Mualliflar

  • Shoimova Muqaddas Xoshimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106285

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: agressivlik agressiya qo‘pollik qo‘rslik jizzakilik serjahillik xulq-atvor ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar

Annotasiya

Annotatsiya. Tajovuzkorlik-psixolog uchun ko’p hollarda tadqiqot va izlanish 
ob’ekti  bo’lib  xizmat  qiladigan  ruhiy  fazilatlardir.  Tajovuzkorlik  turlicha  talqin 
qilinadi.  Ko’pincha  tajovuzkorlik  haqida  huquqiy  jihatdan  xavfli,  jinoiy  xulq-atvor 
sifatida gapiriladi: uni balog‘atga yetmagan shaxsning impulsiv (boshqarilmaydigan) 
harakati, shuningdek hissiy jihatdan beqaror o’ziga xos xulq-atvor sifatida baholanadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

61

ISSN:3030-3613

BOLALARDA TAJOVUZKORLIK HOLATLARINI KUZATILISHI HAMDA

BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Shoimova Muqaddas Xoshimovna

Koson tumani MMTBga qarashli 9-umumta’lim maktabi

amaliyotchi psixologi

Annotatsiya.

Tajovuzkorlik-psixolog uchun ko’p hollarda tadqiqot va izlanish

ob’ekti bo’lib xizmat qiladigan ruhiy fazilatlardir. Tajovuzkorlik turlicha talqin
qilinadi. Ko’pincha tajovuzkorlik haqida huquqiy jihatdan xavfli, jinoiy xulq-atvor
sifatida gapiriladi: uni balog‘atga yetmagan shaxsning impulsiv (boshqarilmaydigan)
harakati, shuningdek hissiy jihatdan beqaror o’ziga xos xulq-atvor sifatida baholanadi.

Kalit so‘zlar:

agressivlik, agressiya, qo‘pollik, qo‘rslik, jizzakilik, serjahillik,

xulq-atvor,ruhiy holat, tushkunlik,psixik jarayonlar

KIRISH

Ma’lumki, o’smirlarda xulq-atvorning o’zgarishi tajovuzkorlik xususiyatlarida

yaqqol namoyon bo’ladi.Tarbiyasi og'ir bolalar muammosi azaldan eng global
muommolardan biri bo’lib kelgan. Bu muammoning yuzaga kelish sabablarini chuqur
tahlil qilar ekanmiz,quyidagi ikkita sababga e'tibor qaratishimiz lozim:

1)Tug‘ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligini bilish.
2)U qanday ijtimoiy muhitda tug‘ilib voyaga yetib, ulg‘ayotganligini

anglash.

Inson shaxs sifatida shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarga bog‘liq ekan.

Demak, bolalar xulq-atvorining salbiy tomonga og‘ishi ham bevosita yuqoridagi ikki
omilning o’ziga xos o’rni bor. Bolaning xulq-atvori ko’pincha o’z oldiga qo’ygan
maqsadlari, qiziqishlari, ideallari va e’tiqodining majmuida yaqqol namoyon bo’ladi.
Xulq-atvordagi o’zgarishlar yosh krizislari bilan bog‘liq yuz berishi tabiiy. Biroq
N.P.Dubinin, V.P.Efroimson, N.S.Kanstonistov, B.F.Sergeev va boshqa
genetiklarning bildirishicha, shaxsning genetik xususiyatlari, undagi ba’zi tug‘ma
kasalliklar va xususiyatlar ham shaxs xulq-atvorining shakllanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir etilishini e’tirof etganlar. O’smirlar hayotida deviantlikning bir turi
zo’ravonlikka xos xulq-atvor shakllari tez-tez uchrab turadi.Ularga nisbatan odatda
«urishqoqlik», «g’azablanish», «tegajonlik», «shafqatsizlik” tushunchalari ishlatiladi.
Tajovuzkorlik tushunchasi «yomon niyatli faollik» ma'nosida qo’llanadi. Ammo
destruktiv xulq-atvorning o’zi «yomon niyat»ga ega bo’lmaydi, uni «yomon niyatli»
qiladigan narsa - faoliyat motivi, ya'ni faoliyat nima uchun, qanday maqsadlarda
amalga oshirilayotganidadir. Tashqi amaliy harakatlar juda o’xshash bo’lishi, ammo
mutlaqo boshqa-boshqa motivlar sababli ro’y berishi mumkin.Shu nuqtai nazardan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

62

ISSN:3030-3613

tajovuzkorlikning ikki asosiy tipini ajratish mumkin: birinchi - motivatsion tajovuz
bunda tajovuzkor harakatlarni amalga oshirishning o’zi ahamiyatli bo’ladi, ikkinchi
instrumental tajovuz (bunda tajovuzkor harakatlar biror maqsadga erishish vositasi
sifatida ahamiyatli bo’ladi). Shaxsga xos destruktiv mayllar motivatsion tajovuzda
namoyon bo’lgani tufayli amaliy psixologlarni aynan shu tipdagi tajovuzkor xulq-
atvor qiziqtirishi kerak. Destruktiv mayllar darajasini tashhislab, ochiq motivatsion
tajovuzning ro’yobga chiqishini bashorat qilish mumkin bo’ladi. Bunday imkoniyatni
yaratuvchi tashhis vositalaridan biri BassDarki so’rovnomasidir. Bass-Darki
metodikasi sinaluvchi motivatsion sohasining xususiyatlari va bu insonga xos
tajovuzkor xulq-atvor shakllarini aniqlash imkoniyatini beradi. A.Bass va A.Darki
tajovuzkorlik va adovat mazmuniga ega reaktsiyalarning bir necha shaklarini ajratib
ko’rsatishadi.Biz ham o’smirlarda deviant xulq bilan tajovuzkorlik o’rtasidagi
bog`liqlikni o’rganish maqsadida tadqiqotlarimizda A.Bass-A.Darkining tajovuzni
o’rganishga bag`ishlangan metodikasidan foydalandik, chunki bu metodika psixologik
tadqiqotlarda, tashhis amaliyotida eng ko’p ishlatiladigan klassik metodikalar sirasiga
kiradi va o’smirlar tajovuzi bo’yicha to’la ma`lumot bera oladi. A.Bass-

A.Darki metodikasi xorijiy va mahalliy psixologlar tomonidan shaxsdagi

emotsional jihatlarni, ya`ni, tajovuzkorlikni, salbiy hissiyotlarni diagnostika qilish
uchun keng qo’llanilgan. Mazkur metodika 75 ta mulohazadan iborat bo’lib,
tekshiriluvchilarning javoblari maxsus kalit yordamida ishlab chiqiladi va kalitga
asosan sakkizta ko’rsatkich bo’yicha ma`lumotlar olinadi. Bu ko’rsatkichlar

quyidagilardan iborat:
1.

Jismoniy tajovuz – boshqa bir shaxsga nisbatan jismoniy harakatlar

qilish.

2.

Bilvosita tajovuz –boshqa odamga bilvosita yo’naltirilgan yoki hech

kimga yo’naltirilmagan tajovuz.

3.

Tajanglik – arzimagan bahona yoki sabab bilan ham salbiy –hissiyotlarini

ko’rsatish (qo’pollik, tez jahl chiqishi).

4.

Negativizm –mavjud qonun-qoidalarga shunchaki qarshi chiqishdan

tortib,ular bilan kurashishgacha bo’lgan reaksiyalar.

5.Xafagarchilik– boshqalardan ularning xaqiqiy yoki xayoliy xarakatlari sababli

nafratlanish va ularga xasad qilish.

6.

Shubhalanuvchanlik– extiyotkorlik va boshqalarga ishonchsizlikdan

tortib boshqalarning yomon niyatda ekanligiga qattiq ishonish.

7.

Verbal tajovuz – negativ hissiyotlarini so’z yordamida ifodalash

(baqirish, janjallashish, tahdid qilish, so’kish, qarg`ash).

8.

Aybdorlik hissi – sub`ektning o’zini yomon inson deb o’ylashi,

atrofidagilarga zarar keltirishi haqidagi o’y-fikrlari hamda vijdon azobidan qiynalishi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

63

ISSN:3030-3613

Voyaga yetmagan deviant xulqli o’smirlar bilan olib borilgan diagnostik tadqiqot

davomida qiyoslash, kuzatish, suhbat, anketa va testlardan foydalanildi.

Ushbu metodlar to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tamiz. Deviant xulqni tashxis

etishda qiyoslash metodidan o’smirlik yoshdagi bolalarning bilish jarayonlari, shaxs
xususiyatlari, bilimlarni o’zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish
dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o’ziga xosligi kabilarni o’rganishda qo’llanildi.
Bundan tashqari, tajribada olingan ma`lumotlarning ishonchliligini oshirishda ham
qiyoslash metodi qo’llanildi. Shuningdek tadqiqotimiz davomida deviant xulq-atvorga
moyil sinaluvchilarni psixologik xususiyatlarini aniqlash davomida kuzatish
metodidan ham keng foydalanildi

.

Bu metodning ob`ektiv

(tashqi) va sub`ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi

o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

1)

kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;

2)

kuzatiladigan ob`ekt tanlanadi;

3)

sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi;

4)

tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;

5)

kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi;

6)

kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish,mehnat, sportda)

amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;

7)

kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi;

8)

kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari,

kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.

Kuzatish metodi orqali o'smir yoshidagi bolalarning indvidual, his-tuyg’ulari,

nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari,
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o’rganildi. Ammo o’ta murakkab
ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va
aqlzakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.

Masalan, O’quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatning xususiyati,

tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta`sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur`ati,
emotsional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma`lumotlar to’plashga imkoniyati
tug’iladi. O’smirlar xulqidagi turli xil xulq o’g’ishlari aniqlanadi.

Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi,

hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma`lumot
beradi.Shu o'rinda o'smirlarni qiynayotgan muammolarni o'rganish maqdsadida
suhbat metodidan foydalanildi

.

Bu metod inson psixikasini o’rganishda qo'llaniladi.

Suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob`ekti va sub`ekti tanlanadi,

mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan

o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy borliq savol-javob tartibi
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

64

ISSN:3030-3613

qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali o’smir
yoshdagi bolalarni tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim
saviyasi, e`tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma`lumotlar olish mumkin. Suhbat
chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi. Tadqiqotimiz davomida
qo'llanilgan metodlardan yana biri bu- test metodi. Test-inglizcha so’z bo’lib, sinash,
tekshirish, demakdir. Shaxsningaqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va
boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llanadigan qisqa standart masala,
topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni
egallash mumkinligini, kasbgayaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste`dodlilar va aqli
zaiflarni aniqlashda,kishilarni saralashda keng qo’llanadi. Test metodining qimmati
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan
psixologik ma`lumotlarning ob`ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishgabog’liqdir.
1905 yildan, ya`ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A.Simon insonning
aqliy o’sish va iste`dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a
surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.Chet el psixologlari
testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test
tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi.

XULOSA

Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan

amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob`ektlarini o’zgartirib turadilar va
qobiliyat, tafakkur, bilim, ko’nikma hamda malakalarni aralash holda o’rganishga
intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatligiga
bog’liq ruxiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga
psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettel, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi,
Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan
testlar qatoriga yutuqqa erishish, (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan
va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish
darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi,
qiziqishlari motivatsiyasi va xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullardan
iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq, javob berish talab
qilinadi, javoblarni taxlil qilib shaxs xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi.

FODALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Dolgova V. I. O‘smirlarning shaxslararo munosabatlarini psixologikpedagogik
tuzatish;ilmiy va uslubiy tavsiyalar-Chelyabinsk;ATOCSO, 2010. 112 b.d

2.

Jumaniyozov, F. (2024). YASHIL IQTISODIYOT. Молодые ученые, 2(29),
115-117


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

65

ISSN:3030-3613

3.

Jumaniyozov, F. (2024). OPPORTUNITIES TO CREATE NEW JOBS IN THE
CONTEXT OF THE TRANSITION TO A" GREEN" ECONOMY. University
Research Base, 264-267.

4.

O‘G‘Li, J. F. D. (2024). YASHIL IQTISODIYOTGA O ‘TISHDA
CHIQINDILARNI

BOSHQARISH

VA

ULARDAN

SAMARALI

FOYDALANISH MASALALARI. Central Asian Journal of Education and
Innovation, 3(10), 115-121.

5.

Internet manbalari

Bibliografik manbalar

Dolgova V. I. O‘smirlarning shaxslararo munosabatlarini psixologikpedagogik

tuzatish;ilmiy va uslubiy tavsiyalar-Chelyabinsk;ATOCSO, 2010. 112 b.d

Jumaniyozov, F. (2024). YASHIL IQTISODIYOT. Молодые ученые, 2(29),

-117

Jumaniyozov, F. (2024). OPPORTUNITIES TO CREATE NEW JOBS IN THE

CONTEXT OF THE TRANSITION TO A" GREEN" ECONOMY. University

Research Base, 264-267.

O‘G‘Li, J. F. D. (2024). YASHIL IQTISODIYOTGA O ‘TISHDA

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA ULARDAN SAMARALI

FOYDALANISH MASALALARI. Central Asian Journal of Education and

Innovation, 3(10), 115-121.

Internet manbalari