Mualliflar

  • Qoʻshmatov Kamoliddin Abduvahobovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106388

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: kichik maktab yoshi agressivlilik agressiv xulq-atvor xorijiy va mahalliy olimlar psixodiagnostika psixoprofilaktika psixokorrektsiya frustratsiya tajovuzkorlik psixik buzilish ruhiy holat

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Hozirgi  paytda  agressivlilik  muommosi  psixologiyadagi  eng  dolzarb 
mavzulardan biriga aylangan. Insondagi agressivlik holati har qanday sabablarga 
bog’liq bo’lib, bu holatning psixodiagnostikasi,  psixoprofilaktikasi bo’yicha xorijda 
bir  qancha  tadqiqot  ishlari  olib  borilgan  va  ulardan  amaliyotchi  psixologlarimiz 
foydalanib kelmoqda. Shunday bo’lsada  maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari 
va  maktab  psixologlari    so’ngi  paytlarda  bolalarda  agressivlilik    juda  ko’payib 
ketganini ta’kidlab kelishadi. Bolalarda  agressiv harakatlar ayniqsa, ularning  o’tish 
davrida  kuzatiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

271

ISSN:3030-3613

BOLALARDAGI AGRESSIVLIK MUAMMOSI,YUZAGA KELISHI,

KORREKSIYASI

Qoʻshmatov Kamoliddin Abduvahobovich

Namangan viloyati Kosonsoy

tumani 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim

maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Hozirgi paytda agressivlilik muommosi psixologiyadagi eng dolzarb

mavzulardan biriga aylangan. Insondagi agressivlik holati har qanday sabablarga
bog’liq bo’lib, bu holatning psixodiagnostikasi, psixoprofilaktikasi bo’yicha xorijda
bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan va ulardan amaliyotchi psixologlarimiz
foydalanib kelmoqda. Shunday bo’lsada maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari
va maktab psixologlari so’ngi paytlarda bolalarda agressivlilik juda ko’payib
ketganini ta’kidlab kelishadi. Bolalarda agressiv harakatlar ayniqsa, ularning o’tish
davrida kuzatiladi.

Kalit so’zlar:

kichik maktab yoshi, agressivlilik, agressiv xulq-atvor, xorijiy va

mahalliy olimlar, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorrektsiya, frustratsiya,
tajovuzkorlik,psixik buzilish,ruhiy holat

KIRISH

Y.A. Bashkatova o’z tadqiqoti jarayonida kommunikativ universal ta'lim

harakatlari boshlang'ich maktabning 2-3 sinf o'quvchilari tajovuzkorligiga ta'sir
qilishini aniqlagan. Ya’ni, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kommunikativ universal
ta'lim harakatlari past darajada va agressivlilik yuqori darajada bo’lgan, shuningdek
kommunikativ yo'nalish jihatidan ham frustratsiya holati yo'nalishlari va reaktsiya
turlarida farq qilgan. Shuning uchun faqat korrektsion guruhni emas, balki barcha
sinfdoshlarni rivojlantirish va tuzatish ishlariga jalb qilish kerak. Ota ona
munosabatlarining avtoritar turi kichik maktab yoshidagi bolalarda umumiy
kommunikativ ta'lim harakatlarining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi va atrofidagilariga
nisbatab agressiv muloqati isbotlangan. Bu shuni anglatadiki, o'quvchilar bilan
ishlashni rivojlantirishda ota-onalar ham ishtirok etishi kerak. 2-3sinf o'quvchilarining
kommunikativ universal ta'lim harakatlarini rivojlantirish bo'yicha samarali ishlash
uchun zarur shart-sharoitlar aniqlandi. Agressivlikda gender farqlari borligi ham
aniqlangan. Agressiv o'g'il bolalarga past darajali verbal intellekt, yuqori darajada
vaziyattan tashvishlanishi, ishonchsiz va beparvoligi bilan ajralib turadi. Agressiv
qizlar uchun qattiqqo'llik va ishonchsizlik xos.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

272

ISSN:3030-3613

F.F.Rasulova o’z tadqiqotida kichik, o’rta, katta o'smirlarga xos agressiv

mayllarning tabaqalashtirilgan ichki evolyutsiyasi hamda agressiya shakllari
o’rtasidagi bog’liqni jinsga ko’ra tafovutlanishining xulq-atvor va ishtimoiy
munosabatlarini shartlovchi psixologik omillarini, ota-ona bilan bola
munosabatlarida qabul qilish va kooperatsiya tarbiya usubi agressiyaning
pasayishini ta'minlovchi psixologik omillar ekanligini, agressiv o’smirlar
xulqatvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida "Xulq-atvorni
modifikatsiyalash treningi" psixologik trening dasturini, agressiyaga moyil o’smirlar
xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida ota-onalar,
pedagoglar va psixologlar hamkorlikda samarali ish olib borishining algoritmini
ishlab chiqqan. Uning tadqiqoti natijasida mahalliy sharoitda o’smirlar agressiv
xulq-atvorining yosh, jins va individual psixologik xususiyatlarini o'rganishga doir
psixodiagnostik metodikalarni tizimlashtirishga va o’smirlardagi agressiv
xulqatvorni korrektsiya qilish imlonini beruvchi ijtomoiy trening dasturi ilmiy
asoslangan, amaliyotda sinovdan o’tkazilgan hamda xalq ta’limi muassasalari
amaliyotiga tatbiq etilishi tavsiya etilgan.

G’azablanish, qo’rqish va shu kabi boshqa emotsiyalar insonni o’rab turgan

sharoitga moslashish vazifasini bajaradi. G’azablanish odamlarda ham hayvonlar
kabi to’siqlarni yo’qotishga, maqsadiga erishishiga, o’zini himoya qilishiga yordam
beradi. Shuning uchun har qanday agressiyani ko’rsatish qonun buzarlik
hisoblanmaydi. Bolalar hayotida agressiv xulq-atvor tez-tez uchrab turadı.

Ulg’ayib kelayotgan bolalarda psixologik holatlar kechishiga vaqtida e’tibor
berilmasa sa’lbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.

Xorijlik olimlar L.Berkovitz frustratsiya va agressiyaning bir-biriga

bog’liqligini, I.A. Furmanov bolalar agressivliligini, E. Frоmm аgrеssiyaga keng
ma’noda ta’rif keltirgani, K.S.Shalaginova kichik maktab o’quvchilarida tizimli
psixologik yordam ko’rsatishni, Y.A. Bashkatova turli darajadagi agressiv kichik
maktab o’quvchilarida kommunikativ universal ta’lim harakatlarini rivojlantirishni,
I.F. Nurmuxametova kichik maktab o’quvchilarida agressivlik pasayishining
psixologik-pedagogik

sharoitlarini,E.L.Golenisheva

kichik

maktab

yoshi

o’quvchilarida agressivlikning ijtimoiy-psixologik omillarini, S.A. Travina kichik
maktab o’quvchilarining agressiv xulq-atvor profilaktikasida psixolog va
o’qituvchilarning o’z-aro ta’sirini, E.I. Berejkova boshlang’ich maktab
o’quvchisining agressivligiga ijtimoiy agressiyaning ta’siri etishini o’rgangan.
O’zbekistonlik olimlardan F.F.Rasulova o’smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon
bo’lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etgan.

Agar biz g'arb kontseptsiyalarining xilma-xilligini tahlil qiladigan bo’lsak,

ulardan eng muhimlaridan uchtasini ajratishimiz mumkin. Birinchisiga, agressivlik
shaxsning tug'ma, instinktiv mulki sifatida qaraladigan nazariyalar kiradi (bunga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

273

ISSN:3030-3613

psixoanalitik nazariyalar kiradi). Ikkinchisi, agressiyani frustratsiyaga bo'lgan
xattiharakat sifatida tasvirlaydi. Uchinchisi, agressivlikni o'rganish natijasida
shakllanadigan xulq-atvorning xususiyati deb hisoblaydigan tushunchalardan iborat
(xulq -atvor nazariyalari).

L.Berkovitz "frustratsiya-agressiya" kontseptual sxemasiga uchta muhim

o'zgartirish kiritadi: a) frustratsiya agressiv harakatlarda amalga oshmaydi, lekin unga
tayyorgarlikni rag'batlantiradi; b) hattoki tayyor holda bo'lsa ham, agressiya tegishli
shartlarsiz sodir bo'lmaydi; v) frustratsion vaziyatlardan agressiv harakatlar yordamida
chiqib ketish individda bunday harakatlarning odatlanishiga tarbiyalaydi.

Agressiv reaktsiyalarning namoyon bo'lish kuchida ham gender farqlari mavjud.

O'g'il bolalar jismoniy tajovuz reaktsiyalarining ustunligi bilan ajralib turadi, yoshi
kattaroq qizlar esa tajovuzni ifodalashning bilvosita usullariga ko'proq murojaat
qilishadi: og'zaki, bilvosita va negativizm. Ehtimol, bu o'g'il bolalarning tajovuzkorligi
"tashqi tomonga", qizlar esa "ichkariga" qaratilganligi bilan bog'liqdir.

I.A.Furmanov bolalar agressivliligini tushuntirishning turli uslubiy va

kontseptual yondashuvlari, bolaning xatti-harakatlarida tajovuzning paydo bo'lishini
rag'batlantiruvchi yoki qo'zg'atuvchi psixologik va ijtimoiy omillar, uni
psixodiagnostikalashning bevosita va yordamchi usullari, shuningdek, psixo-ijtimoiy
korrektsiya yo'nalishlarini aniq ochib bergan. Uning ta’kidlashicha, bolalar o'rtasidagi
konfliktlar narsalar va o'yinchoqlarni egallash bilan bog'liq bu chegaralar kesishganda
paydo bo'ladi, ya'ni bir nechta bolalar boshqa bolalarning o'yinchoqlarini olish orqali
o’z chegaralarini kengaytirishga harakat qiladi. Buni 2, 4 va 7 yoshli uchta o'g'il bolani
uzoq muddatli kuzatish natijalari tasdiqlaydi. Agressiv xulq-atvor bilan bog'liq eng
ko'p nizolar kichik, katta va o'rta bola o'rtasida, kichiklar va katta yoshlilar o'rtasida
esa qarama -qarshilik minimal bo'lganligi kuzatildi. Nizolar faqat ba'zi o'yinchoqlarga
egalik qilish uchun paydo bo'lganiga e'tibor qaratildi.

Ajablanarlisi shundaki, o'yinchoqlar borligida ular o’rtasida hech qanday

ziddiyat yo'q edi.E.Frоmm аgrеssiyani keng ma’noda ta’kidlab o’tadi – bundа
faqatgina odam va hayvonatlarga emas, balki jonsiz predmetlarga ham ziyon
keltirishni agressiya dep hisoblagan.Ongni manipulyatsiya qilib, agressiv xulq-
atvorga undashda ommaviy axborot vositalarining ta’siri B.Kreyxi tadqiqotida o’z
aksini topgan.S.A.Travina tadqiqoti natijasida boshlang’ich sinf o’quvchilarida
agressiv harakatlarning oldini olishda o’qituvchilar va maktab psixologining o’z-
aro ta’sirida harakatlarni muvofiqlashtirish jarayonining samaradorligiga erishgan.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan tadqiqot ishlaridan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkin

kichik maktab yoshi davridagi agressivlik va agressiv xulq-atvor mamlakatimizda
ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasida o’rganilishi kerak bo’lgan sohalardan biri
hisoblanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

274

ISSN:3030-3613

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Фурманов.И.А. “Детская агрессивность: Пиходиагностика и коррекция”

-

2.

Минск: Ильин В.П., 1996. –C.12

3.

Голенищева Е.Л. Социально - психологические факторы агрессивности
младших школьников. Автореф. дисс.. кандидата психологических наук:

4.

19.00.13/ Санкт- Петербург-2005. C-5

5.

Крейхи Б. Социальная психология агрессии. ‒ М.: Питер, 2003. ‒ С.56.

6.

Невенчанный. В.С. “Пониятие агрессивного поведения в современной
психологии”, Наука и современность. – 2011. – №10–1. – с. 300

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Фурманов.И.А. “Детская агрессивность: Пиходиагностика и коррекция”-

Минск: Ильин В.П., 1996. –C.12

Голенищева Е.Л. Социально - психологические факторы агрессивности

младших школьников. Автореф. дисс.. кандидата психологических наук:

19.00.13/ Санкт- Петербург-2005. C-5

Крейхи Б. Социальная психология агрессии. ‒ М.: Питер, 2003. ‒ С.56.

Невенчанный. В.С. “Пониятие агрессивного поведения в современной

психологии”, Наука и современность. – 2011. – №10–1. – с. 300