T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
15
ISSN:3030-3613
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY
TARBIYASINI YO‘LGA QO‘YISH STRATEGIYASI
Namangan viloyati Uchqo'rg'on
tumani 10-son DMTT direktori
Xakimjanova Qunduzxon Egamberdiyevna
Annatatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimda olib borilayotgan
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish. Hozirgi kunda bollar salomatligi va
psixologiyasiga ta’siri, va ma’naviy marifiy ishlarni maktabgacha ta’lim tizimida
samarali tashkil qilish haqida aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
bolalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ma’naviyat, ma’rifat,
tadbirlar,
she‘r, raqs.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya – bu bolalarda insoniy fazilatlar, milliy qadriyatlar,
odob-axloq
qoidalarini
shakllantirishga
qaratilgan
tarbiyaviy
jarayondir.
Maktabgacha yosh — shaxsiy fazilatlar asoslari qo‘yiladigan muhim bosqich bo‘lib,
ayni davrda berilgan ma’naviy saboqlar bolaning butun hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda ma‘naviyma‘rifiy ishlar
samaradorligi va ta‘sirchanligini oshirish, xalqimiz o‘rtasida hamjihatlik va
hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, an‘ana va urf-odatlarni keng
targ‘ib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo‘llab-quvvatlash
maqsadida "Ma‘naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil
etish to‘g‘risida" qarorining qabul qilinishi ham mamlakatimizda birinchi marta
ma‘naviy-ma‘rifiy sohadagi iqtisodiy masalalarni hal etib, uning moliyaviy asoslarini
mustahkamlab qo‘ymoqda.
Bolalar g‘ayratli raqsga tushishar, she‘rni ko‘zlari yonib,
to‘tidek o‘qishar, biroq, she‘r, raqs tugagach, ko‘zlari bo‘m-bo‘sh, hamma qatori
bo‘lib qolishar edi. Chunki tarbiya og‘zaki edi. Amaliy emas edi. Fazilatlar
treninglarda o‘rgatilmas, shu sabab natija fazilatga aylanmasdan, bilim darajasida
qolib ketar edi. Shuning uchun bugun ayrim yoshli bolalarimizning xulqi bizni
ranjitayotgan bo‘lsa, bunga ular aybdor emas. Ularning bilmasligi –
tushuntirilmaganidan, qilmasligi – o‘rgatilmaganidan. Vatanparvarlikni ham, choy
suzishni ham, uyalishni, ma‘suliyatni, salom berishni ham.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ma’naviy
ma’ririfiy ishlarni tashkil etishning asosiy maqsadi - kelajagimiz poydevori bo‘lmish
yosh avlodni ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish, har tomonlama etuk, barkamol
avlodni voyaga yetkazish, insonparvarlik, poklik, ezgulik bag‘rikenglik, iymonlilik
hamda kuchli e’tiqodli etib tarbiyalashga, ma’naviy dunyoqarashi shakllantirishga
qaratilgan. Shu boisda barcha ta’lim muassasalarida jumladan, maktabgacha ta’lim
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
16
ISSN:3030-3613
tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazishi, yuksak ma’naviyatli
barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos o‘rin tutadi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
bolaga ta’limiy faoliyatlarda olgan bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi. Bola
milliy ruhda, qadriyatlarimizni his etgan holda ulg‘a boshlaydi va shu bilan bir qatorda
bolalarni ehtiyojlari va qiziqishlari jadal suratda o‘sib, takomillashib boradi. Bola
borliqni anglay boshlaydi, tengdoshlari bilan ijobiy aloqaga kirisha boshlaydi,
jamoaviy ishlashga o‘rganadi, atrofni kuzatadi, tahlil qila boshlaydi, unda savollar
tug‘ila boshlaydi. Bola shu tariqa ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy,
g‘oyaviy, mafkuraviy ruhda shakllanib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarga ma’naviy tarbiya berishda tadbirlarning o‘rni muhim sanaladi. Bolalarni har
tomonlama rivojlantirish, sifatli o‘qitish va maktab ta’limiga tayyorlash maqsadida
“Ilk qadam” va “Ilm yo‘li” davlat o‘quv dasturlari yaratildi. Bu dasturlarning to‘laqonli
amaliyotga joriy etish maqsadida didaktik materiallar, o‘quvmetodik qo‘llanmalar,
o‘yinchoqlar va har xil turdagi sport inventarlari ta’lim tashkilotlariga etkazib berildi.
Maqsad - ta’lim-tarbiya jarayonida o‘rili foydalanish orqali ta’lim-tarbiya sifatini
yanada oshirish, optimallashtirishdan iboratdir. Ta’limiy, tarbiyaviy faoliyatda
zamonaviy pedagogik texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish
maqsadida barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish
maqsadida “Mahorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Mahorat maktabi” ning
yo‘lga qo‘yilishi ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga turtki bo‘lmoqda. Bu maktabning
faoliyati o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish, metodik tavsiyalar ishlab
chiqish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini faoliyatda o‘rinli qo‘llash, ilg‘or
tajribalarni topish va ular faoliyatini ommalashtirish orqali maktabgacha ta’limda
ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash, takomillashtirish bo‘yicha maqsadli, samarali
ishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Hamkorlik va monitoring
Ma’naviy-axloqiy tarbiya samaradorligini oshirish uchun oila va maktabgacha
ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik muhim.
Ota-onalar bilan ishlash-
Ota-onalar uchun seminar va treninglar tashkil
etish, bolalar tarbiyasida ularga amaliy yordam berish.
Psixologik yordam-
Bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda individual yondashuvni ta’minlash. Zarur hollarda bolalar psixologidan maslahat
olish.
Monitoring
va
baholash-
Tarbiya
jarayonining
samaradorligini
muntazam ravishda monitoring qilish va unga tegishli tuzatishlar kiritib borish.
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ochiq eshiklar kuni”
belgilangan tartib asosida tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
17
ISSN:3030-3613
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ta’lim-tarbiyada milliylikni singdirish
maqsadida “Zumradoylar davrasida” nomli ko‘rik-tanlovlar tashkil etilib kelinmoqda.
MTTlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi
vazifalarni bajarishi lozim:
bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;
bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;
bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;
milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni
shakllantirish;
bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash,
ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.
Yuqorida
bayon
O‘zbekiston
Respublikasidagi maktabgacha ta'lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama
rivojlantirilishini ta'minlashi lozim.Maktabgacha yoshning xususiyati shundan
iboratki, ushbu davrda aynan umumiy rivojlanish ta'minlanadi, natijada kelajakda har
qanday ijtimoiy bilim, malaka, ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash
uchun poydevor yaratiladi. Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib
chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida
ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va
uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib
amalga oshirilishi lozim. Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari-ta'limga tarbiyachi
va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabat; majburlamasdan o‘qitish;
qiyin maqsad g‘oyasi (bolaning oldiga murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib
o‘tishiga ishonch hissi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o‘z-
o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyati natijalarini yakka tartibda va jamoa bo‘lib
muhokama qilish); erkin tanlov (tarbiyachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bolalarning
o‘quv dasturini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini maqsad sifatida belgilab o‘qitish vaqtini
tanlashi); guruhning intellektual foni (o‘qitishning mazkur bosqichida ahamiyatli
hayotiy maqsadlarni qo‘yish va tarbiyalanuvchilar tomonidan dasturga nisbatan
kengroq bilimlar egallash); shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, tarbiyachi va ota-onalar
hamkorligi.Ta'limning natijalari bolada hozirjavoblik, mehribonlik, muloqotchanlik,
rostgo‘ylik,
haqiqatparvarlik,
maqsad
sari
dadillik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, javobgarlikni his qilish, ziyraklik, vazminlik,
mardlik, mustaqillik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik kabi shaxsiy fazilatlarning
o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi.
Ma’naviyatning
asosida avvalo tarbiya yotadi. "Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
18
ISSN:3030-3613
yashaydi", deydi donishmandlar. Tarbiya mukammallik kasb etishi uchun esa, bu
masalada bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizda
kitobxonlik saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat
berilayotgani hammamizga ma‘lum. Ko‘plab bolalarimiz kitob, internet orqali
zamonaviy bilimlarni egallamoqda, shu bilan birga qanchadan-qancha yoshlar
kitobdan uzoqlashib, qimmatli vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazmoqda. Biz yillar
davomida qayta-qayta inson qalbi va ruhini izdan chiqarishga qaratilgan mafkuraviy
tahdidlar, axborot xurujlari avj olgan tahlikali bir davrda yashayapmiz, degan fikrni
aytib keldik. Ammo bugun dunyoda sodir bo‘layotgan mafkuraviy jarayonlar har
qachongidan ham ko‘ra tahlikaliroq tus olmoqda.
Xulosa shuki,
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi
murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u oila, maktabgacha ta’lim muassasasi va
jamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab etadi. Ushbu strategiya asosida tizimli
ish olib borish orqali yosh avlodda yuksak ma’naviyatli, axloqan barkamol shaxsni
shakllantirish mumkin. Ma‘naviyat, uning asosi bo‘lgan yuksak axloq, ruhiy poklik,
qalban uyg‗oqlik, bedor vijdon, mustahkam iymon bahor nafasiga o‘xshaydi. U
shakllanib, rivojlanib borarkan o‘z yo‘lida qancha gullash fasllarini ko‘rdi, ayozlarning
ta‘qibu tahdidlarini boshdan o‘tkazdi. Uning faraxbash nafasi ta‘siri qanchalar mavjud
bo‘lsa, afsuski unga qarshi sovuq yellar ham shunchalar mavjuddir. Shu bois ham u
hamisha, har bir davrda bu sinovu tahdidlardan kuchli bo‘lib, qudratga to‘lib o‘tadi.
Negaki, unga davru davronlarga uyg‘onish baxsh etuvchi sohibdillar ezgu amallari
birla quvvat baxsh etadi. Boshlanayotgan ma‘naviyat bahori barchamizga muborak
bo‘lsin!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ -4307-son qarori.
2.
Nosirov O‘.Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va
boshqarish. Uslubiy qo‘llanma, toshkent-2010.
3.
Sh.To‘rayev, N.Jamolova, N.Xusanova, A.Madraximov, Z.O‘lmasxo‘jayev,
K.To‘rayev
“DAVLAT
TASHKILOTLARIDA
MA’NAVIY-MA’RIFIY
ISHLARNI TASHKIL QILISH”2023y
4.
B.Xusanov
“DAVLAT
TASHKILOTLARIDA
MA’NAVIY-MA’RIFIY
ISHLARNI TASHKIL QILISH”2023y 11-14 b