T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
14
ISSN:3030-3613
BOLALARDA HISSIYOTLAR VA EMOTSIYALARNI BOSHQARISH
KOʻNIKMALARINI SHAKLLANISHI
Baxramova Shaxnozaxon Shuxrat qizi
Toshkent shahar Yunsobod tumani
313-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Kishi dunyoga kelgandan so’ng, avvalo, uning ota-onasi,
farzandini unib-o’sishini kamol topishini istaydi.Kelajakda esa o'z imkoniyatlaridan
kelib chiqib shu yurtning biror koriga nafi tegadigan barkamol avlod sifatida
ulg’ayadi. Hozirgi vaqtga kelib dunyo aholisining soni yildan- yilga ortib bormoqda.
Tug’ilgan bolalarning aksariyatida esa turli xil nuqsonlar kuzatilmoqda.
Kalit so’zlar:
hissiyot, emotsiya, dinamik ruhlanish, yuksak hislar, paraksik
hislar, ahloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hislar, affekt, iroda, iroda akti, irodaviy
sifatlar,ruhiy holat,hissiy kechinmalar
KIRISH
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy
va umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida
uyg’unlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda
yoshlar, o’quvchilarning qobilyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlari o’ziga xos
individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Kishi dunyoga kelgandan so’ng, avvalo, uning ota-onasi, farzandini unib-o’sishini
kamol topishini istaydi.Kelajakda esa o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib shu yurtning
biror koriga nafi tegadigan barkamol avlod sifatida ulg’ayadi. Hozirgi vaqtga kelib
dunyo aholisining soni yildan- yilga ortib bormoqda. Tug’ilgan bolalarning
aksariyatida esa turli xil nuqsonlar kuzatilmoqda. Ushbu holatlarning kelib chiqishiga
sabab bo’lgan bir qancha omillar mavjud. Jumladan, ekologik holatning yomonlashuvi,
turmush qurishda yo’l qo’yilgan xatolar va sog’lom turmush tarziga amal qilmaslik
natijasida yuzaga kelmoqda. Lekin hozirgi vaqtga kelib davlatimiz tomonidan
yaratilgan imkoniyatlar ushbu turdagi shaxslarga ham keng yo’l ochdi. Maxsus
maktablar hamda inklyuziv ta’limning to’gri yo’lga qo’yilganligi, ularga ta’lim-tarbiya
berish jarayoni davlat standartlariga javob bera oladigan darajada shakllanib bormoqda
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech
vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo
faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a)
shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b)
qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan obyektlarga
subyekt sifatida qatnashishi;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
15
ISSN:3030-3613
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi,
boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush
keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma
narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu
qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar.
Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari
xafa qiladi yana 6 boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida
qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki
qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi. Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha
ta’riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy
psixologiya» darsligida hissiyot – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga,
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha
turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M.Vohidovning «Bolalar
psixologiyasi» o‘quv qo‘llanmasida hissiyot deb – tashqi olamdagi narsa va
hodisalarga bo‘lgan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi.
Q.Turg‘unov muallifligidagi lug‘atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va
hodisalarga, kishilarga hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida kelib chiqadigan
yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor E.G‘oziyev muallifligidagi
«Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya’ni
shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan
uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi. Yuqoridagi ta’riflardan
ko‘rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni
bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki
kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi.
Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va
hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Adabiyotlarda hissiyot bilan
birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada qo‘llaniladi. Aynan emotsiya
tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot tushunchasi bilan o‘zaro
bog‘liqligi qanday degan savol tug‘iladi? Shunga muvofiq emotsiya tushunchasining
mazmun mohiyatini yoritadigan bo‘lsak; jumladan professor E.G‘oziyevning
“Umumiy psixologiya” darsligida emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon
bo‘ladigan his-tuyg‘ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik jarayonni
yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta’riflanadi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z
munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
16
ISSN:3030-3613
bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki,
hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning
kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining
yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq
bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi.
Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib,
azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Odamning hissiyotlari uning mazmuni
hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy
taraqqiyot davrida odamning ehtiyojlari o‘zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari
yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi, ma’naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo
bo‘ladi. Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi odamning faoliyatlari davomida
namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma’lum
muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish kerak. U yoki bu faoliyat
davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o‘ziga ta’sir qilib, uni o‘zgartiradi.
Masalan, hohlamasdan o‘zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan o‘zi hohlab
sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o‘rtasida juda katta farq mavjud.
Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo‘lganda ishi ham barakali bo‘ladi,
aksincha odamning dili g‘am, qandaydir tashvishli yoki g‘amgin bo‘lganda qo‘li ishga
bormaydi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir.
Hissiyot boshqa bilish jarayonlariga ham ta’sir qiladi.
Masalan, odamning ruhi tetik, xursand bo‘lgan paytda, idroki hali juda jonli,
esda olib qolishi, tuyg‘ularga boy, tafakkuri o‘tkir, nutqi burro bo‘ladi. Hissiyot
odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun
ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur
holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib
ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan
birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira
obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish
mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak
beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib
topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning
mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb
ataladi. Impressiv so‘zi lotincha taassurot degan ma’noni anglatadi. I.P.Pavlov tirik
mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan buziladigan
dinamik streotiplar orqali biror hissiyot va emotsional kechinmalarning ijobiy va salbiy
sifatlarini tushuntirib beradi. Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham
o‘zining nervfiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy,
estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
17
ISSN:3030-3613
ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida
odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob
chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik
streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan
hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Tuyg‘ular ongning tashqi ko‘rinishidir.
Tuyg‘ular dunyosi juda keng va xilma-xildir. Har bir inson ruhiy salomatligini
saqlash uchun o‘z his-tuyg‘ularini ko‘rsatishi shart. Zamonaviy dunyo barcha
odamlarga niqob kiyib, ularni birbiriga o‘xshatib, turli vaziyatlarga teng munosabatda
bo‘lishga majbur qiladi.
Tuyg‘ular turlari:
Belgiga ko‘ra, hissiyotlar quyidagilarga bo'linadi.
-
ijobiy (quvonch, baxt, sevgi);
-
salbiy (qayg‘u, umidsizlik, yo‘qotish hissi);
-
ikki ma’noli, ya’ni aralash (hasad ham quvonch, ham tajovuzkorlik).
Ijobiy his-tuyg‘ular - bu hayot kulrang va zerikarli bo‘lgan narsadir, Ijobiy his-
tuyg‘ularsiz odamlar yillar davomida tushkunlikka tushadilar. Ushbu ijobiy his-
tuyg‘ular bilan oldindan aytib bo‘lmaydigan vaziyatlarni boshdan kechirishingiz
mumkin, masalan, sizga kutilmagan sovg‘a berilganida yoki siz imtihonda (testda) eng
yuqori ball to‘plaganingizni eslang. Qanday bo‘lmasin, bunday tuyg‘u hayotingizda
bo‘lishi kerak. Ularning asosiy mezoni shundaki, ijobiy his-tuyg‘ular soni salbiy his-
tuyg‘ular sonidan ustun bo‘lishi kerak.
Sifat nuqtai nazaridan, hissiyotlarni bir necha asosiy turlarga bo‘lish mumkin:
quvonch, ajablanish, azob, g‘azab, jirkanish, nafrat, qo‘rquv va uyat. Har bir tuyg‘u
tashqi dunyoni idrok qilish bilan bevosita bog‘liq, ya’ni atrofimizdagi dunyo bilan
ko‘proq aloqa qilsak, ko‘proq hissiyotlarni boshdan kechiramiz.
Inson hayotidagi tuyg‘ular qanday oqibatlarga olib keladi? G‘azab va
qo‘rquvning oqibatlari eng zararli hisoblanadi. Bu eng kuchli hissiy portlashlarni
keltirib chiqaradigan hissiyotlar, biz ularni yengishimiz oson emas. Jirkanchlik, nafrat
va uyat kabi his-tuyg‘ular ham bizga katta quvonch keltirmaydi, ammo ular bizning
ruhiyatimiz uchun xavfsizdir.
Alohida nuqtai nazar - azob-uqubatlarni ajratishdir, chunki biz o‘zimiz uchun
azobni o‘ylaymiz, bu bizning tasavvurimiz va xayolimiz samarasidir. Shunday qilib,
bu gapni mahkam ushlang va hech narsani ko‘nglingizga olmang.
Keling, kayfiyat haqida gapiraylik. Bizda yomon kayfiyat bo‘lsa nima bo‘ladi?
Sizning kayfiyatingiz hech qanday sababsiz yomonlashayaptimi? Siz qiziqqonmisiz?
Agar siz uchta savolga "ha" deb javob bergan bo‘lsangiz, unda siz kayfiyatning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
18
ISSN:3030-3613
o‘zgarishiga osongina berilasiz. Keling, kayfiyatimizni qanday boshqarishni bilib
olaylik.
Kayfiyat hissiyotlar bilan bir xil emas. Birinchidan, kayfiyat ko‘pincha
hissiyotlarga qaraganda kamroq qizg‘in va uzoq davom etadi. Va aksariyat
hissiyotlardan farqli o‘laroq, kayfiyatda aniq sabab yo‘q. Nega biz yaxshi kayfiyatda
ekanligimizni yoki nega qalbimiz qiynalayotganini aniq ayta olmaymiz.
Xo‘sh, kayfiyat qayerdan keladi? Ko‘p odamlar bizning kundalik
harakatlarimiz, munosabatlarimiz, muvaffaqiyatlarimiz va muvaffaqiyatsizliklarimiz
kayfiyatimizga ta’sir qiladi deb o‘ylashadi. Ammo bu haqiqatning faqat bir qismi.
Bizning sog‘ligimiz, uxlashimiz, ovqatlanishimiz va hatto kunning vaqti ham
kayfiyatimizni aniqlaydi. Ya‘ni kayfiyat har qanday vaqtda bizning fiziologik
holatimiz va psixologik tajribamizning ko‘rsatkichidir. Bizning kayfiyatimiz
termometrga o‘xshaydi: u biz bilan yuz beradigan barcha ichki va tashqi o‘zgarishlarga
reaktsiya beradi.
Ta‘sirlanmagan g‘azab kuchayadi va yomonlashadi. G‘azab o‘z-o‘zidan
ketmaydi. Ushbu turdagi har qanday xatti-harakatlar ma'lum darajada sizning
kayfiyatingizni nazorat qilishga urinishdir.
Sizning kayfiyatingizni qanday boshqarish kerakligini tekshirish usullari.
O‘zingizni xursand qilish uchun ko‘pincha foydalanadigan uchta usulni tanlang:
-
musiqa tinglash;
-
jismoniy mashqlar (yoki yurish);
-
televizor ko‘rish;
-
biror narsa yeyish;
-
kimgadir qo‘ng'iroq qilish yoki u bilan gaplashish;
-
yolg‘iz bo‘lish;
-
kayfiyatingizni buzadigan narsadan qochish;
-
hazilni ishlatish;
-
sevimli ishingizni unutish (sevimli mashg'ulot);
-
muammoni turli tomonlardan ko‘rib chiqishga harakat qilish.
Jismoniy mashqlar yomon kayfiyatni yengishning eng sevimli usullaridan biri
bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam jismoniy mashqlar eng
yaxshi kayfiyatni tartibga soluvchilardan biridir. Hatto 10 daqiqalik piyoda yurish
sog‘inchni yengib, faollik darajasini oshirishi mumkin. Yaxshi kayfiyatni
boshqaruvchi boshqa omillar bo‘lishi mumkin: musiqa mashqlari, salbiy fikrlardan
qochish, hazil qilish va sevimli mashg‘ulotingiz yoki boshqa samarali faoliyat bilan
shug‘ullanish.
Boshqa tomondan yolg‘izlik, chekish, alkogol ichimliklar, shuningdek, biron bir
narsani iste'mol qilish istagi birinchi navbatda yordam beradi, keyin jiddiy
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Yaqiningiz bilan suhbatlashish faqat
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
19
ISSN:3030-3613
konstruktiv bo‘lganda yaxshi vositadir va siz yechimlarni izlayapsiz. Agar u sizni
hissiyotlarning tubiga tortsa va bema’nilikka kirsa, unda bu yaxshi emas. Agar darhol
yo‘lni topa olmasangiz, tashvishlanmang!
Qanday qilib tezda his-tuyg‘ularingizni tartibga solishingiz mumkin.
Bu yerda biz his-tuyg'ularning turlari, kayfiyat haqida bilib oldik. Keling, hissiy
stressni yengillashtirish usullari haqida gapiraylik. 1) Yurish.
Agar sizda bunday imkoniyat bo‘lmasa vaziyatni o‘zgartiring. Ko‘chaga chiqing
va harakatlanish tezligi (sekinlashuv, keyin qadam qo‘shing) va qadamlar kengligi
o‘rtasini o‘zgartirib turing (kichik qadamlarni kengroq qilib o‘zgartiring). Tez orada
siz asabiylashish yo‘qolishini sezasiz: endokrin tizimning faoliyati normallashdi,
kayfiyat uchun javob beradigan miya yarim sharlari ishi kuchayib ketdi, stress tufayli
kelib chiqqan biokimyoviy jarayonlar jismoniy faoliyatni ta’minlashga o‘tadi. Agar
harakat paytida e’tiboringizni muammodan boshqa narsaga - tabiatni kuzatish, yoqimli
xotiralar yoki orzularga yo‘naltirsangiz, samaraga tezroq erishiladi.
XULOSA
: Hissiyotlarni va emotsiyalarni boshqarish sirlari bu manipulyator
uchun juda ham oson bo’lsa, boshqa insonlar uchun murakkablik qiladi. Chunki har bir
odam o’z hissiyotlarini nazorat qilishida osonlik bilan erishishi mumkin. Xattoki,
ayrim insonlar shunga ham qiynalishadi. Ammo, biz o’zimizning hissiyotlarimizni
nazorat qilish uchun ham ancha kuch va energiya sarflaymiz. Hissiyotlarni
boshqarishda ham qat’iylik va iroda kerak bo’ladi. Chunki, muvaffaqqiyatga erishgan
insonlarning ko’pchiligida qat’iylik va iroda ancha yuqori bo’ladi va tezda o’z
maqsadiga erishadi. Hissiyotlar qiynayotgan bo’lsa maqsad qo’yib, u tomon mustaqil
harakatlanish ham shular jumlasidandir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Toshpo’latov , A. (2023). SHAXS PSIXODIAGNOSTIKASIDA PROYEKTIV
METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук,
философии
и
культуры,
3(5
Part
2),
170–178.
извлечено
от
https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/16154
2.
Орлова, В. А. Психология в вопросах и ответах: учебное пособие [Текст] / Б.А.
Орексова. - М.: КНОРУС, 2009. - 200 с.
3.
Загашев И.О., Заир-Бек С.И. Критическое мышление: технология развития: пособие
для учителя. – СПб; Альянс «Дельта», 2003.
4.
Internet materiallari