Mualliflar

  • Xolmurodova Nilufar Toxirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112254

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: oila oila tarbiyasi ijtimoiy institut zamonaviy oila Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosi ruhiyat psixik taraqqiyot barqarorlik

Annotasiya

Annotatsiya.  Oila  shaxs  tarbiyasida  boshqa    ijtimoiy  institutlar  bilan 
taqqoslaganda    eng    muhim    vazifalarni  bajaradi.  Chunki,  aynan  oilada  individual 
qobiliyatlar,  shaxsiy,  kasbiy  qiziqishlar,  axloqiy  normalar  shakllanadi.  Oila  omili 
insonga butun umr davomida ta’sir etadi.  Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy  
maqomlarni  egallaydigan  jamoa  hisoblanadi.  Oila  insonning  o’z  -  o’zini  belgilab 
olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

170

ISSN:3030-3613

OILANING JAMIYATDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI HAMDA

BOLALARNING PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA IJOBIY TA’SIRI

Xolmurodova Nilufar Toxirovna

Boysun tumanidagi 57-sonli

maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya.

Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan

taqqoslaganda eng muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual
qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili
insonga butun umr davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy
maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z - o’zini belgilab
olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.

Kalit so’zlar:

oila; oila tarbiyasi; ijtimoiy institut; zamonaviy oila; Abu Ali Ibn

Sinoning ilmiy merosi; ruhiyat, psixik taraqqiyot, barqarorlik

KIRISH

Insonning ma`naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan

muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi
bo`lsa, noto`g`ri tarbiya uning uchun chinakam baxtsizlikka, hatto, halokatga
aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir qatorda oila tarbiyasiga
ham katta ahamiyat bergan. Oila – bu ijtimoiy institut bo‘lib, unda odamlar o‘rtasida
o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro
munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi:
jinsiy munosabatlari, farzand ko‘rish, bolalaning boshlang‘ich ijtimoiylashishi,
tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.

Oila birinchi tarbiyaviy institut bo‘lib, u bilan bog‘liqlikni inson o‘zining butun

hayoti davomida his etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi xulqi
qoidalari yuzaga keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib
beriladi.

Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari:

1.

Inson zotini davom ettirish.

2.

Bolalarni tarbiyalash.

3.

Oila a’zolarining turmush sharoitini va bo‘sh vaqtini samarali

uyushtirishdan iborat.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud

ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, har bir
jamiyat o‘zgarib mos oila tipini, oilaviy munsabatlarni o‘rnatadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

171

ISSN:3030-3613

Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda eng

muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy,
kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umr
davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni
egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z - o’zini belgilab olishiga, uning
ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.

Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda

O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqeini
hozirgacha ushlab turibdi. O’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar
avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Ko’p bolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning
saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan. Biroq bugungi kunda
oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qilmoqda. Oila
a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi
munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim
ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog,
ijtimoiy pedagoglar yordamiga muhtoj bo’lib qolgan.

Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy

institut sifatida. Birinchi holatda, u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan
birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa, insonlarning kundalik hayoti
kechadigan ijtimoiy institutdir.

Oilada bola bilan tarbiyachi o`rtasida juda yaqin va samimiy munosabat o`zining

tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hech qanday rasmiyatchilikning
yo`qligi bilan ajralib turishi lozim. Oila odamzod o`zining dastlabki ijtimoiy yo`lini
bosib o`tadigan eng muhim sohadir. Bunday oilad ota-onalar bilan bolalar o`rtasida
ma`lum ma`noda izzat hurmat va dildan ishonch kabi chegara bo`ladi. Oilada
bolalarning o`zga bir oilada yotib qolishiga hech bir holda aslo yo`l qo`ymasligi kerak,
bola yotib qoladigan joy aniq tanish va ishonchli bo`lgan taqdirdagina istisno bo`lishi
mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, ota-onaning baxti, yomon farzand esa ota-
onaga kulfat keltiradi.

Oila va jamoatchilik hamkorligi yosh avlodni muvaffaqiyatli tarbiyalashning

asosiy shartlaridan biridir. Ota-ona e`tiboriga oladigan alohida ahamiyat berish kerak
bo`lgan narsa bolani yoshligidan boshlab biror-bir ishga o`rgatish, unga o`ziga xos
yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaholanki, bola ham ish o`rganadi, ham
jamiyatda, oilada o`z o`rnini topishga harakat qiladi. Bolada mehnatga munosabat,
ota-onasiga munosabati, oila a`zolariga nisbatan fikri, dunyoqarashi o`zgaradi. Oila
boshlig`i ota – ona bola tarbiyasi haqida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega
bo‘lishi kerak. Agar ularda yetarlicha bilim ko`nikma va malaka bo`lmasa u oila
a`zosiga ya`ni farzandlariga yaxshi tarbiya byera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

172

ISSN:3030-3613

faqat oilanining o`ziga hos bo`lmasdan balki qo`ni-qushni va mahallalardagi tarbiyaga
ham salbiy ta`sir qiladi.

Hozirgi ilmiy adabiyotlarda oilaning ma’naviy asosi masalasida, shaxsning

kamol topishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bilim, san’at, arxitektura, milliy, diniy,
axloqiy, badiiy va bosh qa qadriyat turlari, milliy istiqlol mafkurasi kabi talay
ma’naviyat va ma’rifat xususida gapiriladi. Bolaning ma’naviy tarbiyasida oilaning
ahamiyati muhimligi ta’kidlanadi. Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy
va o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo‘ladigan munosabatlari sof,
samimiy, erning xotiniga, xotinning eriga nisbatan o‘zaro hurmati, iffati asosida
qurilsagina, bunda u oilada musaffo ma’naviy muhit va hamjihatlik vujudga keladi.

Zamonaviy oilada ayniqsa, ota-ona munosabatidagi, ularning bir-biriga

mehribonligi, farzandlariga bir xil muomalada bo‘lishi, har ikki tomonning qarindosh
-urug‘lariga bir xilda mehr-oqibat, hurmat bilan qarashi, bir so‘zligi, haqiqatni gapirish
kabi ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi, shuningdek, sog‘lom hayot kechirishi, chekish,
yolg‘onchilik maishiy buzuqliq, dimog‘dorlik, manmanlik va boshqa shu kabi
illatlardan holi bo‘lishi oilaviy munosabatlar madaniyatining sofligini ta’minlovchi
xususiyatlardir.

Sharq mutafakkirlarining ta`lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haq idagi

qarashlari islom mafkurasi va uning qobig`ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari
ijodida aks etgan umuminsoniy g`oyalar islomiy ma`naviyat bilan hamohangdir.

Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi

masalalariga katta e`tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr
Farobiy, Abu Rayhon Byeruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad qoshg`ariy, Yusuf Xos
Xojib, Kaykovus, Alishyer Navoiy, Xusayn Voizi Koshifiy kabi mutafakkirlarning
qator asarlarida bolalarni ma`naviyaxloqiy tarbiyalash masalalari o`rtaga qo`yilgan va
ularni hal etish yo`llari ko`rsatib berilgan.

Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida

ham mavjuddir. Uning aytishicha, “Ota-onalar ikki xil: tug`ilish otasi va ta`lim berish
otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. Shunga ko`ra
ularni o`zviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning
quyidagi so`zlari anchayin ibratlidir:

“Zamondan yaxshiroq ta`lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq talim

oladigan o`quvchini ko`rmadim”. Uning bu so`zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni
bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta`sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi
ta`lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.

Abu Rayxon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy

tushunchalarini insonning tabiati bilan bog`laydi. Inson tabiati esa avvalo oilada
shakllanadi. Shunga ko`ra bola tarbiyasida ota-ona ta`siri va namunali benihoya
kattadir. Masalan u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar tilidan shunday deb


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

173

ISSN:3030-3613

yozadi: “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez tanbyeh qilishni
senga ta`qiqlayman. Chunki tanbyeh nafrat uyg`otadi. o`zingni bezab yurgin. Buning
uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo`y atirlardan foydalangin. Ularning ichida
eng yaxshisi suvdir”. Uning bu fikrlari byevosita oilada farzand tarbiyasiga ta`luq lidir.

Abu Rayhon Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o`rtaga tashlaydi. Oilada

tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u yerda ma`naviy poklik ham bo`ladi. Bu
fikrni,tanani toza tutish bilangina chyeklab bo`lmaydi, balki ko`p harakat qilishga
chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri
insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to`g`risidagi g`oya bilan bog`liqdir. Bu
narsa bola tarbiyasi jismoniy sog`lomlik bilan ma`naviy-axloqiy boylik o`rtasidagi
o`zaro muvofiqlik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir.

Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo``tadillikda saq lashni tavsiya etadi.

Bunga asosan bolani qattiq g`azablanishdan, qo`rqish va hafalikdan, uyqusizlikdan
saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib byerishga,
sevmagan narsasidan uzoq lashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-
onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiq aradi. Mutafakkir bola-
xulq atvorining mo`tadilligi natijasida tan va ruh sog`lomligi kelib chiq ishini ham
ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta`sirini birdek
muhim ekanligini ta`kidlab o`tgan edi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini
talablaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Axloqiylik - yaxshilik va yomonlik
o`rtasidagi kurash natijasida namoyon bo`ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o`z davri
uchun yangi va ilmiy bashorat edi.

Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham

muhim o`rin egallaydi. U o`zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning
tarbiyasi haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o`rganish borasida ko`plab qimmatbaho
fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo`lib, muayyan pedagogika qarashlar
tizizimini tashkil etadi va u ma`naviyaxloq iy barkamol insonni shakllantirish haqidagi
g`oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning “Tadbiri al-manozil” nomli asarida katta bir bob
oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag`ishlangandir.

Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo`lib, uni bolaning

yoshligidan boshlab va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining
tarbiyaviy ahamiyati haqida to`xtalib, “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi,
uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag`ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir
maromda tebratishdan onaning mehri jo`sh uradi, bolasiga bo`lgan muhabbatidan
onaning orzu umidi yurak to`ridan silqib chiqadi. Bu o`ziga xos qo`shiq bolasi uchun
qasidadek yangraydi va u farzandining murg`ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda
bolada o`zi ham anglolmagan holat paydo bo`ladi. U asta-sekin bu yorug` olamni
anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o`rganish boshlanadi. Xuddi shu o`rganish
tarbiyalanishdir. Zotan o`rganish sezishdan kelib chiqadi. Ibn Sino ana shu holatga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

174

ISSN:3030-3613

e`tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”, degan
fikrni bildiradi.

Abu Ali Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig`i otaning roliga alohida e`tibor

beradi. “Agar oilada – deydi u, oila boshlig`i tajribasizlik, no`noqlik qilsa u oila
a`zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va og`ibatda bundan yomon natijalar kelib chiq
ishi mumkin”. Bola yaxshi yo`lga qo`yilsa, oila baxtli bo`ladi. Oilaning eng muhim
vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Otaona kim bo`lishidan qat`iy nazar, bu vazifani
ma`suliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino “tadbiri al-manozil” asarida er va xotinning
yaxshi sifatlarini sanab o`tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o`rnak bo`lib,
kelajak taqdirini byelgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtiriladi.

Mutaffakir Ibn Sino oilada bolani ma`naviy– axloqiy tarbiyalashda

mehnatsyevarlikning roliga alohida urg`u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan
kasb-xunar o`rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug`laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning
bolaga bo`lgan salbiy ta`sirini ko`rsatib byeradi.

XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos hojib o`zining “qutadg`u

bilig”da bola tarbiyasi haq ida to`xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli,
aqlli-xushli bo`lsa otaonasining yuzi shunchalik yorug` bo`ladi”. U bola tarbiyasida
otaning ma`suliyatiga alohida e`tibor beradi. “Kimning o`g`il-q izi erka bo`lsa, deb
yozadi u unga shu kishining o`zi mungli bo`lib yig`laydi. Ota bolani kichikligida
bebosh qilib qo`ysa bolada gunoh yo`q barcha jafo otaning o`zida; o`g`il-qizning xulq-
atvori yaramas bo`lsa, bu yaramas ishni ota q ilgan bo`ladi.

Ota bolalarini nazorat q ilib, turli xunarlarni o`rgatsa, ular ulg`aygach, o`g`il-

qizim bor deb sevinadi; o`g`il-q izga hunar va bilim o`rgatish kerak, toki bu hunar bilan
ularning fe`latvorlari go`zal bo`lsin”. Yusuf Xos hojib o`z asarida shunday fikrlarni
o`rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiadek yangraydi.

Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U

beldan madorni, tandan quvvatni, ko`zdan nurni, dildan oromni talab q iladi. Uning
ta`kidlashicha, agar insonning o`zida go`zal fazilatlar bo`lsa, ularni boshq alarga
o`rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusum odat va prodani hosil qilish uchun zo`r
kuch va harakat kerak bo`ladi. Bu narsa ta`lim tarbiya natijasida paydo bo`ladi. Uning
bu tarzdagi pedagogika qarashlari bitta asosiy masalaga borib taqaladi. Bu barkamol
inson masalasidir. Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o`rni, ijtimoiy vazifasi
mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil qilinadi. Odam bolasi bu yorug` olamda
ezgulik q ilish uchun yaratilgan. Shunga ko`ra uni tarbiyalashdan maqsad uning ongiga
odamlar uchun yaxshilik qilish tuyg`usini singdirishdan iborat. Bu olijanob vazifani
bajarish esa ota-onaning zimmasidadir.

Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri

Unsurul maoliy Kaykovusning “qobusnoma”sidir. Bu asar Sharq pedagogika fikr
taraqqiyotida muhim o`rinni egallaydi va qanchadan-qancha avlodlarni ma`naviy-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

175

ISSN:3030-3613

axloqiy tarbiyalashda o`z hissasini qo`shib kelmoqda. “Qobusnoma” falsafiy didaktik
asar bo`lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o`z ichiga oladi. Uning “Farzand
parvarish qilmoq zikrida” degan bobi bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag`ishlanadi.
“Qobusnoma”da ota-onaning qator vazifalari sanab o`tiladi. Ular quyidagilardan
iborat:

1.

Bolaga yaxshi ism q o`yish;

2.

Oqil va mehribon enagaga topshirish;

3.

To`y-tomosha q ilib, sunnat to`y o`tkazish;

4.

O`q ish – yozishni o`rgatib, kasb – hunar va ilmli qilish;

5.

Harbiylar axlidan bo`lsa, sipohiylikni o`rgatish.

Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borish

lozimligini ta`kidlaydi. “Yosh bola ilm bilan odobni tayoq bilan o`rganur, o`z ixtiyori
bilan o`rganmas. Ammo farzand beadab bo`lsa va sening ul sababdan qahring kelsa,
o`z qo`ling bilan urmagil, muallimlarning tayog`i bilan qo`rqitgil. Bolalarga
muallimlar adab bersinlar, toki sendan o`g`lingni ko`ngli qolmasin”. Kaykovusning
“Qobusnoma” asari bugungi kunda ham axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni
ma`naviy axloqiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alishyer Navoiy merosida

ham munosib o`rinni egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va
kelajak yoshlar kamoloti bilan bog`liqdir, shunga ko`ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida
turgan olijanob vazifadir, deydi. A.Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug`layi.
Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo`lishi bola tarbiyasida muhim rol` o`ynashini
ko`rsatib o`tadi. Masalan uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yaxshi
xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti, uy egasining xotijam va osoyishtaligi,
husnli(go`zal) bo`lsa – ko`ngil ozig`I, xushmuomala bo`lsa jon ozig`idir. Oqila bo`lsa,
ro`zg`orda tartib-intizom bo`ladi. U beandisha bo`lsa, ko`ngil undan ozor chekadi,
yomonlik axtaruvchi bo`lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo`r bo`lsa, uy obodligi
yo`qoladi, aqlsiz bo`lsa, oila rasvo bo`ladi”. A.Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va
o`zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta`siri va uning buzilishiga sabab
bo`luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib
chiqishi sabablarini ko`rsatib beradi. Bolada paydo bo`ladigan yomon xulqlarni oldi
olinmasa, bora-bora illatga aylanadi – deb uqtiradi.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlardan ma`lum bo`ldiki, sharq murafakkirlari o`zlarining

pedagogik qarashlari bilan o`z davrlaridan ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu
qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoqda va hozirgi
kunda ham ular o`z qiymatini yo`q otgani yo`q Ular bizning ma`naviy qadriyatimizdir.
Shunga ko`ra mutafakkirlarning o`lmas merosi oilada bolalarning ma`naviy axloqiy
tarbiyalashning muhim omili bo`lib q oladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

176

ISSN:3030-3613

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Qodirova F ”Maktabgacha Pedagogika” T.: «Tafakkur», 2019 y.

2.

SH.A.Sodiqova. “Maktabgacha Pedagogika”.“Tafakkur sarchashmalari”T:. 2013
y.

3.

N.M.Kayumova “Maktabgacha Pedagogik” TD’U nashriyoti T:. 2013 y.

4.

Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha taolim pedagogikasi. Ta`Ilm ziyo. 2006.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Qodirova F ”Maktabgacha Pedagogika” T.: «Tafakkur», 2019 y.

SH.A.Sodiqova. “Maktabgacha Pedagogika”.“Tafakkur sarchashmalari”T:. 2013

y.

N.M.Kayumova “Maktabgacha Pedagogik” TD’U nashriyoti T:. 2013 y.

Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha taolim pedagogikasi. Ta`Ilm ziyo. 2006.