Mualliflar

  • Rasulov Azimdjan Nozimdjanovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106379

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Paleontologiya paleontologik topilmalar geologik davrlar arxey paleozoy mezozoy kaynozoy O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi eksponat qazilma qoldiqlar.

Annotasiya

Аnnotatsiya 
 Paleontologiya  -  nafaqat  biologiya  va  geologiya  bilan  chambarchas  bog‘liq, 
balki  insoniyatning  o‘z  tarixini  anglashda  ham  muhim  o‘rin  tutadi.  Paleontologik 
topilmalar  -  bizga  o‘tmish  hayotini,  iqlimni  va  tabiatdagi  evolyutsion  jarayonlarni 
anglashga yordam beradi. Ushbu maqolada yuqorida ta’kidlangan mavzular yoritilgan 
hamda O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi misolida tavsiflangan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

72

ISSN:3030-3613

GEOLOGIK DAVRLAR TASNIFI VA PALEONTOLOGIK TOPILMALAR

Rasulov Azimdjan Nozimdjanovich

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi direktori

Аnnotatsiya

Paleontologiya - nafaqat biologiya va geologiya bilan chambarchas bog‘liq,

balki insoniyatning o‘z tarixini anglashda ham muhim o‘rin tutadi. Paleontologik
topilmalar - bizga o‘tmish hayotini, iqlimni va tabiatdagi evolyutsion jarayonlarni
anglashga yordam beradi. Ushbu maqolada yuqorida ta’kidlangan mavzular yoritilgan
hamda O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi misolida tavsiflangan.

Kalit so‘zlar:

Paleontologiya, paleontologik topilmalar, geologik davrlar,

arxey, paleozoy mezozoy, kaynozoy, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi, eksponat,
qazilma qoldiqlar.

Аннотация

Палеонтология - эта наука тесно связанная не только с биологией и

геологией, но и играет важную роль в понимании истории человечества.
Палеонтологические находки - помогают нам понять жизнь прошлого, климат и
эволюционные процессы в природе. В данной статье освещены вышеуказанные
темы и описаны на примере Государственного музея природы Узбекистана.

Ключевые

слова:

палеонтология,

палеонтологические

находки,

геологические эпохи архей, палеозой, мезозой, кайнозой, Государственный музей
природы Узбекистана, экспонат, ископаемые.

Annotation

Paleontology is a science closely related not only to biology and geology, but

also plays an important role in understanding human history. Paleontological finds help
us understand the life of the past, climate and evolutionary processes in nature. This
article highlights the above topics and describes them using as the example of the State
Museum of Nature of Uzbekistan.

Keywords

: paleontology, paleontological finds, geological epochs of the

Archean, Paleozoic, Mesozoic, Cenozoic, scientific research,The State Museum of
Nature of Uzbekistan, exhibit, fossils.


Paleontologiya (yun. “

paleo

” - qadimgi, “

ontos

” - jonzot va “

logos

” - fan,

taʼlimot) - biologik fan bo‘lib, u geologik o‘tmish dunyosini davrlar asosida qazilma
qoldiqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyatini va oriktotsenoz
(toshqotgan organizmlar, yunoncha “

oryctos

”-qazilma ) larni o‘rganuvchi fan. Ya’ni,

Yer yuzida ilgaridan yashagan hayot shakllarini, ularning rivojlanishini va yo‘q bo‘lib
ketishini o‘rganadigan fan hisoblanadi. U geologiya, biologiya va arxeologiya fanlari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

73

ISSN:3030-3613

bilan chambarchas bog‘liq. Аyniqsa, paleontologik topilmalar orqali olingan
maʼlumotlar insonning Yer tarixi haqidagi bilimlarini sezilarli darajada boyitadi.
Bunday topilmalar hayvonot va o‘simliklarining qotib qolgan qoldiqlari, izlari va
skletlaridan iborat bo‘ladi. Ular turli geologik davrlarda Yerda hayot bo‘lganligiga
dalil sifatida xizmat qiladi. Geologiya va paleontologiya fanining mahsuli bu Geologik
vaqt shkalasi bo‘lib, u Yer yuzida ro‘y bergan geologik, biologik va atmosferaviy
o‘zgarishlarning davriyligiga asoslanadi. Ushbu shkala yordamida olimlar
paleontologik topilmalarni aniq bir davrga mansub deb baholay oladilar. Shu tariqa,
geologiya va paleontologiyaning uyg‘un hamkorligi yer tarixi va hayot evolyutsiyasini
tushunishda muhim o‘rin tutadi.

Paleontologiya fani asosan geologik vaqt shkalasi asosida harakat qiladi.

Geologik davrlar Yer tarixining milliardlab yillik bo‘limlarini tashkil etib, ular orqali
hayotning qanday rivojlanganini, qaysi davrda qanday jonzotlar ustun bo‘lganini,
qanday yo‘q bo‘lib ketishlar yuz berganini bilish mumkin. Masalan, mezozoy davri –
reptiliyalar, ayniqsa dinozavrlar davri sifatida mashhur bo‘lsa, kaynozoy – sut
emizuvchilarning gullab-yashnagan davridir.

Geologik vaqt shkalasi va uning asosiy davrlari

Geologik vaqt shkalasi – Yer tarixini milliardlab yillik davrlarga bo‘lib o‘rganish

imkonini beradigan ilmiy tizimdir. U geologik, paleontologik va biologik o‘zgarishlar
asosida tuzilgan bo‘lib, Yerda hayot paydo bo‘lgan ilk davrdan to hozirgi kungacha
bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Geologik vaqt katta eralarga: Аrxey, Paleozoy,
Mezozoy va Kaynozoy eralariga bo‘linadi. Har bir era o‘z navbatida bir nechta
davrlarga bo‘linadi. O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida mamlakat hududidan topilgan
tosh qotgan qoldiqlar asosida olimlar tomonidan ishlangan “Geologik vaqt shkalasi”


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

74

ISSN:3030-3613

ko‘rgazma taxtasi mavjud bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga geolgik davrlar haqida
ma’lumot berishga yordam beradi (1-rasm).

1.

Аrxey erasi

(4,0-2,5 milliard yil avval). Yer tarixining eng qadimgi vaqti

hisoblanadi. Bu davrda Yer qobig‘i hali to‘la shakllanmagan, atmosferada kislorod

deyarli yo‘q bo‘lgan. Ilk hayot shakllari, yaʼni eukariot hujayralar - bakteriyalar va
arxeyalar aynan shu davrda paydo bo‘lgan. Paleontologik dalillar sifatida stromatolitlar
- qadimgi sianobakteriyalar qoldirgan izlar ko‘rsatilishi mumkin.

2.

Paleozoy erasi

(541-252 million yil avval). Bu davr hayot evolyutsiyasida

muhim burilish nuqtasi hisoblanadi. U olti asosiy davrga bo‘linadi:

Kembriy, Ordovik,

Silur, Devon, Karbon

va

Perm

. Bu geologik davrlar

Paleozoy

erasining

tarkibiga kiradi

va Yer tarixida juda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

Kembriy

davrida “Kembriy portlashi” deb ataluvchi jarayon yuz

berdi – organizmlar turlari tez va keng miqyosda tarqaldi. Hayvonlarning asosiy
guruhlari paydo bo‘lgan. Hayvonlar anatomiyasida asosiy tuzilish tiplari (xordali,
artropodlar va boshqalar) paydo bo‘lgan. Qattiq tanasini himoya qiluvchi (qobiqli)
jonzotlar paydo bo‘lgan: trilobitlar, braxiopodlar, bulutlar, mollyuskalar. Kembriy
davri (taqriban 541-485 million yil avval) iliq bo‘lib, u paytda ko‘p dengizlar
shakllangan. Barcha hayot dengizda bo‘lgan – quruqlikda hayot hali paydo bo‘lmagan.

Ordovik davri

(taqriban 485-443 million yil avval) (dengiz hayoti rivojlangan)

dastlab iliq va nam, davr oxirida global muzlash (muzliklar paydo bo‘lishi) sodir
bo‘lgan.

1-rasm.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyidagi “Geologik vaqt shkalasi”

ko‘rgazma taxtasi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

75

ISSN:3030-3613

Silur davri

(taqriban 443-419 million yil avval) – qurluqlikda hayot boshlangan,

qitʼalar bir-biriga yaqinlashishni boshlagan. Muzliklar eriy boshlagan, iqlim iliq va
barqaror bo‘lgan. Ilk quyi o‘simliklar quruqlikda paydo bo‘lgan (masalan, psilofitlar).
Quruqlikka ilk hayvonlar chiqishni boshlagan (chig‘anoqlar kabi). Ilk kichik qitʼalar
bir-biriga yaqinlasha boshladi – superqitʼa (Yevroamerika), Grenlandiya va
Shotlandiya tog‘lari shakllana boshladi.

Karbon davri

(taqriban 359- 299 million yil avval) – o‘simlik va hasharotlar

gullab-yashnagan davr bo‘lgan. Iqlimi iliq va nam, katta botqoq hududlari mavjud
bo‘lgan. Katta daraxtsimon o‘simliklar (lepidodendron, sigillyariya) ko‘plab
botqoqlarda o‘sgan. Ilk reptiliyalar (hozirgi qurbaqalarning ajdodlari) paydo bo‘lgan.
Katta hajmdagi nasl olib keluvchi hasharotlar yashagan (masalan, qanoti 70 sm gacha
yetadigan libellulalar, ninachilar, kapalaklar, chigirtkalar). Ko‘p miqdorda o‘simlik
qoldiqlari to‘planib, keyinchalik ko‘mir qatlamlarini hosil qilgan. Shuning uchun
“Karbon” nomi berilgan. Qitʼalar yanada yaqinlashib, Pangey superqitʼasiga
birlashishga yaqinlashgan.

Devon davri

(taqriban 419-359 mln. yil avval) – ilk quruqlikdagi o‘simliklar va

amfibiyalar paydo bo‘lgan davr – baliqlar, amfibiyalar, ilk kichik umurtqalilar
quruqlikka chiqishdi. Bu davr “baliqlar asri” deb ataladi — chunki baliq turlari juda
ko‘paygan (zirhli baliqlar va boshqalar). Quruqlikda ilk daraxtsimon o‘simliklar
(lishayniklar, paporotniklar) va o‘rmonlar paydo bo‘lgan. Davr oxirida yirik yo‘qolish
sodir bo‘lgan – ko‘plab dengiz jonzotlari yo‘q bo‘lgan.

Perm davri

(taqriban 299-252 million yil avval) – iqlim quruq va issiq bo‘lgan,

cho‘llashuv kengaygan. Quruqlikda reptiliyalar juda taraqqiy etgan. Perm davrida
dinozavrlardan avvalgi katta qushsimon va qorinbosh hayvonlar bo‘lgan. Ilk cho‘chqa
va kalamushsimon organizmlar paydo bo‘lgan. O‘simliklardan konussimon va
tuxumsimon urug‘li daraxtlar ustun bo‘lgan. Davr oxirida tarixdagi eng katta yo‘q
bo‘lib ketish ro‘y bergan: Yerdagi turlarning taxminan 90–95% yo‘q bo‘lgan. Pangey
superqitʼasi to‘liq shakllangan.

3.

Mezozoy erasi

(taqriban 252-66 million yil avval) – tektonik, iqlim va

evolyutsion faollik davri. Tinch, Аtlantika va Hind okeanlarining chetlarida zamonaviy
qitʼalar va tog‘larning asosiy konturlarining shakllanishi sodir bo‘lgan.

Mezozoy – «dinozavrlar davri» sifatida mashhur. U uchta davrga bo‘linadi:

Trias, Yura va Bor.

Trias davrida

ilk dinozavrlar va sutemizuvchilar paydo bo‘ldi.

Yura davri

katta dinozavrlar va ilk qushlar davri.

Bor davrida

gulli o‘simliklar paydo bo‘ldi va

davr oxirida katta asteroid to‘qnashuvi oqibatida dinozavrlar yo‘q bo‘lib ketdi. Bu
davrga oid topilmalar dunyo bo‘ylab, jumladan O‘zbekiston hududida ham topilgan:
Zarafshon, Qizilqum va Farg‘ona vodiysi hududlarida.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

76

ISSN:3030-3613

4.

Kaynozoy erasi

(66 million yil avval – hozirgacha) – quruqlik, dengiz va

uchuvchi hayvonlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

Kaynozoy — sutemizuvchilarning gullab-yashnagan davridir. U ikki asosiy

davrga bo‘linadi:

Paleogen

va

Neogen

. Ilk odamsimon maymunlar, keyinchalik esa

insonning ilk ko‘rinishlari ham shu davrda paydo bo‘lgan. Hozirgi ko‘rinishdagi tabiat
olami hamda qishloq xo‘jaligi, madaniyat va texnologiyalar ham aynan shu davrda
shakllangan.

Geologik vaqt shkalasi va paleontologik topilmalar o‘rtasidagi bog‘liqlik

shundan iboratki, har bir davrdagi topilmalar hayotning qaysi bosqichda ekanini
ko‘rsatib beradi. Bu maʼlumotlar nafaqat yer tarixini, balki hayotning qanday
rivojlanganini ham tushunishga imkon beradi.

Paleontologik topilmalar

– bu yer qaʼrida saqlanib qolgan qadimgi hayot

formalariga oid izlar, qoldiqlar yoki ularning shakllari bo‘lib, ular orqali olimlar
o‘tmishdagi biosfera va geosfera haqida bilim hosil qiladilar. Bu topilmalar
jonzotlarning faol hayot tarzi, tuzilishi, evolyutsion o‘zgarishlari va hatto iqlim va
muhiti haqida maʼlumot beradi.

Paleontologik topilmalar turli shakllarda bo‘ladi va ularni asosan quyidagi

guruhlarga bo‘lish mumkin:

1.

Аsliy qoldiqlar (qotgan organik moddalar). Bu turdagi topilmalar
organizmning to‘liq yoki qisman saqlangan qismlaridir — suyaklar, tishlar,
qo‘rg‘oshinlashgan tanalar va hokazo. Ular turli muhitlarda (muz, yantar,
botqoqlar) yaxshi saqlangan bo‘lishi mumkin.

2.

Iz topilmalar (jonzot harakati yoki mavjudligining izlari). Bularga izlar,
tuklar, tuxumlar, tog‘ jinslari ustidagi harakat belgilari kiradi. Masalan,
dinozavr izlari paleontologik tadqiqotlar uchun juda muhim manba
hisoblanadi.

3.

Molekulyar qoldiqlar (organik molekulalar qoldiqlari). Bu turdagi topilmalar
organizmning bioximik tarkibidan saqlanib qolgan molekulalardir – lipidlar,
izoprenoydlar va hokazo. Ular hayot shakllarining ilk rivojlanish bosqichlari
haqida maʼlumot beradi.

4.

Ko‘chirma topilmalar (qoyadagi shakllar). Bu organizmning tashqi shakli
qoya ichida qolib, keyinchalik o‘zi yo‘q bo‘lib ketgan hollarda yuzaga keladi.
Masalan, mollyuskalarning kovakligi qolgan shakllar.

Fan va ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati.

Paleontologik topilmalar biologik va

geologik tadqiqotlarning asosiy manbaidir. Ular yordamida olimlar:

1.

Turli organizmlarning paydo bo‘lishi va yo‘qolishi, ularning morfologik
o‘zgarishlarini kuzatadi;

2.

Qadimgi iqlim va muhit sharoitlari haqida ma’lumot beradi;

3.

Evolyutsion jarayonlarning xronologiyasini aniqlaydi;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

77

ISSN:3030-3613

4.

Tabiiy falokatlar — vulqonlar, meteoritlar, global isish yoki sovishlar
oqibatini o‘rganadi.

5.

Turizm va ekoturizm uchun xizmat qiladi.

Paleontologiya asosida tashkil etilgan tabiiy yodgorliklar, muzeylar, qazilma

maydonlar — turizm sohasining yangi turi sifatida rivojlanmoqda. Masalan, dunyodagi
mashhur dinozavr izlari saqlangan hududlar sayyohlarni jalb etuvchi markazlarga
aylangan.

Uzoq yillar mobaynida turli xil zoolog, geolog, arxeolog, botanik va boshqa bir

qancha tabiatshunos olimlar tomonidan O‘rta Osiyo hududiga uyushtirilgan ilmiy
ekspeditsiyalar orqali turli davrlarga oid qatlamlar orasidan ko‘plab paleontologik
topilmalar yig‘ib borilgan. Hozirda ushbu topilmalarning bir qismi O‘zbekiston davlat
tabiat muzeyi fondida geologik ashyo va kolleksiyalar sifatida saqlanib kelinmoqda.
Ularning orasida tosh qotgan mollyuskalar, o‘simlik qoldiqlari, dinozavr oyoq izi
hamda qadimgi odamlarning tosh qurollari va boshqa geologik topilmalar mavjud (2-
3-4-rasmlar).

Tabiat muzeyidagi paleontologik topilmalar, asosan, “Yerda hayotning paydo

bo‘lishi zali” da jamlangan. Zalga kirib kelishingiz bilan chap tomonda moybo‘yoqda
ishlangan katta “Quyosh tizimi” surati ko‘zga tushadi. Undan o‘ng tarafda esa qadimgi
hayotning eng mashhur mavjudotlari – dinozavrlar va ularning yashash muhiti aks
etgan ulkan rasm e’tiborni o‘ziga tortadi. Dinozavrlardan keyin yashab o‘tkan

mamontlarni ham suratda ko‘rish mumkin.

2-3-4-rasmlar. O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi ekspozitsiyalarida namoyishga

qo‘yilgan tosh paleobotanika namunalari:

2) urug‘li o‘simliklarning tosh qotgan barglari; 3) paporotnik tosh qotgan bargi;

4) toshga aylangan daraxt xodasi.

2

4

3


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

78

ISSN:3030-3613

Tabiat muzeyi ekspozitsiyalarida juda noyob bo‘lgan Kaynozoy erasining

Neogen davrida yashab o‘tgan mamontlarning qoldiqlarini ham tomosha qilish imkoni
mavjud. Ekspozitsiyada Yura davrida yashagan bo‘yi 8 metrgacha yetkan Kamptozavr
dinozavrining tosh qotgan oyoq izini ko‘rish mumkin (5-rasm).

Yuqorida aytib o‘tilgan mamont qoldiqlari muzeyga Rossiyaning muzeyi


tomonidan sovg‘a qilingan bo‘lib, bular mamontning bir dona chaynov tishi,

mamont bolasining bir dona son suyagi va terisi bilan yog‘ qatlamining bo‘laklaridir.
Ushbu qoldiqlar 1901-yilda Yoqutistondagi Beryozovka daryosi bo‘yida topilgan
bo‘lib, radiouglerod analizi orqali ularning yoshi kamida 44 000 yil ekanligi
aniqlangan (6-rasm).

6-rasm. Mamont bolasining boldir suyagi.

5-rasm. Kamptozavr dinozavrining tosh qotgan oyoq izi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

79

ISSN:3030-3613

Ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otuvchi yana bir qator eksponatlar bu ibtidoiy
odamlarning maketlari hamda qadimgi odamlarning yashash tarzi tasvirlangan
dioramalar. Qadimgi odamlar maketlari orasida sinantrop, neandertal va kromanyon
odamlarining maketlari mavjud bo‘lib (7-8-9-rasmlar), ularning orasida ko‘pchilikni
e’tiborini 300-400 ming yillar oldin yashagan Surxondaryoda joylashgan Teshik-Tosh
g‘oridan topilgan 9 yoshli neandertal bolasining skeletidan tiklangan ko‘rinishining
maketi hisoblanadi. Qadimgi odamlar qoldiqlari kamdan-kam hollarda butun skelet
holida topiladi, lekin ushbu topilma to‘laqonli skelet shaklda bo‘lgani va topilma
makoni neandertallarning hayot tarzi haqida ma’lumot berishi hamda O‘rta Osiyoda
topilgan neandertal odamlarining ilk namunasi ekanligi uning noyobligini belgilaydi.

Maqolada keltirilgan maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, har bir geologik davr

o‘ziga xos biologik o‘zgarishlarga boy bo‘lib, bu o‘zgarishlar paleontologik topilmalar
orqali tasdiqlanadi. Bu topilmalar nafaqat ilm-fan rivojiga, balki taʼlim, iqtisodiyot,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhitni muhofaza qilish kabi sohalarga ham
xizmat qilmoqda. Paleontologiya maʼlumotlari insoniyatning o‘z kelib chiqishi,

evolyutsiya va global o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga
undaydi. Shu boisdan, mazkur fanga bo‘lgan eʼtiborni kuchaytirish, uni taʼlim va ilmiy
tadqiqotlar tizimiga keng jalb etish juda muhim hisoblanadi.

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yxati

1.

Benton M. J., "Vertebrate Palaeontology", Wiley-Blackwell, 2015.

2.

Clarkson E. N. K., "Invertebrate Palaeontology and Evolution", Wiley, 1998.

3.

Hallam A., "A Revolution in the Earth Sciences: From Continental Drift to Plate
Tectonics", Oxford University Press, 2001.

4.

Геология ва минерология терминларининг изоҳли луғати, Тошкент:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008.

5.

Жон У. Моррис, "Палеонтология: от ископаемых к человеку", Москва:
Мир, 2018.

7-8-9--rasmlar O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi ekspozitsiyasidagi ibtidoiy odamlarning

maketlari:

6)

Kromanyon odami maketi; 7) Neandertal odami haykali; 8) Sinantrop odami maketi

9

8

7


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

80

ISSN:3030-3613

6.

Қосимов Н.Қ., "Палеонтология асослари", Тошкент: Фан, 2005.

7.

Лисицын А.П., "Геохронология и геологическая шкала", Санкт-Петербург:
Наука, 2014.

8.

Рожков А.Ю., "Общая палеонтология", Москва: Академкнига, 2019.

9.

Ўзбекистон Республикаси Геология хизмати расмий маълумотлари —
[www.geology.uz]


Bibliografik manbalar

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yxati

Benton M. J., "Vertebrate Palaeontology", Wiley-Blackwell, 2015.

Clarkson E. N. K., "Invertebrate Palaeontology and Evolution", Wiley, 1998.

Hallam A., "A Revolution in the Earth Sciences: From Continental Drift to Plate

Tectonics", Oxford University Press, 2001.

Геология ва минерология терминларининг изоҳли луғати, Тошкент:

Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008.

Жон У. Моррис, "Палеонтология: от ископаемых к человеку", Москва:

Мир, 2018.

Қосимов Н.Қ., "Палеонтология асослари", Тошкент: Фан, 2005.

Лисицын А.П., "Геохронология и геологическая шкала", Санкт-Петербург:

Наука, 2014.

Рожков А.Ю., "Общая палеонтология", Москва: Академкнига, 2019.

Ўзбекистон Республикаси Геология хизмати расмий маълумотлари —

[www.geology.uz]