Mualliflar

  • Isaqova Sanabar Mahamadjonova
  • Xafizova Shoira Qaxramonovna
  • Majidova Asilaxon Oxunjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112167

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Stress jismoniy emotsional kognitiv relaxatsiya texnikalari asab tizimi sog’lom.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqola stress va uning boshqarilishi masalasini o'rganadi. 
Stress insonning  muammolarga  yoki  qiyinchiliklarga  bo'lgan tabiiy  javobidir, lekin 
uning  salbiy  ta'sirlari  hayot  sifatini  pasaytirishi  mumkin.  Maqola  stressning  asosiy 
sabablarini, jumladan ichki va tashqi omillarni, shuningdek, hayotiy voqealar bilan 
bog'liq stressni ko'rib chiqadi. Stressning belgilari jismoniy, emotsional va kognitiv 
jihatdan namoyon bo'lishi mumkin. 
Bundan  tashqari,  maqolada  stressni  boshqarish  uchun  samarali  usullar 
keltiriladi,  jumladan  jismoniy  faoliyat,  relaxatsiya  texnikalari,  ijtimoiy  qo'llab-
quvvatlash, vaqtni boshqarish va sog'lom turmush tarzi 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

231

ISSN:3030-3613

STRESS VA UNING BOSHQARILISHI: STRESSNING SABABLARINI,

BELGILARI VA SAMARALI BOSHQARISH USULLARINI O'RGANISH

Andijon viloyati Baliqchi tumani

48-umumiy oʻrta ta'lim maktabi

Amaliyotchi psixologi

Isaqova Sanabar Mahamadjonova

Andijon viloyati Baliqchi tumani

32-umumiy oʻrta ta'lim maktabi

Amaliyotchi psixologi

Xafizova Shoira Qaxramonovna

Andijon viloyati Baliqchi tumani

3-umumiy oʻrta ta'lim maktabi

Amaliyotchi psixologi

Majidova Asilaxon Oxunjonovna

Annotatsiya:

Ushbu maqola stress va uning boshqarilishi masalasini o'rganadi.

Stress insonning muammolarga yoki qiyinchiliklarga bo'lgan tabiiy javobidir, lekin
uning salbiy ta'sirlari hayot sifatini pasaytirishi mumkin. Maqola stressning asosiy
sabablarini, jumladan ichki va tashqi omillarni, shuningdek, hayotiy voqealar bilan
bog'liq stressni ko'rib chiqadi. Stressning belgilari jismoniy, emotsional va kognitiv
jihatdan namoyon bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, maqolada stressni boshqarish uchun samarali usullar

keltiriladi, jumladan jismoniy faoliyat, relaxatsiya texnikalari, ijtimoiy qo'llab-
quvvatlash, vaqtni boshqarish va sog'lom turmush tarzi

Kalit so’zlar

:

Stress,jismoniy,emotsional,kognitiv,relaxatsiya texnikalari,asab

tizimi,sog’lom.


Stress

— inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar

yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson
organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik
miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan
chiqish yo’lini topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan,
agar stress juda ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish
qobiliyatini yo’qotadi.Stress shuningdek,barcha insonda turlicha bo’ladi va turlicha
ta’sir qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir stresslar sog’liqqa ta’sir qiladi. Stress
immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi (yurak-qon tomir,
oshqozon-ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va
hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi. Doimiy bezovtalik, tushkun


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

232

ISSN:3030-3613

holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga
keladi.Albatta,inson o’zgaruvchan bo’ladi.Har kuni ham kulib,yaxshi kayfiyatda
yuraolmaydi.Ba’zan hech qanday sabablarsiz ham kayfiyat tushib ketishi,o’z-o’zidan
stressga tushib qolish holatlari kuzatiladi.Bunday holatda tajribali psixolog bilan
gaplashish yoki yaqin inson bilan gaplashib olishi tavsiya qilinadi.Insoning energiyasi
turlicha bo’ladi.Ba’zi insonlar stressdan o’z kuchi bilan chiqib ketaoladi,lekin aksincha
bo’lsa bu holat juda qiyin kichadi.Inson stressga tushganda depressiya,kuchli
og’riq,jismoniy zaiflik payda bo’ladi.Undan tashqari hech narsa yoqmasligi,ishtaxani
yo’qligi paydo bo’ladi. Diqqatni kamayishi, bu o’qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi.
Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi stressga tushganda
paydo bo’ladi.

Stress turlari

Ba’zi holatlarda «stress» ning ta’rifi qo’zg’atuvchining o’ziga

tegishlidir. Masalan, jismoniy — bu kuchli sovuq yoki chidab bo’lmaydigan issiqlik,
atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.Kimyoviy stress tushunchasi ostida
barcha toksik moddalarning ta’siri tushuniladi.Ruhiy stress o’ta salbiy yoki ijobiy his-
tuyg’ular natijasi bo’lishi mumkin.Jarohatlar, virusli kasalliklar, mushaklarning
ortiqcha yuklanishi — biologik stressdirKompleksreaksiyalar vaqtbirligida uchga
bo’linadi;1. Organizmdagi bor imkoniyatlar ishga solingan kuchli qo’zg’alish davri 2.
Ta’sir etayotgan qo’zg’alishga nisbatan adaptatsiyalanish yoki

rezistentlikdavri.3.

Ta’sir etuvchi omil nihoyatda kuchli bo’lib, organizmni holdan

qoldirishdavri.

Bu

paytda

organizmning

beriladigan

qo’zg’alishiga

nisbatan

kurashishipasayibketib u hatto halok bo’lishi ham mumkin. Yuqorida keltirigan stress
bosqichlari organizmning nerv va endokrin tizmlaridamaxsus o’ziga xos fiziologik va
biokimyoviy o’zgarishlar chaqiradi. Stressreaksiyalarni organizmga ko’rsatadigan
ijobiy va salbiy xususiyatlarini bir biridan aniq ajratish maqsadida Gans Selye stress
reaksiyalarini ikkita kata guruhga bo’ladi 1. Eustress. U ijobiy ruhli o’zgarishlar orqali
yoki unchalik kuchlibo’lmagan biologik, kimyoviy, emotsional qo’zg’alishlar ta’sirida
chaqiriladi. 2. Distress yani salbiy stress. Bunday stress reaksiyaorganizmni
maksimaldarajada o’z kuchini sarflashiga olib keladi, ba’zan esa organizmning unga
bardoshberish qobiliyati yetishmasdan halok bo’ladi. Distress natijasida
organizmningruhiy salomatligi yomonlashib depressiya holatlarini ham chaqirishi
mumkin. Eustress va distressni farqlashda quyidagi holatlarga e’tibor berish lozim.
Distress paytida yuzaga keladigan asosiy o’zgarishlar:1. Kuchli bosh og’rig’i.2.
Organizmning nihoyatda kuchsizlanishi va biron ish qilishni yoqmasligi.3. Biron
narsaga ishonch qolmaganligi va vaziyatning yaxshilanishini kutmaslik.4. Kuchli
qo’zg’aluvchanlikka uchrash va tahlikaga – sarosimaga tushish.5. Xotiraning pasayib
ketishi, parishonxotirlik, parokandalik.6. Yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilishdan voz
kechish.7. Kayfiyatning keskin o’zgarib turishi, charchoqlik, lohaslik. Ma’lumki,
ko’pchilik odamlar har kuni stress omillarining ta’siriga uchrab turadi. Masalan, ishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

233

ISSN:3030-3613

yoki o’qishga kechikish, pul yoqotib qo’yish, imtihonlardanpast baho olish,
kishilarning jismoniy va aqliy tabiatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchistress omillardan
bo’lib hisoblanadi. Agar odam har kuni shu ahvolda hayotkechirsa aytilgan stress
omillarning kuchli ta’sirdan boshqa stress omillarga hamtez beriluvchan bo’lib qoladi.
Stress omillar uzoq yillar davomida tibbiyotchilar, biolog va psixolog olimlar
tomonidan har tomonlama o’rganilib kelindi va bugungikunda mehnat qilish
sharoitining noqulayliklari havo harorati, shovqin, vibrasiya-tebranish, turli - tuman
hidlar va boshqalar, shaxsiy, ruhiy kechinmalarmaqsadning noaniq bo’lishi, ertangi
kunga ishonchsizlik, istiqbolning yo’qligi vaboshqalar sabab bo’lishi mumkin.
Ayniqsa, jamoa Ichida shaxslararokelishmovchiliklar, o’zaro janjal, uyushqoqlikning
yo’qligi, jamoadan ajralib qolish, o’zaro qo’llab - quvvatlashning sustligi yoki
butunlay bo’lmasligi tez- tez stress holatlariga olib keladi.Qayd qilingan holatlar
baxtga qarshi juda ko’pchilikjamoalarda uchrab turadi. Shu aytilgan omillarni oldini
olish nafaqat ish unumdorligiga balki ishchixizmatchilarning, rahbar xodimlarning
sihat – salomatligini muhofaza qilishda hammuhim ahamiyat kasb etadi. Shuning
uchun har qanday jamoada o’zaro kelishmovchiliklarni oldini olish uchun turli - tuman
usullardan foydalanish lozim.Shu narsa muhimki, stress omillar qancha kuchli
bo’lmasin kishilarning ularganisbatan qanday munosabatda bo’lishi oxirgi natijani
keltirib chiqaradi. Agar stress oluvchi shaxs stressga nisbatan to’g’ri munosabatda
bo’lib yuzaga kelgan vaziyatnihar tomonlama tahlil qilib shoshilmasdan masalani
yechishga kirishsa,stressdan paydo bo’ladigan zarar uncha kuchli bo’lmaydi. Xulosa
Stress – inson hayotida, deyarli hammaga, har kun hamrohlik qiladi. Doimiy tushkun
kayfiyan nafaqat insinning o’zining, balki uning barcha hayotiy ko’rsatkichlarining
o’zgarishiga sabab bo’ladi. Tom ma’noda, organizmni tiriklayin yondiradi.Inson
organizmi ko’nikuvchan bo’lgani sababli bu holatga sekin-asta ko’nikib boradi, natija
esa dori vositalai, shirinliklar, spirtli mahsulotlar ichish bilan unutiladi. Oqibatda
muammo yechilmaydi, balki aksincha chuqurlashadi, tez-tez sodir bo’lib turadigan
stress holatlarida yuqoridagi singari chora ko’rilsa, o’z navbatida boshqa kasalliklarga
sababchi bo’ladi. Stress vaqtida organizmda qanday hodisa yuz berishini bilgan odam
hayot tarzini to’g’ri yo’lga qo’yishga muvafaq bo’ladi.Uzoq davom etadigan stress
immunitetni pasatiradi, paydo bo’lgan infeksiyalarga qarshi tezkor ta’sir ko’rsatishga
yo’naltirilgan tizim shusiz ham doimo hujumkor faollikda bo’ladi.Stress holatlari
yuzaga kelganda immunitet faqat boshida mavjud yuzaga kelgan muammolar bilan
kurashishga yordam beradi, natija esa foydasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

I.A.Karimovning. Bosh maqsadimiz – kengkoʻlamli islohotlar va modernizatsiya
yoʻlini qatʼiyat bilan davom ettirish. 2013 yil 18 yanvarda 2012 yilda respublikani
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

234

ISSN:3030-3613

ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasi. Xalq soʻzi, 2013 yil, 19
yanvar, №13.

2.

Karpenko Yu.D. Osobennosti funksionalnogo sostoyaniya organizma studentov v
usloviyax ekzamenatsionnogo stressa Gigiyena i sanitariya.2010. №1.

3.

Kitayev-Smыk L.A Psixologiya stressa. Moskva, “Nauka”, 1983.

4.

Kitayev-Smыk L. Stress psixologicheskaya ekologiya. Priroda. 2007, №7.

5.

Koks T. “Stress”. Moskva. Meditsina. 1981.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.A.Karimovning. Bosh maqsadimiz – kengkoʻlamli islohotlar va modernizatsiya

yoʻlini qatʼiyat bilan davom ettirish. 2013 yil 18 yanvarda 2012 yilda respublikani

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasi. Xalq soʻzi, 2013 yil, 19

yanvar, №13.

Karpenko Yu.D. Osobennosti funksionalnogo sostoyaniya organizma studentov v

usloviyax ekzamenatsionnogo stressa Gigiyena i sanitariya.2010. №1.

Kitayev-Smыk L.A Psixologiya stressa. Moskva, “Nauka”, 1983.

Kitayev-Smыk L. Stress psixologicheskaya ekologiya. Priroda. 2007, №7.

Koks T. “Stress”. Moskva. Meditsina. 1981.