Mualliflar

  • Salimjonov Axadjon Alisher oʻg‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106341

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar zoʻravonlik jabrlanuvchi viktimlik jazo tayinlash zoʻravonlik belgilari.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  tezisda  zoʻrlik  ishlatib  sodir  etiladigan  jinoyatlarning 
kriminologik tavsifi, mazkur jinoyatlarning sabablari, ularning sodir etilishiga imkon 
bergan  shart-sharoitlar  hamda  ularni  oldini  olish  va  profilaktika  masalalari  tahlil 
qilinadi.  Zoʻrlik  ishlatib  sodir  etiladigan  jinoyatlarni  oldini  olishda  zamonaviy 
yondashuvlarni  amaliyotga  tatbiq  etish  haqida  fikr  yuritiladi.  Zoʻravonlik 
jinoyatlarining  asl  ildizlari,  sabablari  hamda  ularni  oldini  olish  masalasi,  mazkur 
jinoyatlarga qarshi kurash haqida olimlarning qarashlari, fikr va mulohazalari tahlil 
qilinib guruhlashtiriladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

262

ISSN:3030-3613

ZO‘RLIK ISHLATIB SODIR ETILADIGAN JINOYATLAR

TUSHUNCHASI VA KRIMINOLOGIK TAVSIFI

Salimjonov Axadjon Alisher oʻg‘li

Toshkent davlat yuridik

universiteti magistranti

axadjontsul@gmail.com

telefon raqam (+998) 97-000-78-08

Annotatsiya.

Ushbu tezisda zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning

kriminologik tavsifi, mazkur jinoyatlarning sabablari, ularning sodir etilishiga imkon
bergan shart-sharoitlar hamda ularni oldini olish va profilaktika masalalari tahlil
qilinadi. Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishda zamonaviy
yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish haqida fikr yuritiladi. Zoʻravonlik
jinoyatlarining asl ildizlari, sabablari hamda ularni oldini olish masalasi, mazkur
jinoyatlarga qarshi kurash haqida olimlarning qarashlari, fikr va mulohazalari tahlil
qilinib guruhlashtiriladi.

Kalit soʻzlar:

zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar, zoʻravonlik,

jabrlanuvchi, viktimlik, jazo tayinlash, zoʻravonlik belgilari.

Kirish

Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar – jinoyat huquqida zoʻrlik ishlatib

shaxsning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy erkinligiga, mulkka, tinchlik va insoniyat
xavfsizligiga, boshqaruv tartibiga, jamoat xavfsizligiga, jamoat tartibiga qarshi sodir
etiladigan jinoyatlardir. Ular koʻpincha qasddan odam oʻldirish; terroristik akt; xalqaro
himoya huquqi bor shaxsga tajovuz qilish; qasddan sog‘liqqa og‘ir, oʻrtacha, yengil
shikast yetkazish, jismoniy azob berish, noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum
qilish; shaxsni garovga olish; boshliqqa nisbatan zoʻrlik ishlatish kabilardan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida bevosita zo‘rlik ishatib yoki zo‘rlik

ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etish mumkin bo‘lgan quyidagi qilmishlar jinoyat sifatida
belgilangan: [11]

- qasddan odam o‘ldirish (JK 97-m.);
- kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida qasddan odam o‘ldirish (JK 98-m.);
- onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (JK 99-m.);
- zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
(JK 100-m.);
- o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (JK 103-m.);
- qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 104-m.);
- qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105-m.);


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

263

ISSN:3030-3613

- qasddan badanga yengil shikast yetkazish (JK 109-m.);
- qiynash (JK 110- m.);
- o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JK 112-m.);
- jinoiy ravishda homila tushirish, abort (JK 114-m.);
- ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (JK 115-m.);
- nomusga tegish (JK 118-m.);
- Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-m.)
- ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlash (JK 121-m.);
- ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish (JK
136-m.);
- zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy ravishda ozodlikdan mahrum qilish (JK 138-m.);
- haqorat qilish (JK 140-m.);
- bosqinchilik (JK 164-m.);
- tovlamachilik (JK 165-m.);
- talonchilik (JK 166-m.).
Bu kabi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari borasida turli olimlar turlicha fikrlar

bildirgan boʻlsada, ularni umumiylashtirgan holda bir qancha asosiy sabablarni
keltirish mumkin. Jumladan quyidagilarni shular qatoriga kiritish mumkin:
Jinoyatchining shaxsidagi salbiy belgilar va undagi jinoyatga moyillik; viktimologik
sabablar; oʻzaro kelishmovchiliklar; jamiyatdagi notoʻg‘ri shakllangan tushunchalar;
hududda mazkur jinoyatlar darajasining yuqoriligi; tengdoshlarining ta`siri (peer
pressure); spirtli ichimliklar va giyohvandlik moddalariga ruju qoʻyish. Shu oʻrinda
zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar
bilan bir qatorda sohada yana bir qancha chora-tadbirlar qilinishi lozim. Jumladan,
jamoatchilikning mazkur jinoyatlarga qarshi kurashishda faol emasligi, koʻplab
holatlarga koʻz yumilishi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilmasligi
(asosan oilaviy zoʻravonlikda), ommaviy axborot vositalari va huquqni muhofaza
qiluvchi organlar oʻrtasida ochiq va tezkor axborot almashish darajasi sustligi, mahalla
va boshqa jamoat joylarida zoʻravonlik holatlarini oldini olish borasida profilaktik
ishlar amalga oshirilmasligi, aholining huquqiy savodxonligi ustida qilinayotgan ishlar
amalda koʻzlangan natijani bermayotganligi va shunga oʻxshash boshqa holatlar
zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada
takomillashtirish lozimligini koʻrsatib bermoqda.

Mazkur tezisda bilishning umum-ilmiy dialektik metodidan foydalanilgan.

Bundan tashqari jinoiy-statistik, siyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy, qiyosiy-
huquqiy va ilmiy bilishning boshqa usullaridan foydalaniladi. Mavzu yuzasidan
olimlarning fikr va mulohazalari tahlil qilinib, taklif va tavsiyalar beriladi.

Asosiy qism


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

264

ISSN:3030-3613

Kriminologiyada zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar asosan quyidagi

guruhlarga bo’lib o’rganiladi:

- hayotga va sog’liqqa qarashi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar;
- jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlikka qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan

jinoyatlar;

- oiladagi zo‘ravonlik;
- shaxsiy erkinlikka qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar;
- mulkka qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar;
- jamoat tartibiga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar.
Quyida zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning har bir guruhini alohida

tarzda kriminologik jihatdan tahlil qilamiz.

Hayotga va sog’liqqa qarashi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar.

Hayot va sog‘liqqa qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarga quyidagilar

kiradi: qasddan odam o‘ldirish (JK 97-modda), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida
qasddan odam o‘ldirish (JK 98-modda), onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi
(JK 99-modda), zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
(JK 100-modda), Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur
choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (JK 101-modda),
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 104-modda), Qasddan badanga o‘rtacha
og‘ir shikast yetkazish (JK 105-modda), Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan
badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 106-modda), Zaruriy mudofaa
chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 107-modda),
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan
chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish (JK 108-modda), Qasddan
badanga yengil shikast yetkazish (JK 109-modda), Qiynash (JK 110-modda).

Yuqoridagi jinoyatlar ichida qotillik - ya’ni qasddan odam o’ldirish jinoyati

ijtimoiy jihatdan xavfi ancha yuqori bo’lgan jinoyat hisoblanib, qotillik jinoyati
davlatda xavfsiz ijtimoiy jamiyat qurish borasida muammolar borligini ko’rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining bergan ma’lumotlariga

ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatda jinoyatchilikning umumiy ko‘rsatkichlari
pasayishiga erishilganiga qaramasdan, ayrim og‘ir hududlarda jinoyatchilikning
ko‘rsatkichi oshganligi hamda ayrim turdagi jinoyatlarning sodir etilishi kuzatilmoqda.

Ya’ni respublika miqyosida qasddan odam o‘ldirish va o‘ldirishga suiqasd qilish

jinoyatlari soni 2015-yilda – 766 ta, 2016-yilda – 743 ta, 2017-yilda – 593 ta, 2018-
yilda – 503 ta, 2019-yilda – 351 ta, 2020-yilda – 445 ta, 2021-yilda – 496 ta, 2022-
yilda – 397 ta, 2023-yilda – 363 tani tashkil qilgan. [17]

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 2015-yilda – 1478 ta, 2016-yilda – 1775

ta, 2017-yilda 1600 ta, 2018-yilda 1350 ta, 2019-yil sentabr oyigacha esa 633 ta sodir
etilgan. [18]


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

265

ISSN:3030-3613

Jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlikka qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan

jinoyatlar.

Mazkur jinoyatlarga Nomusga tegish (JK 118-modda), Jinsiy ehtiyojni

zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-modda), Shaxsni jinsiy aloqa
qilishga majbur etish (JK 121-modda) kiradi.

Ushbu jinoyatlarni sodir etishning asosiy motivi jinsiy ehtiyojni shahvoniy

shaklda qondirish istagi hisoblanadi. Ba’zan zo‘rlik sodir etgan shaxsning jinsiy
motivlari bezorilik motivlari bilan, kattalarga taqlid qilish, ayolni kamsitish yoki uni
obro‘sizlantirish, ustidan kulish, undan o‘ch olish istagi bilan qo‘shilib ketadi.
Ko‘pincha zo‘ravonning jinoyatkorona xatti-harakatidagi asosiy motiv zo‘ravonlikka,
tajovuzkorlik, shafqatsizlik va o‘zining jinsiy ehtiyojini qondirish istagiga aylanadi.

Nomusga tegish jinoyatlari tuzatib bo‘lmaydigan salbiy oqibatlar,

jabrlanuvchilarga chuqur jismoniy, ma’naviy va psixologik jarohatlar yetkazilishi
sababli yuqori darajadagi ijtimoiy xavfli harakter kasb etuvchi jinoyatlar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida nomusga tegish va nomusga tegishga urinish jinoyati

sodir etganlar soni 2015-yilda – 549 ta, 2016-yilda – 481 ta, 2017-yilda – 376 ta, 2018-
yilda – 222 ta, 2019-yilda – 213 ta, 2020-yilda – 272 ta, 2021-yilda – 383 ta, 2022-
yilda – 361 ta, 2023-yilda – 452 tani tashkil etgan.

14 yoshga to‘lmagan bola bilan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqaga kirishish jinoyatini

sodir etganlar soni esa 2019-yilda – 52, 2020-yilda – 35, 2021-yilda – 57, 2022-yilda
– 73 nafarni tashkil etgan. [14]

Statistika ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, 2023-yilda nomusga tegish va

nomusga tegishga urinish jinoyati sodir etganlar soni 2019-yildagiga nisbatan qariyb
ikki barobarga ko‘paygan. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda yurish-turish normalari,
yoshlarning dunyoqarashi, insonlarning hayotga bo‘lgan qarashlari, jamiyatdagi
qadriyatlarning o‘zgarishi hamda internet orqali turli xildagi mafkura va madaniyatlar
qorishmasining jamiyatga ko‘rsatgan ta’siri natijasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Oiladagi zo‘ravonlik.

Soʻnggi yillarda yurtimizda oila va undagi muhitni

sogʻlom va mustahkam qilish, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan boʻladigan
zoʻravonliklarni oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-
aprelda qabul qilingan 829-sonli “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlarini ishonchli himioya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi
munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksiga 126-1-moddasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga 59-2-
moddasi kiritildi. [19]

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasida xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq

eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga
ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va
(yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

266

ISSN:3030-3613

shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar
sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini
tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, shunday harakatlar
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, shuningdek basharti
boshqa jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha

miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilab qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,

2023-yilning 12 aprel kunidan yil oxirigacha Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bilan
203 nafar shaxs sudlanib, ularning 59 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 144
nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi bilan esa

8928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 5229 nafariga jarima
jazosi, 3699 nafariga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan. [20]

Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki 9 oylik muddat davomida

yurtimizda 203 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bilan sudlangan, 8928
nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi bilan
javobgarlikka tortilgan.

Oiladagi jinoyatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kelib

tushgan murojaatlarni o‘rganishda 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18777 ta ruhiy, 13658
ta jismoniy zo‘ravonlik hamda 7174 ta tazyiq holatlar aniqlangan.

Qo‘llanilgan himoya orderlari natijada 20769 ta holatda oila yarashtirilgan, 15142

tasida nizo bartaraf etilgan, 921 tasida oilada ajrim holati kuzatilgan, 2222 ta holatda
nizo bartaraf etilmagan. [21]

Oilada sodir etiladigan jinoyatlarni oʻrganish davomida “Google” platformasi

orqali soʻrovnoma (keying oʻrinlarda soʻrovnoma deb yuritiladi) oʻtkazildi va unda
mavzuga doir turli xil savollar respondentlar e’tiboriga havola qilindi. Mazkur
soʻrovnomada 18-24 yoshlar oraligʻida boʻlgan jami 70 nafar yoshlar ishtirok etdilar
va oʻzlarining mavzuga doir fikr va mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

Jumladan respondentlar e’tiboriga havola qilingan “Yoshligingizda ota-onangiz

tomonidan kaltaklanganmisiz?” degan savolga ishtirokchilarning 11.4% qismi bu holat
tez-tez uchrab turganligi haqida fikr bildirishgan. Respondentlarning 54.3% qismi
yoshlik chogʻlarida ota-onasi tomonidan kaltaklanganligini tan olib, biroq bu holatlar
juda kam boʻlganligini bayon qilgan. Soʻrovnomada qatnashgan 70 nafar
ishtirokchining deyarli uchdan bir qismi, ya’ni 34.3% ota onasi tomonidan umuman
kaltaklanmasdan voyaga yetganligini aytib oʻtgan. (1-ilovaga qarang)


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

267

ISSN:3030-3613

Mulkka qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar.

Mazkur jinoyatlarga

bosqinchilik (JK 164-modda), talonchilik (JK 165-modda) va tovlamachilik (JK 166-
modda) kiradi.

Mulkka qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi shundaki, bu turdagi jinoyatlar

natijasida shaxsiy va xususiy mulkka moddiy zarar yetkaziladi. Shu bilan birga, jinoyat
sodir etgan shaxslarning o‘z vaqtida aniqlanmasligi va javobgarlikka tortilmasligi va
bir tomondan, ularning g‘ayriqonuniy boylik orttirishiga, ijtimoiy foydali mehnat bilan
shug‘ullanmasdan tekinxo‘rlarcha hayot kechirishiga imkon yaratsa, boshqa
tomondan, bu holatlar jinoyat sodir etgan shaxslar uchun javobgarlik va jazoning
ta’minlanmasligiga, jabr ko‘rgan shaxslarga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy
zararning qoplanmasligiga va odamlar ongida ichki ishlar organlarining o‘z vazifalarin
bajarmayotganligi haqida fikrlar shakllanishiga hamda provard-natijada davlatga
ishonchning yo‘qolishiga olib keladi. [2]

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yhatga olingan talonchilik va bosqinchilik

jinoyatlari soni 2015-yilda – 1780 ta, 2016-yilda – 1516 ta, 2017-yilda – 1189 ta, 2018-
yilda – 589 ta, 2019-yilda – 401 ta, 2020-yilda – 534 ta, 2021-yilda – 1344 ta, 2022-
yilda – 913 ta, 2023-yilda – 762 tani tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yhatga olingan tovlamachilik jinoyatlari soni 2015-
yilda – 426 ta, 2016-yilda – 412 ta, 2017-yilda – 305 ta, 2018-yilda – 201 ta, 2019-
yilda – 152 ta, 2020-yilda – 206 ta, 2021-yilda – 354 ta, 2022-yilda – 364 ta, 2023-
yilda – 477 tani tashkil etgan. [22]

Qurolli bosqinchilik va talonchilik - bu shaharlarga, shahar atrofi hududlariga va

shahar tipidagi posyolkalarga xos jinoyatlardir. Ularning yarmidan ko‘pi kechki va
tungi vaqtlarda ko‘chalarda, bog‘ va xiyobonlarda sodir etiladi. Odatda, bu odamlar
kam yuradigan ko‘chalar, gavjum bo‘lmagan hovlilar va yoritilmagan jamoat joylari,
shuningdek, uylarning podyezdlari va liftlar bo‘ladi.

Rus olimi A.I. Dolgov oʻzining kriminologiya darsligida zoʻrlik ishlatib sodir

etiladigan jinoyatlarga quyidagicha ta`rif beradi: “Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan
jinoyatlar — bu jismoniy kuch qoʻllash yoki bunday kuchni qoʻllash tahdidi bilan sodir
etilgan jinoyatlar majmuasidir. Ularning asosiy va bevosita maqsadi inson hayotidan
mahrum qilish, uning sog‘lig‘iga zarar yetkazish, jismoniy erkinligini cheklash,
tananing (shu jumladan jinsiy daxlsizlikning) erkinligiga qarshi harakat qilishdir.
Shuningdek, bu tushuncha ma`lum hududda va ma`lum vaqt ichida zoʻrlik ishlatib
sodir etilgan jinoyatlar majmuasini ham oʻz ichiga oladi.” [1; 235-b]

Zoʻravonlik nafaqat jismoniy yoki ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi bilan

ijtimoiy xavfli, balki jabrlanuvchini oʻz e`tiqodi va qadriyatlariga zid boʻlgan
harakatlarni amalga oshirishga moyil qilib qoʻyishi bilan ham jamiyat uchun katta
xavfdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

268

ISSN:3030-3613

«Zoʻravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar deganda jinoyat qonunida nazarda tutilgan,

shaxsga qasddan jismoniy zarar yetkazadigan harakatlarni, shuningdek boshqa zarar
yetkazish tahdidlarini, insonga majburlovchi ta`sir koʻrsatishni, uning tazyiq ostida
boʻlishini, shaxsiy daxlsizlikning buzilishini tushunamiz. Zoʻravonlik natijasida
hayotdan mahrum qilish, somatik yoki inson psixikasiga zarar yetkazish, shaxsning
sha`ni, qadr-qimmati va erkinligining buzilishi, uning ijtimoiy maqomining salbiy
oʻzgarishi

yuzaga

kelishi

mumkin»,

-

deb

yozadi

Yu.M. Antonyan. [2; 54-b]

Adabiyotlarda zoʻravonlikning bir nechta turlari va shakllari farqlanadi:
Psixologik zoʻravonlik - bu bevosita psixologik jarohat yetkazadigan harakatlar:

tahdidlar, haqoratlar, tuhmat, tovlamachilik, obroʻsizlantirish, majburlash va zoʻrlash,
toʻsqinlik qilish, insonning irodasini cheklash va boshqalar;
jismoniy zoʻravonlik – insonni hayotidan mahrum qilish, uning jismoniy salomatlik
holatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq harakatlardir. [3; 24-b]

Rus olimi N.F. Kuznevtsova oʻzining kriminologiya darsligida zoʻrlik ishlatib

sodir etiladigan jinoyatlarni birlashtiruvchi asosiy belgi - bu shaxsga nisbatan jismoniy
yoki psixik zoʻravonlikning turli jinoyat maqsadlariga erishish vositasi sifatida
qoʻllanilishidir deb aytib oʻtadi. Bu orqali olim, shaxsga nisbatan zoʻrlik asosan ikki
xil shaklda jismoniy va psixologik shaklda boʻlishi mumkinligiga ishora qilgan. [4;
302-b]

Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatchilikning sabablariga toʻxtalib oʻtadigan

boʻlsak, jinoyatchilik darajasiga ta`sir etuvchi omillar koʻp qirrali boʻlib, ularni
quyidagicha guruhlash mumkin:

• Ijtimoiy omillar: aholining soni, migratsiya, ijtimoiy nazoratning zaifligi, oilaviy

va jamiyatdagi muammolar (masalan, oilaviy zoʻravonlik, ajrimlar), ijtimoiy
tengsizlik;

• Iqtisodiy omillar: ishsizlik, iqtisodiy inqirozlar, daromadlarning noteng

taqsimlanishi, moliyaviy qiyinchiliklar;

• Siyosiy omillar: siyosiy beqarorlik, korrupsiya, huquq-tartibot organlarining

samaradorligining pastligi;

• Madaniy va psixologik omillar: ijtimoiy qadriyatlar, madaniyat, shaxsning

psixologik xususiyatlari (agressivlik, impul`sivlik), jinoyatni normal qabul qiluvchi
subkulturalar mavjudligi;

• Atrof-muhit va infratuzilma: yetarlicha yoritilmagan koʻchalar, jamoat

joylarining zaif nazorati, jinoyatchilik sodir boʻlishi mumkin boʻlgan hududlar bilan
alohida tartibda ishlanmasligi.

Stanton E.Samenov oʻzining “Inside the criminal mind” asarida quyidagicha

yozadi “Jinoyat sabablarining asl ildizi uni sodit etishga boʻlgan imkoniyatning
mavjudligidir.” [5; 78-b] Amerikalik kriminolog olimning yuqoridagi fikrlariga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

269

ISSN:3030-3613

qisman qoʻshilish mumkin boʻlsa-da lekin amaliyot uning fikrlarini mutlaq rad etadi.
Sababi jinoyat sodir qilish jismoniy harakatlanish imkoniyatiga ega boʻlgan har qanday
shaxsning qoʻlidan kelishi mumkin. Jinoyatlarni butunlay nazoratga olishning imkoni
mavjud emas.

Jinoyatchilikning sabablari va sharoitlari oʻrtasida oʻzaro aloqadorlik mavjud

boʻlib, bu esa “jinoyatchilik determinantlari” degan umumlashtirilgan tushunchani
qoʻllashga imkon beradi. Bu tushuncha har ikkala — sabablar va sharoitlarni — oʻz
ichiga oladi. Sharoitlar oʻz-oʻzidan jinoyat va jinoyatchilikni yuzaga keltira olmaydi.
Biroq sabablar mavjud boʻlmasdan ular shakllanmaydi va roʻyobga chiqmaydi.
“Sabab–sharoit” oʻzaro ta`siri tizimi ichida sifat jihatidan muhim farq saqlanib qoladi:
bu — sabablar jinoyatchilikni yuzaga keltiradi, sharoitlar esa jinoyat sodir boʻlishiga
koʻmaklashadi. Sabablar, mazmunan, ijtimoiy-psixologik xarakterga ega boʻladi.
Sharoitlar esa iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa mazmunlarga ega
boʻladi. Sabablar jinoyatchilikni yuzaga keltiradi, sharoitlar esa uni roʻyobga
chiqarishga yordam beradi. Ular tarkibiy va mexanizm xususiyatlariga koʻra oʻrin
almashishi mumkin.

Professor V.P. Emelyanov jinoyatlarning sabablari borasidagi oʻz izlanishlari

natijasida quyidagi xulosaga kelganini bayon qiladi: “Faqat iqtisodiy, mafkuraviy,
ijtimoiy va biologik omillarning ma`lum bir majmuasi jinoyat deb ataluvchi reaksiyani
keltirib chiqaradi. Jinoyatchilikning sababi — bu ijtimoiy va biologik tabiatga ega
boʻlgan turli hodisalarning sintezidir” [6; 33-b]

Chezare Lombroso jinoyatlarning sabablari haqidagi fikrlarini quyidagicha

bayon qilgan: “Har qanday jinoyat koʻplab sabablar natijasidir; va koʻp hollarda bu
sabablar oʻzaro bog‘langan va aralashgan boʻlsa-da, biz ularning har birini alohida
koʻrib chiqishimiz kerak.” [7; 135-b]

1896 yilda Enriko Ferri bu yondashuvni yanada rivojlantirgan. Uning

yozishicha: “Insonning barcha harakatlari uning fiziologik va ruhiy holati hamda oʻsib
ulg‘aygan jismoniy va ijtimoiy muhit mahsulidir, shuning uchun men jinoyatchilik
omillarini uch toifaga boʻldim: antropologik yoki individual, jismoniy va ijtimoiy.” [8;
306-b]

Bu vaqtda boshqa bir kriminolog olim N.P. Dubinin “Inson ijtimoiy xulq atvor

bilan tug‘ilmaydi, balki uning xulq-atvori va dunyoqarashi yillar davomidagi hayotiy
tajribalarida shakllanadi” degan fikrni ilgari suradi. [9; 64-b]

Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish borasida soʻnggi yillarda

yurtimizda sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentning 03.01.2025
yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish
boʻyicha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi 1-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston
Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻg‘risida”gi qonuni hamda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

270

ISSN:3030-3613

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi bilan belgilangan mas`ul
idoralar va muassasalar uchun 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi va quyidagi ishlash mexanizmlari
joriy etildi: [13]

2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni

barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar
kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman —
viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas`ul rahbarlarni biriktirish va aniq
sohaviy javobgarlikni yuklash;

kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida

joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlarni oʻtkazish orqali huquqbuzarliklarga
sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy
choralarni koʻrish;

mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush

munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla
yettiligi” har bir vakilining aniq mas`uliyatini belgilash, ushbu toifadagi
huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish;

aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas`uliyatini oshirish,

jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ijtimoiy muammolarni hal
etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish;

mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish,

fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish
maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va
texnik vositalarni keng joriy etish;

mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha har bir mas`ul idora

va muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari yuzasidan
qat`iy soʻrov tizimini yoʻlga qoʻyish hamda ushbu masalaga mas`uliyatsizlik bilan
yondashgan rahbarlarga ta`sir choralarini koʻrib borish.

Xulosalar

Bugungi globallashuv va texnologik rivojlanish davrida zoʻrlik ishlatib sodir

etiladigan jinoyatchilikning koʻpayish darajasi ularning profilaktikasi va oldini olish
borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi,
ularni huquqiy jihatdan tartibga solish kerakligini koʻrsatadi. Jumladan, zoʻravonlik
jinoyatlarini har tomonlama tahlil qilish orqali zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni
jinoiy-huquqiy va kriminologik nuqtayi nazardan kengroq oʻrganish, bu borada yanada
chuqurroq tahlillar amalga oshirish, zarur boʻlsa zoʻavonlikka moyil shaxslar reestrini
tashkil qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish lozim boʻladi. Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan
jinoyatchilik va ularni oldini olish masalalarini tahlil qilish natijasida quyidagicha
takliflar ishlab chiqildi:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

271

ISSN:3030-3613

Birinchidan

, yoshlar oʻrtasidagi zoʻravonliklarni barvaqt oldini olish maqsadida

maktab, litsey va oliygohlarda “Zoʻravonlik nima?”, “Zoʻravonlikka qarshi qanday
munosabat bildirish kerak?” kabi mavzularda muntazam dars va treninglar
oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish lozim.

Ikkinchidan

, mahallalarda yashovchi oilalarning mustahkamligini oshirish va

ularning tinchligini ta`minlash maqsadida viloyat/shahar/tuman kesimida “

Eng faol

mahalla”, “Huquqbuzarlikdan holi mahalla”

kabi tamoyillar asosida mahallalarni

rag‘batlantirish va unda istiqomat qiluvchi faol shaxslarga turli xil imtiyozlar,
jumladan bepul sayohat chiptalari, har oylik bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish va davolanish
uchun, sanatoriyalar uchun yoʻllanmalar berish, foizsiz kreditlar ajratish, ipoteka
kreditlari berish, tadbirkorlikka jalb qilish, yashash sharoitlarini yaxshilashga
qaratilgan amaliy ishlar va shunga oʻxshash bir vaqtning oʻzida ham oila ham davlat
uchun samarali boʻlgan imtiyozlar joriy etish zarur.

Uchinchidan

,

nazariyaga

va

keyinchalik

bosqichma-bosqich

tarzda

qonunchilikka “status zoʻravonligi” tushunchasini kiritish va uni quyidagi tahrirda
bayon etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

Status zoʻravonligi —

bu mansab, ijtimoiy mavqe, xizmat yoki boshqa rasmiy yoki

norasmiy ierarxik ustunlikdan foydalanib, boshqa shaxsga nisbatan jismoniy,
psixologik, ijtimoiy yoki iqtisodiy bosim oʻtkazish, shuningdek tazyiq yoki kuch
ishlatish orqali unga zarar yetkazish yoxud huquq va erkinliklarini cheklash shaklida
ifodalanuvchi zoʻravonlik.

To‘rtinchidan

, Jinoyat kodeksining atamalarning huquqiy ma’nosi keltirilgan

sakkizinchi bo‘limiga quyidagi atamani kiritish:

Zo‘ravonlik —

shaxsga nisbatan nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy

ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish
orqali shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun
bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan
g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik).

Beshinchidan

, Amaldagi jinoyat kodeksining 66

1

-moddasi birinchi qismiga koʻra

Jinoyat kodeksining 126

1

-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va

toʻrtinchi

qismlarida (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan
shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni
bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi belgilangan. [11]

Biroq amaliy tahlillar shuni koʻrsatdiki, koʻplab holatlarda bu turdagi jinoyatlarda

jabrlanuvchi oʻrtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan boʻlsada, ayblanuvchi (zoʻravon)
oʻzining turmush oʻrtog‘i boʻlganligi bois ruhiy bosimlar natijasida majburlikdan
yarashmoqda. Shuni inobatga olib, mazkur moddaning ushbu qismini quyidagicha
yangi tahrirga oʻzgartirish maqsadga muvofiq boʻladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

272

ISSN:3030-3613

“Jinoyat kodeksining 126

1

-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlarida

(oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u
oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf
etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.”

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

А. И. Долговой. Криминология

:

Учебник для вузов/Под общ. ред. д. ю. н., К82

проф.— 3-е изд., перераб. и доп. — М.: Норма, 2005. - 912 с.

2.

Niyozova, S.S., Salayev, N.S Kriminologiya (maxsus qism) [Matn]: Darslik – T.:
TDYU nashriyoti, 2024. – 360-b.

3.

Шляпникова О. В., Логинова О. Л. Категория насилия как объект
криминологического исследования // Криминальное насилие: общие
проблемы и опыт борьбы в Республике Саха (Якутия). С. 24—32.

4.

Н.Ф. Кузнецовой, проф. В.В. Лунеева. – 2-е изд., перераб. И доп. – М.: Волтерс
Клувер, 2004. – 640 с.

5.

Inside the criminal mind. Stanton E.Samenow.. revised edition: Crown publishers,
2004. ISBN 140004619X, 9781400046195. P-78.

6.

Емельянов В. П. Преступность лиц с психическими аномалиями. Саратов,
1980. С. 33.

7.

Cesare Lombroso. Causes and Remedies –. Stanford University libraries Cecil. H
Green library Stanford, California 94305-6004 (415) 723-1493 P 471.

8.

Ферри Э. Уголовная социология. Т. 1. М., 1910. С. 306..

9.

Коммунист. 1980. № 11. С. 64.

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // https://lex.uz/uz/docs/-6445145.

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // https://lex.uz/uz/docs/-6445145.

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻg‘risidagi kodeksi //
https://lex.uz/docs/-97664 .

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida
xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi
samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori,
03.01.2025 yildagi PQ-1-son https://lex.uz/uz/docs/-7330260 .

14.

https://siat.stat.uz/reports-filed/807/table-data Davlat statistika qo‘mitasining
rasmiy vebsaytida joylashtirilgan statistika ma’lumoti.

15.

https://kun.uz/55216986 .

16.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/domestic-violence/ .

17.

https://siat.stat.uz/reports-filed/807/table-data Davlat statistika qo‘mitasining
rasmiy vebsaytida joylashtirilgan statistika ma’lumoti.

18.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari, 2016-yil 9-
mart 01/3-01-26-139-son va 2019-yil 28-oktabrdagi 01/4-01-19-1156-son xatlari.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

273

ISSN:3030-3613

19.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son.
https://lex.uz/docs/-6430272

20.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov oʻzining telegram ijtimoiy
tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan . https://t.me/AzizAbidov/4556

21.

Gazeta.uz axborot yangiliklar vebsaytining 2021 yil 27-apreldagi sonidagi “2021
yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan”
nomi ostidagi maqolasi. https://www.gazeta.uz/oz/2022/04/27/violence/

22.

https://siat.stat.uz/reports-filed/807/table-data Davlat statistika qo‘mitasining
rasmiy vebsaytida joylashtirilgan statistika ma’lumoti.

1-ilova

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

А. И. Долговой. Криминология: Учебник для вузов/Под общ. ред. д. ю. н., К82

проф.— 3-е изд., перераб. и доп. — М.: Норма, 2005. - 912 с.

Niyozova, S.S., Salayev, N.S Kriminologiya (maxsus qism) [Matn]: Darslik – T.:

TDYU nashriyoti, 2024. – 360-b.

Шляпникова О. В., Логинова О. Л. Категория насилия как объект

криминологического исследования // Криминальное насилие: общие

проблемы и опыт борьбы в Республике Саха (Якутия). С. 24—32.

Н.Ф. Кузнецовой, проф. В.В. Лунеева. – 2-е изд., перераб. И доп. – М.: Волтерс

Клувер, 2004. – 640 с.

Inside the criminal mind. Stanton E.Samenow.. revised edition: Crown publishers,

ISBN 140004619X, 9781400046195. P-78.

Емельянов В. П. Преступность лиц с психическими аномалиями. Саратов,

С. 33.

Cesare Lombroso. Causes and Remedies –. Stanford University libraries Cecil. H

Green library Stanford, California 94305-6004 (415) 723-1493 P 471.

Ферри Э. Уголовная социология. Т. 1. М., 1910. С. 306..

Коммунист. 1980. № 11. С. 64.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // https://lex.uz/uz/docs/-6445145.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // https://lex.uz/uz/docs/-6445145.

Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻg‘risidagi kodeksi //

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida

xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi

samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori,

01.2025 yildagi PQ-1-son https://lex.uz/uz/docs/-7330260 .

https://siat.stat.uz/reports-filed/807/table-data Davlat statistika qo‘mitasining

rasmiy vebsaytida joylashtirilgan statistika ma’lumoti.

https://siat.stat.uz/reports-filed/807/table-data Davlat statistika qo‘mitasining

rasmiy vebsaytida joylashtirilgan statistika ma’lumoti.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari, 2016-yil 9-

mart 01/3-01-26-139-son va 2019-yil 28-oktabrdagi 01/4-01-19-1156-son xatlari.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov oʻzining telegram ijtimoiy

tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan . https://t.me/AzizAbidov/4556

Gazeta.uz axborot yangiliklar vebsaytining 2021 yil 27-apreldagi sonidagi “2021

yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan”

https://siat.stat.uz/reports-filed/807/table-data Davlat statistika qo‘mitasining

rasmiy vebsaytida joylashtirilgan statistika ma’lumoti.

-ilova