Mualliflar

  • Axmadjonova Gavharoy Shavkatbek qizi
  • Usmonova Sevinch Islombek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112166

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Imkoniyati cheklangan bolalar mustaqillik inklyuziv ta’lim ta’lim samaradorligi ijtimoiy moslashuv hayotiy ko‘nikmalar maxsus pedagogika integratsiya adaptatsiya rivojlantirish metodlari qo‘llab-quvvatlovchi muhit.

Annotasiya

Annotatsiya:    Ushbu  maqolada  imkoniyati  cheklangan  bolalarni  mustaqil 
hayotga  tayyorlash  va  ularda  mustaqillik  ko‘nikmalarini  shakllantirish  masalalari 
ko‘rib  chiqiladi.  Mustaqillik  –  nafaqat  shaxsiy  rivojlanishning  muhim  omili,  balki 
inklyuziv taʼlim samaradorligini baholashda asosiy mezonlardan biridir. Tadqiqotda 
imkoniyati  cheklangan  bolalarni  kundalik  hayotga  moslashtirish,  o‘zo‘ziga  xizmat 
ko‘rsatish, ijtimoiy muloqot va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish orqali 
ularni  jamiyatga  integratsiya  qilishning  metodik  asoslari  yoritilgan.  Shuningdek, 
pedagogik  yondashuvlar,  o‘qituvchilarning  roli  va  oilaviy  muhitning  taʼsiri  tahlil 
qilinadi.  Inklyuziv  taʼlimda  mustaqillikni  rivojlantirish  orqali  nafaqat  bolalarning 
hayot sifati yaxshilanadi, balki ularning teng huquqli jamiyat aʼzolariga aylanishiga 
imkon yaratiladi.    


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

235

ISSN:3030-3613

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MUSTAQILLIKKA

O’RGATISH – INKLYUZIV TA’LIM SAMARADORLIGI

MEZONINING ASOSLARI

Qo’qon Unversiteti Andijon filiali

Boshlang’ich ta’lim 1- kurs talabalari

Axmadjonova Gavharoy Shavkatbek qizi

Usmonova Sevinch Islombek qizi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni mustaqil

hayotga tayyorlash va ularda mustaqillik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari
ko‘rib chiqiladi. Mustaqillik – nafaqat shaxsiy rivojlanishning muhim omili, balki
inklyuziv taʼlim samaradorligini baholashda asosiy mezonlardan biridir. Tadqiqotda
imkoniyati cheklangan bolalarni kundalik hayotga moslashtirish, o‘zo‘ziga xizmat
ko‘rsatish, ijtimoiy muloqot va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish orqali
ularni jamiyatga integratsiya qilishning metodik asoslari yoritilgan. Shuningdek,
pedagogik yondashuvlar, o‘qituvchilarning roli va oilaviy muhitning taʼsiri tahlil
qilinadi. Inklyuziv taʼlimda mustaqillikni rivojlantirish orqali nafaqat bolalarning
hayot sifati yaxshilanadi, balki ularning teng huquqli jamiyat aʼzolariga aylanishiga
imkon yaratiladi.

Annotation:

This paper explores the importance of fostering independence in

children with disabilities as a key indicator of the effectiveness of inclusive education.
Independence is not only essential for the personal development of children but also
serves as a critical criterion in evaluating the outcomes of inclusive educational
practices. The study highlights methods for developing essential life skills, self-care
abilities, social communication, and decision-making capacities in children with
disabilities to support their integration into society. It also examines the role of
teachers, individualized pedagogical approaches, and the influence of family
environments. Promoting independence through inclusive education improves the
quality of life for children with disabilities and enables them to become equal and
active members of society.

Аннотация:

В данной работе рассматривается важность формирования

самостоятельности у детей с ограниченными возможностями как одного из
ключевых критериев эффективности инклюзивноголичностного развития
ребенка, но и основным показателем успешности инклюзивной образовательной
практики. В исследовании освещаются методы формирования жизненно
необходимых навыков, самообслуживания, социальной коммуникации и
способности к принятию решений у детей с ограниченными возможностями с
целью их успешной интеграции в общество. Также рассматривается роль


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

236

ISSN:3030-3613

педагогов, индивидуальный подход в обучении и влияние семейной среды.
Развитие самостоятельности в рамках инклюзивного образования способствует
улучшению качества жизни детей с ОВЗ и обеспечивает их полноценное участие
в жизни общества на равных правах.

Kalit so‘zlar:

Imkoniyati cheklangan bolalar, mustaqillik, inklyuziv ta’lim,

ta’lim samaradorligi, ijtimoiy moslashuv, hayotiy ko‘nikmalar, maxsus pedagogika,
integratsiya, adaptatsiya, rivojlantirish metodlari, qo‘llab-quvvatlovchi muhit.

Keywords:

Сhildren with disabilities, independence, inclusive education,

education effectiveness, social adaptation, life skills, special pedagogy, integration,
adaptation, development methods, supportive environment

Ключевые

слова:

Дети

с

ограниченными

возможностями,

самостоятельность, инклюзивное образование, эффективность образования,
интеграция, адаптация, методы развития, поддерживающая среда.

Hozirgi kunda ko’plab davlatlar qatori O’zbekistonda ham imkoniyati

cheklangan bolalarning ta’lim va tarbiya olishlari, tibbiy muolajalar olib borishlari
uchun imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning
haqhuquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan va himoya qilinmoqda.
BMT ning “Nogironlar huquqlari to’g’risida”gi Konvensiyaning xalqaro standartlari,
shuningdek, “nogiron” so’zi o’rniga “nogironligi bo’lgan shaxs” atamasidan
foydalanishni nazarda tutuvchi “Nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlari to’g’risida”gi
Qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini
ifodalashga xizmat qiladi. Joriy yilda «Zamin» fondi «Eshitish qobiliyati zaif bolalar
uchun taʼlimni rivojlantirish» dasturi doirasida Muhammad al-

Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan АKT-maktabida «Zamin Education»

loyihasiga start berilib, loyihaning asosiy maqsadi eshitish qobiliyati zaif bolalarning
kasb mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qoʼllab-quvvatlash, ularni oliy
oʼquv yurtlariga oʼqishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axborot texnologiyalari
sohasida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar oʼqituvchilarining malakasini oshirish
va yangi metodologiyani ishlab chiqishdan iborat. Ushbu loyiha birinchi «Zamin
Education» oʼquv-resurs markazi ochilgan Muhammad alXorazmiy nomidagi
ixtisoslashtirilgan АKT-maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaga
moʼljallangan sinfda maʼlumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan
yordamchi uskuna — FM-tizimi oʼrnatilgan. Shuningdek, har bir oʼquvchiga
individual eshitish vositalari taqdim etilgan. «Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi
Ziroat Mirziyoyeva oʼquv jarayoni bilan tanishish uchun ushbu sinfga tashrif buyurib,
102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning yuqori sinf oʼquvchilari
bilan suhbatlashib, bolalar o’z taassurotlari bilan oʼrtoqlashdi va oʼrganilayotgan
mavzular haqida soʼzlab berdi. Birinchi oʼquvresurs markazining muvaffaqiyatli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

237

ISSN:3030-3613

natijalaridan soʼng mamlakatning barcha hududlarida «Zamin Education» sinflarini
tashkil etish rejalashtirilgan.

Bolalar o‘qiyotgan, eshitayotgan va ko‘rayotgan narsalarni to‘la tushunib

yetmasligi ularning so'zlashuv nutqida bir qator xatolarga olib keladi. Imkoniyati
cheklangan bolalar nutqidagi barcha nuqsonlar, ularni o‘qitish jarayonida qiyinchilik
tug‘diradi, hamma vaqt ham o‘qituvchining tushuntirishlarini o’zlashtira olrmaydi,
o‘qituvchining tushuntirishlarini to‘g‘ri tushunib yetmaydi. Lekin ilg‘or
o‘qituvchidefektologlarning tajribalari shuni ko‘rsatdiki, ta’limning maxsus tashkil
etilgan jarayoni yordamida aqli zaif o‘quvchilarning nutq faoliyatini tuzatish, ya’ni
korreksiya qilish, umumiy shaxs rivojlanishida rolini oshirish mumkin. O’quv yilining
dastlabki 2 haftasi o‘qishga yangi kelgan o‘quvchilar nutqini aniqlashga, tekshirishga
qaratiladi. Bunda logoped o'quvchining og'zaki va yozma nutqi 2 bosqichda
tekshiradi:. 1-bosqichda sinfdagi o‘quvchilar nutqi yalpi holatda tekshiriladi hamda
o'quvchilar orasidan nutq nuqsonli bolalar aniqlanadi; 2bosqichda ro'yhatga olingan
nutq nuqsonli o‘quvchi logopedik yordam xonasi sharoitida yakka tartibda chuqurroq
aniqlanadi va tashxis qo‘yiladi. Yakka mashg‘ulotlar rejasi asosan logopetning nutq
kartasida aks ettiriladi. Nutq jarayonini logopedik tekshirishni tashkil etish 1-sinf
imkoniyati cheklangan o'quvchilarining nutqini tekshirish dars jarayonida
o‘quvchilami o‘rganishdan boshlanadi. Bunday frontal (yalpi) tekshirish logoped
uchun vaqt tejashgina bo‘lib qolmasdan, u o'quvchilar nutq faoliyatining tabiiy holatini
kuzatish imkonini beradi, o'quvchilar javobi, ulaming og'zaki nutq holatini yaqqol
ifodalab beradi. Shu bilan bir qatorda logoped bu davrda o'quvchilarning shaxsiy
xususiyatlari: ish qobiliyatlari, diqqat, xotira, aqliy darajalari bilan tanishish
imkoniyatiga ega bo'ladi. Frontal tekshirish har xil shaklda, shuningdek, integratsiya
tarzida ham o'tkazilishi mumkin. Bunda logoped o‘qituvchining ish jarayonida
o'quvchilar javobini kuzatadi, so‘ng o‘z navbatida logoped o‘zi tavsiya etgan
mazmunli rasm asosida savol javob o‘tkazadi, hikoya tuzib gapirishni so'raydi. Yana
shuni hisobga olish lozimki, nutq tekshirish jarayoni ta’limiy xususiyatga ega bo‘lishi
lozim. Rasm asosida so’zlab berish jarayonida so‘zlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llashga
bolalar diqqati qaratiladi. O’quvchilarni so‘zlatish davomida o‘quvchi nutqining lug‘at
boyligi, so‘zlarni ma’nosini tushuna bilib umumlashtiruvchi so‘zlardan foydalana
olishi, grammatik tomondan to‘g‘ri shakllanganligi va hokazo tomonlari har
tomonlama o‘rganiladi. O’quvchining talaffuz holatini tekshirish jarayonida, har bir
sahifasiga ma’lum tovush turli o‘rinlarda (boshida, o'rtasida, oxirida) kelgan rasmlar
joylashtirilgan tovushlar talaffuzini aniqlash albomidan foydalaniladi. Tovushni analiz
qilish malakasini tekshirishda o‘quvchilar unli, undosh tovushlarni yakka holda,
bo‘g‘in, so‘z, gaplarda farqlay olishlari, so'zda tovushlar soni, ketma-ketligini bilish
jarayoni aniqlanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

238

ISSN:3030-3613

Zamonaviy ta’lim tizimi har bir bolaning individual ehtiyojlariga

moslashtirilishi zarur bo‘lib, ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv
ta’limning ahamiyati juda katta. Inklyuziv ta’lim nafaqat bolalarning bilim olish
huquqini ta’minlaydi, balki ularning mustaqil hayotga tayyorgarligini oshirishga ham
xizmat qiladi. Ushbu jarayonda samaradorlikni baholash uchun bir qator mezonlar
mavjud.

Birinchidan, imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuv darajasi

muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Agar bola maktab jamoasida erkin muloqot qila olsa,
do‘stlari bilan samarali hamkorlik qila olsa, bu inklyuziv ta’limning ijobiy natijalaridan
dalolat beradi. Shuningdek, ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish ularning jamiyatga
integratsiyalashuvini osonlashtiradi.

Ikkinchidan, ta’lim jarayonida bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va

mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimdir. Mustaqillikka
erishish uchun bolaning o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishi, muammolarni
mustaqil hal qilishga harakat qilishi va tashabbuskor bo‘lishi talab etiladi. Bu
jarayonda pedagoglar va psixologlarning yordami katta ahamiyat kasb etadi.
Uchinchidan, maxsus moslashtirilgan o‘quv dasturlarining samaradorligi ham
inklyuziv ta’lim mezonlaridan biridir. Agar o‘quv dasturlari imkoniyati cheklangan
bolalarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga mos ravishda tuzilsa, ularning ta’lim olish
jarayoni samarali bo‘ladi. Shu bilan birga, dars uslublarining moslashuvchan bo‘lishi
ham muhim ahamiyatga ega.

To‘rtinchidan, oilaviy qo‘llab-quvvatlash ham muhim omil hisoblanadi.

Inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish uchun ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozim. Oila a’zolari bolaning rivojlanishiga faol ishtirok
etsa, uning mustaqillikka intilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Imkoniyati cheklangan
bolalarni mustaqillikka o‘rgatishda inklyuziv ta’limning samaradorligini baholash
uchun ijtimoiy moslashuv, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, moslashtirilgan
o‘quv dasturlari va oilaviy qo‘llabquvvatlash kabi mezonlarga e’tibor qaratish
lozim. Ushbu omillarni inobatga olgan holda ta’lim jarayonini takomillashtirish
bolalarning jamiyatda to‘laqonli a’zo bo‘lishlariga yordam beradi.

Inson uchun mustaqillik bu o‘zligini anglash va o‘zining har tomonlama

namoyon qilishi deb e’tirof etish mumkin. “Inson” deb atalmish tushuncha zamirida
bola shaxsini ko‘radigan bo‘lsak, unda bolaning mustaqilligiga ta’sir etuvchi omillarni
tahlil qilish zarur. Yosh bolaning mustaqilligini shakllantirish va rivojlantirishning
asosi insonparvarlashtirilgan ta’limdir. Bu esa bola tarbiyasida muhim tamoyillardan
biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining markazida bola shaxsi turar ekan, kutilayotgan
natija ham bolaning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi bilan
tavsiflanadi. Insonparvarlashtirilgan o‘quv-tarbiyaviy jarayon boladagi turfa
imkoniyatlar, cheksiz qiziqishlarning namoyon bo‘lishining zaruriy shartlaridandir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

239

ISSN:3030-3613

Insonparvarlik inson erkinligi, uning qadriyatlarini, tarbiyasiga bog‘liqdir. Sharq
Uyg‘onish davrida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo
Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar ta’limotlarida bu g‘oyalar o‘z aksini
topgan. Abu Nasr Forobiy insonparvarlikni, aniq maqsad sari intilish baxt-saodat
eltuvchisi ekanligini ta’kidlaydi: “Inson baxtsaodat nimadaligini tushungan bo‘lsa-yu,
unga erishishni maqsad qilib olsa, g‘oya va xohishiga aylantira olsa, unga nisbatan
o‘ziga bo‘lmasa-da, shavq-shavq sezmasa, istak va mulohazasiz, kuch va quvvatini
boshqa narsalar sarflasa, bu qilmishlar yomon va norealidir...” Mustaqillikning ildizi
insonparvarlik, erkinlik va faoliyatdir. Demak, bolalarda mustaqillik u yoki bu
(masalan, aqliy, axloqiy va boshqa) yo‘nalishdagi ta’lim-tarbiya asosida
shakllantiriladi, rivojlantiriladi degan yondashuv bir tomonlama hisoblanadi. Ya’ni
mustaqillik bolaning borliq, makondagi mavjudligidir. Zamonning har soniyasida
ishtirok etgan, bevosita va bilvosita guvohi bo‘lgan mazmunining ta’sirida paydo
bo‘ladi. Bu fikr bolani shaxsida mustaqillik sifatini shakllantirish va rivojlantirishga
asos bo‘ladi. Bu pedagogika va psixologiyaning nazariy asosidir. Ta’lim-tarbiya
jarayoni yo‘nalishlarining barchasida mustaqillik tushunchasi bilan bog‘liq masalalar
muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi namunalardan foydalanib bolani mustaqillikka
undash mumkin: o‘rgangan har bir bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda sinab
ko‘rish. O‘zi uchun qiziq bo‘lgan narsa, jarayon yoki hodisani izlanish orqali taxlil
qilish (savollar berish, harakat orqali tajriba o‘tkazish, chizish, kuzatish va h.k.).
Tashqi ta’sir yoki da’vat, chaqiriq va buyruqlarsiz o‘z harakatlarini amalga oshirish.
Kutilmagan vaziyatlarda, favqulodda hodisalarda mustaqil ishtirok etish. Demak,
mustaqillik fikrlash va o‘z asosida faoliyat yuritish jarayonida shakllanadi.

Xulosa.

Xulosa qilib shuni ayta olamanki, imkoniyati cheklangan bolalar uchun

inklyuziv ta’lim – bu har bir bolaning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan, teng
imkoniyatlar asosida ta’lim olish huquqini ta’minlaydigan yondashuvdir. Inklyuziv
ta’lim tamoyillari bolaning jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishini, ijtimoiy moslashuvini
va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu tamoyillar orasida insonparvarlik,
tenglik, diskriminatsiyaga qarshi kurashish, moslashuvchan o‘quv muhitini yaratish va
hamkorlikda ishlash muhim o‘rin egallaydi. Inklyuziv yondashuv orqali barcha bolalar
o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ladi. Shu tariqa, inklyuziv
ta’lim nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar, balki jamiyatning har bir a’zosi uchun
foydali bo‘lib, barqaror va adolatli kelajak sari muhim qadamlardan biridir.

Tafsiyalar:

1.

Mustaqillikka o'rgatishning ahamiyati

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun mustaqillikni rivojlantirish – ularning

jamiyatda faol, o'ziga ishonchli va mustaqil shaxslar bo'lib o'sishini ta'minlaydi.
Mustaqillik, nafaqat o'qish yoki o'quv jarayonlarida, balki kundalik hayotda ham
ularga yordam beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

240

ISSN:3030-3613

O'z-o'zini boshqarish, qarorlar qabul qilish, o'z ehtiyojlarini aniq ifodalash, va

o'z harakatlarini rejalashtirish kabi ko'nikmalarni rivojlantirish kerak.

2.

Inklyuziv ta'limning maqsadi

Inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan bolalar uchun muvozanatli, adolatli va

bir xil imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etiladi. Bu ta'lim tizimi, har bir bolaning
individual ehtiyojlarini hisobga olishga intiladi.

Mustaqillikka o'rgatish jarayonida, bolalar o'z imkoniyatlariga qarab, ular uchun

eng qulay va samarali o'quv metodlarini tanlash zarur.

3.

Inklyuziv ta'limda mustaqillikka o'rgatish mezonlari.

Shaxsiylashtirilgan yondashuv: Har bir bola o'zining individual xususiyatlari,

ehtiyojlari va qobiliyatlari bo'yicha o'qitilishi kerak. Bu yondashuv bolaga o'z
mustaqilligini rivojlantirishda yordam beradi.

Ta'limni moslashtirish: O'qish va o'rgatish jarayonlari bolaning imkoniyatlariga

moslashtirilishi kerak. Agar bola qiyinchiliklarga duch kelsa, qo'shimcha yordamlar,
vositalar va o'qitish metodlarini ishlatish lozim.

Jarayonni qo'llab-quvvatlash: O'qituvchilar va ota-onalar o'rtasidagi hamkorlik

mustaqillikni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Ota-onalar uyda ham bolaga qo'llab-
quvvatlashni davom ettirishi lozim.

4.

Mustaqillikka o'rgatish uchun asosiy tamoillar

Qo'llab-quvvatlash va motivatsiya: Bolaga o'z kuchiga ishonishini o'rgatish va

har bir kichik yutuqni qadrlash, ularni yanada rivojlantirishga undaydi.

O'z-o'zini baholash: Mustaqil o'quv jarayonida bola o'z ishini baholay olish va

o'z xatolaridan o'rganish ko'nikmasini rivojlantirishi kerak. Bu ularga o'z xatolarini
to'g'irlash va rivojlanish uchun yangi yo'llar izlashga yordam beradi.

Muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish: Imkoniyati cheklangan

bolalar uchun muammolarni hal qilish ko'nikmalarini o'rgatish zarur. Ular
muammolarni aniqlash, variantlar yaratish va eng yaxshi qarorni qabul qilishni
o'rganishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

’’Ta’lim to’g’risidagi “ Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’

2.

O’zbekiston Respublikasining ‘’ta’lim to’g’risida’’ Qonuni

3.

’’Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni

4.

O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida’’gi
O’zbekiston Respublikasi Qonuni

5.

M. Yu Ayupova. Logopediya “O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”

6.

F.Qodirova va boshqalar. “Maxsus pedagogika asoslari “ O’quv qollanma -
Chirchiq ,,Nazokatxon ziyo print’’

7.

R. M. Muradov ,,Pedagogik yondashuvlar va maktab faoliyati’’

8.

F.U.Qodirova, X.Sh.Yunusova. Inklyuziv va maxsus ta’limning filologik asoslari.
Chirchiq, 2022

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

’’Ta’lim to’g’risidagi “ Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’

O’zbekiston Respublikasining ‘’ta’lim to’g’risida’’ Qonuni

’’Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni

O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida’’gi

O’zbekiston Respublikasi Qonuni

M. Yu Ayupova. Logopediya “O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”

F.Qodirova va boshqalar. “Maxsus pedagogika asoslari “ O’quv qollanma -

Chirchiq ,,Nazokatxon ziyo print’’

R. M. Muradov ,,Pedagogik yondashuvlar va maktab faoliyati’’

F.U.Qodirova, X.Sh.Yunusova. Inklyuziv va maxsus ta’limning filologik asoslari.

Chirchiq, 2022