T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
299
ISSN:3030-3613
MAVZUNING OʻRGANILISHIDA TURLI XIL METODLARNING
OʻRNI VA AHAMIYATI
Abdullayeva Adiba Shuxratovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda darslarda qoʻllaniluvchi
uslublarning mavzuning oʻrganilishidagi oʻrni va ularni qoʻllash yoʻllari haqida
maʼlumot berilgan.
Kalit soʻzla
r: kognitiv metod, interfaol, interaktiv, ramz,
Maktab ma'rifat maskani sanaladi, chunki u o'quvchilarni shaxs sifatida
shakllantirishga asos vazifasini o'taydi. Tarbiyalanuvchilar maktab darsliklaridan
ma'naviy ozuqa, tarbiya va estetik zavq oladilar hamda mazkur tushunchalarini kelajak
hayotida qo'llashga intiladilar. Ushbu jarayonda o'quvchilarga ustozlari ko'mak
beradilar. O'qituvchining o'zi o'tayotgan fanni mukammal bilishi, bilganlarini
o'quvchilarga yetkaza olish darajasigina emas, hatto uning o'zini tutishi, nutqi ham
oziga xos ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi tomonidan qo'llanadigan pauzaning
davomiyligi singari "mayda narsa" o'quv dialogining, sinfdagi o'zaro hamkorlikning
xarakteriga sezilarli tasir o'tkazadi.
1
Shunday ekan, o'quvchilarning ma'naviy
kamolotida o'qituvchilarning o'rni beqiyos. Bu yoʻlda oʻqituvchiga esa savol va
topshiriqlar yordamga keladi. Oʻqituvchi dars mashgʻulotidan oldin unga, albatta,
tayyorgarlik koʻrishi, shu vaqt davomida savollarning xususiyatini va aniq maqsadini
aniqlab olishi kerak. Savollar va topshiriqlar o‘tilayotgan mavzuga oʻquvchini
qiziqtira olishi hamda asarning mazmunini tushunish va idrok etishga undashi, xulosa
chiqarishga harakat qildirishi, muammoli vaziyatlarni solishtirish, taqqoslash, hal
etishga yo‘naltirishi kerak. Oʻquvchi bu jarayonda faqatgina kitobdagi kabi emas, balki
hayotiy bilimlari, shaxsiy tajribalariga tayanib fikrlasa, bu uning aqliy faoliyatini
kuchaytiradi va tafakkuriga taʼsir qila oladi. Savol-topshiriqlar o‘quvchini mutolaga
qiziqtirishi, fikrlashga undashi, kontekstni tushunishga tayyorlashi, tahlilga
yo‘naltirishi, sintez, baho berish, mavzuni boshqa fanlar, eng muhimi, hayotga bog‘lay
olishi nuqtayi nazaridan ham samaralidir. Shuningdek, badiiy asarning tasvir obyekti,
tuyg‘ular tarbiyasini to‘la yoritishga, obrazlilikni tasavvur ettirishga, kitob bilan hayot
o‘rtasidagi aloqadorlik xususida mushohada yuritishga yo‘naltiradi. Professor
N.Egamberdiyeva matn bilan ishlash jarayonini uch guruhga, oʻqishgacha, oʻqishdan
1
Yoldoshev Q. Adabiy saboqlar. Umumtalim maktablarining 8-sinf Adabiyot darsligi uchun metodik qollanma.
T.:Sharq, 2004. B.32.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
300
ISSN:3030-3613
oldingi, oʻqishdan keyin, boʻlib oʻrganish oʻquvchilarda yaxshi samara berishini
alohida taʼkidlaydi. Bunda oʻqishdan oldingi savol va topshiriqlar berilgan mavzuga
oʻquvchini qiziqtirish, matnni yaxshiroq tushunishga oʻquvchini oldindan tayyorlashga
xizmat qiladi. Oʻqish davomidagi savol va topshiriqlar berilgan asarga oʻquvchini
qiziqtirish, matn mavzusi boʻyicha mushohada qilish kabi vazifalarni bajaradi.
Oʻqishdan keyingi savol-topshiriqlar barcha bilimlarni umumlashtirish, asarga oʻz
munosabatini bildira olish va amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini beradi. Yangi
darsliklarning yutugʻi shundaki, berilgan mavzu boʻyicha shu yoʻnalishda savollar
tuzilgan. Quyida 6-sinf adabiyot darsligida berilgan A.Qahhorning "Oʻgʻri" hikoyasini
mustaqil oʻrganib, tahlil qilishga oid misollar keltirib oʻtamiz:
Asarni o‘qishdan oldingi savol-topshiriqlar
1. Birorbir qadrli narsangizni yo‘qotib qo‘yganingizda qanday holga tushgansiz?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, nima uchun muallif hikoyani “O‘g‘ri” deb nomlagan?
3. O‘g‘ri kim bo‘lishi mumkin?
4. Asarni o‘qib bo‘lgach, yana shu savolga qayting. Avvalgi va keyingi
javoblaringizni qiyoslang
Asarni o‘qish davomidagi savol va topshiriqlar
1. Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. … Ho‘kiz topish uchun
necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi”. O‘ylab ko‘ring-chi,
nega ho‘kiz dehqon uchun juda muhim hayvon bo‘lgan?
2. Qobil boboning holatiga e’tibor bering. Nega u “titraydi, tizzalari bukilib
ketadi, ko‘zlari javdiraydi”
3. Qobil bobo ellikboshiga nima uchun pul berdi? Ellikboshi Qobil boboga
yordam berdimi?
4. Amin “Yo‘qolmasdan ilgari bormidi?”, “Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa, keta
beradimi?” kabi savollarni nima maqsadda berdi deb o‘ylaysiz? Ho‘kizning qanday
yo‘qolganini surishtirmoqchimi yoki Qobil boboning ustidan kulyaptimi?
5. Sizningcha, amin qanday odam? Nega u Qobil boboga “Yig‘lama” yoki
“Yig‘lamang” emas, “Yig‘lanmasin!” deyapti? Uning Qobil boboga biror yordami
tegadi deb o‘ylaysizmi?
6. Ellikboshining Qobil bobo bilan birinchi va ikkinchi suhbatida qanday
farqlarni sezdingiz? Ellikboshining asl maqsadi nima edi?
7. Egamberdi paxtafurushning Qobil boboga qo‘ygan “kichkinagina” sharti
nima bo‘lishi mumkin? Qobil bobo bu shartni bajara oladi deb o‘ylaysizmi?
Mutoladan keyingi savol va topshiriqlar
1. “O‘g‘ri” hikoyasida o‘sha davrga xos qanday muammolar tasvirlangan?
2. Qobil boboning sarson-sargardon bo‘lishiga ko‘proq kim aybdor deb
o‘ylaysiz? Bunday holatga tushmaslik uchun nima qilish kerak?
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
301
ISSN:3030-3613
3. Asar matnidan oldin keladigan va uning asosiy g‘oyasini ochib berish uchun
ishlatiladigan maqol yoki hikmatli so‘z epigraf deyiladi. Nega “O‘g‘ri” hikoyasiga
“Otning o‘limi – itning bayrami” maqoli epigraf qilib tanlangan.
4. Bu hikoyada “ot” va “it” kim? Hikoyaga tayangan holda maqolning
mazmunini tushuntirib bering.
Darslikdagi nazariy materiallarning yolgʻiz oʻzi inson kamolotini toʻla
rivojlantirish va mavzuni tushunishga, uni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini
rivojlantirish uchun yetarli boʻlmaydi, ayniqsa, adabiyot darslarida. Bu yoʻlda toʻgʻri
tuzilgan savol va topshiriqlarning oʻrni juda muhim. Savol va topshiriqlar turli
metodlar tarkibida qoʻllaniladi. Oʻqitish metodlari oʻqitivchi va oʻquvchi faoliyati,
oʻqitish jarayonining qay yoʻsinda ketishi va shu jarayonda oʻqituvchi va oʻquvchining
qanday amallar bajarishi lozimligini aniqlab beradi. Taʼlim metodlari oʻz oʻrnida bir
necha guruhlarga boʻlinadi:
Istiqlol davrida bilimni oʻzlashtirish davomida oʻquvchilarda yangi mavzuni
mustaqil oʻqib-oʻrganish, nazariyani amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini
shakllantirishga alohida urgʻu berilmoqda. Bunda kognitiv va kreativ metodlardan
hamkorlikda unumli foydalanish tavsiya qilinmoqda. Zamonaviy tilda bu metodlarni
interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda –
ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim
jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar
qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim
oluvchi esa butun jarayon davomida faol ishtirok etadi.
Kognitiv metodlar.
Kognitiv soʻzi lotincha: cognitio "bilim" soʻzidan olingan
va ushbu metodlar ta’lim oluvchilarda butun olam haqidagi mavjud bilim va
tushunchalarni yanada orttirish, shuningdek, masalani tarkibiy qismlarga ajratib tadqiq
qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Kognitiv o‘qitish asosida
shaxsni biologik, psixologik va ijtimoiy tashkillashtirishning dinamik tizimi yotadi.
Uning “strategiya va aqliy qobiliyatlarning butun majmuini rivojlantirib, o‘qitish
Ta'lim metodlari
og'zaki usuld
orqali
ko'rgazmali
qurollar orqali
amaliy
mashg'ulotlar
orqali
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
302
ISSN:3030-3613
jarayoni va individning yangi sharoitlarga o‘rganish jarayoniga imkoniyat yaratishi”
2
ni
qayd etmoq o‘rinlidir. Bu kabi metodlar oʻrganuvchilar tafakkuri, ruhiyati,
oʻzlashtirish jarayonlari rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻqituvchi va oʻquvchi
oʻrtasada samimiy va doʻstona muhit yarata olishiga sharoit yaratadi.
“Asarda tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini farqlash jonli muloqot
natijasidir. Kitobxon ularni taqqoslash uchun bosh qotiradi – o‘ylashga majbur bo‘ladi.
Shu jarayonda asar voqeligini xayolida qayta jonlantiradi, qahramonlarning o‘rniga
o‘zini qo‘yib ko‘radi, muayyan xulosalar chiqaradi. Ko‘rinadiki, u ham o‘ziga xos ijod
qiladi".
3
Umumiy oʻrta taʼlim maktabining 5-sinfida Xudoyberdi Toʻxtaboyevning
"Sehrli qalpoqcha" asaridagi "Shaytonning yelkasiga igna sanchdim" qismini empatiya
metodi asosida tahlil qilamiz. Bu jarayonda oʻrganuvchilarga quyidagicha murojaat
qilish mumkin:
"Tasavvur qiling, siz ushbu voqea-hodisa sodir boʻlgan paytga va joyga tushib
qoldingiz. Oʻzingizni Hoshimjonning oʻrnida tasavvur qiling. Direktor xonasida
doʻstingiz bilan turibsiz, atrofingizda tasvidagidek oʻqituvchilar. Siz ham barcha aybni
oʻz zimmangizga olarmidingiz? Siz uydan chiqib ketgan boʻlarmidingiz yoki
boshqacha yoʻl tutgan maʼqulmi? Oʻsha paytdagi holatingizni soʻzlar orqali
tasvirlashga harakat qiling ".
Maʼlum bir qahramonning oʻrniga oʻzini qoʻya olish obrazning xususiyatlarini
yanada aniq oʻrganish, uning tuygʻu va kechinmalarini anglash jarayonini integratsiya
qiladi. “Empatiya metodini qo‘llashning ahamiyati o‘quvchida personajlar qiyofasiga
kirish orqali obyekt muammolarini tushunish, kechinmalarini his qilish va jarayonni
belgili, harakatli yoki rasmli tarzda tasvirlash ko‘nikma va malakalari shakllanishi;
mavjud imkoniyatlar yuzaga chiqishi; obyekt ichiga kirish holatida o‘quvchi o‘zini
kuzatish va baholash imkoniga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi”.
4
Ilmiy faraz(gipoteza) metodida olamdagi maʼlum narsa, voqea-hodisalar
mohiyatini ochish ustuvor sanaladi. Materiallar empirik jihatdan tahlil qilingandan
soʻng oʻquvchi uchun yangi gʻoyalar, savollar paydo boʻlishiga zamin hozirlaydi.
“Adabiyot darslarida ilmiy faraz (gipoteza) metodini qo‘llashning afzalliklari
shundaki, bunda o‘rganilayotgan mavzu doirasida savoltopshiriqlar yoki muammoli
vaziyatlarning bir qator variantlari yaratilishi ko‘zda tutilib, g‘oyalarning asoslari
2
https://www.mirznanii.com/a/179562/kognitivnye-metody-obucheniya
3
C.Матчонов, Умумтаълим тизимида адабиётдан мустақил ишларни ташкил этиш. Пед. фан. док. ...дисс. -
Тошкент, 1998. – 84 б.
4
S.Kambarova, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi [Matn] : uslubiy qo‘llanma / – Toshkent: Mahalla va Oila, 2022. -
128 b.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
303
ISSN:3030-3613
aniqlanadi, muhokama qilinib, mantiqan mukammal hisoblangan fikr-mulohazalar
tanlab olinadi”.
5
6-sinfda Abdulla Qahhorning "Oʻgʻri" hikoyasini oʻrganishda "Agar Qobil bobo
barcha amaldorlarga "pora" bermaganda edi...", "Agar zamon bunchalik ogʻir
boʻlmaganda edi...", Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasidagi "Eng ogʻir
gunoh" qismida berilgan voqea asosida "Nega ona yolg‘on gapirdi? U yolg‘on gapirib
to‘g‘ri qildimi? Agar haqiqatni aytganida voqea qanday yakun topgan bo‘lardi?", yoki
Gʻafur Gʻulomning "Shum bola" qissasi asosida "Agar shum bola uyidan qochib
ketmaganda edi...", "Agar u Sari oy boʻlisni aldamay, rostini aytib, chaqirganda edi..."
kabi savollar oʻquvchining matiq va idrokini ishga soladi va javob variantlari yuzaga
keltiradi.
"Ramziy koʻrish" metodi. “Ramz – bu o‘zida mohiyatni mazmun etgan
voqelikning chuqur obrazidir va u shu voqelikni bilish va kuzatish vositasida namoyon
bo‘lishi mumkin".
6
Ushbu metodda berilgan narsa va u ifodalayotgan Ramziy maʼno
oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlashga koʻmaklashadi. Barcha nazariy maʼlumotlar
oʻzining ilmiy daliliga ega. "Kognitiv nazariyada “sxema” tushunchasi qabul qilingan
bo‘lib, bu tushuncha inson xotirasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar va xotiralar
yig‘indisini bildiradi. Inson miyasi yangi ma’lumotni qabul qilayotganda o‘zida
mavjud sxema bilan solishtiradi va bu sxemaga mos tushadigan ma'lumot yaxshiroq va
osonroq o‘zlashtiriladi” Oʻquvchilar matnda berilgan ramzlarni matnga bogʻliq holda
tahlil qilishi kerak boʻladi. Misol uchun, 5-sinf adabiyot darsligida bunga oid
quyidagicha savollar tuzilgan:Abdulla Oripov sheʼrlari asosida: Uchala she’rdagi
obrazlar hayotda kimlar yoki nimalarning ramzi bo‘lishi mumkin?
Erkin Vohidov sheʼri asosida: Sizningcha, she’rdagi qaysi obraz kamtarlik ramzi
bo‘la oladi? Nima uchun?
Alisher Navoiyning "Sheʼr va durroj" hikoyasida sheʼr va durroj kimlarning
ramziligini, bunday ramzlarni hayotdan misollar topish orqali aniqlash ancha samarali
yechim beradi.
Kreativ metodlar: tadqiqot xarakteridagi kreativ metodlar tarbiyalanuvchilarda
maqsadga qaratilgan ijodiy tafakkurni qaror toptirib, shaxsiy ta’lim mahsuli yaratish
bilan natijalanadi.
"Oʻylab topish" metodida oʻquvchi asarda berilgan qahramonlarning xarakterli
xususiyatlarini boshqasiga koʻchiradi va bu orqali yangi bir obraz yuzaga keladi.
"Mazkur jarayonda o‘quvchilar aynan qaysidir qahramonni tamomila boshqa qiyofada
ko‘rishi va xayolan o‘zlari inkishof etgan evrilishlarni yuzaga chiqarish imkoniga ega
5
S.Kambarova, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi [Matn] : uslubiy qo‘llanma / – Toshkent: Mahalla va Oila, 2022. -
128 b.
6
Турсунов Ж. Ўқувчиларда креатив қобилиятларни шакллантиришда эвристик таълим методларидан
фойдаланиш // Maktab va hayot. – Тошкент, 2013. – № 3. – Б. 27.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
304
ISSN:3030-3613
bo‘ladilar. Jumladan, taniqli adib Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi
personajlari Amir Kayxusrav, Mahmudshoh Buxoriy, Abu Is’hoq Yasovuriy, Odilshoh
jaloyir kabi xudbin amirlar Amir Temurning kechirimlilik, bag‘rikenglik, olijanoblik
bobidagi xatti-harakatlari ta'sirida o‘zlarini jaholatdan asray bilgan kishilar obrazlari
sifatida gavdalanishi nazarda tutiladi".
7
Metodist olima Q.Husanboyevaning fikrlariga kora, muammoli vazifalar
oquvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda muhim rol oynaydi. Shuningdek,
berilayotgan muammoli savollar o'quvchilar olgan bilimlarga ham mos kelishi lozim.
Umumiy qilib aytganda, bu kabi metodlar orqali berilgan savol va topshiriqlar orqali
oʻquvchilarga nazariy bilimlarni amaliy shaklga keltirish, yangi oʻrganilgan bilimlar
asnosida oʻzi ham yangilik kashf qilishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yoldoshev Q. Adabiy saboqlar. Umumtalim maktablarining 8-sinf Adabiyot
darsligi uchun metodik qollanma. T.:Sharq, 2004.
2.
S.Kambarova, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi [Matn] : uslubiy
qo‘llanma / – Toshkent: Mahalla va Oila, 2022.
3.
Турсунов Ж. Ўқувчиларда креатив қобилиятларни шакллантиришда
эвристик таълим методларидан фойдаланиш // Maktab va hayot. –
Тошкент, 2013. – № 3.
4.
C.Матчонов, Умумтаълим тизимида адабиётдан мустақил ишларни
ташкил этиш. Пед. фан. док. ...дисс. - Тошкент, 1998.
7
S.Kambarova, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi [Matn] : uslubiy qo‘llanma / – Toshkent: Mahalla va Oila, 2022. -
128 b.