T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
26
ISSN:3030-3613
IJTIMOIY REKLAMA – YOSHLARNI IJTIMOIYLASHTIRISH
QUROLI SIFATIDA
Norqulov Shahzod Shuhrat o‘g‘li
Qarshi davlat texnika universiteti
“Ijtimoiy va gumanitar fanlar”
kafedrasi katta o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda ijtimoiylashtirishning eng muhim
omillaridan biri – ijtimoiy reklama, uning nafaqat individ sifatidagi shaxsning hulq –
atvor «trayektoriya»sini belgilab berishi, balki zamonaviy jamiyatning ijtimoiy –
madaniy jarayonlari dinamik xususiyatlarini belgilab berishda ham muhim
ahamiyatga ega hisoblanishi ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
Ijtimoiylashtirish, stretiplashtirish, ong va qadriyat, fenomen,
dinamik hodisa, ijtimoiy reklamalar, ijtimoiy, demografik.
Yosh avlodni ijtimoiylashtirish jarayonini qarab chiqish mehnat faoliyatining
boshlanish davri sifatida yoki unga kasbiy tayyorgarlik kо‘rish davri sifatida muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Aynan ushbu joyda о‘z – о‘zini anglash, ijtimoiy ong va
qadriyat tushunchalari shakllanadi, bu esa shaxsiyatning rivojlanishi va kelgusi hayot
faoliyati davomida takomillashish yо‘nalishlarini belgilab beradi. Har qanday
jamiyatda ijtimoiylashtirish jarayoni jamoaviy hayot faoliyatida muhim omillardan biri
hisoblanib, ijtimoiy munosabatlarning protsessual jihatlarini belgilab beradi.
Ijtimoiylashtirish fenomeni tushunchasi tarixi haqidagi ma’lumotlar dalolat berishicha,
xususiy yо‘nalishlarga ega bо‘lgan fanlar tomonidan uning о‘ziga xos jihatlarini
oydinlashtirishga qaratilgan urinishlar kо‘plab amalga oshirilgan. Bu yо‘nalashda
bilimlar tizimida evristik jihatlar xususiyatlarini hisobga olgan holatda sezilarli
darajadagi natijalar qо‘lga kiritilgan. Shu bilar bir qatorda ijtimoiylashtirishning yaqin
davrlarda qarab chiqilishi bevosita dinamik hodisa hisoblanib, har bir ma’lum
jamiyatning va ma’lum tarixiy davrlar oraliqlaridagi о‘ziga xos xususiyatlari,
shakllarini о‘z ichiga qamrab oladi. Muhokama qilinayotgan fenomenning tadqiq
etilish dolzarbligi shundaki, sivilizatsiya tavsifidagi global miqyosdagi о‘zgarishlar,
jumladan birinchi navbatda ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanish
kо‘lami bevosita yosh avlodning ijtimoiylashuviga katta ta’sir kо‘rsatadi.
Hozirgi kunda ijtimoiylashtirishning eng muhim omillaridan biri – ijtimoiy
reklama hisoblanib, bu nafaqat individ sifatidagi shaxsning hulq – atvor
«trayektoriya»sini belgilab berishi, balki zamonaviy jamiyatning ijtimoiy – madaniy
jarayonlari dinamik xususiyatlarini belgilab berishda ham muhim ahamiyatga ega
hisoblanishi ta’kidlangan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
27
ISSN:3030-3613
Reklamalarning bevosita ma’lum maqsadlarda qо‘llanilishi ma’lum bir
talablardan kelib chiqqan holatda ehtiyojlarni qо‘llab quvvatlash (tijorat reklamalari)
yoki ma’lum bir qarashlar va g‘oyalarni ilgari suruvchi (siyosiy, ijtimoiy reklamalar)
tarzda namoyon bо‘ladi, biroq qayd qilish kerakki, hozirgi kunda reklamalar
jamiyatning turli jabhalarida juda keng qamrovdagi ijtimoiy – madaniy ta’sir kо‘rsatish
xususiyatiga ega hisoblanadi. Hozirgi vaqtda reklama faoliyatlari amaliyoti
kо‘rsatishicha, reklamalar nafaqat talablar asosida shakllantirilishi, balki jamiyatda
ijtimoiy sterotiplarni tarbiyalashi, shakllantirishi ham mumkin. Boshqacha aytganda,
reklama – zamonaviy yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonida an’anaviy ijtimoiylashuv
institutlari – ya’ni oila, tengdoshlar guruhlari, maktab va hakozalar bilan birgalikda
ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy reklama tashviqotchisi sifatida reklama
insonning yangi ijtimoiy mavqega va qadriyatlarga moslashuvini ta’minlaydi,
shuningdek shaxsning jamiyatda turli xil vaziyatlarda hulq – atvor xususiyatlarini
nazorat qilish usullarini muvofiqlashtiradi.
Insonlarning har kunlik о‘zaro munosabatlari, aloqalari xususiyatlariga e’tibor
qaratgan holatda aytish mumkinki, reklamalar ijtimoiylashuvning о‘ziga xos
mexanizmlaridan biri hisoblangan imijlar tarzida nomoyon bо‘luvchi ma’lum bir
aniqlikdagi stereotipdagi shakllarni yuzaga keltiradi.
Asosiy yoshlarga yо‘naltirilgan ommaviy madaniyatning bir qismi sifatida
reklamalar madaniyatning ushbu shaklini hayotiy о‘quv qо‘llanma sifatida qabul
qiluvchi ushbu jamiyat guruhiga ayniqsa kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Zamonaviy yoshlar
tomonidan reklamalar bir butun tugal holatdagi madaniyatning meyoriy elementlaridan
biri sifatida qabul qilinib, atrof – muhitning odatdagi elementi kо‘rinishida taasurot
qoldiradi. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralganda, reklamalar madaniyatning tabiiy
qismi sifatida о‘rin tutadi. Zamonaviy yoshlar uchun reklamalar о‘z xususiyatlariga
kо‘ra, g‘oya va qarashlar, qadriyatlar olamining ifodalanishi kо‘rinishida qabul qilinib,
bunda reklama nafaqat tovarlar haqida ma’lumot berishi, balki ijtimoiy о‘zaro aloqalar
va munosabatlarda tipik vaziyatlarni xam о‘z ichiga qamrab olishi kuzatiladi. Yoshlar
ongining nisbatan kam himoyalanganlik xususiyatini hisobga olgan holatda, ya’ni
aytish mumkinki ommaviy madaniyat ta’sirlariga nisbatan kuchsiz immunitetga ega
holatda ayniqsa reklamalar zamonaviy jamiyatda aholi о‘rtasida yoshlar ongini
о‘stirish, dunyoqarashlarini ijobiy yо‘nalishda boshqarishda qulay va nisbatan arzon
vosita hisoblanadi. Biroq, turli xil ijtimoiy guruhlar singari yoshlar tomonidan
reklamalar turli xil darajada qabul qilinadi. Zamonaviy davlatlarda statifikatsiyalash
siyosatini amalga oshirish jarayonida yosh avlod turli xil ijtimoiy guruhlar qatlamida
alohida xususiyatlarga ega hisoblanagan ijtimoiy – demografik qatlam sifatida ajratib
kо‘rsatiladi.
Ushbu kо‘rinishda, reklamalarning yoshlarning ijtimoiylashishi omillaridan biri
sifatida о‘rganilishida masalaning mohiyati shundan iborat bо‘ladiki, zamonaviy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
28
ISSN:3030-3613
reklamalar yoshlarning olam haqidagi ongini stretiplashtirishda katta quvvatga ega
hisoblangan boshqarish hamda yoshlar ongiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi tashqi muhit
qarashlari va g‘oyalariga qarshi kurash vositasi hisoblanadi. Reklamalar nafaqat
jamiyatda shaxslarning hulq – atvorini, balki yoshlarning qadriyatlar haqidagi
tushunchalarini, meyoriy ongini shakllantirish va maqsadga yо‘naltirishda muhim
о‘rin tutadi. Bunda uning ta’siri jamiyatdagi yoshlarning ijtimoiy holatiga, ya’ni
statusiga bog‘liq holatda variatsiyalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
1.
Ученова В. В., Старых Н. В. Социальная реклама: Учебное пособие. – М.:
Индекс Медиа, 2006. – 304с.
2.
Лейн У. Р., Рассел Дж. Т. Реклама. – СПб.: Питер, 2004. – 537 с.
3.
Федотова Л.Н. Реклама в коммуникационном процессе: Учебник. – М.:
Изд. дом «Камерон», 2005. – 464 с.
4.
Уэллс Уильям, Бернет Джон. Реклама. Принципы и практика. – СПб.:
Питер, 2005. – 517 с.
5.
Земсков С. Социальная реклама как коммуникационный ресурс
управления.// Власть, №10 2009, стр. 42.
6.
Кузнецов П.А. Социальная реклама. Теория и практика. М.: ЮНИТИ-
ДАНА, 2010-175 с.