirdaryo, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpoqg’iston Respublikasida sho’rlangan yerlar
maydoni ortib bormoqda. (‘’ Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ‘’ 135 – bet ; )

Tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri eroziyadir.

Respublikamizdagi sug’orma yerlarning 700 ming gektarida irrigatsion eroziya
kuzatilmoqda. Buning kelib chiqichiga asosiy sabab noto’g’ri sug’orishdir. Natijada
paxta va g’alla ekinlarning hosildorligi 10%dan 60% gacha kamaymoqda. Bunday
eroziya asasan Farg’ona vodiysi, Toshkent , Samarqand, Qashqadaryoda kuzatiladi.(
Y. D. Xolov. ’’Tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish’’ maqola 5-
beti ‘’ )

Irrigatsion eroziya muammosini oldini olish uchun sug’orish tizimida yangi

texnologiyalarni qo’llash,asosan tomchilab sug’orishni joriy qilish zarur. Shu bilan
birga o’simlikka kerak buladigan kunlik suv miqdori boshqariladi va suv tejab qolinadi.

Tuproqning ekologik muammolaridan yana biri uning biotsenozi xilma-

xilligining kamayishidir. Tuproqda yashovchi organizmlar tuproqning asosiy
biomassasini hosil qiladi. Ular tuproqning strukturasini ta’minlab, unda gazlar va suv
almashinuvi, tuproq hosil bo’lishini va unumdorligini ta’minlaydi. Tuproqda
yashovchi organizmlarning kamayishi tuproqning buzilishiga olib keladi. Insonning
xo’jalik faoliyati, o’simlik zararkunandalariga qarshi tur xil pestitsid va gerbitsidlardan
foylanish biosferaning muhim tarkibiy qismi bo’lgan tuproq organizmlarini yoppasiga
nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Buning uchun tuproq zararkunandalariga qarshi
biologik va texnik kurashdan foylanish zarur.

Bugungi kunda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining

ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari
buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini
joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat
organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy
javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror
rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida
huquqiy harakatlar rejasi ishlab chiqilgan.

Mahalliy o’g’it deganda faqatgina go’ngni nazarga tutamiz , balki eski

devorlar,ariq va kanallardagi loyqalar, o’simlikning yonishidan hosil bo’lgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

85

ISSN:3030-3613

kul,o’simliklarning qoldiqlaridan ham foydalanishimiz lozim.Bu chiqindilardan
asosan minerallarga boy o’g’it tayyorlash mumkin. Buning uchun uzunligi 1m, eni 1m
va chuqurligi 1m bo’lgan chuqurlik qaziladi.Unga 1-1,3 tonna go’ng, ariq yoki kanal
loyqa tuprog’i , kul va boshqa chiqindilar (o’simlik qoldiqlari) 30 kg fosfor
solinadi.Bunda fosfor jarayonni tezlashtirish va tuproqqa solinganda teng taqsimlanishi
ta’minlanadi.Natijada 1senteneriga 5-10 kg azot ,4-6kg fosfor, 5-6 kg kaliyli
aralashma hosil bo’ladi. Bu usulning afzallik ta’rafi shundagi sifatli, begona o’t
urug’lari chirigan,o’simlik uchun kerak bo’ladigan mikroelementlar to’liq saqlanib
qolinadi va mineral o’g’itlarning tuproqdagi konsentratsiyasi bir xil bo’ladi.

Tuproq unumdorligini oshirish mineral o’g’itlardan voz kechishga olib keladimi?

Jahon qishloq xo’jaligi amaliyoti bunga “yo’q” deb javob beradi. Chunki rivojlangan
mamlakatlarda tuproq unumdorligini oshirish madaniy o’g’itlar samaradorligini
yanada ko’tarishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mamlakat uchun hal etish
muammo bo’lib, turgan boshoqli don, paxta umuman barcha ekin turlari bo’yicha
hosildorlik juda past bo’lsa bu ko’rsatkich (boshoqli don) Germaniyada 52,5,
Fransiyada 50, Chexoslovakiyada 47,6, AQShda 44,3. Vengriyada 43,7 sentnerni
tashkil etadi. Sholi Yaponiyada 65, Vengriyada makkajo’xori 61,1 sentnerni tashkil
etmoqda. Mineral o’g’itlar qo’llashga kelganda Gollandiyada ekin maydonlarining har
gektariga 950 kg, Yaponiyada 890 kg, Daniyada 820 kg miqdordaa sof holatdagi azot,
fosfor va kaliy to’g’ri kelgan bo’lsa bu ko’rsatkich bizning mamlakatimizda 400 kg.ni
tashkil etmoqda. ( A.A. Pardayev ’’TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA
EKINLAR HOSILDORLIGI ‘’ maqola 6-8 beti )

Yuqoridagi muammolarni qisman bartaraf qilish uchun:

mahalliy o’g’itdan foydalanish,

biogumus tayyorlash,

mineral o’g’itlardan yitarlicha va to’g’ri foydalanishni ta’nimlash zarur.

Irrigatsion eroziya muammosini oldini olish uchun sug’orish tizimida yangi

texnologiyalarni qo’llash,asosan tomchilab sug’orishni joriy qilish zarur. Shu bilan
birga o’simlikka kerak buladigan kunlik suv miqdori boshqariladi va suv tejab qolinadi.

Tomchilab sug’orish texnologiyasini qo’llash orqali :

o’simlikka kerakli o’g’it aralashmasini o’ziga , foydalanib biladigan

darajada yetkazib berish kerak.

har bir o’simlikka tomchilab sug’orishda uning vegetatsiya davri ma’lum

bosqichi uchun zarur o’g’itlar aralashmasini berish.

mineral o’g’itdan o’simlik yetarlicha foydaladi.

tuproqning kimyoviy turg’unligi saqlanadi.

O’g’it sarfi muammosi oldi olinadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

86

ISSN:3030-3613

Shuningdek, almashlab ekishni yo’lga qo’yish ,tomchilatib sug’orish tuproq

ekologiyasi asrab qolish uchun asos bo’ladi.Tuproq sho’rlanishini oldini olish uchun
kam va kerakli miqdorda mineral o’g’itlardan foydalanish, asosan organik o’g’itlar
foydalanish kerak. Tuproqdagi organizmlar tuproqning ekologiyasini belgilab
beruvchi omil hisoblanadi. Tuproq bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. S.S.BURIYEV,D.A.MAXKAMOVA,V.X.SHERIMBETOV ‘’EKOLOGIYA VA

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI’’ Toshkent 2019

2. Y. D. Xolov. ’’Tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish’’ maqola
3. A.A. Pardayev ’’TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA EKINLAR

HOSILDORLIGI’’

Bibliografik manbalar

S.S.BURIYEV,D.A.MAXKAMOVA,V.X.SHERIMBETOV ‘’EKOLOGIYA VA

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI’’ Toshkent 2019

Y. D. Xolov. ’’Tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish’’ maqola

A.A. Pardayev ’’TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA EKINLAR

HOSILDORLIGI’’