T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
79
ISSN:3030-3613
AVTOMOBIL YO’LLARIDA QO’LLANILADIGAN YO'NALISH
TANLAMAS SHAMOL GENERATORLARI
O
.A.Shodiyev; D.R. Saidov; H.R. Lapasov.
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yo‘nalish tanlamas shamol generatorlarining
tuzilishi, ishlash prinsipi, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari yoritilgan. Vertikal o‘qli
rotorlar asosida ishlovchi bu generatorlar shamol yo‘nalishidan qat’i nazar energiya
ishlab chiqara oladi va ayniqsa shahar, tog‘li hududlar hamda yo‘l infratuzilmalari
bo‘yida foydalanish uchun mosdir. Muqobil energiya manbalari rivojlanayotgan
bugungi kunda, yo‘nalish tanlamas generatorlar ekologik toza va energiya tejamkor
yechim sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Annotation:
This article explores the structure, operation principle, advantages,
and application areas of omnidirectional wind generators. Based on vertical-axis rotors,
these generators can harness wind energy regardless of its direction, making them
suitable for urban, mountainous, and roadside environments. In the context of growing
demand for renewable energy, omnidirectional wind generators offer an eco-friendly
and energy-efficient solution, contributing to sustainable energy systems.
Kirish.
Bugungi kunda insoniyatning kundan kunga oshib borayotgan
cheklanmagan ehtiyojlarini cheklangan resurslar asosida qanoatlantirish eng dolzarb
muammolardan bo’lib turibdi. Aholi sonining ortishi -ishlab chiqarish hajmining
ortishiga, bu esa o’z navbatida energiya resurslariga bo’lgan ehtiyojning katta
bo’lishiga olib keladi. Ushbu ehtiyojni qondirishda muqobil energiya manbalari,
quyosh, shamol va kichik oqimli suv energiyalaridan unumli foydalanish eng maqbul
yechim bo’la oladi. Ushbu energiya manbalari orasida suniy holsil qilingan shamol
energiyasini elektr energiyasiga aylantirish orqali foydali ish bajarish usuli ham
energiyaga bo’lgan ehtiyojni qisman qanoatlantirish imkonini beradi.Qayta tiklanuvchi
energiya manbalarining rivojlanishi zamonaviy energetika sohasida dolzarb
yo'nalishlardan biridir. Shamol energiyasi bu borada muhim rol o'ynaydi. An'anaviy
shamol turbinalari, odatda, shamol yo'nalishiga qarab burilishga muhtoj bo'lsa,
yo'nalish tanlamas shamol generatorlari bunday cheklovlarsiz ishlaydi. Ushbu
referatda yo'nalish tanlamas shamol generatorlarining tuzilishi, afzalliklari,
kamchiliklari va qo'llanish sohalari ko'rib chiqiladi.
Asosiy qism. Yo'nalish tanlamas shamol generatorlari shamol oqimining istalgan
yo'nalishidan energiya olish imkonini beruvchi qurilmalardir. Ularning asosiy afzalligi
- har qanday yo'nalishda esayotgan shamoldan samarali foydalanish imkoniyatidir. Bu
generatorlar ko'pincha vertikal o'qli rotorlar asosida quriladi. Mashhur turlari Savonius
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
80
ISSN:3030-3613
va Darrieus rotorlaridir. Vertikal o’qli shamol parraklari valiga o’zgarmas tok
generatorlarini ulash orqali hosil qilingan elektr energiyasini akkumlyator
batareyalariga jamlash hamda o’zgartirgich qurilmalari yordamida elektr tarmog’iga
uzatish mumkin. Ushbu energiyadan avtomobil yo’llariga yaqin joylashgan aholi
hamda maishiy hizmat ko’rsatish obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash
imkoniyati mavjud bo’ladi
Vertikal o'qli rotorlar shamolni qaysi tomondan kelishidan qat'i nazar aylanadi,
shuning uchun ular yo'nalish sensori va burilish mexanizmlariga ehtiyoj sezmaydi.
Rotor harakati generator orqali elektr energiyasiga aylantiriladi.
Ushbu qurilmaning afzalliklari
Soddalashtirilgan konstruktsiya: Yo'nalish aniqlovchi tizimlar va buriluvchi
minoralarga ehtiyoj qolmaydi.
Beqaror shamol sharoitlarida samarali ishlash: Shahar sharoitida yoki tog'li
hududlarda shamol tez-tez o'zgaradi, bu esa yo'nalish tanlamas generatorlar uchun
afzallik yaratadi.
Past tezlikdagi shamolda ham ishlash: Bu ularni turli mintaqalarda keng qo'llash
imkonini beradi.
Kamchiliklari sifatida, Umuman olganda, ularning foydali ish koeffitsienti
gorizontal o'qli turbinalarga nisbatan pastroq lekin kichik quvvatli tizimlarda katta
samara beradi.Katta energiya talab qilinadigan sanoat loyihalarida kamroq qo'llaniladi.
Qo'llanish sohalari, yo'nalish tanlamas shamol generatorlari asosan quyidagi
sohalarda qo'llaniladi:
Avtonom elektr ta'minot tizimlari;
Shahar va qishloq hududlaridagi kichik elektr energiya tizimlari;
Ko'chalar, parklar va monitoring stansiyalarini quvvatlantirish;
Shamol va quyosh energiyasini birgalikda ishlatadigan gibrid tizimlar.
Texnologiyaning rivojlanishi natijasida yo'nalish tanlamas shamol generatorlari
samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. Zamonaviy aerodinamik
shakllar va materiallardan foydalanish, rotor dizaynlarini optimallashtirish va gibrid
tizimlar yaratish orqali ularning imkoniyatlari tobora ortib bormoqda.
1-rasm. Vertikal o’qli shamol generatorlarining mavjud konstruksiyalari.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
81
ISSN:3030-3613
Bugungi kunda dunyo miqyosida energiya tanqisligi, ekologik muammolar va
energiya narxlarining ortishi fonida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan
ehtiyoj keskin oshib bormoqda. Aholi sonining ko‘payishi, urbanizatsiya jarayonlari
va infratuzilmaning kengayishi energiyaga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirmoqda.
Ayniqsa, yo‘l infratuzilmalari bilan bog‘liq energiya xarajatlari (masalan, yo‘l
yoritgichlari, videokuzatuv kameralar, axborot panellari) yil sayin oshib bormoqda.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, avtomobil yo‘llarida harakatlanuvchi transport
vositalarining oqibatida yuzaga keladigan havo oqimidan foydalanib, elektr energiyasi
ishlab chiqarish dolzarb texnologik yechim sifatida namoyon bo‘lmoqda. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har kuni katta yo‘llar orqali o‘rtacha 4 000 dan 8
000 tagacha transport vositasi harakatlanadi. Har bir mashina o‘z harakati natijasida
atrofdagi havoni o‘rtacha 3–5 m/s tezlikda harakatlantiradi.
Vertikal o‘qli shamol generatorlari har qanday yo‘nalishdagi shamol oqimidan
foydalana olishi sababli, yo‘l bo‘yi hududlariga o‘rnatishga juda mos keladi. Ushbu
generatorlar past tezlikdagi, ammo barqaror shamol harakati mavjud bo‘lgan joylarda
ham elektr energiyasi ishlab chiqara oladi.
Xulosa Yo'nalish tanlamas shamol generatorlari shamol energiyasidan
foydalanishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ular ayniqsa shamol tezligi va
yo'nalishi beqaror bo'lgan hududlar uchun juda qulay hisoblanadi. Kelajakda bu
texnologiyaning rivojlanishi ekologik toza va barqaror energiya tizimlarini kengroq
tatbiq etishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yo’lchi Yusupovich Shoyimov, Komila Norqobil qizi Qudratova, & Oqiljon
Abdurashit o’g’li Shodiyev. (2023). KONVEYER QURILMASIDAGI TEZLIKNI
ROSTLOVCHI RELE.
Journal of New Century Innovations
,
41
(2), 45–51.
Retrieved from https://newjournal.org/index.php/new/article/view/9650
2.
.Oqiljon Abdurashit O’G’Li Shodiyev, Erali Nurali O’G’Li Abdukarimov, Iroda
Abdulhakim Qizi Usmanaliyeva KARIYER EKSKAVATORI ELEKTR
YURITGICHI
TIZIMLARINI
MODERNIZATSIYA
QILISHNING
SAMARADORLILIGI // Academic research in educational sciences. 2021. №6.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/kariyer-ekskavatori-elektr-yuritgichi-
tizimlarini-modernizatsiya-qilishning-samaradorliligi.
3.
Jasur Tashpulatovich Uralov, Oqiljon Abdurshit o’g’li Shodiyev, & Komila
Norqobil qizi Qudratova. (2024). O’ZGARMAS TOK MOTORLARINING
TEZLIK ROSTLASH USULLARI TAHLILI . Journal of New Century
Innovations,
43(2),
39–41.
Retrieved
from
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
82
ISSN:3030-3613
4.
Shodiyev , O. A., Yuldashev , E. U., Yuldasheva, M. A., & Jalolov , I. S. (2022).
KONVEYER TRANSPORTINI ELEKTR YURITMASINI TESKARI ALOQALI
DATCHIKLARI VOSITASIDA BOSHQARISH. Academic Research in
Educational Sciences, 3(10), 660–664. https://doi.org/
5.
Oqiljon Abdurashit o’g’li Shodiyev, Mohinur Abduhakim qizi Yuldasheva,
Shoxrux Baxriddin o’g’li Xudayberdiyev, & Komila Norqobil qizi Qudratova.
(2024). O’ZGARUVCHAN TOK DVIGATELLARINING TEZLIK ROSTLASH
USULLARINING TAHLILI .
Journal of New Century Innovations
,
43
(2), 35–38.
Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/10477
6.
Oqiljon Abdurashit O’G’Li Shodiyev, Elmurod Umaraliyevich Yuldashev,
Jasurbek Tashpulatovich Uralov, Abbos Bahodir Ogli Nomonov KONVEYER
TRANSPORTINING
ENERGIYA
SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
USULLARI VA TEXNIK YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH // Academic
research
in
educational
sciences.
2023.
№2.
URL:
7.
Shodiyev Oqiljon Abdurashit o’gli, FILTR KOMPENSATSIYALOVCHI
QURILMA (ФКУ) // YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR
JURNALI
Vol.
1
No.
3
(2024)
https://phoenixpublication.net/index.php/TTVAL/article/view/59
8.
qizi Qudratova K. N. et al. ZAMONAVIY SHAMOL GENERATORLARIDAN
FOYDALANISHNING
SAMARADORLIGI
//Journal
of
new
century
innovations. – 2023. – Т. 25. – №. 1. – С. 16-19.