T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
159
ISSN:3030-3613
IBN SINO MA’NAVIY MEROSIDA AXLOQ MASALASI VA UNING
BADIIY OBRAZLARDAGI TALQINI
Haqberdiyeva Vazira Jamshed qizi
1-son Davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
L.R.Usmonova
Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Annotatsiya:
Ibn Sino, o‘rta asrlar Islom falsafasining buyuk namoyandalaridan
biri sifatida, nafaqat ilm-fan, balki axloqiy masalalar bo‘yicha ham o‘zining chuqur
fikrlari bilan tanilgan. Uning ma’naviy merosi, ahloqiy qadriyatlar va insoniyatning
axloqiy masalalariga bo‘lgan yondashuvi orqali shakllangan.Ibn Sinoning axloqiy
fikrlari, uning falsafiy asarlarida, xususan, "Kitob al-Shifa" va "Kitob al-Najat"da
ifodalangan.
Kalit so’zlar:
Ibn Sino, ma’naviy meros, axloq masalasi, badiiy obrazlar,
axloqiy qadriyatlar, falsafa, ichki kurashlar, axloqiy tanlovlar.
Аннотация:
Ибн Сина, как один из великих деятелей средневековой
исламской философии, известен не только своими глубокими мыслями о науке,
но и о моральных вопросах. Его духовное наследие было сформировано через
его подход к моральным ценностям и моральным вопросам человечества.
Моральные мысли Ибн Сины выражены в его философских трудах, в частности,
«Китаб аш-Шифа» и «Китаб ан-Наджат».
Ключевые слова:
Ибн Сина, духовное наследие, моральные вопросы,
художественные образы, моральные ценности, философия, внутренняя борьба,
моральный выбор.
Abstract:
Ibn Sina, as one of the great figures of medieval Islamic philosophy,
is known not only for his profound thoughts on science, but also on moral issues. His
spiritual legacy was formed through his approach to moral values and the moral issues
of humanity. Ibn Sina's moral thoughts are expressed in his philosophical works, in
particular, "Kitab al-Shifa" and "Kitab al-Najat".
Key words:
Ibn Sina, spiritual legacy, moral issues, artistic images, moral
values, philosophy, internal struggles, moral choices.
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar
qo’yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va fuqarolik
jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda
yashamoqdamiz. Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda,
yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
160
ISSN:3030-3613
namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga
bag’ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz
faxrlanamiz .Bu jihatdan ayniqsa, madaniy taraqqiyotga ulkan hissa qo’sha olgan
buyuk shaxslarning ma’naviy dunyosi, fikriy intilishi, maqsadini to’g’ri talqin etish
muhim rol o’ynaydi. Chunki ular ijodida ma’lum bir davrning yutug’i, o’sha zamon
fikru zikri o’z ifodasini topgan bo’ladi.O’rta asr musulmon Sharqi tabiiy - ilmiy va
ijtimoiy – falsafiy fikrlar buyuk namoyondasi Abu Ali ibn Sinodek shaxs ilm –
madaniyat xazinasiga ulkan hissa qo’sha olgan shunday siymolardan biri edi. Biz
haqiqatdan ham uning asarlari orqali barcha ilmlar mundarijasiga, boyligi, o’sha davr
dunyoqarashi, ma’naviy hayotining barcha masalalari bilan to’la – to’kis tanisha
olamiz. “Hay ibn Yaqzon” qissasini Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo‘lgan
Faradjon qal’asi qamoqxonasida yozgan degan ma’lumotlar tarixiy manbalarda
uchraydi. Qissa arab tilida yozilgan.Ivrit (qadimgi yahudiy) tiliga qissaning she’riy
tarjimasini Ibn Azra (1186-yilda vafot etgan), nasriy tarjimasini 1886-yilda
P.D.Kaufman amalga oshirgan. Insonning tabiatiga xos bo‘lgan ijobiy va salbiy
jihatlarning ta’rifiga katta o‘rin berilgan, qissaning o‘zi esa, umuman insonning
ma’naviy qiyofasiga, intizomiga, uni noma’qul qilmishlarga ergashishdan qaytarishga
bag‘ishlangan. “Hay ibn Yaqzon” asarini tushunish o‘rta davr faylasuflarining
kosmogoniya, ma’naviyat va hayot haqidagi fikrlarini bilishga bog‘liq ekanligi, bu
masalalar haqida qisqacha ma’lumot berish zarur ekanligi asoslangan.Birodarlarim,
“mening “Hay ibn Yaqzon”1 qissasini yozishimga bo‘lgan qiziqishim nihoyat mening
yurak tublarimni zabt etdi va buni sizlarga yetkazish uchun sizlarni takliflaringizni
inobatga oldim” [2]. Ba’zi narsalarni rad etib Allohga tavakkal qildim.Yurtimda
yashayotganimda do‘stlarim bilan ko‘ngilochar joyga borish imkoniga ega bo‘ldim.
Bu yerda aylanib yurganimda qarshimda o‘ziga yarashgan, fikrlari asosli, ixtiyoriy
gaplari yoshiga mos, tashqi ko‘rinishi yuksaklikdan dalolat beruvchi va sevimli cholni
uchratdim2. Mening ichimdan u bilan ko‘rishib, gaplashish ifori jush urdi. Shunda
barcha dustlarim bilan uning yoniga yo‘l oldik.
“Inson fe’l-atvoridagi qiziqqonlik, munofiqlik, ta’magirlik, zulmkorlikka,
o‘g‘rilik va aldamchilikka moyillik, o‘zining hayu-havaslarini qondirish istagi,
ehtiroslarga berilish, hayvoniy hirslar – bularning barchasini Ibn Sino buzuq niyatli
“do‘stlar” deb atagan. Ibn Sino inson o‘zining “jilovini” mana shunday “do‘stlar”ning
qo‘liga topshirib qo‘ymasligi kerakligi haqida ogohlantiradi. Inson doimo ulardan
yuqoriroq turishi, doimo aql-idroki doirasida odimlashi lozim – shundagina u o‘z
do‘stlarini to‘g‘ri yo‘ldan boshlab boradi. Ular seni o‘zlariga bo‘ysundirib
olmaslaridan avvalroq, – deydi Ibn Sino, – sen ularni o‘zingga bo‘ysundirishing
lozim”. Ibn Sino bu asarida ilm-ma’rifatni o‘rganishga kirishgani tufayli ko‘zi
ochilgani, natijada Aql (Hayy ibn Yaqzon) ko‘ziga ko‘ringani va ilm unga o‘z jamolini
namoyon etganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o‘lim bilmaydigan uyg‘oq,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
161
ISSN:3030-3613
qarimaydigan yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi.
Tafakkur qilib zarur bo‘lgan va bilishi mumkin bo‘lgan narsalarni o‘qishga kirishgani,
bu yo‘lda aqlni ishga solib, farosatli bo‘lib, o‘zini yomonliklardan chetlashtiradigan
turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi. Demak, “Hay ibn Yaqzon” mantiq
ilmiga bag‘ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Risola insondagi
yomon illatlarni bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql-tafakkur
quvvatining yomon illatlardan qutulishi, o‘zligini anglash vositasi ekanligi bilan
adabiy-falsafiy asargina bo‘lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir. Ibn
Sinoning bu xildagi asarlaridan axloqiy ramzlar purma’no aks etishini ko‘rishimiz
mumkin. Tadqiqotimizning obyekti hisoblangan “ Hay ibn Yaqzon ”( “ Uyg‘oq o‘g‘li
Tirik”) qissasining mohiyatida cheksiz aql aks etadi. “Ibn Sino kishi qalbida bo‘lishi
mumkin bo‘lgan mana shunday xislatlarni “Hayy ibn Yaqzon” asarida ramziy ishoralar
bilan bayon qiladi, yaxshi-yomon xulq, fe’l-atvorlarni iborali tarzda “kishi oshnalari”
tariqasida talqin qiladi. Bu oshnalarning ba’zisi ko‘p nomaqbul yo‘llarga boshlaydi,
inson ana shu yo‘llarga kirishdan o‘zini ehtiyot qilishi lozimligini uqtiradi”.Bu qissada
naql etilishicha, hikoya qiluvchi shaxs bog‘da o‘rtoqlari bilan sayr qilib yurganida
qarshisida kelayotgan bir nuroniy qariyaga duch keladi. U bilan tanishgusi kelib
qariyaga yaqinlashgach, chol yigitdan oldin unga salom beradi. Yigit choldan otini
so‘rasa, nomim Hayy- Tirik, otamning ismi Yaqzon – Uyg‘oq, vatanim – Baytul
Muqaddas, hunarim – dunyoni sayohat qilish, deydi. Keyin chol dunyoni sayohat
qilganini: ko‘rgan-bilganini yigitga so‘zlab beradi. Ibn Sino mazkur nuroniy chol
misolida aqlni ko‘rsatmoqchi bo‘ladi hamda bu aql dunyoda kezib yuradi va har bir
dargohga kira oladi, deydi. Chol yigitni o‘z orqasidan yurishga da’vat qiladi. Bundan
olimning kishilarni ilm ketidan borishga da’vat qilgani anglashiladi. Qissadagi “Aql–
Uyg‘oq o‘g‘li Tirik odamlarni kishilarning fe’l-atvorini, tabiatini chuqurroq tushunish
uchun farosat ilmi– mantiqni bilishga da’vat etadi. Negaki, bu ilm, Ibn Sino iborasi
bilan aytganda, foydasi naqd ilmlardan bo‘lib, kishining didini o‘stiradi, fikr doirasini
kengaytiradi, bilgan-bilmaganlarini ko‘z o‘ngiga keltirib, uni tartibga solidi” .“Hayy
ibn Yaqzon (Uyg‘oq o‘g‘li tirik)” – ramziy-majoziy uslubda yozilgan qissasining bosh
qahramonn – birinchi shaxs Ibn Sinoning o‘zi bo‘lsa, uning suhbatdoshi, hikoya
qiluvchi – Hayy ibn Yaqzon – Uyg‘oq o‘g‘li Tirik – Aqldir. Qissadagi beshta aloqa
bo‘limi insondagi bor bo‘lgan beshta tashqi sezuv organi – ko‘rish, ta’m bilish, hidlash,
eshitish, sezishdir. Bular kishi organizmida tabiatni tushunishda, munosabatda
bo‘lishda misoli bir xabarchidir. Ibn Sinoning bu qissasi ko‘p jihatdan majoziy, ramziy
bitilgan, kishilar fe’li atvorini o‘z ichiga qamrab ololgan va hayotiy gaplardan
mulohaza yuritadigan adabiy asar hamdir. Mana shu nuqtai nazardan qaraganimizda
qissaning ikki sohada – ham falsafiy, ham adabiy sohada yozilganligini ko‘ramiz.
Ibn Sino axloqiy qadriyatlarni insonning ruhiy rivojlanishi va ma’naviy o‘sishi
bilan bog‘laydi. U axloqni faqat tashqi qoidalar to‘plami sifatida emas, balki ichki
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_6-to’plam_Iyun-2025
162
ISSN:3030-3613
maqsad va niyatlar bilan belgilangan jarayon sifatida ko‘radi. Uning fikricha, axloqiy
tanlovlar insonning ichki kurashlari natijasida shakllanadi. Bu jarayonda inson
o‘zining ichki instinktlarini, ehtiyojlarini va maqsadlarini muvozanatlashga harakat
qiladi. Ibn Sino asarlarida badiiy obrazlar axloqiy g‘oyalarni ifodalashda muhim rol
o‘ynaydi. U badiiy tasvirlar orqali insonning ichki dunyosini, ruhiy holatini va axloqiy
tanlovlarini aks ettiradi. Masalan, Ibn Sinoning "Kitob al-Najot" asarida u inson
ruhining turli holatlari va axloqiy qiyofalarini tasvirlaydi. Badiiy obrazlar orqali u o‘z
fikrlarini yanada chuqurroq va ta’sirchan ifodalashga erishadi. Ibn Sino axloqiy
qadriyatlarni inson hayotining asosiy tamoyillari sifatida ko‘radi. U adolat, sabr-toqat,
rahm-shafqat kabi qadriyatlarni yuksak darajada qadrlaydi. Bu qadriyatlar badiiy
obrazlar orqali ifodalanadi va insonning ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Ibn
Sinoning fikricha, axloqiy qadriyatlar faqat shaxsiy hayotda emas, balki jamiyatda ham
muhim ahamiyatga ega. Ibn Sinoning falsafasi axloq masalalari bilan chambarchas
bog‘liqdir. U falsafani insonning ichki kurashlari va axloqiy tanlovlari bilan bog‘laydi.
Falsafa orqali inson o‘zining maqsadlarini aniqlaydi va hayotdagi muhim savollarga
javob topadi. Bu jarayonda axloqiy qadriyatlar asosiy yo‘naltiruvchi kuch bo‘lib
xizmat qiladi. Ibn Sino ma’naviy merosi axloq masalalari va badiiy obrazlar orqali
inson ruhiyatini chuqur o‘rganishga yordam beradi. Uning g‘oyalari zamonaviy
hayotda ham dolzarbdir, chunki axloqiy tanlovlar va ichki kurashlar har bir inson
uchun muhim ahamiyatga ega. Ibn Sinoning merosi bizga axloqiy qadriyatlarni yuksak
darajada qadrlash va badiiy tasvirlar orqali ularni chuqurroq tushunishga yordam
beradi.
Foydalanilgan adabiyot va havolalar
1.
Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY
QARASHLARIDA “INOYAT”(
علا
ةيان ) TUSHUNCHASI VA UNING
MOHIYATI. International Scientific Journal of Biruni, 2(1), 43-47.
2.
Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING
MA’NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special
Issue .902-908 ,)23
3.
Jumayev G.I. “Audiomanuscript” – a project on the study of oriental manuscript
sources. // Journal of Social Research in Uzbekistan, 2023. P. 50-52.
4.
Jumayev G.I. Boyondurlar: tarixi va etimologiyasi. // Educational Research in
Universal Sciences. Volume 2, Issue 17. December. 2023. p.215-219.