Jild 63 № 6 (2025)
Maqolalar
HAMID OLIMJON VA ZULFIYA IJODIDA TABIAT TASVIRI VA INSON RUHIYATI UYGʻUNLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqimiz suygan serqirra ijodkorlar, o‘zbek
adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lgan Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilova ijodida
peyzaj ya'ni tabiat tasviri hamda inson ruhiyati uygʻunligi tahlil qilindi.
MATNLARNI TAHLIL QILISH ORQALI HISSIYOT VA EMOTSIONAL RANGLANISHINI ANIQLASH ALGORITMINI TADBIQ QILISH VA ISHLAB CHIQISH
Annotatsiya. Ushbu maqola matnli ma’lumotlarni tahlil qilish orqali hissiylik
va emotsional ranglanishni aniqlash uchun mashinaviy o‘qitish algoritmlariga
asoslangan interaktiv veb-ilova ishlab chiqishni taqdim etadi. Ilova YouTube
platformasidagi foydalanuvchi sharhlarini tahlil qilish uchun Flask freymvorkidan
foydalanadi va YouTube Data API orqali sharhlarni real vaqt rejimida yuklaydi. O‘quv
ma’lumotlari GitHub repositoriyidan olinadi va scikit-learn kutubxonasi yordamida
SVM, Random Forest, Logistic Regression, Gradient Boosting va Naive Bayes
algoritmlari qo‘llaniladi. Sharhlar ijobiy, salbiy yoki neytral deb tasniflanadi, natijalar
esa foydalanuvchilar uchun vizual jadval shaklida taqdim etiladi. Algoritmlarning
samaradorligi aniqlik, aniqlik darajasi, to‘liqlik va F1 ko‘rsatkichlari asosida
baholanadi. Ushbu yondashuv ijtimoiy media ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan tahlil
qilishda yuqori samaradorlikni namoyish etadi.
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Annotatsiya: Maqolada kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlani va xulq-
atvor xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga
o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan
bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida
kamchiliklar sodir bo‘ladi.
JAMIYATIMIZDA BOLALARDA ZOʻRAVONLIKKA QARSHI IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Bolalarga nisbatan zo'ravonlikning mohiyati bolaga jismoniy,
psixologik, ijtimoiy ta'sir ko'rsatish, shu jumladan uning jismoniy yoki ruhiy
salomatligi va daxlsizligi, huquqlari va farovonligiga tahdid soladigan, uni o'zi uchun
muhim bo'lgan faoliyatni to'xtatishga va boshqa harakatlar qilishga majburlaydigan
shafqatsiz munosabatdir.
BOLALARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
ANNOTATSIYA
Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila
muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan
qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud.
STRESSNING SALBIY OQIBATLARI HAMDA PSIXOLOGIYADA OʻRGANILISHI
Annotatsiya: Stress sog'liqqa jiddiy zarar etkazadi, odam tez-tez shamollashga
moyil bo'ladi, surunkali kasalliklar kuchayadi. Stressga uzoq vaqt ta'sir qilish,
depressiv kasalliklarning boshlanishiga yordam beradi. Hayotingizda doimiy stress
paydo bo'lishining oldini olish uchun siz ba'zi qoidalarga rioya qilishingiz kerak. Agar
stressni kamaytirish bo'yicha harakatlaringiz muvaffaqiyatsiz bo'lsa,
professionallardan yordam so'rang.
MULOQOT PSIXOLOGIYASINING SHAXS HAYOTIDAGI AHAMIYATI HAMDA SHAKLLANISH BOSQICHLARI
ANNOTATSIYA
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish
jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat,
o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini
o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,
bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab
hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni,
ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan
bevosita bog`liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda
murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi.
O‘SPIRINLARDA TAFAKKUR HAMDA IJTIMOIY FIKRNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK BOSQICHLARI
Annotatsiya Ushbu maqolada o`spirinlik davring psixologik xususiyatlari
borasida, ilk o`spirinlar aql-idroq tafakkurining rivojlanishi, va kasb tanlash xaqida
atroflicha ma`lumotlar berib o`tiladi.
BOLALARDAGI AGRESSIVLIK MUAMMOSI,YUZAGA KELISHI, KORREKSIYASI
ANNOTATSIYA
Hozirgi paytda agressivlilik muommosi psixologiyadagi eng dolzarb
mavzulardan biriga aylangan. Insondagi agressivlik holati har qanday sabablarga
bog’liq bo’lib, bu holatning psixodiagnostikasi, psixoprofilaktikasi bo’yicha xorijda
bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan va ulardan amaliyotchi psixologlarimiz
foydalanib kelmoqda. Shunday bo’lsada maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari
va maktab psixologlari so’ngi paytlarda bolalarda agressivlilik juda ko’payib
ketganini ta’kidlab kelishadi. Bolalarda agressiv harakatlar ayniqsa, ularning o’tish
davrida kuzatiladi.
OʻZBEK TILINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: TAJRIBA VA ISTIQBOLLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbek tilini oʻqitishda qoʻllanilayotgan zamonaviy
yondashuvlar, ularning afzalliklari, samaradorlik darajasi va amaliyotga tatbiq etilishi
haqida fikr yuritilgan. Kompetensiyaviy yondashuv, interaktiv uslublar, AKT
(axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) vositalaridan foydalanish, kommunikativ
metodlar va kreativ yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqolada Oʻzbek tilini oʻqitish
sifatini oshirishga xizmat qiluvchi ilgʻor tajribalar va tavsiyalar ham oʻz aksini topgan.
TEACHING READING: STRATEGIES FOR IMPROVING READING SKILLS
Annotation: This article explores the significance of teaching reading and
presents effective strategies for improving reading skills among learners. It highlights
the cognitive and linguistic processes involved in reading, categorizes reading
strategies into bottom-up, top-down, and interactive models, and discusses both
traditional and technology-enhanced approaches. The article also emphasizes the role
of motivation, vocabulary development, and comprehension in reading proficiency.
The aim is to equip educators with research-backed methods to enhance learners'
reading capabilities in various educational contexts.
O’ZBEKISTONDA DINIY BAG’RIKENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK
Annotatsiya: Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik davlat
siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu tamoyillar mamlakatda
yashovchi turli millat va din vakillarining hamjihatlikda hayot kechirishi, tinchlik va
barqarorlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va
qonunlari diniy eʼtiqod erkinligi hamda barcha millatlarning teng huquqliligini
kafolatlaydi. Shuningdek, mamlakatda turli diniy konfessiyalar va madaniy
markazlarning faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, millatlararo muloqot va
hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu
maqolada Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikning huquqiy
asoslari, amaliy tajribasi va xalqaro miqyosdagi oʻrni tahlil etiladi.
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI — XOTIN-QIZLAR MEHNATI VA IQTIDORI UCHUN MUNOSIB E’TIROF
Annotatsiya: Mazkur maqolada Zulfiya nomidagi davlat mukofoti xotin-
qizlarning ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalardagi yutuqlarini eʼtirof etish va
ragʻbatlantirish vositasi sifatida yoritilgan. Mukofotning ahamiyati, uning yosh avlodni
vatanparvarlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalashdagi oʻrni ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, mukofotga sazovor bo‘lgan iqtidorli qizlarning erishgan yutuqlari va ular
orqali jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilingan. Ushbu eʼtirof jamiyatda
ayollarning mavqeini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi avlod vakillariga
ilhom bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Zulfiya nomidagi
davlat mukofoti haqida qonun, normalar, uning talablari haqida batafsil ma’lumot berib
o’tiladi.Davlatimiz xotin–qizlarning jamiyat hayotining muhim qismi ekanligini
anglatib turuvchi muhim kuch ekanligi ushbu maqola orqali e’tirof etiladi.
MA’LUMOTLARNI DASTLABKI ISHLOV BERISH JARAYONLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada ma’lumotlarni dastlabki ishlov berish
(preprocessing) bosqichlari va ularning ma’lumotlar tahlili hamda mashinaviy
o‘qitishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida tozalash, transformatsiya qilish,
xususiyat muhandisligi, xususiyat tanlash va ma’lumotlarni ajratish kabi asosiy
jarayonlar chuqur o‘rganildi. Har bir bosqich Python dasturlash tilidagi Pandas,
NumPy va Scikit-learn kutubxonalari yordamida amaliy jihatdan tasvirlandi. Maqolada
nazariy yondashuvlar real dunyo misollari bilan boyitilib, ma’lumotlar sifatini oshirish
va modellashtirish uchun qulay muhit yaratish usullari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari
ma’lumotlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun foydali uslubiy ko‘rsatmalarni
taqdim etadi.
HARBIY O‘ZLASHMA SOHA SO‘ZLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy harbiy sohada qo‘llanilayotgan
o‘zlashma so‘zlarning kelib chiqishi, ularning o‘zbek tilidagi shakllanishi va ishlatilish
holati tahlil qilinadi. Harbiy tilning zamonaviylashuvi va xalqarolashuvi aynan
o‘zlashma terminlar orqali yuz bermoqda. Maqolada ingliz, rus, arab va boshqa
tillardan kirib kelgan harbiy terminlar misollar asosida yoritilib, ularning leksik-
semantik moslashuvi va umumxalq tili bilan integratsiyasi o‘rganiladi.
INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI HARBIY TERMINLARNING TAKOMILLASHUVI VA TILSHUNOSLIKKA KIRIB KELISH TARIXI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillaridagi harbiy terminlarining shakllanishi,
tarixiy rivojlanish bosqichlari, ularning lug‘aviy tizimda mustahkamlanishi hamda
tilshunoslik faniga kirib kelish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz tilidagi
harbiy terminlarning oʻzbek tiliga tarjima qilinishi va adaptatsiyasi, sohalararo
integratsiya jarayonlari koʻrib chiqiladi.
THE ROLE OF EMOTIONAL INTELLIGENCE IN MODERN PEDAGOGY
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy pedagogikada hissiy intellektning (EI) muhim rolini
o'rganadi. Ta'lim jarayonida hissiy intellekt o'quvchilarning har tomonlama
rivojlanishini hal qilish uchun asosiy mahoratga aylandi. Maqolada EI va o'qitish,
o'quvchilarning faolligi, inklyuziv ta'lim va maktab etakchiligi o'rtasidagi bog'liqlikni
ko'rsatadigan nazariy asoslar, amaliy qo'llanmalar va empirik dalillar muhokama
qilinadi.
GEOLOGIK DAVRLAR TASNIFI VA PALEONTOLOGIK TOPILMALAR
Аnnotatsiya
Paleontologiya - nafaqat biologiya va geologiya bilan chambarchas bog‘liq,
balki insoniyatning o‘z tarixini anglashda ham muhim o‘rin tutadi. Paleontologik
topilmalar - bizga o‘tmish hayotini, iqlimni va tabiatdagi evolyutsion jarayonlarni
anglashga yordam beradi. Ushbu maqolada yuqorida ta’kidlangan mavzular yoritilgan
hamda O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi misolida tavsiflangan.
HOZIRGI KUNDA TAʼLIM JARAYONIDA PSIXOLOGIYANING AHAMIYATINI
Annotatsiya: Hozirgi kunda taʼlim jarayonida psixologiyaning ahamiyatini
ortiqcha baholash qiyin. Taʼlim inson hayotidagi asosiy element boʻlib, uning kasbiy
va shaxsiy rivojlanishini belgilaydi. Bir tomondan, psixologiya inson miyasining
tuzilishi va oʻrganish mexanizmlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Boshqa
tomondan, u oʻquv jarayonining sifati va samaradorligini oshirishi mumkin boʻlgan
usullar va yondashuvlarni taqdim etadi.
OʻQUVCHILARDA AUTODESTRUKTIV XULQ-ATVORNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya. Autodestruktiv xulqni o'rganish uchun psixologik kuzatish metodi
ham tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. Bu metodning samarali xususiyatlari bo’yicha
psixologik ilmiy adabiyotlarda ko’plab ijobiy xulasolarni uchratish mumkin.
Jumladan L.Vigotskiy kuzatish metodini psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llagan va
uni ijtimoiy o‘rganish nazariyasi asosida tushuntirgan. U shaxs rivojlanishini
kuzatishda atrof-muhit va jamiyatning ta’sirini chuqur o‘rgangan. Vigotskiyga ko‘ra,
kuzatish bola o‘zining muhitdagi o‘rni va rivojlanish jarayonini tushunishga imkon
beradi.
YOSHLARNI KASB-HUNARGA QIZIQTIRISHNING MUHIM VAZIFALARI
Annotatsiya: Kasb tanlashga yo‘naltirish ilmiy madaniyatning kompitenti
sifatida ijtimoiy madaniy nuqtai nazardan asoslangan muayyan tarixiy va madaniy
kontekst, aksiologik doirada rivojlanadi: boshqa tomondan esa ilm-madaniyatni
rivojlantirish uchun asos vazifasini bajaradi.
O‘SMIRLARDA HUQUQBUZARLIK HAMDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHNING SOGʻLOM PSIXOLOGIK USULLARI
Annotatsiya: O‘smirlar boshqa kishilarni baholashda bazan shoshma-shosharlik
qilib, qat’iy fikr yuritishga yo‘l qo‘yib qo‘yadilar. Masalan: ular ko‘pincha kishilarni
faqat ayrim xatti-harakatlari va ayrim sifatlariga qarab baholaydilar. Bu bahoni esa
butun bir shaxsga nisbatan tadbiq qiladilar. Natijada kishining qadr-qimmati uning
ijobiy va salbiy sifatlari haqida ko‘pincha noto‘g‘ri xulosa chiqaradilar.
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA ADABIY PARODIYA TILINING RITORIK VA GERMENEVTIK JIHATLARI
ANNOTATSIYA
Maqolada Ingliz va o'zbek tillarida adabiy parodiya tilining ritorik va
germenevtik jihatlari ko‘rib chiqiladi. So‘roq gaplarning turlari tahlil qilinadi va eng
keng tarqalgan ritorik savollar ham muhokama qilinadi.
ФИЗИОЛОГИЯ СЛУХА: МЕХАНИЗМЫ ВОСПРИЯТИЯ ЗВУКА И ПОДДЕРЖАНИЯ РАВНОВЕСИЯ.
Аннотация: Настоящей обзорной статье представлен исчерпывающий
анализ работы слухового и вестибулярного аппаратов человека. В ней подробно
описаны анатомические элементы наружного, среднего и внутреннего уха, а
также их значение в преобразовании и транспортировке звуковых волн.
Значительное внимание уделено клеточным и молекулярным процессам
механоэлектрического преобразования в волосковых клетках кортиева органа,
являющихся основой кодирования звуковой информации. Последовательно
излагаются центральные слуховые пути, от слухового нерва до высших отделов
коры головного мозга, которые отвечают за обработку, интерпретацию и
восприятие звуков, включая определение тона, интенсивности и направления
звука. Вторая часть обзора посвящена физиологии вестибулярной системы.
Детально рассматривается устройство и функционирование отолитового
аппарата и полукружных каналов, их роль в обнаружении линейных и угловых
перемещений. Описаны основные вестибулярные рефлексы, такие как
вестибуло-окулярный и вестибуло-спинальный, обеспечивающие устойчивость
взгляда и поддержание равновесия. В завершающих разделах статьи затронуты
современные вызовы и нерешенные задачи в области аудиологии и
вестибулологии, включая патогенез сенсоневральной потери слуха, шума в
ушах, нарушений равновесия, а также обсуждаются возможности внедрения
инновационных методов диагностики и терапии, таких как генная инженерия и
восстановление сенсорных клеток.
ФИЗИОЛОГИЯ ВЕГЕТАТИВНОЙ НЕРВНОЙ СИСТЕМЫ: СИМПАТИКО-ПАРАСИМПАТИЧЕСКИЙ БАЛАНС.
Аннотация: Вегетативная (автономная) нервная система (ВНС) является
ключевым регулятором гомеостаза, осуществляя бессознательный контроль над
жизненно важными функциями организма. Она состоит из двух основных
отделов — симпатического (СНС) и парасимпатического (ПНС), которые
зачастую действуют антагонистически, но в то же время синергично, для
поддержания динамического равновесия, известного как симпатико-
парасимпатический баланс. Нарушение этого баланса, или вегетативная
дисфункция, тесно связано с развитием и прогрессированием широкого спектра
соматических и психоэмоциональных расстройств, включая сердечно-
сосудистые заболевания, метаболический синдром, тревожные и депрессивные
расстройства. Настоящий обзор посвящен всестороннему анализу современных
данных о физиологии ВНС с акцентом на механизмах поддержания и
последствиях нарушения симпатико-парасимпатического баланса. Рассмотрены
анатомо-функциональные особенности, нейротрансмиттерные системы,
центральные и периферические механизмы регуляции, а также современные
методы оценки вегетативного статуса. Цель данного обзора —
систематизировать и обобщить имеющиеся знания для более глубокого
понимания роли ВНС в норме и при патологии.
ЭНДОКРИННАЯ СИСТЕМА И СТРЕСС: ГОРМОНАЛЬНЫЙ БАЛАНС ЖИЗНИ.
Аннотация: Стресс является неотъемлемой частью жизни современного
человека, оказывая глубокое влияние на физиологическое и психологическое
состояние организма. Эндокринная система играет ключевую роль в реакции на
стрессовые факторы и поддержании гомеостаза. В данном обзоре
рассматривается сложное взаимодействие между различными компонентами
эндокринной системы и стрессом, анализируется влияние острых и хронических
стрессовых воздействий на гормональный баланс. Основное внимание уделено
гипоталамо-гипофизарно-надпочечниковой (ГГН) оси и симпато-
адреномедуллярной (САМ) системе как основным эффекторам стресс-ответа.
Также обсуждается влияние стресса на функцию щитовидной железы, половых
желез, метаболизм глюкозы и другие эндокринные процессы. Рассматриваются
патофизиологические механизмы, посредством которых длительный стресс
может приводить к дисрегуляции эндокринной системы и развитию различных
заболеваний, включая метаболический синдром, сердечно-сосудистые
заболевания, нарушения репродуктивной функции и психические расстройства.
В заключении подчеркивается важность понимания этих механизмов для
разработки эффективных стратегий профилактики и коррекции стресс-
индуцированных нарушений гормонального баланса и сохранения здоровья.
ИССЛЕДОВАНИЕ ПРИЧИН И УСЛОВИЙ СОВЕРШЕНИЯ ПРЕСТУПЛЕНИЙ КАК КЛЮЧЕВОЙ ЭЛЕМЕНТ В БОРЬБЕ С ПРЕСТУПНОСТЬЮ
Аннотация
В статье анализируется комплекс факторов, определяющих преступность, и
условий, способствующих совершению преступных деяний. Раскрываются
понятие и классификация причин преступности — социальных, экономических,
правовых и психологических. Также отдельно рассматриваются условия
(криминогенная среда, безнаказанность, правовая культура и др.), создающие
благоприятную среду для преступной активности. При этом подчеркивается
эффективное предупреждение преступлений требует комплексного анализа
причин и условий, направленного на устранение коренных факторов в
преступной среды.
“YORQIN TURMUSH” VA “YORQIN HAYOT” JURNALLARIDA TARJIMA ASARLARNING YORITILISHI. (1936-1941-YILLAR MISOLIDA)
Annotasiya
“Yorqin turmush” va “Yorqin hayot” jurnallarining 1936-41 yillarda chop
etilgan sonlaridagi tarjima asarlarning ilmiy qimmati, tarjima asarlarning ahamiyati,
gazetxonlarni turli millatlarning adabiy, siyosiy, iqtisodiy ahvoli haqida xabardor qilish
borasida qilingan ishlar haqida so’z yuritiladi.
СТРУКТУРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ РУССКИХ МЕТАФОР
Аннотация
Статья посвящена анализу структурных особенностей русских метафор.
Метафора рассматривается как важный элемент языка, который служит для
выражения абстрактных понятий через конкретные образы. В работе изучаются
различные типы метафор, их функциональные особенности и влияние на
восприятие мира. Особое внимание уделяется классификации метафор,
различиям в их конструкции и соотношению с культурными и лингвистическими
особенностями русского языка. Исследование направлено на понимание того,
как метафоры помогают создавать уникальные образы и как они влияют на
восприятие текста и речи.
ARAB BADIIYATSHUNOSLIGIDA ISTIORA VA MAJOZ SAN’ATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada arab adabiyotida muhim sanalgan bayon ilmi va
unga tegishli bo’lgan majoz, isteora tashbeh kabi atamalar keng o’rganilgan. Zero bu
ilmlarni bilgan kishi arab tili sir asrorlarini tushunishligi oson bo’lishi, maqsadga
tezroq yetishi ta’kidlangan.
IBN SINO MA’NAVIY MEROSIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BADIIY OBRAZLARDAGI TALQINI
Annotatsiya:Ibn Sino, o‘rta asrlar Islom falsafasining buyuk namoyandalaridan
biri sifatida, nafaqat ilm-fan, balki axloqiy masalalar bo‘yicha ham o‘zining chuqur
fikrlari bilan tanilgan. Uning ma’naviy merosi, ahloqiy qadriyatlar va insoniyatning
axloqiy masalalariga bo‘lgan yondashuvi orqali shakllangan.Ibn Sinoning axloqiy
fikrlari, uning falsafiy asarlarida, xususan, "Kitob al-Shifa" va "Kitob al-Najat"da
ifodalangan.
NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLARNI PSIXOLOGIK QO’LLAB - QUVVATLASH ORQALI HAYOTGA BO’LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH
Annotatsiya: nogironlik, ko'plab odamlar uchun jismoniy va ruhiy jihatdan
qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin, bu esa ularning o'ziga bo'lgan ishonchini va hayotga
bo'lgan qiziqishini pasaytirishi mumkin. Psixologik qo'llab-quvvatlash, shuningdek,
ijtimoiy integratsiya va shaxsiy rivojlanish jarayonida muhim rol o'ynaydi.
Shuningdek, psixologik qo'llab-quvvatlashning nogiron shaxslar uchun qanday ijobiy
ta'sir ko'rsatishi, ularning o'z-o'zini anglashini kuchaytirishi va jamiyatda faol
qatnashishlarini rag'batlantirishi haqida fikr yuritiladi.
RUXIY TAZIQGA UCHRAGAN AYOLLARNI O’ZIGA BO’LGAN ISHONCHINI OSHIRISH
Annotatsiya: ruxiy tazik, ko'pincha stress, travma yoki hayotiy vaziyatlar
natijasida yuzaga keladi va bu ayollarning psixologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi
mumkin.Birinchidan, ayollarning ruxiy tazik bilan kurashish usullari, jumladan,
psixoterapiya, qo'llab-quvvatlash guruhlari va shaxsiy rivojlanish dasturlari tahlil
qilinadi. Ikkinchidan, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy va
emotsional ko'nikmalar, shuningdek, o'z-o'zini baholash va o'z-o'zini anglash
jarayonlari muhokama qilinadi.
VIRTUAL MUZEYLARNING PAYDO BO‘LISHI VA AHAMIYATI
Ushbu maqola axborot texnologiyalari yordamida virtual sayohat qilish orqali
muzeylar bilan tanishish va bunday sayohatdagi afzalliklar haqida ma’lumotlar
yoritilgan.
“BOBURNOMA” ASARIDA TABIAT TASVIRINING ILMIY AHAMIYATI SCIENTIFIC SIGNIFICANCE OF THE DESCRIPTION OF NATURE IN “BABURNAME”
Annotatsiya
Ilm-fan olamida har bir manba o‘z o‘rniga ega. “Boburnoma” asarida ham tabiiy
fanlar uchun qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bu asarda, ayniqsa, Mirzo Bobur yashab
o‘tgan va hayoti davomida sayohat qilgan hududlarning botanika, jug‘rofiya,
ma’danshunoslik, ekologiya kabi fanlarga aloqador ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ularni
tadqiq etish kelajakda tabiiy fanlar sohasida ilmiy izlanish olib boradigan olimlar
uchun muhim ahamiyatga ega.
ЮРИДИЧЕСКИЕ НАУКИ ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ НЕГОСУДАРСТВЕННОЙ СУДЕБНО-ЭКСПЕРТНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Аннотация: Современные условия реформирования судебно-экспертной
системы Республики Узбекистан требуют повышенного внимания к развитию
негосударственного сектора в этой области. В работе анализируются проблемы,
связанные с нормативно-правовым регулированием, качеством экспертных
заключений, недостатком профессиональных кадров и ограниченным доступом
к современному оборудованию. Обозначены направления совершенствования
института негосударственной судебной экспертизы, включая необходимость
стандартизации, лицензирования, повышения ответственности и интеграции с
государственной системой правосудия. Опыт Узбекистана в данном контексте
демонстрирует первые, но важные шаги в обеспечении объективности и
независимости экспертной деятельности.
SYLLABUS-BASED EFL PROGRESS TEST FOR PRIMARY SCHOOL CHILDREN
Annotation: This article discusses how to design syllabus-based progress tests
for primary school EFL learners. It explains the benefits of testing what students have
learned in class and offers simple, practical ideas for creating fair and age-appropriate
tests.
ТИПОЛОГИЯ МНОГОЧЛЕННЫХ СЛОЖНЫХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ В ПРОЗЕ А. П. ЧЕХОВА
Аннотация: Данная статья посвящена изучению типология многочленных
сложных предложений в прозе А.П. Чехова. В статье анализируется
углубленного анализа и системного, детального описания структуры и
семантики СМП в прозе А. П. Чехова.
MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA ХALQ MUSIQASIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY USULLARINI QO’LLASH MЕTODIKASI
Annotatsiya
Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslarida xalq musiqasidan
foydalanishning zamonaviy usullarini qo‘llash metodikasi yoritilgan.Maqolada xalq
musiqasini interaktiv dars shakllarida, multimediya resurslari, integratsiyalashgan
o‘qitish metodlari va ijodiy topshiriqlar orqali qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar
berilgan. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish, musiqiy
eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda milliy o‘zlikni anglashga xizmat qiluvchi
pedagogik yondashuvlar muhokama qilinadi. Maqola musiqa o‘qituvchilari,
metodistlar va tadqiqotchilar uchun foydali metodik manba bo‘lib xizmat qiladi.
LINGVOKULTUROLOGIYA VA METAFORIK IFODALAR TASNIFI(INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI QIYOSIDA)
Annotatsiya. Ushbu maqolada lingvokulturologiya sohasi hamda metaforalar
haqida o'rganildi. Ularning kelib chiqish tarixi, turlari , ularga oid terminlar haqida
ma'lumot berildi. Metaforalarning lingvokulturologik jihatdan tahlilining
tilshunoslikdagi o'rni to'g'risida izoh berildi. Ingliz va o'zbek tillariga oid metaforik
ifodalarga bir nechta misollar berilib , lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi.
BADIIY MATNDA UYUSHIQ BO’LAKLARNING QO’LLANISHI. (ODIL YOQUBOVNING ‘‘MUQADDAS” QISSASIDA UYUSHIQ BO’LAKLARNING ISHTIROKI.)
Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy matnni sintaktik tahlil qilish tamoyillari
va asarda qoʻllangan soʻzlarning sintaktik bog’lanishi va uyushiq bo’lakalr atroflicha
oʻrganilgan. Sintaktik tahlil tamoyillariga alohida toʻxtalib oʻtilib, har biriga asar
ichidan bir nechta namunalar keltirildi.
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA SIFATLARNING QO‘LLANILISHI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiyning sifat darajalari haqidagi
fikrlari yoritilgan bo’lib, hozirgi o’zbek grammatikasida ham qo’llanilayotganligi
isbotlab beruilgan. Bundan tashqari Navoiy svetaforni yaratganmi degan savolga
isbotlari bilan javob keltirilgan.
O‘ZBEK TILIDA SO`Z BIRIKMASINI O‘QITISH METODIKASI
Annotatsiya: Mazkur maqola o‘zbek tilida so‘z birikmasini o‘qitish metodikasiga
bag‘ishlangan. Muallif so‘z birikmasining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va
o‘qitish usullarini tahlil qiladi. Maqolada, so‘z birikmasi va unga yondosh holatlar)
o‘rtasidagi farqlar aniq misollar orqali tushuntiriladi. Nazariy jihatlar, so‘z
birikmasining tuzilishi, grammatik aloqasi va ma’no mustaqilligi haqida bilim beriladi.
Amaliy qo‘llanilish bo‘yicha so‘z birikmalarini to‘g‘ri tuzish va qo‘llash bo‘yicha
mashqlar va misollar keltiriladi.
X.DO' STMUHAMMADNING "PANOH"QISSASIDA SYUJET ASOSIY OQIMINI O'ZGARTIRISHGA QODIR OBRAZLAR TAHLILI
Annotatsiya: Mazkur maqolada asar voqealar rivojini burishga qodir
qahramonlar xarakteri ochib berilib,ularning asardagi roli tahlil qilindi.
XURSHID DO'STMUHAMMADNING "MA,OSH"HIKOYASI TAHLILI
Annotatsiya: Mazkur maqolada asar qahramonlarining xarakteri va asar
mazmunidan kelib chiqadigan xulosa tahlillar vositasi orqali yoritildi.
XURSHID DO'STMUHAMMADNING "OROMKURSI"QISSASIDA YORDAMCHI PERSONAJLAR TAHLILI
Annotatsiya: Mazkur maqolada bosh qahramon atrofida birlashuvchi ,uning
xarakterini ochib berishga qodir obrazlar tahlil qilindi.
TURKISTON O‘LKASIDA AN’ANAVIY TIBBIY XIZMAT SHAKLLARI.
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Turkiston o‘lkasida tarixan shakllangan an’anaviy tibbiy
xizmat shakllari, xalq tabobatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni, tabiblik amaliyoti va uning
aholi salomatligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ushbu tizimning o‘ziga xos jihatlari,
turli kasalliklarni davolash usullari va bu xizmatlarning keyingi davr tibbiyoti bilan
bog‘liqligi tahlil qilinadi.
CHIVINLAR ORQALI YUQADIGAN KASALLIKLAR
Ushbu maqolada chivinlar orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar, ularning turi,
tarqalish geografiyasi, kasallik alomatlari va ulardan saqlanish yo‘llari ilmiy asosda
bayon etilgan. Asosan, bezgak, denge isitmasi, sariq isitma, Zika virusi va filariyatoz
kabi kasalliklar tahlil qilinib, chivinlarga qarshi kurashishning samarali usullari
keltirilgan.
CLASSROOM MANAGEMENT STRATEGIES FOR ENGLISH TEACHERS
Annotation: This article explores effective classroom management strategies
specifically designed for English language teachers. It emphasizes the creation of a
positive and productive learning environment that supports language acquisition and
student engagement. The article offers practical techniques and examples for
maintaining order, fostering participation, and addressing common challenges in
English classrooms.
SHAMSIDDIN GURLONIYNING “AL-KIFOYA” ASARI: “HIDOYA” SHARHLARI ORASIDAGI MAVQEI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada hanafiy fiqhining eng nufuzli matnlaridan
biri bo‘lgan Burhoniddin Margʻinoniyning “Hidoya” asariga yozilgan sharhlar orasida
Shamsiddin Gurloniyning “Al-Kifoya” asarining o‘rni va o‘ziga xos jihatlari tahlil
etiladi. Muallif Gurloniyning sharhga yondashuvi, ilmiy tafakkuri va mantiqiy uslubini
chuqur tahlil qiladi hamda uni boshqa mashhur sharhlar — jumladan Ibn Humomning
“Fathul Qodir”i va Badriddin Ayniyning “Inoya”si bilan solishtiradi. Asarda
Gurloniyning tanqidiy fikrlash qobiliyati, mazhablararo qiyosiy tahlil yuritishi,
dalillarga asoslangan yondashuvi va fiqhiy masalalarni soddalik bilan bayon qilish
uslubi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada “Al-Kifoya” asarining amaliy
fiqhda tutgan o‘rni, diniy ta’limdagi ahamiyati va zamonaviy fiqhiy tafakkurdagi
dolzarbligi yoritiladi. Muallif xulosasiga ko‘ra, “Al-Kifoya” nafaqat “Hidoya” matnini
tushunishga xizmat qiluvchi izohiy manba, balki talabalarni mustaqil fikrlashga
undovchi, ijtihodiy tafakkurni rivojlantiruvchi bebaho ilmiy meros sifatida qadrlanishi
lozim.
MOVAROUNNAHRDA SHAYBONIYLAR SULOLASINING HUKMRONLIGINI O‘RNATILISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining
hukmronlik davrining boshlanishi, siyosiy va harbiy jarayonlar, sulola vakillarining
faoliyati, shuningdek, ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga
ta’siri tahlil qilinadi. Shayboniylar tomonidan Temuriylar hukmronligining tugatilishi
va Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatining o‘zgarishi tarixiy manbalar asosida
yoritiladi.
KASBIY TA’LIM MUASSASALARINI O’QUV-METODIK TA’MINLAGAN HOLDA POLITEXNIKUMLARGA AYLANTIRISH HAMDA MILLIY TA’LIM DASTURLARINI XALQARO TA’LIM DASTURLARI BILAN UYG’UNLASHTIRISH: G‘IJDUVON TUMAN 3-SON POLITEXNIKUMI NEGIZIDA
Annotatsiya: U yoki bu ta’lim texnologiyasining tanlanishi eng avvalo
maqsadga, ya’ni qanday darajada bilim, xatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarning
o‘zlashtirilishi nazarda tutilganligiga bog‘liq. Aniq maqsadni ko‘zlamagan mashg’ulot
samara bermaydi, chunki olingan natija bilan ko‘zlangan maqsadni bir-biriga qiyoslab
pedagogik jarayon (mashg’ulot) samaradorligini aniqlash mumkin, xolos. An’anaviy
ta’lim maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalashga intilgan. Kasbiy ta’lim maqsadi
avvalo jamiyat va davlatning talab hamda ehtiyojiga binoan shakllantiriladi.
THRESHOLDING USULI YORDAMIDA TASVIRLARDAGI OBYEKT CHEGARALARINI ANIQLASH.
Annotatsiya. Ushbu maqolada tasvirni qayta ishlash sohasida muhim o‘rin
tutadigan thresholding usuli yordamida obyektlarning chegaralarini aniqlash masalasi
ko‘rib chiqiladi. Thresholding — bu tasvirni binar ko‘rinishga keltirish orqali obyekt
va fonni ajratib olish imkonini beruvchi segmentatsiya usulidir. Mazkur tadqiqotda
ushbu yondashuvning nazariy asoslari, matematik formulalari hamda amaliy jihatlari
chuqur tahlil qilinadi. Xususan, global thresholding, Otsu metodi va adaptive
thresholding kabi turli algoritmlar o‘zaro taqqoslab o‘rganiladi.
YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR ERITMALARNING XOSSALARI. QONNING REOLOGIK XOSSALARI
ANNOTATSIYA. Mazkur mavzu — “Yuqori molekulyar birikmalar
eritmalarning xossalari. Qonning reologik xossalari” — biologiya, biofizika, tibbiyot
va kimyo fanlari kesishgan nuqtada joylashgan bo‘lib, organizmdagi murakkab modda
almashinuvi, hujayraviy muhitning fizik-kimyoviy holati va qon aylanish tizimining
mexanik xususiyatlarini chuqur anglashga yordam beradi. Yuqori molekulyar
birikmalar (YMB) — bu katta molekulyar massaga ega bo‘lgan, ko‘p sonli
takrorlanuvchi birliklardan iborat makromolekulalar bo‘lib, ular tabiiy yoki sun’iy yo‘l
bilan hosil qilinadi. Biologik tizimlarda uchraydigan YMBlarga oqsillar, nuklein
kislotalar, polisaxaridlar kabi molekulalar kiradi. Ushbu birikmalarning eritmalardagi
holati va fizik-kimyoviy xossalari ularning tuzilishi, gidratasiyalanish darajasi,
kontsentratsiyasi, molekulyar og‘irligi, zanjir shakli va boshqa parametrlariga bog‘liq.
YMB eritmalari oddiy past molekulali birikmalar eritmalaridan tubdan farq qiladi. Ular
ko‘pincha psevdoplastik yoki dilatant xulq-atvorga ega bo‘lib, viskoelastiklik
xususiyatlarini namoyon etadi. Bu eritmalarni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar
qatoriga yopishqoqlik, plastiklik, tixotropiya va strukturaviy mexanik xususiyatlar
kiradi. Masalan, oqsil eritmalari yopishqoqligi oqsil molekulalarining bir-biri bilan
o‘zaro ta’sirlashuv darajasiga, ularning hajmiy konfiguratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Eritmadagi YMBning harakati, diffuziyasi, ko‘p hollarda gidrodinamik o‘zgarishlarga
bog‘liq bo‘lib, bu eritmaning oqim xossalariga sezilarli ta’sir qiladi. Qon esa o‘ziga
xos, murakkab reologik tizim sifatida YMB eritmalarining real biologik muhitdagi
namunasidir. Uning asosiy komponentlari — plazma va qon shaklli elementlari
(eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) — harakat jarayonida o‘zaro murakkab
mexanik aloqada bo‘ladi. Qonning reologik xossalari deganda uning oqimga qarshi
ko‘rsatadigan qarshilik darajasi, yopishqoqligi, deformatsiyalanish xususiyatlari
tushuniladi. Qon gomojen emasligi, viskoelastikligi, nisbatan past yoki yuqori harorat
va pH darajasiga sezuvchanligi sababli u Nyuton bo‘lmagan suyuqlik sifatida
tasniflanadi.
АLISHER NАVОIYNING “MАHBUB UL-QULUB”DOSTONIDA KICHIK JANRLAR POETIKASI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida qo‘llanilgan
kichik janrlar — masalan, latifa, hikmat, maqol, ibratli hikoyatlar kabi shakllarning
poetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda ushbu janrlar orqali muallif ijtimoiy hayot,
axloqiy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlagani
yoritib beriladi. Kichik janrlarning tuzilishi, badiiy ifoda vositalari va ma'naviy-estetik
yuklamalari maqola doirasida ilmiy asosda tadqiq etiladi. Shuningdek, ushbu janrlar
orqali Navoiyning nasr va she’r uyg‘unligi, xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabati
ham ochib beriladi.
TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida pedagogik dasturiy
vositalardan foydalanishning afzalliklari, ularning o‘quvchilarning bilim olishga
bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash, tezkor axborot izlash va zamonaviy
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Maqolada zamonaviy ta’lim platformalari, interaktiv dasturlar va multimediya
vositalarining samaradorligi bayon qilingan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA JANUBIY KOREYA O‘RTASIDAGI IQTISODIY HAMKORLIK TARIXI:NATIJALAR VA ISTIQBOLLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi
iqtisodiy hamkorlik tarixining natija va istiqbollari, uning rivojlanish bosqichlari,
asosiy yo‘nalishlari va kelajak istiqbollari batafsil tahlil qilinadi. Ishda ikki davlat
o‘rtasidagi investitsiyalar, savdo aloqalari, sanoat va texnologiyalar sohasidagi o‘zaro
ta’sirlar o‘rganilgan. Shuningdek, hamkorlikdagi mavjud muammolar va ularni
bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola IMRAD usulida yozilgan bo‘lib,
aniq iqtiboslar va manbalar keltirilgan.
"EDUCATIONAL COOPERATION BETWEEN UZBEKISTAN AND SOUTH KOREA: HISTORY AND PROSPECTS"
Abstract. This article analyzes the cooperation between Uzbekistan and South
Korea in the field of education. Written in the IMRAD format, it discusses the
development directions, achieved results, existing challenges, and future
recommendations for educational relations between the two countries. Particular
attention is given to the activities of Korean higher education institutions in
Uzbekistan, scholarship programs, cultural exchange, and scientific-innovative
collaboration.
ОПЫТ РАЗЛИЧНЫХ СТРАН ПРИ РАЗРАБОТКЕ ЦИФРОВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧИТЕЛЯ НА ПРИМЕРЕ МАТЕМАТИКИ.
Аннотация: Статья посвящена анализу перспектив повышения цифровых
компетенций участников образовательного процесса, с акцентом на
использование цифровых технологий при изучении математики. В статье
рассмотрены примеры внедрения цифровых инструментов и платформ в
образовательный процесс как в зарубежных странах, так и в Узбекистане.
Рассматривается международный опыт применения платформ Khan Academy,
GeoGebra, MySchool в образовательных системах Финляндии, Южной Кореи и
Сингапура, где цифровизация образования способствует улучшению качества
обучения. В Узбекистане также предпринимаются шаги в направлении
повышения цифровых компетенций учащихся и преподавателей, однако
существуют определенные проблемы, такие как неравномерный доступ к
цифровым технологиям в разных регионах.
THE STOMACH
Abstract: Role of the digestive tract in the digestive system. Anatomical,
physiological and histological structure of the stomach. Relationship between them and
the extent to which they are bounded by the body. Information about infectious and
non-infectious diseases of the stomach at present. In what countries are the most
common stomach diseases in the world? How many people suffer from such illnesses
and how many percent of annual deaths. Measures to combat the diseases of the
digestive system in the world.
MULOQOT VA NUTQ MADANIYATI HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada muloqot va nutq madaniyatining asosiy
tamoyillari, ularning jamiyatdagi ahamiyati va rivojlanish usullari tahlil qilinadi. Til
madaniyatining nutqiy va nutqsiz kommunikatsiyadagi roli, shaxs va jamiyat nutq
madaniyati o'rtasidagi farqlar, shuningdek, samarali muloqot qilish uchun zarur bo'lgan
ko'nikmalar yoritilgan.
TAKOFULNING MINTAQALAR BO‘YICHA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI TAHLILI
Annotatsiya: Mazkkur maqolada islomiy sug‘urta– takoful tushunchas hamda
takofulning mintaqalar bo‘yicha rivojlanish tahlili haqida so‘z boradi.