T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
293
ISSN:3030-3613
IQTISODIY TARMOQLARINI RAQAMLASHTIRISHNING HOZIRGI
HOLATI VA TAHLILI
Mustafaqulova Nargizaxon Ahmedovna
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, magistr
Annotatsiya:
Mazkur maqolada iqtisodiy tarmoqlarda raqamlashtirish
jarayonining hozirgi holati, rivojlanish darajasi hamda unga ta’sir etuvchi omillar tahlil
qilingan.
Raqamli
texnologiyalarning
iqtisodiyotga
integratsiyasi,
ularning
samaradorligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llanishi batafsil
ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tarmoqlar bo‘yicha raqamlashtirish darajasi o‘rganilib,
mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etilgan. Maqolada ilg‘or
xorijiy tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishda
qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamlashtirish, iqtisodiy tarmoqlar, raqamli texnologiyalar,
innovatsiya, axborot texnologiyalari, samaradorlik, tahlil, raqamli transformatsiya.
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И АНАЛИЗ ЦИФРОВИЗАЦИИ
ОТРАСЛЕЙ ЭКОНОМИКИ
Мустафакулова Наргизахон Ахмедовна
Ташкентский Университет Прикладных Наук, Магистр
Аннотация:
В данной статье анализируется современное состояние
процесса цифровизации в отраслях экономики, уровень его развития и факторы,
влияющие на него. Подробно рассматриваются вопросы интеграции цифровых
технологий в экономику, их эффективность, применение в производственной и
сервисной сферах. Также изучается уровень цифровизации по отраслям,
предлагаются существующие проблемы и пути их преодоления. В статье даются
рекомендации, которые могут быть использованы при цифровизации экономики
Узбекистана на основе анализа передового зарубежного опыта.
Ключевые слова:
цифровизация, отрасли экономики, цифровые
технологии, инновации, информационные технологии, эффективность, анализ,
цифровая трансформация.
CURRENT STATUS AND ANALYSIS OF DIGITALIZATION OF
ECONOMIC SECTORS
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
294
ISSN:3030-3613
Mustafaqulova Nargizaxon Ahmedovna
University of Tashkent Applied Sciences, master
Annotatsiya:
This article analyzes the current state of the digitalization process
in economic sectors, its level of development, and factors influencing it. The
integration of digital technologies into the economy, their effectiveness, and their
application in the production and service sectors are considered in detail. The level of
digitalization by sector is also studied, existing problems and ways to overcome them
are proposed. The article provides recommendations that can be used in the
digitalization of the Uzbek economy based on the analysis of advanced foreign
experiences.
Key words:
digitalization, economic sectors, digital technologies, innovation,
information technologies, effectiveness, analysis, digital transformation.
KIRISH
Innovatsion faoliyatning ortishi shuni ko‘rsatadiki, endilikda innovatsiyalar ham
foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intellektual salohiyat qatori milliy
boylik sifatida e’tirof etilmoqda. Shu sababli, mamlakat va uning har bir fuqarosi
manfaatini ta’minlashda ilmiy-texnik va innovatsion imkoniyatlardan samarali
foydalanish, ko‘p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni izchil amalga
oshirish uchun muhim qonunchilik asoslarini yaratish zarur.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, 2019 yilda O‘zbekiston xalqaro axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari indeksida 8 pog‘ona yuqorilagan bo‘lsa-da, holat hali
ham qoniqarli emas. Aksar idoralar va tashkilotlar hali raqamli texnologiyalardan
foydalanmayapti. Albatta, raqamli iqtisodiyotga o‘tish katta infratuzilma, moliyaviy va
mehnat resurslarini talab qiladi. Biroq, bu ishlarni ortga surmasdan, hozirdan boshlash
zarur, aks holda ertaga kech bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kelgusi besh yillikdagi
ustuvor yo‘nalishlardan biri bu raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalar xizmat va mahsulotlar sifatini oshiradi, xarajatlarni
kamaytiradi, eng muhimi — korrupsiyani kamaytirishga ham xizmat qiladi. Boshqaruv
tizimlarida va ijtimoiy sohada raqamlashtirish natijadorlikni oshirib, aholi turmush
darajasini yaxshilash imkonini beradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” deb e’lon qilgani — bu nafaqat shu yil uchun strategik yo‘l xaritasi,
balki mamlakatning yaqin yillardagi taraqqiyot dasturidir. Har qanday soha, jumladan
iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishi, matematik yondashuvlar va texnologiyalar asosida
bo‘lishi lozim.[1]
MUHOKAMA VA NATIJALAR
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
295
ISSN:3030-3613
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot sohasiga bo‘lgan ehtiyoj katta tezlikda ortib
bormoqda. Ushbu yo‘nalishga to‘xtalishdan avval, avvalo raqamli iqtisodiyot
tushunchasi nimaligini aniqlab olish muhimdir. Bu atama ilk bor 1990-yillarda
Yaponiyada yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davrida yapon olimi tomonidan tilga
olingan. 1995 yilda esa Don Tepkott tomonidan yozilgan “Raqamli iqtisodiyot:
tarmoqli aql-zakovat davrida va’da va xavf-xatar” nomli kitobda “raqamli iqtisodiyot”
alohida tushuncha sifatida mustahkamlandi.[2]
Raqamli iqtisodiyot – bu intellektual faoliyat mahsuli bo‘lib, texnik, axborot va
matematik asosga ega murakkab tizimdir. U real sohalarda raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu tushuncha ikki xil ma’noda qo‘llaniladi: birinchisi, bu – zamonaviy
rivojlanish bosqichi bo‘lib, unda ijodkorlik va axborot resurslari ustunlik qiladi;
ikkinchisi esa, axborotlashtirilgan jamiyatni tadqiq etishga qaratilgan o‘ziga xos ilmiy
yondashuvdir. Bugungi tez o‘zgarayotgan global iqtisodiy muhitda raqamli iqtisodiyot
hali
rivojlanishning
dastlabki
bosqichida
turibdi.
Zamonimizda
axborot
texnologiyalariga asoslangan iqtisodiy o‘zgarishlar atigi so‘nggi o‘n yilliklar ichida
yuz bermoqda.[3]
Aslida, raqamli iqtisodiyot – bu ma’lumotlarni katta hajmda qayta ishlash, tahlil
qilish orqali ishlab chiqarish, texnologiya, xizmat ko‘rsatish va mahsulotlarni saqlash,
yetkazib berish jarayonlarini samarali tashkil etishga imkon beruvchi faoliyat shaklidir.
Bu yerda raqamli ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish resursi hisoblanadi.
Endi ushbu sohadagi muammolar, ularni hal etish yo‘llari va istiqbollarga nazar
tashlaylik. Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida
tashkil etilgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi doirasida “Davlat
boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash”
mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda davlat idoralari va vazirliklar vakillari ishtirok
etdi.
Seminar davomida “Raqamli iqtisodiyotning global rivojlanish tendensiyalari va
O‘zbekistondagi istiqbollari” haqida xalqaro ekspert Daniel Mensi ma’ruza qildi. U
hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot eng ko‘p rivojlangan mamlakatlar – AQSh va Xitoy
ekanligini, shuningdek, blokcheyn texnologiyalariga oid patentlarning 75 foizi aynan
shu davlatlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Internet mahsulotlarining yarmi ham ushbu
ikki davlat aholisi tomonidan iste’mol qilinmoqda.[4]
Ma’ruzada, shuningdek, 5G texnologiyasining afzalliklari haqida ham so‘z
yuritildi. Uning asosiy ustunliklari – ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, energiyani
kam sarflash, inson salomatligiga xavf tug‘dirmasligi va hatto tabiiy ofatlar zonalarida
ham barqaror aloqa ta’minlay olishi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, u internet va media
xizmatlaridan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
296
ISSN:3030-3613
Har qancha qimmatli bo‘lmasin, raqamli ma’lumotlar faqat raqamli tafakkur
bilan uyg‘unlashgandagina haqiqiy foyda keltira oladi. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi
bilan raqamli platformalarni yaratish va raqamli ma’lumotlardan daromad olish
(monetizatsiya) masalalari kun tartibiga chiqmoqda. Bu esa yangi qiymatlarni
shakllantirish, ulardan foydalanish, boshqarish va taqsimlash mexanizmlarini
aniqlashni taqozo etadi.
Umuman olganda, bugungi kunda iqtisodiyotni raqamlashtirish eng dolzarb
masalalardan biridir. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamli texnologiyalar asosida
rivojlantirish orqali sezilarli daromadga erishish mumkin. Eng muhimi, bu yo‘l bilan
“yashirin iqtisodiyot”ni keskin qisqartirish imkoniyati ham mavjud.
Moliyaviy inklyuzivlik bo‘yicha milliy strategiya (NFIS) – bu 2019-yilda
O‘zbekiston hukumati tomonidan barcha ijtimoiy qatlamlar uchun moliyaviy
xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va moliyaviy inklyuzivlikni
ta’minlash maqsadida boshlangan keng qamrovli siyosiy tashabbusdir. Ushbu
strategiya arzon va ommabop moliyaviy xizmatlarga kirishni yaxshilash, moliyaviy
savodxonlikni oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, innovatsiyalarni
ilgari surish hamda xususiy sektorni moliya tizimiga kengroq jalb qilishni ko‘zda
tutadi. Ayniqsa, kam ta’minlangan va ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj guruhlar
uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan.
Strategiyada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan:[5]
1.
Moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish
– omonat, to‘lov
va kredit xizmatlarini, ayniqsa, chekka va xizmatlardan chetda qolgan hududlar aholisi
uchun qulayroq qilish.
2.
Raqamli moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish
– mobil banking va
elektron to‘lovlar orqali xizmatlarni yanada arzon va qulay qilish.
3.
Moliyaviy savodxonlikni oshirish
– ta’lim va axborot kampaniyalari
orqali aholining moliyaviy qarorlar qabul qilish salohiyatini kuchaytirish.
4.
Ijtimoiy mas’uliyatli moliyaviy xizmatlarni ilgari surish
– moliyaviy
institutlarni ijtimoiy va ekologik tamoyillarga amal qilishga va ehtiyojmand guruhlar
uchun maxsus xizmatlar yaratishga undash.
5.
Huquqiy va me’yoriy bazani takomillashtirish
– moliyaviy
infratuzilmani mustahkamlash hamda tartibga soluvchi organlar salohiyatini
kuchaytirish.
NFIS O‘zbekiston hukumatining inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va
qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha olib borayotgan siyosatining muhim tarkibiy
qismidir. Strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mamlakatdagi iqtisodiy
o‘sishga va moliyaviy inklyuzivlik darajasining oshishiga sezilarli hissa qo‘shishi
kutilmoqda.[6]
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
297
ISSN:3030-3613
Markaziy bank esa raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish, hisob ochish
jarayonlarini soddalashtirish va tegishli talablarni yengillashtirish yo‘li bilan moliyaviy
xizmatlarga kirishni osonlashtirish ustida ishlamoqda. Bank hisob raqamiga ega
bo‘lmaganlar soni hanuz yuqori bo‘lsa-da, davlat va Markaziy bank bu boradagi
yutuqlarni bosqichma-bosqich oshirib bormoqda.
Moliyaviy istisno holatlariga ko‘plab omillar, jumladan, aholining
kambag‘alligi, yetarli darajadagi moliyaviy bilimning yo‘qligi, infratuzilmaning
yetishmasligi va ortiqcha tartibga solish talablariga javoban, texnologik yutuqlar va
innovatsion biznes modellar yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Raqamlashtirish bank tizimining rivojlanishida muhim o‘rin tutmoqda. Bu
jarayon quyidagi ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda:[7]
1.
Onlayn banking
– mijozlar istalgan joydan bank xizmatlariga kirish
imkoniyatiga ega bo‘lib, filiallarga borishga ehtiyoj kamaydi.
2.
Mobil banking
– smartfon orqali bank xizmatlaridan foydalanish tobora
ommalashib, foydalanuvchilarga katta qulaylik yaratmoqda.
3.
Raqamli to‘lov vositalari
– mobil hamyonlar, onlayn to‘lov tizimlari va
kriptovalyutalar orqali tez, qulay va xavfsiz to‘lovlar amalga oshirilmoqda.
4.
Ma’lumotlar tahlili
– banklar mijozlarning faoliyatini tahlil qilish orqali
yanada moslashtirilgan xizmatlarni taklif qilish, xavflarni aniqlash va mijoz tajribasini
oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
5.
Sun’iy intellekt
– chatbotlar, virtual yordamchilar, kredit reytingi va
firibgarlikni aniqlashda foydalanilmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy inklyuzivlik hali ham to‘liq rivojlanmagan
soha hisoblanadi, biroq u yuksalish uchun katta salohiyatga ega. Zamonaviy
texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar yordamida bank tizimini aholining barcha
qatlamlari uchun yanada ochiq, qulay va samarali qilish mumkin. Raqamlashtirish esa
ushbu jarayonda markaziy rolni o‘ynab, banklarning raqobatbardoshligi va
moslashuvchanligini ta’minlamoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2019).
O‘zbekistonda Moliyaviy
inklyuzivlik bo‘yicha Milliy strategiya (NFIS)
. Toshkent.
2.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS. (2023).
Volume–27, Issue-5,
April 2023
. http://www.newjournal.org/Volume–27_Issue-5_April_2023
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. (2024).
Stat.uz
- Rasmiy statistika portali
4.
World Bank. (2022).
Enhancing Financial Inclusion Through Digital Financial
Services: Global Insights
. Washington, D.C.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
298
ISSN:3030-3613
5.
Demirgüç-Kunt, A., Klapper, L., Singer, D., Ansar, S., & Hess, J. (2018).
The
Global Findex Database 2017: Measuring Financial Inclusion and the Fintech
Revolution
. World Bank Group.
6.
Alliance for Financial Inclusion (AFI). (2020).
National Financial Inclusion
Strategies Toolkit
7.
GPFI (Global Partnership for Financial Inclusion). (2021).
Digital Financial
Inclusion: Emerging Policy Approaches
. G20 Report.