T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
7
ISSN:3030-3613
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOLA HUQUQLARNI HIMOYA
QILISHNING TARIXIY EVOLYUTSIYASI
Tillaboyev Sodiqjon Soyibjon o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Qo‘qon davlat
pedagogika instituti magistranti
sodiqjontillaboyev61@gmail.com
Tel.: +996408142
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarini himoya qilish
tizimining tarixiy evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Unda mustaqillikdan keyingi davrda
bolalar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, davlat
siyosati va xalqaro hujjatlar bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Shuningdek, bola
huquqlarini muhofaza qilishda O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi,
millliy institutlarning roli va amalga oshirilgan islohotlar tahlil etiladi. Xalqaro
hujjatlarni ratifikatsiya qilish, mamlakatda bolalar huquqlarini himoya qilishga
qaratilgan siyosatni kuchaytirdi. Maqolada O‘zbekistondagi bola huquqlarining
kafolatlanishining tarixiy bosqichlari va bugungi kundagi ahamiyati, shu jumladan,
sohadagi muammolar va ularning yechimlari ham o‘rganiladi. Huquqiy davlatni
qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir demokratik davlatlar kabi, O‘zbekiston
uchun ham bola huquqlarni kafolatlanishi muhim va dolzarb masala bo‘lib kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
konvensiya, bola huquqlari genezi, ratifikatsiya, evolutsiya,
ijtimoiy himoya, huquqiy mexanizm.
HISTORICAL EVOLUTION OF THE CHILD RIGHTS PROTECTION IN
THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Tillaboyev Sodiqjon Soyibjon o‘g‘li
Fergana Regional Kokand State Pedagogical Institute
sodiqjontillaboyev61@gmail.com
Abstract
This article analyzes the historical evolution of the child rights protection system
in the Republic of Uzbekistan. It examines the legislative acts adopted in the post-
independence period to ensure children's rights, state policy, and its harmonization with
international documents. The article also analyzes Uzbekistan's cooperation with
international organizations in protecting children's rights, the role of national
institutions, and the reforms implemented. The ratification of international documents
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
8
ISSN:3030-3613
has strengthened the policy aimed at protecting children's rights in the country. The
article explores the historical stages of guaranteeing children's rights in Uzbekistan and
their significance today, including the challenges in this area and their solutions. Like
any democratic state striving to build a state governed by the rule of law, guaranteeing
children's rights is an important and urgent issue for Uzbekistan.
Key words:
Convention, genesis of children's rights, ratification, evolution,
social protection, legal mechanism.
ИСТОРИЧЕСКАЯ ЭВОЛЮЦИЯ ЗАЩИТЫ ПРАВ ДЕТЕЙ В
РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Тиллабоев Садикжон Сойибжон оглы
Ферганский областной Кокандский
государственный педагогический институт
sodiqjontillaboyev61@gmail.com
Аннотация
В данной статье анализируется историческая эволюция системы защиты
прав ребенка в Республике Узбекистан. Рассматриваются законодательные акты,
принятые в постсоветский период для обеспечения прав детей, государственная
политика и ее гармонизация с международными документами. Также
анализируется сотрудничество Узбекистана с международными организациями
в области защиты прав ребенка, роль национальных институтов и проведенные
реформы. Ратификация международных документов усилила политику,
направленную на защиту прав детей в стране. В статье исследуются
исторические этапы гарантирования прав ребенка в Узбекистане и их значение
сегодня, включая проблемы в этой сфере и пути их решения. Как и для любого
демократического государства, стремящегося к построению правового
государства, для Узбекистана гарантирование прав ребенка является важным и
актуальным вопросом.
Ключевые слова:
Конвенция, генезис прав детей, ратификация,
эволюция, социальная защита, правовой механизм.
KIRISH
Hozirgi gilabolashgan zamonda bola huquqlarni taminlash nafaqat BMTning
balkim O‘zbekiston Respublikasining ham muhim va dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Bola huquqlari insoniyat taraqqiyotining fundamental qadriyatlaridan biri
sanalib, har bir bolaga munosib hayot kechirish, rivojlanish va potentsialini to‘liq
ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Bola huquqlarini himoya qilish masalasi jahon
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
9
ISSN:3030-3613
hamjamiyati diqqat markazida bo‘lib, O‘zbekiston ham bolalar huquqlarini ta’minlash
bo‘yicha milliy qonunchilik tizimini yaratgan. Bola huquqlarini himoya qilish sohasida
hali ham yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud. Bolalar mehnati, oiladagi
zo‘ravonlik, bolalar savdosi, ta’lim olish imkoniyatlarining cheklanganligi kabi
muammolar dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Bu kabi muomolarni yechimini o‘rganish uchun taxlil qilish bola huquqlarini
vujudga kelishini va uning tarixiy evolyutsiyasini o‘rganish bugungi kun davr talabidir.
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarini himoya qilish tizimining
vujudga kelishini o‘rganishga bag‘ishlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasida bola huquqlarini himoya qilish
tizimining tarixiy evolyutsiyasini oʻrganish maqsadida olib borildi. Tadqiqot davomida
turli xil ilmiy adabiyotlar (O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiyani amalga oshirilishining xalqaro-huquqiy masalalari (nazariya va amaliy
muammolari) SH.K. G‘anibaeva hamda O‘zbekiston hududida bola huquqlari genezisi,
evolutsiyasi va uning istiqbollari D.R.Karimova), normativ-huquqiy hujjatlar, statistik
maʼlumotlar va xalqaro tashkilotlarning hisobotlari (UNICEF, YuNESKO)tahlil
qilindi.
Huquqiy hujjatlar: Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
"Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida"gi qonun , Oila kodeksi, Mehnat kodeksi,
Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks kabi asosiy milliy
qonunchilik hujjatlari ham o‘rganildi.
BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi (1989 yil), Xalqaro mehnat
tashkiloti konvensiyalari kabi xalqaro huquqiy hujjatlar ham oʻrganildi. Ushbu
hujjatlar bolalar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini tashkil etadi va
tadqiqot uchun muhim manba boʻlib xizmat qildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon bolalar huquqlarini
himoya qilish va ta'minlash borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Mamlakatning yangi
tahrirdagi Konstitutsiyasi va qonunchiligi bolalar huquqlarini kafolatlashning huquqiy
asosini tashkil etadi, xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan, BMTning Bola Huquqlari
Konvensiyasi milliy qonunchilikka integratsiya qilingan.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida bola (bolalar) — o‘n sakkiz yoshga
to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar)
1
.
Mustaqilligimiz endi e’lon qilingan paytlari, ya’ni 1991-yilning 20-noyabrida,
“O‘zbekiston Republikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi
maxsus qonuni qabul qilinganligi bunga dalolat bo‘la oladi
2
. O'zbekiston qonunchiligi
1
2
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
10
ISSN:3030-3613
bolalar huquqlarini himoya qilishga oid ko'plab qonunlar, farmonlar va qarorlarni o'z
ichiga oladi. Ushbu hujjatlar bolalar ta'limi, sog'lig'i, ijtimoiy himoyasi va boshqa
huquqlarini ta'minlashga qaratilgan.
Bolalar huquqlarini himoyalashning evolyutsiyasi O’zbekiston Respublikasida
1992-yili BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi
bilan jamiyatimiz uchun bola huquqlari milliy qadiryat ekanligini xalqaro miqyosda
e’tirof etdi.
3
Bu albatta Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topdi.
Bolalar huquqlarini himoyalashning evolyutsiyasi O’zbekiston Respublikasida
1992-yili BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi
bilan jamiyatimiz uchun bola huquqlari milliy qadiryat ekanligini xalqaro miqyosda
e’tirof etdi. Ratifikatsiyadan so‘ng, O‘zbekiston hukumati bolalar huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha bir qator qonunlar va dasturlarni ishlab chiqdi. Bu jarayonda bolalar
uchun ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqa muhim sohalarda islohotlar
amalga oshirildi. Mamlakatda bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan
davlat dasturlari qiladi. Shuningdek, jamiyatda bolalar huquqlari to‘g‘risida
xabardorlikni oshirish va ularni himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish
muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning har bir fuqarosi bolalar huquqlari haqida
bilishi va ularni hurmat qilishi zarur. Shunday qilib, bolalar huquqlarini himoya qilish
jarayoni nafaqat davlat darajasida, balki jamiyatning har bir a'zosining mas'uliyati
hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Senat tomonidan esa 2007-yil 1-dekabrda
ma’qullangan. Ushbu hujjat 32 ta moddadan iborat bo’lib , uning Bola huquqlarining
asosiy kafolatlari nomli II- bobda bolani erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi bilan
birga davlat tomonidan belgilab berilgan huquqiy mexanizmlari takidlab o’tilgan.
“Homiylar va shifokorlar yili” (2006-yil), “Ijtimoiy himoya yili” (2007 yil),
“Yoshlar yili” (2008-yil), “Barkamol avlod yili” (2010-yil), Sog‘lom bola yili”ga
(2014) bag‘ishlangan yillik davlat dasturlarida ham bola huquqga e’tibor o‘z aksini
topgan.
2008-yil 7-yanvar kuni kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Bola
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 18 yoshgacha bo‘lgan subyektlar
hisoblanmish, bolalarning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga
solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Ta’kidlash
joizki, Qonun normasining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga
bag‘ishlangan.
Prezidentimizning 2019 yil 22 apreldagi tegishli qarori bilan “Bola huquqlari
to‘g‘risida”gi konvensiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish,
3
Muminov A.R., Tillabayev M.A. Bola huquqlari: Darslik / Mas’ul muharrir A.X.Saidov. – T.: “Adolat” nashriyoti,
2014. – 7 bet
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
11
ISSN:3030-3613
2019-yil 22-aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Birlashgan
Millatlar Tashkilotining "Bola Huquqlari To‘g‘risida"gi Konvensiyasi (BHTK)
talablari O‘zbekistonda keng qo‘llanila boshlandi. Bu qaror bolalarning huquqlarini
himoya qilish, ularning farovonligini ta’minlash va jamiyatda bolalarga nisbatan yaxlit
yondashuvni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Konvensiyaning asosiy
tamoyillari – bolalarning hayot, rivojlanish, himoya va ishtirok huquqlarini
ta’minlashdir.
Xulosa shuki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ham bola huquqlarga etibor berib o’tiladi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, amlakatidan hamda xalqning boy
madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat
tuygʻularini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar.
1.
2.
3.
Muminov A.R., Tillabayev M.A. Bola huquqlari: Darslik / Mas’ul muharrir
A.X.Saidov. – T.: “Adolat” nashriyoti, 2014. – 7 bet