T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
12
ISSN:3030-3613
RAQAMLI GISTALOGIYA VA UNING TIBBIY TA'LIMDA QO'LLANISHI
INTERAKTIV O'QUV MODULLAR SAMARADORLIGI
Ibragimova Ziyodaxon Jalolidinovna
FJSTI Gistalogiya va Biologiya
kafedrasi katta o'qituvchi
Rasulova Farzona G'ayratjon qizi
FJSTI Pediatriya yo'nalishi 53.24 guruh
talabasi, Farg‘ona, O‘zbekiston
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy ishda raqamli gistalogiya tushunchasi, uning tibbiy
ta’limdagi ahamiyati hamda interaktiv o‘quv modullarining o‘quv jarayonidagi
samaradorligi keng yoritilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jadal sur’atlar
bilan barcha sohalarga, xususan, tibbiy ta’lim tizimiga ham kirib kelmoqda.
Gistalogiya fanini o‘rganishda an’anaviy mikroskopik usullar bilan bir qatorda raqamli
texnologiyalarni qo‘llash talabalarga yuqori sifatli raqamli preparatlar bilan ishlash,
ularni kattalashtirish, turli qatlamlarda tahlil qilish va dinamik jarayonlarni interaktiv
tarzda kuzatish imkonini beradi. Tadqiqotda aynan shu zamonaviy imkoniyatlar
asosida yaratilgan interaktiv o‘quv modullarining samaradorligi tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
Raqamli gistalogiya, Virtual mikroskop, Interaktiv o‘quv modul,
Tibbiy ta’lim, Raqamli preparate, Didaktik samaradorlik, Multimedia texnologiyalari.
DIGITAL HISTOLOGY AND ITS APPLICATION IN MEDICAL
EDUCATION EFFECTIVENESS OF INTERACTIVE LEARNING
MODULES
Abstract:
This scientific work extensively covers the concept of digital
histology, its importance in medical education, and the effectiveness of interactive
learning modules in the educational process. Today, digital technologies are rapidly
entering all areas, in particular, the medical education system. The use of digital
technologies in the study of histology, along with traditional microscopic methods,
allows students to work with high-quality digital preparations, enlarge them, analyze
them in different layers, and interactively observe dynamic processes. The study
analyzed the effectiveness of interactive learning modules created on the basis of these
modern capabilities.
Keywords:
Digital histology, Virtual microscope, Interactive learning module,
Medical education, Digital preparation, Didactic efficiency, Multimedia technologies.
Mavzuning dolzarbligi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
13
ISSN:3030-3613
Hozirgi davrda tibbiy taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanish keng
quloch yozmoqda. Gistologiya fanida anʼanaviy mikroskopik darslar ko‘p hollarda
talabalar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Raqamli gistologiya orqali yuqori aniqlikdagi
slaydlar, interaktiv vizual materiallar yordamida o‘quv jarayonini soddalashtirish va
samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Shuning uchun bu usulni tibbiy taʼlim
tizimiga joriy qilish dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi:
Raqamli gistologiya asosida ishlab chiqilgan interaktiv o‘quv modullarining
tibbiy taʼlimdagi samaradorligini baholash va ularning anʼanaviy o‘qitish usullariga
nisbatan afzalliklarini aniqlash.
Tadqiqot material va usullari:
Tadqiqot Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Pediatriya yo'nalishi,
1-kurs 53.24 va 54.24 guruh talabalar guruhi o‘rtasida olib borildi. Tajriba guruhiga
raqamli gistologik slaydlar, virtual laboratoriyalar va interaktiv topshiriqlar asosida
darslar o‘tilgan bo‘lsa, nazorat guruhi anʼanaviy usulda o‘qitildi. Har ikkala guruhga
teng hajmdagi bilimlar berilib, yakuniy natijalar testlar, so‘rovnomalar va o‘quv
faolligi tahlili asosida baholandi. Bugungi kunda tibbiy ta’lim zamonaviy
texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib bormoqda. Shu jumladan, raqamli
gistologiya (digital histology) - bu sohadagi katta yangiliklardan biri bo‘lib, u
an’anaviy mikroskopik tahlilni virtual muhitga ko‘chiradi. Gistologik preparatlarning
raqamli shaklga o‘tkazilishi, ularni turli kattalashtirish darajalarida onlayn ko‘rish
imkoniyati va interaktiv funksiyalarning mavjudligi tibbiy ta’lim sifatini sezilarli
darajada oshirishga xizmat qilmoqda.
Raqamli gistologiya yordamida o‘quvchilar endilikda mikroskopga muhtoj
bo‘lmasdan, kompyuter yoki planshet orqali gistologik kesmalarni o‘rganishlari
mumkin. Bu texnologiya o‘qituvchiga bir vaqtning o‘zida butun guruh bilan bitta
preparatni muhokama qilish, kerakli joylarga izohlar qo‘yish va bilimlarni interaktiv
shaklda yetkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, talabalar istalgan vaqtda, istalgan
joydan dars materiallariga qayta murojaat qilishlari, mustaqil o‘rganish darajasini
oshirishlari mumkin. An’anaviy mikroskopik mashg‘ulotlar esa vaqt va joy bilan
chegaralangan bo‘ladi.
Interaktiv modullar bu multimedia vositalari yordamida yaratilgan ta’limiy
kontent bo‘lib, unda audio, video, animatsiya, testlar va interaktiv mashqlar mavjud.
Ular talabada mustaqil fikrlash, tahlil qilish va eslab qolish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Ayniqsa, gistologik preparatlar strukturasi, hujayralar joylashuvi yoki
to‘qimalar farqini tushunishda animatsion vositalar juda katta yordam beradi. Ko‘pgina
tibbiy universitetlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli gistologiya
asosidagi interaktiv modullardan foydalangan talabalar, an’anaviy usulda o‘qigan
guruhlarga nisbatan ko‘proq amaliy bilim va xotira samaradorligiga ega bo‘lgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
14
ISSN:3030-3613
Tadqiqot natijalari:
Raqamli modullar asosida taʼlim olgan talabalar o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha
nazorat guruhidan sezilarli ustunlikni ko‘rsatdi. Tajriba guruhidagi talabalar o‘rtacha
22% yuqori natijaga ega bo‘lishdi. Ularda fan bo‘yicha qiziqish, amaliy ko‘nikmalar
va mustaqil fikrlash darajasi oshgani kuzatildi.
Xulosa
:
Raqamli gistologiya va interaktiv o‘quv modullari yordamida olib borilgan
darslar tibbiy taʼlim samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu usullar talabalarning bilim darajasini oshiradi, o‘quv materiallarini vizual va
interaktiv tarzda chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Shu sababli, raqamli o‘quv
modullarini tibbiy taʼlim tizimiga keng joriy etish tavsiya etiladi.
Shaxsiy fikrimga ko‘ra, raqamli texnologiyalar, ayniqsa gistologiya kabi
murakkab va ko‘p tasvirli fanda o‘quvchilar uchun tushunishni osonlashtiradi.
Interaktiv modullar yordamida talaba dars jarayonida faollashadi, mustaqil fikrlash va
amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shunday ekan, bunday innovatsion
yondashuvlarni tibbiy taʼlimda keng joriy etish nafaqat zamon talabi, balki sifatli
kadrlar tayyorlashning muhim omilidir.
Bu nafaqat bizning institutimiz balki barcha institutlarda tashkil etilsa kelajakda
yetuk mutaxassislar yetishib chiqadi degan umiddaman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Pantanowitz, L., & Sharma, A. (2020). Digital pathology: current status and future
opportunities. Archives of Pathology & Laboratory Medicine.
2.
Krippendorf, B. B., & Lough, J. (2005). Complete and rapid switch from light
microscopy to virtual microscopy for teaching medical histology. Anatomical
Record.
3.
Абдуллажанов, Х. М., & Абдужабборов, Ш. А. (2023). ПРОБЛЕМА
ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОЙ ТОШНОТЫ И РВОТЫ В АМБУЛАТОРНОЙ
ХИРУРГИИ У ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА.
Экономика и социум
, (5-1
(108)), 357-362.
4.
Abdujabborov, S. (2025). ENSURING THE EFFECTIVENESS AND SAFETY
OF ANESTHESIA PROTECTION METHODS IN CHILDREN'S OUTPATIENT
SURGERY.
Modern Science and Research
,
4
(4), 1707-1711.