T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
215
ISSN:3030-3613
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA ADABIY PARODIYA TILINING
RITORIK VA GERMENEVTIK JIHATLARI
Aniyozova Guli
@aniyozovaguligmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada Ingliz va o'zbek tillarida adabiy parodiya tilining ritorik va
germenevtik jihatlari ko‘rib chiqiladi. So‘roq gaplarning turlari tahlil qilinadi va eng
keng tarqalgan ritorik savollar ham muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar
: so‘roq gap, ritorika, ritorik savol, stilistik shakllar
ANNOTATION
The article discusses the rhetorical and hermenical aspects of the language of
literary parody in English and Uzbek languages. The types of interrogation are
analyzed and the most common ritoric questions will also be discussed.
Keywords:
questioning, rhetoric, rhetoric question, stylistic forms
KIRISH
So’zlovchi hamma vaqt ham o’z fikrinigina bayon etib qolmaydi, u ba’zan
gapini ham o’z nutqi ichida ishlatadi. O’zganing gapini ifoda etuvchi shaxs avtor, uning
gapi esa avtor gapi deyiladi. Avtorning ma’lum shaxs fikrini o’z nutqi ichida keltirishi
o’zganing gapi deyiladi. Gap ifoda qilinayotgan shaxs so’zlovchi sanaladi.Ba’zan avtor
gapi ham o’zganing shaklida beriladi. Bunda uning fikri o’zganing gapi va avtor
gapining biriktiruvchi grammatik vositalar bilan boog’lanadi. Misollar, men nima
qilishimni bilmayman. «Bu yoqda nima qilib yuribsiz»-dedim. Mening yo’qlab
kelganimni ko’rsa, dalda bo’lar biron so’z aytsam, zoraki darmon bo’lsa, deb kutdim.
(A.Q.)U yoki bu shaxsning gapi faqat o’quvchining gapi shaklidagina emas, balki
qushlar, hayvonlar tovushi yoki ba’zi predmetlarning shovqini hamda ularga nisbatan
ishlatiladigan undov va taqlidiy so’zlar shaklida ham keladi. Jo’ra darrov askarning
yukini olib, chairday katta, tuki yiltiragan, beldor eshakka ildam ortib, ip bilan
boog’ladi-da, «Xix» deb bir turtdi va o’zi uelar bilan suhbatlashib, piyoda ketdi.
Haligina pashsha «og’ing» desa eshitilmaydigan jimjit hovli qiy-chuvga to’ldi.
Kommunikativ nutq tizimida so‘roq gaplar alohida o‘rin tutadi. So‘roq gaplar
so‘zlovchi uchun noma’lum bo‘lgan haqiqatni anglashga qaratilagan savoldir. Bunday
gaplar maxsus asosga qurilgan bo‘lib, alohida talaffuz qilinadi va gap oxirida so‘roq
belgisi qo‘yiladi. So‘roq gaplar ko‘pincha dialogik shaklda qo‘llaniladi. So‘roq gaplar
ularda ifodalangan savol mazmuniga ko‘ra 3 turga bo‘linadi.
Sof so‘roq gaplar: Who is listening? (Kim tinglayapti?)
So‘roq-buyruq gaplar: Can you speak slowly? (Sekinroq gapirolmaysizmi?)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
216
ISSN:3030-3613
Ritorik so‘roq gaplar: If your friend jumped off the bridge, would you do it too?
(Agar sherigingiz o‘zini ko‘prikdan tashlasa, siz ham tashlaysizmi?)
So‘roq gaplar tizimida ritorik so‘roq gaplar ham grammatik, ham mantiqiy, ham
alohida ma’noga ega stilistik munosabatni o‘z ichiga oladi. Ritorik so‘roq gapda, He
doesn’t smoke, does he? – U chekmaydi, shundaymi?Bu gapning birinchi qismida
doesn’t inkor shaklida kelgan bo’lsa, ikkinchi qismida, tasdiqlashda bu fe’lning o’zi
does darak shaklida keltirilgan. Boshqa bir misolni ko’ramiz:They are at home, aren’t
they? – Ular uyda, shunday emasmi?Endi bu gapda avvalgi gapning aksi bo’layapti:
gapning birinchi qismida darak shaklidagi are ishlatilgan.
Odatda, javob ham savolning ichida bo‘ladi va nutq ta’sirchanligini oshirish
maqsadida stilistik vosita sifatida ishlatiladi. Bunday vazifada ishlatilganda, garchi,
ritorik so‘roq gapsavol shaklida bo‘lsada, hech qanday javob talab qilmaydi, lekin
so‘roqda ifodalangan ma’lumotni ta’kidlash va tinglovchining roziligini olish uchun
ishlatiladi. Shuning uchun ham ba’zi hollarda ritorik savollar gap oxirida berilmaydi.
Ritorik so‘roq gaplar, ko‘pincha, suhbatdosh bilan suhbatni boshlash yoki to‘g‘ridan-
to‘g‘ri javobni talab qilmasdan, so‘zlovchining muammoga e’tiborini qaratish
maqsadida jalb qilish vositasi sifatida ishlatiladi.
ADABIYOTLARTAHLILIVAMETODOLOGIYA
Ritorik savollar sof so‘roq gaplarni pragmatik tushunish sifatida qaraladi.
Who did it? (Lucy, Mr.White, a father, a friend, a doctor....)
Kim qildi buni? –Lusi, Janob Wayt, ota, do‘st, shifokor.....)
Who did it? (Well, me, of course.....who else?)
Kim qildi buni? –Men, albatta, yana kim bo‘lardi?
Rohde (2006), Kaponigro va Sprouse (2007)lar ritorik savollarga haqiqiy
bo‘lmagansavol sifatida qaraydi: A-haqqoniy (unbiased interrogative), B-haqiqiy
bo‘lmagan savol(biased interrogative). Haqiqiy savollarda javob bilan ta’minlash
ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ritorik savollarda javob bir maromda emas, chunki u
so‘zlovchi hamda tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro ikki tomonlama tushunchaga bog‘liq.
Ritorik so‘roq gaplar va sof so‘roq gaplar shuning uchun ham pragmatik.Sadock
(1971,1974) va Han (2002) ritorik savollarni so‘roq gap sifatida emas, balki, qarama-
qarshi ta’kidlash sifatida tahlil qildilar. A: I do not steal anythingB: Do I steal
anything?(No, I don’t steal anything!)Rohde (2006) ritorik savollar so‘roq gapga
o‘xshaydi, chunki ular javobni qabul qiladi, faqat ma’lum birjavobning mavjudligi
ta’kidni keltirib chiqaradi.Caponigro va Sprouse (2007) ritorik savollarni so‘roq gaplar
sifatida o‘rganib ikkata juda muhim fikrga kelishdi. Birinchisi –ritorik so‘roq gaplar
inkor javobdan ko‘ra ko‘prog‘ini talab qiladi; Ikkinchisi –ritorik so‘roq gaplar javob
qabul qiladi, ammo bildirilgan fikr javob qabul qilmaydi.A: It’s understandable that
Lucy adores Tim. After all, who helped him when he was in trouble?B: Lucy/
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
217
ISSN:3030-3613
NodivA: After all, mina was the only one to help him when he was in trouble!B:
Lucy
XULOSA
Ushbu tahlildan olingan ma’lumotlarga tayanib xulosa qiladigan bo‘lsak,
ko‘pgina holatlarda ritorik so‘roq gaplar va standard so‘roq gaplar bir xil shaklga ega
va ularning ritorik savol yoki javob talab qiluvchi sof so‘roq gap sifatida talqin qilinishi
to‘laligicha ular foydalanilgan kontekstga bog‘liq. Garchi ritorik so‘roq gaplar va javob
talab qiluvchi sof so‘roq gaplarni bir-biridan ajratib turuvchi rasmiy farqlar mavjud
bo‘lmasada, ba’zi ritorik savollar ularni standard savollardan ajratib turadigan ma’lum
shaklga ega.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Asier Alcazar (2017) A syntactic analysis of rhetorical questions
2.
Athanasiadou, Angeliki (1991). “The discource function of questions”.
Pragmatics:1.1:107-122.
3.
Brian’s. (2007). “Common errors in English”. Washington State University
4.
Burton, O. (2007) “Rhetorical questions”. Bringham Young University
5.
Dzemal Spago (2017). “Rhetorical questions or rhetorical uses of questions?”
6.
Samigova, Kh., Khabibullayevich, A. (2020) “Rhetoric in the English and uzbek
languages”