T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
29
ISSN:3030-3613
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA SIFATLARNING QO‘LLANILISHI
Boymirzayev Muhammad
Bozorova Zuhra
Mamadaliyeva Sevinch
DTPI, Filologiya va tillarni o‘qitish:
o‘zbek tili 3-bosqich talabalari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning sifat darajalari haqidagi
fikrlari yoritilgan bo’lib, hozirgi o’zbek grammatikasida ham qo’llanilayotganligi
isbotlab beruilgan. Bundan tashqari Navoiy svetaforni yaratganmi degan savolga
isbotlari bilan javob keltirilgan.
Kalit so’zlar:
fonetik usul, svetafor, sifat darajalari, rang-tus sifgatlari, inson
umrining uch fasli.
Abstract
: This article discusses Alisher Navoi's ideas about qualitative degrees
and proves that they are still used in modern Uzbek grammar. In addition, the question
of whether Navoi created the traffic light is answered with evidence.
Keywords
: phonetic method, traffic light, quality levels, color adjectives, three
seasons of human life.
O'zbek tili boy va xilma-xil, shuning uchun uni o'rganish va chuqur tushunish
uchun asosan lugatlar va ilmiy asarlar qo’l keladi. Ushbu maqolada o’zbek tilida
mavjud sifat so'z turkumiga oid birliklarning xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifatlar
otlarning sifatini, xususiyatini, holatini, rangini, shaklini va boshqa xususiyatlarini
ifodalaydi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi mustaqil
so‘z sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabutar, yaxshi gapirmoq. Boshqa so‘z turkumi ham
belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan
ajralib turadi. Masalan, Gul qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda
esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa
turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Ravish ham belgi
bildirishiga koʻra sifat bilan oʻxshashdir. Ammo ravusha harakat va holat belgisini
bildirsa, sivat predmetning belgisini bildiradi. O'zbek tilida sifatlar quyidagi guruhlarga
boʻlinadi.
Xususiyat bildiruvchi sifat
, asosdan anglashilgan narsa/predmetga me’yordan
ortiq egalik belgisini bildiruvchi sifat:
aqlli, kuchli;
Holat bildiruvchi sifat
, narsa/mavjudotning holat yoki vaziyatini turg‘un belgi
sifatida ifodalaydi:
goʻzal, oʻktam,koʻrkam;
Shakl bildiruvchi sifat
, bu turdagi sifat narsa/predmetning tashqi ko‘rinishini
ifodalaydi:
dumaloq yumaloq, aylana;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
30
ISSN:3030-3613
Rang-tus bildiruvchi sifat
, narsa va buyumning rangini ifodalaydi:
oq, koʻk,
qizil, qora, sariq;
Maza-ta’m bildiruvchi sifat
, predmetning mazasini bildiradigan sifatlar:
shirin, achchiq;
Hid bildiruvchi sifat
:
xushbo‘y, badbo‘y;
O‘lchov bildiruvchi sifat
:
tor, uzun, yaqin, katta;
O‘rin bildiruvchi sifat, yasama va nisbiy sifatlar
:
ichki, tashqi, devoriy;
Payt bildiruvchi sifat, yasama va nisbiy sifatlar ham deyiladi
:
kuzgi, yozgi,
qishki.
1
Rang- tus, sifatlari haqida gapirar ekanmiz bevosita Alisher Navoiyning ham
rang birdiruvchi va sifat darajalari haqidagi qarashlariga toʻxtalib oʻtamiz."
Muhokamat ul lugʻatayn" asarida : "Biror sifat yoki rang-tusni orttirma darajada
ifodalash uchun so‘zning bosh qismidan oldida bir «р» yo «m» harfini qo‘shib
qo‘yadilar. Masalan: op-poq, qop-qora, qip-qizil, sap-sarig‘, yum-yumaloq, yapyassi,
op-ochug', chup-chuqur; bu nav’ Turkiy so‘zlar ham xiyla topilad. «m» harfi
orttirilgani misoli: ko'm-ko ‘к, yam-yashil, bo ‘m-bo 'z", - deb ta'kidlab oʻtadi.
2
Aytish
joizki, sifat darajalarining bu xil koʻrinishlari bugungi kungacha qoʻllanishda davom
etmoqda. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida
fonetik usul
orqali hosil qilinadigan orttirma
daraja sifatlari fikrimizning tasdiqi boʻladi. Masalan: qopqora, yap-yapaloq, dum-
dumaloq yoki urg‘uli tovushning cho‘zilishi: (u’zun), (bala’nd), (chiro‘yli). Bundan
tashqari Alisher Navoiy bir g'azalida ham sifat so'z turkumiga oid, soʻzlarni svetafor
shaklida radif sifatida qoʻllagan. "Demak Alisher Navoiy svetafor haqida XV asrdayoq
aytib oʻtgan ekan" , - degan fikrlar ham mavjud boʻlib, bu fikrning qanchalik oʻrinli
ekanligini quyida g'azaldan baytlar keltirib tahlil qilib, aniqlaymiz.
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘ yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig‘, yashil.
Ya’ni: jononim qizil, sorig‘, yashil rangli to‘n kiymish, shundan beri yurakdan
chiqadigan ohim shu’lalari ham qizil, sorig, yashil tusdadir... Xo‘sh, shoir bunda faqat
odamni ko‘zda tutmoqdami? Olamni ham ko‘zda tutmayaptimi? Xudoni-chi? Biz
bugun shundoq deb ayru-ayru savol qo‘yamiz. Lekin bu tushunchalarni Navoiy bir-
biridan ayirmagan, uning falsafasi ularni bir butunga jamlagan, «vohid» deb
baholagan. Shoirning «jononi»da olam yashaydi, u olamda esa, qatrada quyosh aks
etganidek, kamolotning oliy timsoli bo‘lmish oliy xilqat, yuksak haq-haqiqat, Alloh
aks etadi... Yor to‘ni, olam libosi, haqiqat manzarasi rang-barang, bas, ularning
qarshisida turgan Navoiy hayratlari ham, shu’layi ohu fig‘onlari ham rang-barangdir...
Shoir endi ana shu rang-baranglik ohangini rivojlantiradi, o‘zining yorga (olamga,
1
R. Sayfullayeva “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik 247- bet
2
“ Muhokamat ul-lug’atayn” 28-29- bet
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
31
ISSN:3030-3613
xudoga) nisbatan kechinmalari orqali ma’naviy suvratlar, lavhalar chizadi, ko‘zimiz
o‘ngida ruh kitobining rang-barang sahifalari ochiladi:
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin,
Kim esar ul dasht aro har on qizil, sorig‘, yashil.
Ya’ni, ishq sahrosini ohim samumi (garmseli)dan gulshan (rang-barang) etdim,
zero ul dasht aro endi qizil, sorig‘, yashil shamollar esadi... Olamni idrok etishda
Navoiy darajasiga ko‘tarila olmaganlar uchun bu, shubhasiz, mubolag‘a. Ammo
yuqorida aytganimiz shoir dunyoqarashiga suyanchiq bo‘lgan olam-odam birligi
nuqtai nazaridan esa – ayni haqiqat. Alloh odamni azizu mukarram qilib, olamning
sarvari etib yaratgan, bas, uning chekkan ohi ishq sahrosini gulshan etsa va ul dasht
aro qizil, sorig‘, yashil shamollar essa ne ajab?!...
3
Alisher Navoiy bu gʻazalida ranglardan mohirona foydalanib, ajoyib asar
yaratgan. Bu asardagi qizil, sariq va yashil ranglari svetaforni emas, balki ilohiy ishqqa
mubtalo boʻlgan oshiq holining koʻp stamlarda har xil tusga kirishi, faqrlarning
egnidagi xirqasining ranglarini va ba'zi oʻrinlarda hayotning yaxshi yomon kunlarini
bahor, yoz va kuz fasllarining ha ranglariga ishora qilgan. Bu gʻazalda keltirilgan
ranglar ketma ketligi shunchaki she'r qofiyasiga mos holda avval qizil, keyin sariq va
oxirida yashil soʻzlari qoʻllanilgan.
Xulasa oʻrnida aytish joizki, biz bugungi kunda qoʻllab kelayotgan ba'zi sifat
turkumiga oid so’zlar va ularning daraja ko’rsatgichlari XV asrga mansub asarlarda
ham ask etgan ekan. Eng muhim ma’lumot esa Navoiy svetaforni yaratmagan degan
fikrga ega bo’lishimizdir. Navopiyning ijodini ijodi kabi qomusiy ravishda tadqiq va
tahlil etish, bu jarayonda, ayniqsa, yoshlarda rag‘bat uyg‘ota olish bugungi kunning
eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
R. Sayfullayeva “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik 247- bet; TOSHKENT — 2019
2.
B. Abdushukurov “O‘zbek tili tarixi”
3.
Alisher Navoiy “ Muhokamat ul-lug’atayn”
4.
5.
https://www.scopus.com
3
“Navoiyning hayratomuz ixtirolari” Inomjon Abdiyev maqola