T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
151
ISSN:3030-3613
RUXIY TAZIQGA UCHRAGAN AYOLLARNI O’ZIGA BO’LGAN
ISHONCHINI OSHIRISH
Kamilova Durdona Rustamovna
Toshkent tumani “Inson” ijtimoiy
xizmatlar markazi psixologi
Annotatsiya:
ruxiy tazik, ko'pincha stress, travma yoki hayotiy vaziyatlar
natijasida yuzaga keladi va bu ayollarning psixologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi
mumkin.Birinchidan, ayollarning ruxiy tazik bilan kurashish usullari, jumladan,
psixoterapiya, qo'llab-quvvatlash guruhlari va shaxsiy rivojlanish dasturlari tahlil
qilinadi. Ikkinchidan, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy va
emotsional ko'nikmalar, shuningdek, o'z-o'zini baholash va o'z-o'zini anglash
jarayonlari muhokama qilinadi.
Kalit so’zlar:
ruxiy tazik, o’ziga bo’lgan ishonch, stress, travma, shaxsiy
rivojlanish, psixoterapiya, stressni boshqarish, motivatsiya, psixologik yordam.
Аннотация:
Депрессия часто вызывается стрессом, травмой или
жизненными событиями и может оказывать негативное влияние на
психологическое благополучие женщин. Во-первых, в ней рассматриваются
способы, с помощью которых женщины справляются с депрессией, включая
психотерапию, группы поддержки и программы личностного развития. Во-
вторых, в ней обсуждаются социальные и эмоциональные навыки, необходимые
для формирования уверенности в себе, а также процессы самооценки и
самосознания.
Ключевые слова:
депрессия, уверенность в себе, стресс, травма,
личностное развитие, психотерапия, управление стрессом, мотивация,
психологическая поддержка.
Abstract:
Depression is often caused by stress, trauma, or life events, and can
have a negative impact on women's psychological well-being. First, it examines the
ways in which women cope with depression, including psychotherapy, support groups,
and personal development programs. Second, it discusses the social and emotional
skills needed to build self-confidence, as well as the processes of self-assessment and
self-awareness.
Key words:
depression, self-confidence, stress, trauma, personal development,
psychotherapy, stress management, motivation, psychological support.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi — o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik
sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik natijasida jabrlangan
ayol jinsidagi shaxs. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
152
ISSN:3030-3613
• o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish
tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga
yoxud sudga murojaat etish;
• maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy
maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
• ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat
qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;
• sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga etkazilgan moddiy
zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi
talab bilan sudga murojaat etish.
Bugungi kunda global miqyosda e'tirof etilayotgan dolzarb ijtimoiy
muammolardan biri butun dunyo bo'ylab ayollarga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va
zo'ravonlik holatlari hisoblanadi. Insoniyat tarkibi azaldan ikki jins vakillaridan iborat
ekan, ularning oʻzaro munosabatlarida bir-biriga nisbatan hurmat bilan yondashish
zaruriyati, bir-birini to'laqonli, teng huquqli inson sifatida qabul qila olishi zamonaviy
dunyoning eng ustuvor talablaridan biriga aylangan. Afsuski, aksariyat holatlarda
ayollar erkaklar tomonidan sodir etiladigan turli shakldagi zo'ravonlik holatlari
qurboniga aylanib qolmoqda. BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyo miqyosida taxminan
736 million ayol (deyarli har uch ayoldan biri) umri davomida kamida bir marotaba u
yoki bu shaklda zo'ravonlik qurboni bo'lgan. Bugungi kunda butun dunyo boʻyicha
tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularni har
tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jahonning 155
mamlakatida oilaviy zo'ravonlik to'g'risida qonunlar qabul qilingan. Jumladan,
O'zbekistonda ham 2019-yil 2- sentyabr kuni "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan
himoya qilish to'g'risida"gi qonun qabul qilingan bo'lib, unda "jamiyatda xotin-qizlarga
nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning
huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo'ravonlikdan himoya
qilinishini ta'minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish,
qonuniylikni mustahkamlash’’xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish
sohasidagi
davlat
siyosatining
asosiy
yo'nalishlaridan
etib
belgilangan.
Respublikamizda gender tengligini ta'minlashga oid turli masalalar, jumladan xotin-
qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini oʻrganishga so'nggi yillarda alohida
e'tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, "Mahalla va oila" instituti tomonidan mazkur
yo'nalishda qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi, ilmiy-amaliy konferensiyalar
tashkil etilib, nashr qilib kelinadi. Umuman olganda, bugungi kunda mahalliy
mualliflar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlari psixologik,
pedogogik, falsafiy, huquqiy nuqtai nazardan tadqiq etib kelinmoqda.
Respublikamizda gender tengligini ta'minlashga oid turli masalalar, jumladan
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini oʻrganishga so'nggi yillarda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
153
ISSN:3030-3613
alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, "Mahalla va oila" instituti tomonidan
mazkur yo'nalishda qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi, ilmiy-amaliy
konferensiyalar tashkil etilib, nashr qilib kelinad.Umuman olganda, bugungi kunda
mahalliy mualliflar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlari
psixologik, pedogogik, falsafiy, huquqiy nuqtai nazardan tadqiq etib kelinmoqda.
Ruxiy tazik, asosan, ruhiy holatning buzilishi, stress va travma natijasida yuzaga
keladi. Ayollar ko'pincha o'zlarini boshqalar bilan solishtirishadi, bu esa o'ziga bo'lgan
ishonchni pasaytirishi mumkin. Ruxiy tazik belgilari orasida uyqusizlik, kayfiyat
o'zgarishlari, tashvish va depressiya mavjud. O'ziga bo'lgan ishonchni oshirishning
birinchi qadamlaridan biri — o'z-o'zini anglashdir. O'zining kuchli va zaif tomonlarini
tushunish, shuningdek, qobiliyatlarini baholash ayollarga o'zlariga bo'lgan ishonchni
oshirishga yordam beradi. Buning uchun.O'z qobiliyatlaringizni yozing va ularga
e'tibor bering.Salbiy fikrlarni ijobiylarga o’zgartirishga harakat qiling. Ruxiy tazikka
duch kelgan ayollar uchun psixologik yordam olish juda muhimdir. Psixoterapiya yoki
maslahatlar orqali ayollar o'z his-tuyg'ularini ifoda etishlari va muammolarini hal
qilishlari mumkin. Psixologlar bilan ishlash:
• Emotsional ko'nikmalarni rivojlantirish: o'z his-tuyg'ularini anglash va
boshqarish.
• Stressni boshqarish strategiyalari: meditatsiya, nafas olish mashqlari va boshqa
stressni kamaytirish usullari.
Ayollar uchun qo'llab-quvvatlash guruhlari juda foydali bo'lishi mumkin.
Bunday guruhlar orqali ayollar o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishlari, bir-birlariga
yordam berishlari va yangi do'stliklar o'rnatishlari mumkin. O'ziga bo'lgan ishonchni
oshirishda shaxsiy rivojlanishga e'tibor berish zarur. O'qish, yangi ko'nikmalarni
o'rganish yoki hobbilarga vaqt ajratish — bularning barchasi ayollarga o'zlariga bo'lgan
ishonchni oshirishga yordam beradi. Yaqin do'stlar, oila va jamoa a'zolari bilan
muloqot qilish ruxiy tazikdan chiqishga yordam beradi. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash
ayollarga o'zlarini yolg'iz his qilmasliklariga yordam beradi.Ruxiy tazikka uchragan
ayollarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish uchun bir qator usullar mavjud. O'z-
o'zini anglash, psixologik yordam olish, qo'llab-quvvatlash guruhlari va shaxsiy
rivojlanish — bu yo'llar ayollarga ruxiy tazikni engib o'tishga va o'ziga bo'lgan
ishonchini qayta tiklashga yordam beradi. Har bir ayol o'zining kuchli tomonlarini
kashf etishi va hayotida ijobiy o'zgarishlar yaratishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyot va havolalar
1.
Alimov, S. K. (2021). The impact of human migration on theethosphere of emigrant
country: Philosophical and ethical analysis. Asian Journal of Multidimensional
Research, 10(9), 74-79.
2.
Alimov, S. K. (2022). Social protection of women subjected to oppression and
violence
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
154
ISSN:3030-3613
3.
Foreign experience in rehabilitation. SOCIETY, GENDER AND FAMILY IN
CENTRAL ASIA, 2022/1 (2), 71-76.
4.
Ismailova, Z., Ismaylova, R., Saydivalieva, K., & Tuychieva, G. (2021).
Development of gender entrepreneurship. In E3S Web of Conferences (Vol. 284,
p.11020). EDP Sciences.