T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
86
ISSN:3030-3613
OʻSMIR YOSHDAGI BOLALARDA OILAVIY
KELISHMOVCHILIKLARGA NISBATAN PSIXOLOGIK
BARQARORLIK TUSHUNCHASINI SHAKLLANTIRISH
Eshimova Maftuna Boybòri qizi
Surxondaryo viloyati Shòrchi tumani
46-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
: Shaxsning oilaviy nizolar tog’risidagi bilishlari, uning shaxsiy
tajribasi bilan bevosita bog’liq bo’lib ,tasavvurlar tuzilishining shakllanishiga o’z
ta’sirini o’tkazadi. U yoki bu obyekt yoxud hodisa haqida bilishning yo’qligi
tasavvurning ham yo’qligidan darak beradi. Shaxsgacha yetib kelayotgan
ma’lumotlar va ular asosida shakillanayotgan bilishlar aniq yoki noaniq,to’g’ri yoki
notog’ri bo’lib, biror narsa va hodisalar vositasida shakllanadi hamda bevosita ta’sir
bo’lgani uchun ham tasavvurlar ana shunga muvofiq tegishli zaylda paydo bo’ladi.
Kalit soʻzlar:
lider,ong, tafakkur, mulohaza yuritish, agressiya, ruhiy holat,
tushkunlik, psixik taraqqiyot, ruhiy rivojlanish
KIRISH
Fikrimizcha,o’smirlardagi nizolar to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlarning dinamik
tabiatini tahlil qilish uchun ularning shakllanish bosqichlarining quyidagicha ajratish
maqsadga muvofiqdir:Idrok qilish bosqichi,unda ongda bevosita aks etadigan
ma’lumotlarning qabul qilinishi va o’smir (o’g’il,qiz)lar ahamiyatliligi nuqtai
nazaridan saralanishi ro’y beradi.Masalan: oilaviy rollar taqsimoti va uning bajarilishi
yuzasidan o’smir hatti-harakatidagi oila “lider”iga nisbatan anglanmagan
intilish.Assotsatsiv bog’lanishlar bosqichi,bunda ongdagi yangi xabarlar eskilari bilan
solishtirilib,assotsatsiv va ma’naviy bog’lanishlar o’rnatiladi. Masalan: qaynonaning
keliniga nisbatan ko’rsatadigan har qanday salbiy munosabati o’smirni oilaning ileal
“lider“iga nisbatan pozitsiyasini o’zgartirishga majbur qiladi.
Yuqoridagi ikki bosqich xususiyatlarining umumlashtirilishi obyekt haqidagi
tasavvurlarning generalizatsiyasini keltirib chiqaradi. Ya’ni,yuzaga kelgan oilaviy
nizolar ta’siriga o’smir ota-onasi xususidagi ijtimoiy tasavvurlarni tubdan isloh etadi.
Natijada,oilaga doir har bir ma’sulyat yoki xabar diffensial holda o’smir uning
ahamiyatlilik darajasida ajratiladi va shu asosda ma’lum ustanovkalar shaklida uning
xulq-atvori yo’nalishini belgilaydi.
Ma’lumki,mentalitetimizda milliy qadryatlarga bo’ysunish bilan bir qatorda
,obro’-e’tiborga ega shaxslar va gruxlar fikriga ergashish ularni tanqidsiz qabul
qilishga bo’lgan moillik kuchlidir.Shunday qilib tasavvurlarning shakllanish davrida
o’smir bolalar noma’lum axborotlarni ma’lumlariga o’xshatib ,odatdagi tasavvurlari
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
87
ISSN:3030-3613
qatoriga qo’shiladi, hamda subyektiv jihatdan,ularni o’ziga xos va yagona borliq
ekanligini anglashga harakat qilishadi.
O’smirlarda oilaviy nizolar to’g’risida ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi va
dinamikasini tahlil qilish orqali ularni quyidagi qator muhim xususiyatlarini ajratish
imkoniyatiga ega bo’lamiz:
1.
Ijtimoiy tasavvurlar,uning subyekti hisoblangan shaxs,sinf,guruh yoki
millatning atrofdagi ijtimoiy-ma’naviy shart-sharoitlariga bog’liq tarzda o’rganiladi.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti eng avvalo, fuqorolarning ma’naviy axloqiy
yetukligi,ishlab chiqarish salohiyatiga egaligi bilan belgilanadi. Bozor munosabatlari
sharoitida esa yuqori darajada intelektual qobiliyati,ijtimoiy subyektlar o’rtasdidagi
munosabatni yo’lga qo’yish mahorati harakterining irodaviy xususiyatlari,inson
matonati,shuningdek,kasbiy va kundalik faoliyatini tashkil etishida ijodkorlik,ijtimoiy
faollik layoqatiga ega. Masalan,inson matonati to’g’risidagi kinoserial,haqiqatdan,
nafaqat yoshlarni, balki har qanday yoshdagi kishilarni qiyinchilik va to’siqlar oldida
bo’yin egmaslikka o’rgatadi. Shuningdek,oilada xarakterning umumiy xususiyatlarini
ham shakllantirish mumkin. Buning uchun esa quyidagi usullarni jonlantirib yuborish
lozim bo’ladi.
O’smirlarda oilaviy nizolar to’g’ri ijitimoiy tasavvurlarni o’rgatish yani ularga
oilada hamma narsa bo’lishini ta’kidlash,ularga oilada kelin o’zini qanday tutishi,
kelinlik vazifalarini a’lo va hammaga yoqadigan mehribon,shirinso’z bo’lishlarini
oldindan tayyorlab boorish ota-onaning burchidir. Kelinning oiladagi vazifalari:
Yangi turmushga ko’nikish,qaynona-qaynota bilan kelinlik statusiga muvofiq
munosabatlarni me’yorlashtirish,qaynaka-uka qaynona-singilari bilan o’ziga nisbatan
ijobiy munosabat uyg’otishi; oilaviy yumushlarni bajarishga jonbozlik ko’rsatish va
kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etib borilishi.
Esini tanigandan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona,
rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarimizda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida
to’g’ri tasavvurlar shakllanaverishi muhim emas. Oilaviy axborot vositalari orqali
teleko’rsatuvlar,radioeshittiruvlar orqali yoshlarni ommaviy hayotga tayyorlash
borasida berilayotgan materiallarda, ommaviy hayotni bir yoqlama, faqat ijobiy
tomondan talqin qilish hollari ham ko’p kuzatiladi. Bu kabi holatlar ham yoshlarda
oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning noto’g’ri shakllanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik yoshlarimiz, ayniqsa muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yoshlar,oila
qurish arafasida bo’lar ekanlar aksariyat hollarda o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlari
o’z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar chunki(oila) ular shu oilada tarbiyalanar
ekanlar “eslarini taniganlaridan buyon” ota-onasini nizolashib turishlarini,bir-birlarini
hurmatsiz qilganlarini eslay olmaydilar. Bolalar esa ularturmushning faqat
yaxshi,tinch-totuv,ahil-inoqlik,bir-birlariga
nisbatan
mehr-oqibatli,
ibratli
jihatlaridangina habardor bo’ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur qilgan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
88
ISSN:3030-3613
yoshlarimiz, oila qurganlaridan so’ng o’zlari kutganidek turmush kechira olmasalar,
nikohning dastlabki eng nozik murakkab, qiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar,sharoitlar,
bir-birlariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, to’siqlar,
muammolar oldida esankirab qolib oila qurishga “adashganliklari”dan nolib qolishlari
mumkin..
O’zbek oilasining ilmiy-ma’daniy va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini
hisobga olmay turib, oila-nikoh munosabatlarini, oilaviy turmush faoliyatini,uning
barqarorligi va faravonligini maqsadga muvofiq yusinda tashkil etish va amalga
oshirish mumkin emas.Oila barqarorligi va farovonligining asosi bo’lgan shaxslararo
munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy asoslash
tadqiqotimizning asosiy metodologik tuzilishi sifatida qabul qilingan bo’lib uning
atrofiga oila subyekti qaynona-kelin shaxsi va faoliyatining barcha jihatlari: ularning
milliy-psixologik va milliy ma’daniy bilimlari, ular shaxsi va faoliyatidagi milliy
tipiklik va ijtimoiy tipiklik,o’zbek xalqiga xos o’z-o’zini anglashi va hokazolarda
tuziladi.Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining muqaddas
kitoblaridagi bayoni va sharq mutafakkirlari asarlaridagi talqinini o’rganishimiz
O’zbekiston hududida qadimdan oilaviy turmush ma’daniyati yuksak darajada
rivojlangan, deya xulosa chiqarishga imkon berdi. Shuni, qayd etish juda muhimki,
qaynona-kelin muammosiga doir yirik asarlarning ko’pi shunchaki ijtimoiy
buyurtmani bajarmay, o’zining chuqur e’tiqotini ifodalagan taniqli olimlar tomonidan
yozilgan. Ularning asarlarida psixologiya fanining, xususan ijtimoiy psixologiya, oila
psixologiyasi va etnopsixologiyani rivojlantirish uchun juda ko’p qimmatli faktlar va
g’oyalar borAbulxonova, Slavskaya,YU.E.Aleshina,B.G.Ananyev,G.M.Andreeva,
A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, G’.B.SHoumarov, E.G’.G’oziyev va boshqalar.
Mazkur olimlarning shu sohadagi jiddiy asarlari himoyaga tavsiya etilgan bitiruv
ma’lakaviy ishining nazariy metodologik asosini tashkil qildi.
Biz amalga oshirgan tadqiqot natijalari dastlabki ilmiy taxminimizni to’la
tasdiqlaydi va bitiruv malakaviy quyidagi umumlashgan xulosalarni chiqarish
imkonini beradi.Oilaviy turmush masalalarini o’rgangan uzoq va yaqin chet el
psixologiyasi aynan oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarini o’rganmagan bo’lsada, uning barqarorligini saqlovchi
yoxud
buzulishlarga
olib
keluvchi
iqtisodi,ijtimoiy-biologik,ijtimoiy-
psixologik,ma’naviy-ma’daniy,xususiy-emotsional,tarbiyaviy-pedagogik
omillar
ta’sirini o’rganganlar vaoilaviy turmush munosabatlarini yechish bilan bog’liq
qimmatli ma’lumotlar,ilmiy xulosa va tavsiyalarni ilgari surganlar. Mazkur ilmiy
natijalar biz tanlagan muammo uchun ham ahamiyatli ekanligini e’tirof etgan holda
tadqiqotlarimizda ilmiy hududiy xususiyatlar chuqur mujassamlashgan o’zbek oilalari
turmushiga qaynona-kelinning munosabatlariga, uning barqarorligiga shaxslararo
munosabatlar ta’sirining milliy-psixologik xususiyatlariga alohida e’tibor bilan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
89
ISSN:3030-3613
yondashdik. Mamlakatimiz psixologlari tomonidan oila va nikoh munosabatlari oilaviy
turmushning turli jabhalariga xos muammolar muayyan darajada o’rganilayotgan
bo’lsada, lekin oilaviy turmushga xos ba’zi muammolar hali ham dolzarbligicha
qolmoqda. Chunonchi, oila-nikoh munosabatlarining barqarorligi,ajralishlar sonining
oshib borishi, unda qaynona-kelin o’rtasidagi munosabatlarda turli omillar bilan
bog’liq. Ziddiyatlarning yuzaga kelishi va ularning keskinlashuvi, oilaviy muammo
va ziddiyatlarning milliy-hududiy o’ziga xosligi saqlanib qolmoqda. Mazkur
muammolar o’zbek milliy madaniy muhuti shart-sharoitlari ta’sirida oila
barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini
taqazo etadi.
XULOSA
Oilaviy nizolar shakllanishi va ularni buzilib ketishida qaynona-kelinning fe’l-
atvorlarining mos kelmasligi,farzandsizlik,mehr-muhabbatning yetarli emasligi uning
budjetini oqilona boshqara olmaslik asosiy omillar bo’lib, ro’zg’or ishlarining
saramjon-sarishta va orasta emasligi, iqtisodiy ta’minotdagi kamchiliklar, rashk va
ishonchsizlik,dunyoqarash va maslaklarning nomuvofiqligi kabi omillar ham oilaviy
munosabatlarda ziddiyatlarni kelib chiqishida muhim o’rin tutadi.O’tkazgan
tadqiqotlarim,turli xil olimlarning fikrlarini o’rgangan holda qaynona-kelin o’rtasidagi
shaxslararo munosabatlarda qaynona va kelin oilada bir-birlariga yordam,qo’ldosh bir-
birlariga suyanchiq bo’lishi qolaversa har qanday vaziyatlarda bir-birlariga yordam
berishlari lozim.
Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Karimov.I.A Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T:
O’zbekiston-1998-yil.
2.
Karimov.I.A Xafsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T: O’zb 1998y
3.
Abdurauf Fitrat Oila Tosh. Ma’naviyat. 2000.y
4.
ova. X.R. SHaxsni ijtimoiy munosabatlarda o’rganishga oid psixologik testlar.
2006-yil.
5.
Akramova. G’. A. Abdullayeva.R. M. Oilaviy hayotga oid psixologik tavsiyalar.
2002-yil.
6.
Oila psixologiyasi. SHoumarov. T:2006-y.