T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
197
ISSN:3030-3613
KORPUS LINGVISTIKASI ASOSIDA ZAMONAVIY
LEKSIKOGRAFIYANING SHAKLLANISHI
Normamatova Shaxzoda
O‘zMU Xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishi
1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada korpus lingvistikasi yondashuvining zamonaviy
leksikografiyadagi ahamiyati, amaliy qo’llanilishi va lug’at tuzish jarayonidagi o’rni
tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
leksikografiya, ensiklopedik lug’at, lingvistik lug’at, imloviy
lug’at, izohli lug’at, BNC, Oxford English Dictionary
Bugungi kunda tilshunoslikning deyarli barcha yo‘nalishlarida texnologik
vositalar va korpus metodlariga asoslangan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Xususan, leksikografiya — ya’ni lug‘at tuzish san’ati va amaliyoti — ham
bu jarayondan chetda qolmayapti. An’anaviy leksikografiyada asosiy ma’lumotlar
asosan lingvistlarning shaxsiy kuzatuvlari, tajribalari yoki mavjud matnlardan
olinayotgan bo‘lsa, zamonaviy korpus lingvistikasi ushbu jarayonni tizimlashtirish,
ob’ektivlashtirish va avtomatlashtirish imkonini bermoqda.
Leksikografiya atamasi grekcha “leksikos” va “grapho” unsurlaridan tarkib
topgan, “so‘z yozmoq” ma’nosini bildirgan [1]. Leksikografiya tilshunoslikning lug‘at
va lug‘atchilik haqida so‘z yurituvchi sohasidir. Bu lingvistik tarmoqning asosiy birligi
lug‘at
dir. “Lug‘at” atamasi arab tilidan olingan. U ko‘p ma’noli bo‘lib, til, lahja, sheva:
so‘z, ibora ma’nolarini bildiradi. Hozirgi vaqtda bu so‘z lingvistik atama sifatida ikki
ma’noda ishlatiladi: 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud
bo‘lgan, shuningdek, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so‘zlar yig‘indisi,
ya’ni leksika; 2) so‘zlar (yoki morfemalar, frazemalar, so‘z birikmalari va sh.k.)
muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar,
ularning kelib chiqishi, ma’nolari yozilishi (imlosi), talaffuzi, uslubiy mansubligi,
boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob.
Leksikografiya fanining asosiy ob’ekti – bu lugʻatlardir. Lugʻat deganda, til
birliklarini tartibli tarzda izohlovchi, tushuntiruvchi yoki tarjima qiluvchi maxsus
ilmiy-ma’lumotnoma tushuniladi. Lug‘atlar tilshunoslikda, tarjimashunoslikda,
terminologiyada, ta’lim jarayonida va boshqa ko‘plab sohalarda muhim vosita sifatida
xizmat qiladi. Lug‘atlar maqsad va mazmuniga ko‘ra turli turlarga ajratiladi.
Lug'atlar ko'zlangan maqsadga ko'ra dastlab ikki tipga bo'linadi: 1. Ensiklopedik
(qomusiy) lug'atlar. 2. Lisoniy (lingvistik) lug'atlar [2].
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
198
ISSN:3030-3613
1.
Ensiklopedik lug'atlarda
tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea-
jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida
ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug'atlarda asosiy e’tibor tildagi so'zlarga emas,
balki shu so'zlar yoki so'z birikmalari vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi.
Lisoniy lug'atlarda
so'z m a’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq
maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi.
Demak, lisoniy lug'atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot
berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to'plash maqsad qilinadi. Lingvistik
lug‘atlar, eng avvalo,
o‘z til lug‘atlari
va
tarjima lug‘atlari
kabi ikki guruhga ajraladi.
Tarjima lug‘atlari
bir tilga xos lisoniy birliklarni ikkinchi tilga o‘giradi: unda bir
tilning lug‘aviy birliklariga boshqa tilning ularga ma’no va vazifada mushtarak
variantlari beriladi. O‘z tilga tarjima lug‘atlarining namunalari sifatida “Nemischa
o‘zbekcha lug‘at” (Y.R.Benyaminov, T.Z.Mirsoatov. Toshkent, 1964),
“Inglizcha-o‘zbekcha
lug‘at”
(J.B.Bo‘ronov,
X.R.Rahmonberdiyev,
S.X.Barnoxo‘jayeva, E.A.Anisimov. Toshkent, 1968) larni misol tariqasida
keltirishimiz mumkin.
Umumiy lug‘atlar ham bir necha xildir. Ularga quyidagilar kiradi:
1
. Izohli lug‘atlar
. Lug‘atning bunday turlarida so‘zlarning ma’nolari, qo‘llanish
sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlari ko‘rsatib beriladi.
2. Imlo lug‘ati.
Imlo lug‘atida so‘z va atamalarning adabiy til me’yoriga muvofiq
to‘g‘ri yozilishi beriladi. O‘zbek tilshunosligida lug‘atning bu turini yaratishga o‘tgan
asrning qirqinchi yillaridan kirishilgan.
Azim Hojiyev “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni tuzish printsiplarini ishlab
chiqar ekan, so‘zlarni izohlashning olti qatlamini ochib beradi. Bular: bosh so‘z;
lug‘at maqolasining bosh so‘zdan keying komponenti, bosh so‘zning
etimologiyasi
haqidagi ma’lumot; lug‘at maqolasining etimologik ma’lumotdan keyingi bosh
so‘zga uning ma’nosi oldidan beriladigan grammatik, uslubiy va havola etuvchi
qaydlar; izohlanuvchi birliklar (bosh so‘z va turg‘un iboralar) ma’nosini belgilash
va qayd etish; lug‘at maqolasining eng asosiy qismi izohlanuvchi birliklar
ma’nolariga beriladigan izoh; lug‘at maqolasining so‘nggi komponenti
izohlanuvchi birlik ma’nosi izohidan keyin beriladigan illyustrativ misollar [3] .
An’anaviy leksikografik metodlar haqida:
An’anaviy leksikografik metodlar deganda lug‘at tuzishda uzoq tarixiy davrlardan
beri shakllanib kelgan, klassik tilshunoslik asoslariga tayanadigan usullar tushuniladi.
Bu metodlar lug‘atni tuzish jarayonida asosiy yo‘riqnoma, qat’iy tartib va ilmiy
aniqlikka tayanadi. Ular, asosan, qo‘lda bajarilgan bo‘lib, matnni tahlil qilish, so‘zlarni
tanlash, ularni tartibga solish, ularning ma’nolarini izohlash va namunalar keltirish
bilan bog‘liq. An’anaviy metodlarda eng muhim bosqichlardan biri – bu lug‘atga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
199
ISSN:3030-3613
kiritiladigan so‘zlarni tanlashdir. Bu jarayonda so‘zlarning ishlatilish chastotasi,
ularning zamonaviyligi, funksional qiymati va til tizimidagi o‘rni e’tiborga olinadi.
Leksik birliklar ko‘pincha yozma manbalardan yoki og‘zaki nutq namunalaridan tanlab
olinadi. Shu asosda lug‘atning umumiy hajmi, uni foydalanuvchi auditoriya (masalan,
maktab o‘quvchilari, ilmiy xodimlar, til o‘rganuvchilar) aniqlanadi. An’anaviy
metodlarda har bir so‘z uchun adabiy matnlardan yoki og‘zaki nutqdan olingan
kontekstual misollar keltiriladi. Bu misollar orqali so‘zning ishlatilish uslubi,
emosional ranggi va sintaktik imkoniyatlari namoyish etiladi. Masalan, “ko‘z”
so‘zining
“ko‘zim tushdi”, “ko‘z o‘ngimda
” kabi iboralardagi ishlatilish shakllari
misol tariqasida keltiriladi
So‘nggi yillarda leksikografiya sohasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi.
An’anaviy metodlar bilan bir qatorda, zamonaviy texnologiyalar va tilshunoslikda
ilg‘or yondashuvlar asosida korpus lingvistikasi keng qo‘llanila boshlandi. Ayniqsa,
korpus asosida lug‘at tuzish zamonaviy leksikografiyaning asosiy tendensiyalaridan
biriga aylandi. Bu metod nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki til birliklarini real til
muhitida kengroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini ham beradi. Korpus asosida
lugʻat tuzishning bosqichlariga to’xtaladigan bo’lsak, lug‘at tuzishdan avval til korpusi
yaratiladi. Bu korpus yozma va og‘zaki nutq namunalarini o‘z ichiga oladi. Matnlar
ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, publitsistik, badiiy, texnik va boshqa janrlardan olinadi.
Korpus muvozanatli (balansli) bo‘lishi uchun har bir turdagi matndan yetarlicha
namunalar kiritiladi. Chastotali tahlil jarayonida esa korpusdagi barcha so‘zlar
avtomatik ravishda maxsus dasturlar yordamida sanab chiqiladi. Natijada chastotali
ro‘yxat (ya’ni, eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ro‘yxati) tuziladi. Bu bosqich lug‘atga
qaysi so‘zlar kiritilishi kerakligini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. So‘zning real til
muhitida necha marta va qanday kontekstda ishlatilgani asosida uning ahamiyati
belgilanadi. Bunga misol tariqasida British National Corpus (BNC) asosida yaratilgan
Oxford English Dictionary – ingliz tilining eng mukammal zamonaviy korpus lug‘atini
keltirishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, Korpus lingvistikasi zamonaviy
leksikografiyaning shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynayapti. Real til materiallari
asosida tuzilgan korpuslar lug‘at tuzish jarayonini ilmiylik, obyektivlik va amaliylik
bilan boyitdi. Endilikda so‘zlarning ma’nosi, qo‘llanish doirasi, uslubiy xususiyatlari
va kontekstdagi vazifalari aniq statistik ma’lumotlarga asoslanib tavsiflanmoqda.
Korpus texnologiyalari yordamida leksikografik tahlil tez, chuqur va keng qamrovli
bo‘lib bormoqda. Bu esa lug‘atlarning faqatgina so‘z ma’nolarini emas, balki ularning
tirik til ichidagi haqiqiy ishlatilishlarini aks ettirishiga zamin yaratmoqda. Shuningdek,
korpus asosida tuzilgan lug‘atlar til o‘rganuvchilar, tarjimonlar, adabiyotshunoslar va
tilshunoslar uchun ishonchli va zamonaviy vositaga aylanmoqda. Umuman olganda,
korpus lingvistikasi zamonaviy leksikografiyaning ilmiy, texnologik va metodik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
200
ISSN:3030-3613
asoslarini yangilab, uni xalqaro darajadagi til tadqiqotlariga moslashtirmoqda. Bu
yondashuv zamonaviy tilshunoslikda lug‘at tuzish madaniyatini yangi bosqichga olib
chiqmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Abduvali Berdialiyev, Ixtiyor Ermatov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Turon- Iqbol
nashriyoti. T., 2021. (177 b).
2.
H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Talqin nashriyoti. T., 2005. (227 b).
3.
Sultonbek Normamatov. Leksikografiya asoslari. T., 2020. (15 b).