Mualliflar

  • Nasimova Muqaddam Akbarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106286

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: О`qituvchi о`quvchi boshlang`ich ta‘lim kasb kasbga yо`naltirish yosh davrlar psixologiyasi kasbiy shakllanish psixik jarayonlar ruhiyat

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada katta maktab  yoshidagi  о`quvchilarini kasbga 
yо`naltirishda  dastlabki  pedagogik  jarayonlar  tahlil  etilgan  bо`lib,  bu  jarayonda 
о`qituvchining  pedagogik  mahorati,  kasb  tanlashga  oid  bilim  va  kо`nikmalari, 
vazifalari,  shuningdek  kasb  tanlashda  shaxs  xislatlari,  о`quvchi  psixologiyasi, 
o`quvchilarni kasb tanlashga tayyorligini ko`rsatuvchi mezonlar, o`quvchilarni kasb 
tanlashga  yo`naltirishga  tayyorlashni  yosh  bosqichlari  mazmuni  haqida  ma‘lumot 
berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

55

ISSN:3030-3613

YUQORI SINF O'QUVCHILARNI KASB TANLASHLARIGA KOʻMAK

BERISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Nasimova Muqaddam Akbarovna

Boysun tumanidagi 2-sonli AFChO'SMM psixologi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada katta maktab yoshidagi о`quvchilarini kasbga

yо`naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо`lib, bu jarayonda
о`qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо`nikmalari,
vazifalari, shuningdek kasb tanlashda shaxs xislatlari, о`quvchi psixologiyasi,
o`quvchilarni kasb tanlashga tayyorligini ko`rsatuvchi mezonlar, o`quvchilarni kasb
tanlashga yo`naltirishga tayyorlashni yosh bosqichlari mazmuni haqida ma‘lumot
berilgan.

Kalit so`zlar:

О`qituvchi, о`quvchi, boshlang`ich ta‘lim, kasb, kasbga

yо`naltirish, yosh davrlar psixologiyasi, kasbiy shakllanish,psixik jarayonlar, ruhiyat

KIRISH

Hozirgi zamonaviy maktablarga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri yosh

avlodlarga nafaqat ta’lim-tarbiya berish unga qo‘shimcha ravishda ularni to‘g‘ri kasb
tanlashga yo‘naltirish ham muhim hisoblanadi. Maktablarda o‘quvchi yoshlarning
hayotda o‘z kasblarini egallashida matematika, ona tili, geografiya, tarix kabi fanlar
bilan bir qatorda texnologiya fani muhim hisoblanadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘uladi,
texnologiya fani o‘zi qanday fan va uning yoshlarni kasb tanlashlarida qanday o‘rni
bor? Har bir inson uchun kelajak uchun kasb yoki hunar tanlash hayoti davomida
qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim qarorlardan biri hisoblanadi. Chunki o‘quvchilarni
tanlangan kasblari ularning kelajagi bilan bog‘liq hamda yashash tarziga ham ta’sir
etadi. Inson o‘zi tanlagan kasb yoki hunaridan zavq olsagina, qilgan ishidan ko‘ngli
to‘ladi, kasbkoriga mehr uyg‘onadi va o‘z kasbining chin manodagi ustasiga aylanadi.

Ma’lumki, asosan bolalarda kasbga bo‘lgan muhabbat va qiziqish katta maktab

yoshi davrida uyg‘onadi. Barcha o‘quvchilar ularga ota-onasi yoki ustozlari tomonidan
berilayotgan maslahat va o‘gitlardan kelib chiqib o‘ziga kasb yoki hunar tanlaydilar.

Ba’zi o‘quvchi qiziqsa, boshqalari ona tili, adabiyot, tarix, yoki huquq faniga

qiziqadi. Boshlang`ich ta‘lim о`quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq
ular o`rtasida tо`g`ri yо`lga qо`yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bо`lishi
kerakki, yuqori sinflardagi о`quvchilarning kasbga bо`lgan qiziqishlari, о`y va niyatlari
keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bо`lsin. Beistisno barcha kasblar uchun
zarur va muhim bо`lgan shaxs xislatlari bor. Bular: – mehnatsevarlik, hamma kasb va
mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan hurmat-ehtirom;

–mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

56

ISSN:3030-3613

–о`z ishini rejelashtirish va nazorat qila bilish;
–ish joyini tо`g`ri tashkil qilish, ishning batartib va intizomli bо`lishi;
–toqatlik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini tanlab ola bilish;

– materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir.

Ana shu xislatlar va fazilatlarning hammasini о`quvchilarda birinchi sinfdan

boshlab shakllantirish lozim.

Yuqori sinf o`quvchilarini kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu

olamda mо`ljal olishga о`rgatish zarur. О`qituvchi о`quvchini darslarda kuzatish, u
bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba‘zi bir
xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlarni rivojlantirish yuzasidan tegishli
ishlarni ado etgandan keyin, bular keyinchalik kasbni belgilashda asosiy omil bо`lishi
mumkin. Kasbni to`g`ri tanlash har bir o`sib kelayotgan avlodning obektiv vajlariga,
qiziqishlariga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo`lishi uchun uning
sog`ligini, o`zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali
va unumli mehnatda hammadan ko`ra ko`prok o`z ifodasini topadi va namoyon bo`ladi.

Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga о`z

xususiyatlariga qarab kasbni tо`g`ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda о`zlashtirish,
mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.

Kо`pgina

olimlar

о`tkazgan tadqiqotlar shuni kо`rsatadiki, maktab

о`quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror qiziqishlar
boshlang`ich sinflardayoq shakllanar ekan. Katta maktab yoshidagi bolalar uchun
mehnat ta‘limining asosiy maqsadlaridan biri - о`quvchilarda inson uchun mehnat
birinchi zaruriyat, ijtimoiy burch ekanligiga, har qanday kasbni egallash uchun
mustahkam va chuqur bilimlar kerakligiga ishonch hosil qilishdan iborat.Mehnatga
muhabbatni va ishlash istagini faqat mehnatda tarbiyalash mumkin. Shu boisdan ham
mehnat ta‘limi darslarida qariyb 80 foiz vaqt amaliy ishlar uchun ajratilgan.
О`quvchilarning shaxsini о`rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas bog`liqdir.

О`qituvchi о`quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud iste‘dod

nishonlarini rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi salbiy
jihatlarini bartaraf etishi mumkin va h. k. Ba‘zi bolalarda kasbga moyillik yaxshi
namoyon bо`ladi, kо`pchilik bolalarda bu narsa birdaniga aniqlanmaydi.
О`qituvchining boladagi iste‘dod nishonalarini aniqlashi, ularni qobiliyatini
rivojlantirish va shakllantirishda kо`maklashishi muhimdir.

Kasbga yо`naltirish ishi - о`quv jarayonining uzviy tarkibiy qismidir. Quyi

sinflardan boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur, har bir kishining xususiyatlariga
mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga yordam beradi. Mehnatga qiziqishning
mavjudligi va mehnat qilishga shaylik shaxs yetukligining eng muhim
kо`rsatkichlaridan biridir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

57

ISSN:3030-3613

Sinfdan va maktabdan tashqari ish о`quvchilarni kasb-korni ongli ravishda

tanlashga, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan,
texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga kо`p
jihatdan yordam beradi. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda olib borilayotgan kasbga
yо`naltirish ishida о`quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni
kо`rsatib о`tish mumkin.

Didaktika (qadimgi yunoncha: διδακτικός, didaktikos — «oʻrgatuvchi», «taʼlim

beruvchi») — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi.
«Didaktika» atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida
asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan Hozirgi zamon
pedagogikasida didaktikaga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan
alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniqlash, taʼlim jarayoni
qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish
didaktikaning asosiy muammolaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini
aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida koʻplab
kommunistik davlatlarda marksizm-leninizm didaktikaning taraqqiyot yoʻnalishini
belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning
ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis
koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi
maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda koʻplab
musulmon davlatlarida kalom falsafasiga milliy didaktikaning metodologik asosi
sifatida qaralmoqda. Chunki, olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning
bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni
singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi
mumkinligi anglab yetildi.

Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining

cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi
bilan diqqatga sazovordir. Didaktika umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi
hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish
faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim
mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga
ega. Didaktika har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish
qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil
etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Oʻzbek milliy pedagogikasi
tarixida ham didaktikaning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina
tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida didaktika hozirgi nom
bilan atalmagan boʻlsada, lekin ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni
tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

58

ISSN:3030-3613

Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Al-Fargʻoniy, Margʻinoniy, Davoniy, Alisher

Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni uyushtirish, uning samaradorligini
oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi
qarashlari jahon pedagogikasi taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi.

Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda oʻqitishning samaradorligi

ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy
sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday xislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy
asarlarida aks etgan. Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish yuzasidan umumiy
tavsiyalar beribgina qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq
saqlash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan. Tarbiyaning ustuvorligi
ham bugungi oʻzbek didaktikasining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni
tarbiyalash har qanday taʼlim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Maʼnaviyatni
shakllantirish maqsad darajasiga koʻtarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom
berilishi

tabiiydir.

Milliy

didaktika

oʻquvchilarni

taʼlim

jarayonining

ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham koʻzda tutadi. Taʼlim
oʻquvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol ishtirok etmasalar,
hech qanday ijobiy samaraga erishib boʻlmaydi.

Didaktika taʼlim usullari muammosini ham qamrab oladi. Oʻqituvchi biror

predmet boʻyicha oʻquvchilarning tizimli bilim olishini taʼminlash maqsadi sari intilar
ekan, maʼlum ishlarning bajarilish namunasini koʻrsatadi. Ayni vaqtda, u taʼlimning
barcha bosqichlarida uquvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlaydi. Oʻquvchilar
oʻqituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni oʻzlashtiradi.
Ularga chuqur va mustaqil oʻzlashtirishlari, oʻrgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy
qoʻllashlari uchun maxsus topshiriqlar beriladi.

Birinchi bosqich.

Katta maktab yoshidagi о`quvchilar bilan ishlash — moddiy

ishlab chiqarish sohasida mehnatga bо`lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi,
о`quvchilarda umuman mehnatga ijobiy munosabatda bо`lishni, eng muhimi —
jismoniy mehnatga shunday munosabatda bо`lishni, ishchi degan nomni hurmat
qilishni, qо`lidan keladigan о`z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch
bag`ishlashga va bundan ma‘naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi.

О`zbekiston Respublikasida sо`nggi yillarda barcha sohalar qatori ta‘lim tizimida

ham keng kо`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu о`zgarishlarning samarasi
yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib о`rin egallashi avvalo,
ilmfan va ta‘lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog`liqdir. Olib borilayotgan
islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish
hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo‘nalishlarni
amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7fevraldagi ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

59

ISSN:3030-3613

strategiyasi

to`g`risidagi

PF-4947-son

farmonining

―Ijtimoiy

sohani

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishda ta‘lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san‘at va
sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ka‘bi
vazifalar belgilangan

Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni puxta egallab, katta

umid va ishonch bilan tegishli ishlarni ado etgandan keyin bular keyinchalik kasbni
belgilashda asosiy hayotga qadam qо`yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi
bо`lgan farzandlarimizning munosib kamol topishida о`qituvchi va ta‘lim о`qituvchisi
nafaqat о`quvchilarga ilm-fan olamining dastlabki bilimlarini beradi, balki ushbu
jarayonda о`quvchilarni kasbga yо`naltiradi. О`quvchi bolaligidan biror bir kasbga
mehr qо`yadi, uni orzu qiladi, о`sha kasb egasi sifatida о`zini tasavvur qiladi.
Maktabda kasb-hunarga yо`naltirish ishlarini yо`lga qо`yishda an‘anaviy amaliy
mashg`ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik о`yin, mustaqil fikrlar
kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya
etiladi.[2,b.6].

Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mо`ljal olishga

о`rgatish zarur. О`qituvchi о`quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola
faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba‘zi bir xususiyatlarini, mayllarini
payqab olish zarur. Shuningdek, o`quvchi o`z imkoniyatlarini baholay olish
ko`nikmasiga, ya‘ni aqli, qiziqishi, har xil kasblar bo`yicha tushunchaga ega bo’lib, bu
kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axborotga ega bo`lishi kerak.

O’sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo’naltirish hamisha davlatimiz siyosati

oldida turgan ustivor masalalardan sanalib kelingan. Mazkur jarayonni amalga oshirish
uchun farzandlarimiznung ota-onalari hamda ta’lim muassasalarining o’rni va u yerda
faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar hamda amaliyotchi psixologlarining faoliyati
katta ahamiyatga ega. Yaqindagina O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va xalq
ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, Oliy talim fan va innovatsiyalar
vazirligi bilan hamkorlikda “Uzluksiz ta’limda texnologiya fanini takomillashtirish va
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali hayotga tayyorlash” mavzusida
Respublika online ilmiy amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaning asosiy
yo‘nalishlaridan biri “O‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirishda texnologiyalarning
ahamiyati va o‘rni” mavzusidir. Joriy yil Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Farg'onaga
tashrifi chog'ida Maktabgacha va xalq vazirligiga alohida ko'rsatmalar berdilar.
Prezident yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni kasb-hunarga yo'naltirish masalalariga
alohida to'xtalib o'tib, yangi o'quv yilidan 7-sinfdan boshlab o'quvchilarni kasbhunarga
yo'naltirish lozimligini ta'kidlab o'tdilar.

Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma'rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni

ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarga ta'lim berish
ularni o'qitish bilan bog'liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o'ylantirib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

60

ISSN:3030-3613

qo'yayotgani tabiiy. Chunki, zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon
mutaxasis kadrlarga muhtoj bo'lib boraveradi. O‘quvchilar kompyuter va vibrostendlar
bilan jihozlangan maskanlarda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga robo,
kosmo, nano, bio yo‘nalishlarida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar. O`z davrining
buyuk ixtirochisi, qizlardan esa buyuk dizayner, yoki qo‘li shirin qandolatchi ham
chiqishi mumkin. Asosiysi bu bolaning o‘z qiziqishiga bog‘liq.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, hurmatli ota-onalar fanzandlarini eng

ko‘p pul ketiradigan sohaga emas balki o‘zi qiziqadigan sohaga yo‘naltirishlari lozim.
Farzandni o‘zi qiziqmasa ham sen bankir yoki huquqshunos bo‘lishing kerak deb
majburlash bu nazarimizda nato‘g‘ri. Bir o‘ylab ko‘ringga Alber Enshteynning ham
ota-onasi farzandini bankir qilmoqchi bo‘lganida dunyo bita zo‘r olimdan ayrilgan
bo‘lmasmidi. Demoqchimanki, bola o‘z qiziqqan sohasi bo‘yicha bilim olsa yaxshi
natijaga erishadi. Farzandingiz ixtirochilikka qiziqsa unga fizikani emas huquqni o‘qi
deb majburlashiningiz nato‘g‘ri deb o‘ylayman. O‘quvchilarning yashirin istedotlarini
ochib beradigan va yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda fan
darslariga yanada ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kerak deb hisoblayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI

:

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”-gi Qonuni.

23.09.2020y.―Xalq ta‘limi jurnali.

2.

Mardanov D. Maktabda kasbga yо`naltirish ishlari. — Nukus. 2013. — 182 b.

3.

Jumaboyeva M. Umumiy о`rta ta‘limda kasbga yо`naltirish ishlarining tuzilmasi
—Toshkent 2010 — 67 b.

4.

Internet manbalari

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”-gi Qonuni.

09.2020y.―Xalq ta‘limi jurnali.

Mardanov D. Maktabda kasbga yо`naltirish ishlari. — Nukus. 2013. — 182 b.

Jumaboyeva M. Umumiy о`rta ta‘limda kasbga yо`naltirish ishlarining tuzilmasi

—Toshkent 2010 — 67 b.

Internet manbalari