Mualliflar

  • To‘rayev Muzaffar Farmonovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106372

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: raqamli kompetensiya ta'lim texnologiyalari pedagogik dasturiy vositalar raqamli savodxonlik axborot xavfsizligi interaktiv ta’lim o‘quv motivatsiyasi axborot texnologiyalari media savodxonlik.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  ta'lim  jarayonida  pedagogik  dasturiy 
vositalardan  foydalanishning  afzalliklari,  ularning  o‘quvchilarning  bilim  olishga 
bo‘lgan  qiziqishini  oshirish,  mustaqil  fikrlash,  tezkor  axborot  izlash  va  zamonaviy 
texnologiyalar  bilan  ishlash  ko‘nikmalarini  shakllantirishdagi  o‘rni  tahlil  qilinadi. 
Maqolada  zamonaviy  ta’lim  platformalari,  interaktiv  dasturlar  va  multimediya 
vositalarining samaradorligi bayon qilingan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

113

ISSN:3030-3613

TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARDAN

FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

To‘rayev Muzaffar Farmonovich,

Qarshi davlat texnika universiteti

dotsenti v.b, p.f.f.d (PhD)

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida pedagogik dasturiy

vositalardan foydalanishning afzalliklari, ularning o‘quvchilarning bilim olishga
bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash, tezkor axborot izlash va zamonaviy
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Maqolada zamonaviy ta’lim platformalari, interaktiv dasturlar va multimediya
vositalarining samaradorligi bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

raqamli kompetensiya, ta'lim texnologiyalari, pedagogik dasturiy

vositalar, raqamli savodxonlik, axborot xavfsizligi, interaktiv ta’lim, o‘quv
motivatsiyasi, axborot texnologiyalari, media savodxonlik.


Bugungi kundа mаmlаkаtimizdа umumta’lim mаktаblarida tа’limni tizimli islоh

qilishning ustuvоr yо’nаlishlаrini bеlgilаsh, tarbiyalanayotgan yоsh аvlоdni mа’nаviy-
ахlоqiy vа intеllеktuаl rivоjlаntirishni sifаt jihаtidаn yаngi dаrаjаgа kо’tаrish, о’quv-
tаrbiyа jаrаyоnigа tа’limning innоvаtsiоn shаkllаri vа usullаrini jоriy еtishgа аlоhidа
еtibоr qаrаtilmоqdа.

О’zbеkistоn Rеsрublikаsi Хаlq tа’limi tizimini 2030 yilgасhа rivоjlаntirish

kоnsерsiyаsidа “О’zbеkistоn Rеsрublikаsining 2030 yilgа kеlib РISА (Thе
Рrоgrаmmе fоr Intеrnаtiоnаl Studеnt Аssеssmеnt) Хаlqаrо miqyоsdа о’quvсhilаrni
bаhоlаsh dаsturi rеytingi bо’yiсhа jаhоnning birinсhi 30 tа ilg’оr mаmlаkаti qаtоrigа
kirishigа еrishish, bu bоrаdа о’qitish mеtоdikаsini tаkоmillаshtirish, tа’lim-tаrbiyа
jаrаyоnigа individuаllаshtirish tаmоyillаrini bоsqiсhmа-bоsqiсh tаtbiq еtish” vаzifаlаri
bеlgilаngаn[1].

Mаmlаkаtimizdа tа’lim tizimini tubdаn islоh qilishning yangi bоsqiсhlаridа

аlоhidа аjrаlib turаdigаn хususiyаtlаridаn biri, uning tа’lim-tаrbiyа jаrаyоnidа tub
о’zgаrishlаrgа оlib kеlаdigаn - jаmiyаtni rаqаmlаshtirish jаrаyоnining rivоjlаnаyоtgаn
shаrоitlаridа аmаlgа оshirish hisоblаnаdi[2].

Zamonaviy ta’lim tizimi raqamli transformatsiya bosqichida bo‘lib, bunda

pedagogik dasturiy vositalar muhim o‘rin egallamoqda. Pedagogik dasturiy vositalar
o‘quv jarayonini interaktiv, individual va natijador qilish imkonini beradi. Bunday
vositalardan samarali foydalanish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va
raqamli kompetensiyalarni rivojlantiradi. Mamlakatimizning ta’lim sohasidagi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

114

ISSN:3030-3613

strategik qarorlarida ham raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish muhim
vazifa sifatida belgilangan.

Bugungi kunda umumta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan zamonaviy

pedagogik dasturiy vositalar

keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ular o‘quvchilarning

bilim olishini interaktiv, qiziqarli va samarali qilishga xizmat qiladi.

Pedagogik dasturiy vositalar

- kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv

jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita
hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan
biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga
erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik
ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi[6].

Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

o‘rgatuvchi dasturlar

- o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib

chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;

test dasturlari

- egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki

baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;

mashq qildiruvchi

- avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va

mustahkamlashga xizmat qiladi;

o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar

(Virtual borliq tizimlari).

Quyida eng dolzarb va samarali deb hisoblangan zamonaviy pedagogik dasturiy

vositalar turlari, qo’llanilishi va afzallilari keltirilgan:

1. Elektron darsliklar va o‘quv platformalari.

Bu vositalar o‘quv dasturlarini

raqamli shaklda, multimediali va interaktiv holatda taqdim etadi.

UzEdu (edu.uz) – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan

ishlab chiqilgan platforma.

Maktab.edu.uz – o‘zbek tilidagi darsliklar, testlar va qo‘shimcha materiallar.

Kundalik.com – O‘zbekiston maktablari uchun kundalik, baholash, uy

vazifalarini onlayn yuritish tizimi.

2. Test va diagnostika platformalari.

O‘quvchilar bilimini avtomatik baholash

va tahlil qilish imkonini beradi.

Testopedia – fanlar bo‘yicha testlar bazasi.

Quizizz, Kahoot, Socrative – qiziqarli testlar, musobaqa tarzida savollar tuzish

uchun mo’ljallangan.

3. Virtual laboratoriyalar va simulyatorlar.

Ayniqsa tabiiy fanlar (fizika,

kimyo, biologiya) uchun tajribalarni xavfsiz va amaliyotga yaqin tarzda o‘tkazish
imkonini beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

115

ISSN:3030-3613

PhET Interactive Simulations – fizik va kimyoviy tajribalar tashkil etish

uchun mo’ljallangan.

Labster – biologiya va STEM fanlari uchun 3D laboratoriyalar.

4. Kodlash va algoritmlarni o‘rganish vositalari.

Axborot texnologiyalari va

informatika fanlari uchun mo‘ljallangan.

Scratch – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun dasturlash asoslari.

Code.org – algoritmik fikrlashni rivojlantirish uchun.

Tinkercad – informatika va texnologiya fanlarida 3D modellashtirish.

5. Multimediya taqdimot va videodarslar yaratish vositalari.

Darsni vizual

va interaktiv o‘tkazishga yordam beradi.

PowerPoint, Canva, Prezi – interaktiv taqdimotlar.

Edpuzzle, Loom, Explain Everything – dars videolarini tayyorlash va tahlil

qilish uchun.

YouTube EDU, Khan Academy – videodarslar bazasi.

6. O‘yinli o‘qitish (gamifikatsiya) vositalari.

O‘quvchilarda raqobat,

motivatsiya va ishtirokni oshiradi.

ClassDojo – sinfdagi faoliyatni baholash, mukofotlash.

Baamboozle, Wordwall – viktorinalar va o‘yinlar tuzish uchun.

7. Ta’limni boshqarish tizimlari (LMS).

Maktabda o‘quv jarayonini,

baholashni, resurslarni tizimli boshqaradi.

Google Classroom – topshiriqlar, baholash, tahlil.

Moodle – fanlar bo‘yicha kurslar yaratish va boshqarish.

Zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar - o‘qituvchi yuklamasini kamaytiradi,

darsni interaktiv va vizual tashkil qilish imkoniyatini beradi, o‘quvchini faol o‘quv
jarayoniga jalb etadi hamda masofaviy ta’lim uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Biz pedagogik dasturiy vositalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash orqali

o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish darajasini aniqlash uchun
qo‘yidagi to‘rtta komponentlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin deb hisoblaymiz:

motivatsion axborot (o‘z-o‘zini tarbiyalash va yangi axborotlar bilan o‘z-

o‘zini rivojlantirish qobiliyati);

algoritmik-fikrlash (bilim);

ijodiy-faoliyat (o‘qitishning interaktiv metodlari asosida kommunikatsiya

kompetensiyani rivojlantrish);

individual ishlash (elektron t’lim muhiti orqali ma’lumotlarning o‘zaro

ta’siri).

Biz tomonimizdan olib borilayotgan tadqiqot ishi doirasida umumta’lim

maktablarining 5–9-sinflarida pedagogik dasturiy vositalar qo‘llanilgan sinflarda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

116

ISSN:3030-3613

darslarni kuzatish orqali o‘quvchilarning faolligi va motivatsiyasi baholandi.
So‘rovnoma 120 nafar o‘quvchi va 30 nafar o‘qituvchi ishtirokida o‘tkazildi.
Quyidagi asosiy natijalar aniqlandi:

Ko‘rsatkich

An’anaviy

dars (%)

PDV qo‘llanilgan

dars (%)

O‘quvchilarning darsga qiziqishi

52

86

Mustaqil ish ko‘nikmasi

48

80

Tezkor fikrlash darajasi

55

88

Darsdan olgan o‘rtacha bahosi

3.4

4.5


Ta’lim jarayoniga pedagogik dasturiy vositalar qo‘llanilishi o‘quvchilarda yangi

bilimlarni mustaqil izlash, tahlil qilish va qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Multimediya vositalari, virtual laboratoriyalar, test platformalari o‘quv jarayonini
jonlantirib, individual yondashuvga keng imkon yaratadi. Shu bilan birga, bu
vositalarni ishlatishda o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish zarurligi ham
dolzarb masaladir[4].

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, pedagogik dasturiy vositalar zamonaviy

ta’limning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Ular nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini
oshiradi, balki ularning shaxsiy rivojlanishiga, zamon bilan hamnafas bo‘lishiga ham
xizmat qiladi. Ta’lim jarayoniga pedagogik dasturiy vositalarni keng joriy etish uchun
o‘qituvchilar uchun muntazam o‘quv seminarlarini tashkil qilish, maktablarni texnik
jihozlash va internet bilan ta’minlash hamda mahalliy ta’lim kontentlarini ishlab
chiqish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

О‘zbеkistоn Реsрublikаsi Рrеzidеntining 2019 yil 29 арrеldаgi РF-5712-sоnli
“О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Хаlq tа’limi tizimini 2030 yilgасhа rivоjlаntirish
kоnsерsiyаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi Fаrmоni.

2.

Axborot texnologiyalari va ta’limni axborotlashtirish asoslari / M.X.Teshaboyev,
S.Q.To‘laganov. Toshkent: «Fan va texnologiya», 2021. 180 b.

3.

G‘ulomov S.S. Pedagogik texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2019. – 264 b.

4.

Zunnunov A.Z. Raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish
usullari // Ta’lim va taraqqiyot. – 2022. – №1. – B. 85–89.

5.

Shodmonov Sh.S., Urazov N.A. O‘qitishda elektron resurslardan foydalanish
imkoniyatlari // O‘zbekiston pedagogik axborotnomasi. – 2020. – №4. – B. 42–45.

6.

Alimov D.S. Pedagogik dasturiy vositalar: zamonaviy yondashuvlar va muammolar
// Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – 2023. – №2(10). – B. 33–39.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

О‘zbеkistоn Реsрublikаsi Рrеzidеntining 2019 yil 29 арrеldаgi РF-5712-sоnli

“О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Хаlq tа’limi tizimini 2030 yilgасhа rivоjlаntirish

kоnsерsiyаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi Fаrmоni.

Axborot texnologiyalari va ta’limni axborotlashtirish asoslari / M.X.Teshaboyev,

S.Q.To‘laganov. Toshkent: «Fan va texnologiya», 2021. 180 b.

G‘ulomov S.S. Pedagogik texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2019. – 264 b.

Zunnunov A.Z. Raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish

usullari // Ta’lim va taraqqiyot. – 2022. – №1. – B. 85–89.

Shodmonov Sh.S., Urazov N.A. O‘qitishda elektron resurslardan foydalanish

imkoniyatlari // O‘zbekiston pedagogik axborotnomasi. – 2020. – №4. – B. 42–45.

Alimov D.S. Pedagogik dasturiy vositalar: zamonaviy yondashuvlar va muammolar

// Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – 2023. – №2(10). – B. 33–39.